Qo’shimcha kulinariya ishlovi berilishi lozim bo’lgan konservalar natural konservalar deyiladi. Ularga o’z sokida tayyorlangan konservalar kiradi. O’z sokida tayyorlanadigan konservalar ko’pincha yog’liq baliqlardan - osetra, sevryuga, beluga, kaluga, ship, keta, gorbusha, sig, nelma, nerka, kijuch, chavich, muksun, seldlar va boshqalardan tayyorlanadi. Ishlov berilgan xom baliq portsiyalarga bo’linadi va bankalarga joylanadi, baliqning og’irligiga qarab, 1,2-2% tuz solinadi, ziravorlanadi - bankalar zich yopiladi va sterilizatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |