Uglevod almashinuvi. Uglevodlarni parchalaydigan fermentlar kraxmalni gidrolizlaydi, natijada glyukoza va maltoza hosil bo'Iadi. Ko'pgina bakteriyalar (masalan, kuydirgi, bo'g'ma tayoqchalari, streptokokk, vabo vibrionlari va boshqalar)da amilaza bo'Iadi. Bu ferment hujayrada polisaxarid zahirasini ham ta’minlaydi. Ayrim bakteriyalarda sellyuloza fermenti bo'lib, u kletchatkani parchalaydi. Bir necha mikroblargina o'simliklarda murakkab polisaxaridlarni fermentlash xususiyatiga ega. Dengiz o'simliklaridan olinib, qattiq oziq muhit tayyorlashda ishlatiladigan agar bunga misol bo'la oladi. Bakteriya tarkibiga kiradigan maltoza, saxaroza, laktoza fermentlari ta’sirida disaxaridlar gidrolizlanib monosaxaridlargacha parchalanadi, so'ngra ular bijg'iydi. Poli va disaxaridlarning monosaxaridlargacha parchalanishi fosforlanish yordamida ham sodir bo'ladi. Poli va disaxaridlarning gidrolizi va fosforlanishida uglerod zanjiri uglevod molekulasidan uzilmaydi va bu jarayonda energiya ajralib chiqmaydi. Bijg'ish jarayonida uglevod molekulasida uzilish ro'y berib, shuning hisobiga ko'p miqdorda energiya hosil bo'ladi. Fosfat kislotasi bilan bog'langan monosaxaridlar bijg'ish jarayoniga uchraydi. Uglevod molekulasiga ikkita molekula fosfat kislotasi birikadi, na tijada qator geksozodifosfor kislotalar hosil bo'ladi. Bular olti uglerod zanjirning uzilishi bilan parchalanadi va ikkita fosfotrioz: fosfoglitserinli aldegid va fosfodioksiatseton vujudga keladi. Ketma-ket sodir bo'ladigan reaksiya natijasida kodegidrazalar qaytariladi. Hosil bo'lgan propanon kislota oksidlanish yo'li bilan dekarboksillanib sirka aldegidga, bu o'z navbatida qaytarilgan kodegidrazadan vodorodni olib spirtga aylanadi. Aminokislotalarni oksidlash yo'li bilan dezaminlash natijasida ketokislotalar paydo bo'ladi. Propanon kislotaning oksidlanishi asta-sekin energiya ajralishiga olib keladi, bu energiyani hujayra o'zlashtiradi. Parchalanish natijasida oxirgi mahsulotlar - suv va karbonat kislota hosil bo'ladi.
Lipid almashinuvi. Bakteriyalar tarkibidagi lipidlar ularni tashqi muhitning zararli omillaridan himoya qiladi. Lipidlaming tuzilishi va faoliyati har xil bo'ladi. Bakteriyalarning ko'pgina turlari glitserindan energiya manbai va hujayra qismlarini tuzuvchi material sifatida foydalanadi. Sil mikobakteriyasi va boshqa kislotaga chidamli bakteriyalar glitserindan lipidlarni sintez qilish uchun foydalanadi. Hujayradagi lipid kiritmalari zahiradagi oziq modda hisoblanadi. Almashinuv jarayoni asosan lipaza va hujayra sitoplazmasi bilan mustahkam birikkan boshqa lipolitik fermentlar yordamida kechadi. Lipidlarni parchalashda A koenzim, merkaptoetilaminning tiol guruhi katta rol o'ynaydi. Lipidlarni sintez qilish uchun uglerod manbai sifatida ko'pgina bakteriyalar vitaminlardan foydalanadi. Korinobakteriyalarda lipidlarning mikol kislotasi bakteriya hujayrasida palmitin kislotaning ikkita molekulasini to'plashi va oraliq efiming tiklanishi natijasida sintez qilinadi. Mikobakteriyalarda ham bu usul yordamida mikol kislotaning sintezi amalga oshiriladi.