O’z sokida tayyorlangan konservalar tovar navlariga bo’linmaydi. Ularning go’shti shirali va pishib o’tmagan bo’lishi kerak; go’shtining bo’laklari bankadan olganda uvalanib ketmaydigan darajada zich joylashgan bo’lishi kerak. Ta’mi, hidi va rangi ushbu turdagi qaynatilgan baliqqa xos bo’lishi lozim. Baliq bankada 75-85% va sho’rvasi 15-25% ni tashkil etishi kerak. Preservalar sterilizatsiya qilingan konservalardan farq qilib, ularga issiq ishlov berilmaydi; ular sirka va tuz bilan konservalanadi, ta’mi yaxshi bo’lishi uchun ziravorlar solinadi. Tuz miqdori 6 dan to 12% gacha bo’ladi. Preservalar asosan seld baliqlardan, shuningdek, kilka, tyulka, salaka va xamsa baliqlaridan tayyorlanadi. Mayda baliqlar ishlov berilmasdan, seldlar esa nimta, laxm va bo’lak-bo’lak qilib sirkalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |