JYYIning asosiy xususiyati patogenlarning atrof-muhit sharoitiga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo’lib, qo’zg’atuvchilar bilan infektsiyalanish uchun to’g’ridan-to’g’ri aloqa zarur bo’ladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti » 2006-2011 yillarda jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo’yicha global strategiya»da «xavfsiz jinsiy xatti-harakatlar» tushunchasini ta’kidlaydi, unda:
Erkak va ayol prezervativlarni to’g’ri va tizimli ishlatish
Mahalliy bakteritsid moddalarni to’g’ri ishlatish;
Sindromli yoki laboratoriya diagnostikasi yordamida muntazam tekshiruvlardan o’tib turish;
Infektsiya tashxislanganda (yoki unga shubha bo’lganda) maxsus davolashni o’tash;
Jinsiy tiyilish;
Jinsiy sheriklarni xabardor qilish;
Gepatit B va odam papillomavirusi kabi onkogen viruslarga qarshi vaktsina olish.
Venerik JYYI guruhi himoyalanmagan jinsiy aloqa bilan yuqadi (shu jumladan oral-genital shakllar). O’pishish, og’zaki jinsiy aloqa va vibrator kabi jinsiy o’yinchoqlar bilan bo’lishish prezervativ bilan himoyalangan jinsiy aloqada ham kasallanish xavfini ko’paytiradi.
JYYK guruhi keng ma’noda boshqa yo’llarni bilan ham yuqishi mumkin. Xususan, odam papillomavirusini yaqin maishiy aloqa orqali yuqtirib olish mumkin, qin trixomonadasi nam muhitda o’z infektsion xususiyatlarini uzoq vaqt saqlay oladi (ho’l sochiq, silliq sirt). Qo’tir qo’zg’atuvchi bevosita uy-ro’zg’or buyumlari bilan aloqa qilish orqali uzatilishi mumkin. Yuqishning vertikal yo’li bolani ona yoki ota tomonidan infektsiyalashini anglatadi. OIV infektsiyasi va Gepatit B va C uchun parenteral yuqish yo’llari ham xarakterlidir.
TASHXIS
Tashxilash bemorni ko’rikdan o’tkazish, klinik alomatlarni aniqlash (siyish paytida og’riq, jinsiy az’olardan ajralma chiqishi), surtmalar olish va qon namunalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ba’zi kasalliklarda (o’tkir uchli kondiloma) jismoniy alomatlar (og’riq, ajralma) umuman kuzatilmasligi mumkin. Barcha instrumental tekshirish usullari xatolarga ega, shuning uchun tashxis odatda bir necha turdagi tadqiqotlarga asoslanadi.
Namunalar laboratoriya tahlilini o’rganish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
Surtma mikroskopiyasi (to’g’ridan-to’g’ri va lyuminestsent);
Bakteriyalarni sun’iy o’stirish usuli (namunani ozuqa sirtiga surtish, keyin ularning dorilarga qarshiligini tahlil qilish);
Patogenga antigenlarni aniqlash (IFT — immuno-ferment tahlillar va TIF — to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuorestsentsiya usullari yordamida);
Patogen DNKsini aniqlash (PZR — polimeraza zanjiri reaktsiyasi usuli yordamida);
Qonda antitanalarni aniqlash (organizmning patogenga bo’lgan immunitetini).