Moyda konservalangan baliqlarning ta’mi juda yoqimli, usti oltinsimon-jigarrang bo’lib, go’shtining konsistentsiyasi shirali bo’ladi. Bankadan olingan baliq bo’laklari yoki butun baliqchalar bo’linmagan, butun, moyi tiniq, quyi qatlami quyqali bo’ladi. Bankadagi baliq miqdori 75-90% va moyi - 25-10% ni tashkil etishi kerak. Konservalarda baliqning ichak-chavoqlari, tangachalari, suzgich qanotlari, qon quyqalari va boshqa yot aralashmalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Baliq pashtetlari baliq qiymasidan, shuningdek, baliq mahsulotlari tayyorlashda hosil bo’ladigan baliq bo’laklari va ushoqlaridan tayyorlanadi. Baliq go’shti to bir xil massa hosil bo’lguncha, yaxshilab maydalanadi, so’ng tomat sousi bilan aralashtiriladi. Pashtetlar sifat jihatidan tomat sousli baliq konservalariga tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |