Bakteriyalarda moddalar almashinuvi


Bakteriyalarda moddalar almashinuvi mexanizmi



Download 48,31 Kb.
bet4/10
Sana21.03.2022
Hajmi48,31 Kb.
#504756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mikrob 4-mavzu

Bakteriyalarda moddalar almashinuvi mexanizmi. Bakteriya hujayrasi oziq moddalar hisobiga yashaydi. Metobolizmda ikkita bir-biriga qarama-qarshi, ayni vaqtda yagona jarayon sodir bo'Iadi. Bular konstruktiv va energetik moddalar almashinuvidir (anabolizm va katabolizm). Konstruktiv moddalar almashinuvida sof energiya qabul qilinadi. Buning uchun ko'p miqdorda oziq modda sarf bo'lmaydi. Energetik moddalar almashinuvida energiya hujayra tomonidan oson o'zlashtiriladigan holatga aylantiriladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun juda kam miqdorda oziq modda talab etiladi. To'liq oksidlanmagan substrat mahsulotlari hujayra uchun faqat energiya manbai bo'lib qolmay, balki uning komponentlar hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Fermentlar va ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati
Fermentlarni mikroorganizmlarning tirik hujayralari ishlab chiqaradi, ular biologik katalizator bo'lib, murakkab, yuqori molekular tuzilishga ega. Fermentlar oqsildan iborat bo'lib, o'ta maxsus, shuning uchun mikroorganizmlarda moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Ularning maxsusligi aminokislotalar guruhi hosil qiladigan faol markazga bog'liq. Hozirgi ma’lumotlarga ko'ra mikroorganizmlar 6 xil fermentlarni sintez qiladi: 1) oksidoreduktaza; 2) transferaza; 3) liaza; 4) gidrolaza; 5 ) izomeraza; 6) ligaza. Fermentlar har bir mikroorganizmni genlar orqali nazorat qilib turadigan qat’iy belgi hisoblanadi. Shu sababli bakteriyalarning saxaralitik, proteolitik va boshqa fermentlarini aniqlash mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishda ahamiyati katta. Neyraminidaza, gialuronidaza, koagulaza kabi fermentlar esa mikroorganizmlaming patogenlik xususiyatini ta’minlaydi. Bir guruh fermentlar mikroorganizm hujayrasining sitoplazmasida, ikkinchi guruhi sitoplazmatik membrana va pereplazmatik bo‘shliqda joylashadi, boshqalari esa, jumladan, gidrolazalar atrof-muhitga ajraladi. Shunga ko‘ra ular ekzo- va endofermentlarga bo'linadi. Ekzofermentlar atrof-muhitdagi makromolekulalarni sodda birikmalarga parchalaydi, so'ngra ular mikrob hujayrasiga kiradi. Ayrim sitoplazmada joylashgan fermentlar bir-biridan alohida, boshqalari esa birgalikda faoliyat ko'rsatib, metabolitik reaksiyalarning ketma-ket bir tekisda kechishini ta’minlaydi. Hujayra ichidagi tuzilishi va faoliyati bilan bir-biriga birikkan fermentlar, masalan, sitoplazmatik membranada joylashgan nafas sistemasidagi fermentlar multifermentlar kompleksini tashkil qiladi. Bakteriyalar sintez qiladigan fermentlar turlicha ta’sir etadi va yuqori darajada faol bo'ladi. Ular sanoat, qishloq xo'jaligi va tibbiyotda keng qo'llaniladi. Konstitutiv fermentlar (lipaza, karbogidraza, proteinaza, oksidaza va boshqalar) doimiy ravishda mikrob hujayrasida ma’lum miqdorda sintez qilinib turadi. Ma’lum substratlar ta’sirida konsentratsiyasi tezda ko'payib ketadigan fermentlarga induktiv yoki adoptiv fermentlar deyiladi. Bularga penitsillinaza, aminokislotalarning dekarboksilazasi, ishqoriy fosfataza, galaktozidaza va galaktozidatsetiltransferaza, galaktoziopermeaza va bosliqalar kiradi. Ammo bu substratlar bo'lmasa, induktiv fermentlar bakteriyalar hujayrasida juda kam miqdorda bo'ladi. Induktiv fermentlar hujayradagi erkin aminokislotalar hisobiga sintez qilinadi, bunda bakteriyadagi tayyor oqsillar faol qatnashadi. Bakteriyalar hujayrasining normal rivojlanishi va faoliyat ko'rsatishi uchun 1000-4000 gacha ferment zarur. Ular atrof-muhitdan oziq moddaning bakteriyalar hujayrasiga o'tishini ta’minlaydi va hujayradagi energiyani, aminokislota, nukleotidlar, nuklein kislota, lipidlar biosintezini, sitogenezini idora qiladi.

Download 48,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish