Moyli baliq konservalari sovutilgan, muzlatilgan, dudlangan va qoqlangan har xil turdagi baliqlardan - osetra, sevryuga, beluga, ship, muksun, sig, kefal, skumbriya, sultanka, stavrida, bichok, salaka, kilka, seldlar, xamsa va boshqalardan tayyorlanadi. Sovutilgan va muzlatilgan baliqlar ishlov berilib, portsiyalarga bo’lingach, qovuriladi, bankalarga joylanadi va tozalangan o’simlik moyi quyilib, qopqog’i mahkam berkitilgach, sterilizatsiya qilinadi. Dudlangan va qoqlangan baliqlar portsiyalarga bo’lingach, bankalarga joylanadi va shundan so’ng qovurilgan baliq singari ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |