Bakteriyalarda moddalar almashinuvi



Download 48,31 Kb.
bet1/10
Sana21.03.2022
Hajmi48,31 Kb.
#504756
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mikrob 4-mavzu


Bakteriyalarning zichligi o‘rtacha 1,055. Ular sitoplazmasining yopishqoqligi suvdan 3-800 marta ко‘p. Barcha fizik-kimyoviy ta’sirotlar dastlab sitoplazmada qaytariladigan, keyinchalik tiklanmaydigan koagulyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu omillar bakteriya tanachasining yopishqoqligini oshirib, bo‘yalish xususiyatini yaxshilaydi. Bakteriyalarda hujayra ichidagi osmotik bosim yuqori tuzilgan organizmlarnikiga nisbatan 2 marta kam. Grammanfiy bakteriyalarda esa grammusbatlarga nisbatan 3-5 marta ortiq. Grammanfiy bakteriyalarning eski kulturalarida osmotik bosim 2-3 atmosferani tashkil etadi, yosh, ko‘payayotgan E.coli kulturasida u 12-15 atmosferagacha yetadi. Yuqori osmotik bosimga muhtoj bakteriyalar osmofil bakteriyalar deyiladi. Bakteriya hujayralarining o‘tkazuvchanligi hayvon hujayralarinikiga nisbatan yuqori. Bir guruh bakteriyalar 0,3%, boshqa guruhlar (dengiz va sho ‘r ko‘llarda yashovchilari) esa 3-25% natriy xloridni talab qiladi. Ko`pgina patogen bakteriyalaming oziq muhitiga 0,5% natriy xlorid qo‘shilganda yaxshi ko'payadi. Natriy xlorid yoki qandning yuqori konsentratsiyasida, ya’ni gipertonik eritmalarda bakteriya sitoplazmasi suvsizlanadi va bakteriya nobud bo‘ladi. Gipotonik eritmalarda esa bakteriyaning hujayra devori parchalanadi va hujayra nobud bo‘ladi. Ko'pgina bakteriyalar natriy xloridning kuchsiz, neytral eritmalarida manfiy zaryadga ega bo'ladi. Bakteriyalar neytral suvli muhitda aralashtirilganda elektr toki ta’sirida anodga qarab harakat qiladi. Shunday qilib, bakteriyalar manfiy elektrolitik potensialga ega. Bakteriyalar aralashmasi elektrmanfiy kolloid bo'Iadi, shuning uchun uni ko'pincha nomaxsus agentlar (asosiy bo'yoqlar) yordamida, shuningdek, elektr kinetik potensiali 0 bo'lgan izoelektrik nuqtali kislotalardan foydalangan holda cho'ktirish mumkin. 
Bakteriyalarda moddalar almashinuvi. Barcha organizmlar atrof-muhit bilan moddalar almashinadi. Ularning oziqlanishi va ko'payishi uchun yetarli miqdorda oziq modda zarur. Bulardan bakteriya o'zining tana qismlarini sintez qiladi va o'z navbatida turli moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi natijasida kerakli energiya hosil bo'Iadi. Bakteriyalar uchun energiya manbai yorug'lik hamda noorganik va organik moddalardir.
Mikroorganizmlar energiya manbai va elektron beruvchi donorlarga ко'rа fototroflar va xemotroflarga bo'linadi, bakteriyalar uchun energiya manbai quyosh nuri hisoblanadi. Xemotroflar energiyani oksidlanish va qaytarilish reaksiyalaridan oladi. Fototroflarga faqat saprofit mikroorganizmlar kiradi. Odamlarda kasallik qo'zg'atuvchilardan xemosintez qiluvchi mikroorganizmlar yetakchi o'rinni egallaydi. Elektron donorlarining tabiatiga ko'ra xemotroflar xemolitotroflar (xemoavtotroflar) va xemoorganotroflar (xemogeterotroflar)ga bo'linadi. Xemolitotroflar energiyani noorganik moddalardan oladi; xemoorganotrof bakteriyalaming ozicqlanishi uchun organik moddalar zarur. 
Litotroflar (yunoncha litos - tosh, trophe - oziqlanish) energiyani noorganik moddalardan oladi. Ular tabiati o'ziga xos bo'lib, qurilish materiallari (beton, rezina, emal va boshqalarjni yemiradi, metallami zanglatadi, neft zaxiralarini quritadi, sifatini pasaytiradi va hk. Xemolitotroflarga issiqtalab mikroorganizmlar kiradi. Bunday bakteriyalar okeanlar tubida 1000 atm. va undan yuqori bosimli joylarda, juda sho‘r ko‘llarda, tog‘ qoyalarida, qizigan qumli cho`illarda bo`ladi. Bundan tashqari, paxta to‘plamlari va xashaklar ichida bo`lib , ularning yonib ketishiga olib kelishi ham mumkin. Organotroflar saprofit va parazit mikroorganizmlarga bo'linadi.

Download 48,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish