Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Sug‘urta loyihaviy risklarni boshqarish vositasi sifatida



Download 6,3 Mb.
bet64/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

2. Sug‘urta loyihaviy risklarni boshqarish vositasi sifatida

Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Jumladan, sug‘urta - har xil noxush xodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug‘urta xodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. O‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir.


Sug‘urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Respublikamizda sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari asosida loyihaviy risklarni sug‘urtalash amaliyoti rivoj topmagan. Iqtisodchi olimlarning tahlillari natijalari ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda sug‘urta xizmatalirga fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning talabi etarli darajada emas. Buning asosiy sabablari bo‘lib, sug‘urta sohasida etarli darajada bozor mexanizmlaridan foydalanmaslik, sug‘urtalanuvchilarning to‘lov qobiliyati pastligi va majburiy sug‘urtaning rivojlanmaganligi hisoblanadi.
SHularni inobatga olgan holda, loyihaviy risklarni sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish maqsadida ularni sug‘urtalovchi davlat sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitalini davlat mablag‘lari hisobidan oshirish va ushbu mablag‘larni sug‘urta qoplash summalari sifatida maqsadli ishlatilishini ta’minlash zarur.
Riskni sug‘urtalash usuli. Bu usulni, o‘z navbatida, ikkiga bo‘lish mumkin: 1) sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalash orqali. Oqibatlari bo‘yicha eng xavfli risklar sug‘urtalash orqali pasaytiriladi. Risklarni sug‘urtalash risk darajasini kamaytirishning eng tarqalgan usullaridandir. Sug‘urta uchun albatta ikki tomon - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi bo‘lishi zarur. Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchining to‘lovlari hisobiga pul fondini tashkil qiladi. Lekin shunday risklar ham mavjudki, sug‘urta korxonalari ularni sug‘urtalashdan bosh tortadi: 2) o‘z-o‘zini sug‘urtalash. Bunda korxona o‘z zimmasida riskni sug‘urtalash uchun maxsus rezerv fondini tashkil qiladi. Lekin bunda korxona o‘z ixtiyoridagi mablag‘larning bir qismini muzlatishga majbur bo‘ladi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda korxonalar o‘zini-o‘zi sug‘urtalash, ya’ni sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalashdan farqli ravishda o‘zida ehtiyot chorasini ko‘rishi holatlari ham keng tarqalgan. Mazkur tadbir orqali esa korxona sug‘urta kompaniyasi uchun sug‘urta xizmatini ko‘rsatish uchun qilinishi mumkin bo‘lgan harajatlarini iqtisod qilishga erishishi mumkin. Bunda korxona o‘zini-o‘zi sug‘urtalashida moddiy yoki qiymat ko‘rinishidagi rezerv fondlarini tashkil qilish orqali amalga oshiradi. Rezerv fond birinchi navbatda kutilmagan harajatlar, kredit qarzlari, likvidatsiya harajatlari va h.k.ni qoplash uchun tashkil qilinadi. CHet elda rezev fondni tashkil etish amaldagi qonunchilik bo‘yicha aksionerlik jamiyatlari, kooperativlar, chet el investitsiyali korxonalar uchun shart hisoblanadi.
SHuningdek, rivojlangan mamlakatlarda mavjud aniqlangan risklarni sug‘urta qilish tadbiri ham keng miqyosda tarqalgan. Mazkur holatda sug‘urtaning mohiyati investorning (tavakkal qiluvchining) riskdan umuman qochish uchun daromadning bir qismidan voz kechishini, ya’ni risk darajasini umuman yo‘qotish uchun harajat qilishga tayyorligini bildiradi. Umuman olganda, investor yoki tadbirkor sug‘urta qiymati yuz berishi mumkin bo‘lgan zarar qiymatiga teng bo‘lganda (ya’ni, biznes davomida yoki natijasida tadbirkor ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar summasi 10 mln. so‘m bo‘lganda 10 mln. so‘mlik sug‘urta sarflari yuzaga kelganda) ham sug‘urtalashga rozi bo‘ladi. Bu bilan u (investor yoki tadbirkor) faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha iqtisodiy zararlardan holi bo‘ladi.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish