Vitaminlar. Mikroorganizmlami o'stirish uchun turli xil vitaminlar talab etiladi. Bu vitaminlar koferment yoki prostetik guruh fermentlariga kiradi. Gomofermentativ sut kislotali bijg'ish jarayonini amalga oshirish uchun mikroorganizmlaming oziq muhitida, albatta, vitaminlar bo'lishi zarur. Laktobatsillalar va streptokokklar shunday mikroorganizmlar guruhiga kiradi.
Nikotin kislota va uning mahsulotlari ko'pgina mikroorganizmlar, masalan Corynebacterium diphtheriae va boshqalar uchun o'stiruvchi omil hisoblanadi. Bu kislota koferment oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi nikotinamid adenin nukleotid va nikotinamidadinindinukleotid difosfat tarkibiga kiradi. Riboflavin (vitamin B2) flavinnukleotid - flavinadenin dinukleotid, flavinmononukleotid tarkibiga kiradi va bir guruh bakteriyalar - streptokokk, laktobatsilla va boshqalar uchun o'stiruvchi omil hisoblanadi. Tiamin (vitamin B2 dekarboksillash jarayonida qatnashuvchi tiaminpirofosfat tarkibiga kirib, ko'pgina mikroorganizmlar (Str pneumoniae, S.aureus) uchun o'stiruvchi omil hisoblanadi. Pantoten kislota koferment A tarkibiga kiradi va ayrim streptokokk, laktobatsillalar, qoqshol qo'zg'atuvchilari uchun o'stiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Piridoksin (vitamin B6) streptokokk, laktobatsillalarning ayrim turlari va boshqa bakteriyalar uchun o'stiruvchi omildir. Sitoxrom, katalaza va peroksidazaning komponentlaridan biri bo'lgan geinlar Haemophilus influenzae, Mycobacterium tuberculosislarning o'sishida muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, gemlar Bacteroides urug'iga mansub ko'pgina bakteriyalarning ko'payishiga imkon beradi. Oziq muhitlarga o'stiruvchi omillar bakteriyalarning ehtiyojiga qarab qo' shiladi. Agar vitaminlar miqdori ko'p bo'lsa, u holda mikroorganizmlarning o'sishi to'xtaydi. Ichak mikroflorasi odam va hayvonlar organizmini vitaminlar bilan ta’minlaydi. Ko'pgina mikroorganizmlar o'simliklardagi vitaminlar almashinuvida qatnashib, oziq-ovqat mahsulotlarini boyitadi.
Mineral moddalar. Bakteriyalar tarkibiga har xil noorganik moddalar (fosfor, oltingugurt, natriy, magniy, kaliy, kalsiy, temir, xlor va boshqalar), mikroelementlar (molibden, kobalt, bor, marganets, rux, mis va hk.) kiradi. Bakteriyalar hujayrasida mineral birikmalarning umumiy miqdori, oddiy oziq muhitida o'stirilganda quruq moddaning 3-15% ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |