2.2. Xatlarda qo‘llaniluvchi birliklar va konstruksiyalar
Xatning kirish qismida qo‘llaniluvchi birliklar
尊敬的主席先生,
Hurmatli janob Rais …
(Xatlarning bosh qismida keladi, juda ham rasmiy uslubda qo‘llaniluvchi birlik hisoblanib, xat oluvchi shaxsga nisbatan hurmat va ehtiromning nihoyatda yuqori ekanligini, maxsus iltifot ko‘rsatilayotganini ifodalaydi, odatda, davlat rahbarlari o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi.)
尊敬的先生,
Hurmatli janob …
(Xatboshida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, xat oluvchi shaxs erkak kishi bo‘lib, ism-sharifi yozilmaydi)
尊敬的女士,
Hurmatli xonim …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning bosh qismida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, xat oluvchi shaxs ayol kishi bo‘lib, ism-sharifi yozilmaydi)
尊敬的先生/女士,
Hurmatli …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning bosh qismida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, xat oluvchi shaxsning ism-sharifi va jinsi ma’lum emas)
尊敬的先生们,
Hurmatli …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning bosh qismida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, bu uslubdan qachonki xat bir necha notanish shaxslar yoki butun bo‘limga yozilayotgan bo‘lsa foydalaniladi)
尊敬的收信人,
Hurmatli …
(Xat boshida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llaniladi, xat qabul qiluvchiga bo‘lgan cheksiz hurmatni ifodalaydi, xat oluvchi shaxsning ism-sharifi va jinsi ma’lum emas)
尊敬的史密斯先生,
Hurmatli janob Smidt …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning bosh qismida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, xat qabul qiluvchi – erkak kishi, ism-sharifi ma’lum bo‘ladi.)
尊敬的史密斯女士,
Hurmatli Smidt xonim …
(Xatboshida kelib, rasmiy uslubdagi xatlarni yozishda qo‘llanilib, xat yozilayotgan tomonga nisbatan hurmatni ifodalaydi, odatda, turli xil davlat muassasalari, korxonalar, hamkorlar o‘rtasidagi xat almashinuvlarida qo‘llaniladi, xat qabul qiluvchi – ayol kishi (turmushga chiqqan), ism-sharifi ma’lum bo‘ladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |