Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-mavzu: Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda monitoring olib borish



Download 6,3 Mb.
bet66/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

15-mavzu: Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda monitoring olib borish


Reja



  1. Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi yuzasidan loyiha ishtirokchilari tomonidan nazorat olib borish va uning asosiy funksiyalari.

  2. Etakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyati, kreditdan maqsadli foydalanish, garov ta’minoti holati va kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoring olib borish xususiyatlari.

  3. Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha qurilish ob’ektida bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini amalga oshirish. Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan monitoring olib borish.

  4. Etakchi bank tomonidan muammoli kreditlar paydo bo‘lishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.



Tayanch iboralar: investitsion loyiha dasturi, aylanma mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar, kapital xarajatlar, moliyaviy aktivlar.


1. Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi yuzasidan loyiha ishtirokchilari tomonidan nazorat olib borish va uning asosiy funksiyalari

Investitsiya loyihalari monitoringi faqat uni amalga oshirish jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki ularni moliyalashtirishga bo‘lgan davrlarda ham o‘tkaziladi. Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoringni ahamiyati shundaki, u loyihani moliyalashtirish davridagi monitoringa nisbatan afzalroq va ahamiyatliroq hisoblanadi. CHunki uning natijasida investorlarning loyihani amalga oshirishdagi maqsadlari oldindan ko‘proq ta’minlanish imkoniyatlari hosil qilinadi.


Loyihani moliyalshtirishga qadar o‘tkaziladigan monitoring quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
investitsiya konsepsiyalarini qidirish;
loyihani boshlang‘ich baholash;
loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik - iqtisodiy moliyaviy afzalligini baholash;
loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Loyihaning ushbu bosqichlaridan o‘tishi investitsiya g‘oyasini amalga oshirishning barcha jihatlari puxta tayyorlanishi va unga mos biznes - reja (investitsiya loyihasi) ishlab chiqilishi lozim. Bunday loyiha salohiyatli (potensial) investorlar manfatiga mos kelar ekan, demak, o‘tkazilgan tadqiqot ishlarni ko‘zlangan natijaning hosil qilinishini ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
Natijalar va o‘tkazilgan tahlillarning foydali hisoblanishi loyihani amalga oshirish va moliyalashtirishning eng yaxshi variantini (sxemasini) tanlash to‘g‘risida karor qabul qilish imkonini (bosqichiga o‘tishni) beradi.
Ushbu bosqich yondashuvining afzalligi loyihani tayyorlashga sarflangan harajatlarning samaradorligini ko‘rsatib berish va oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHuningdek ushbu bosqich eng ustuvor va samarali loyihani aniqlash va tanlab olish imkonini ham beradiki, bu esa istiqbolsiz deb topilgan loyihalarning o‘z vaqtida aniqlanishini va rad etilishini hamda yirik miqdordagi mablag‘larning behuda sarflanishining oldi olinishini ta’minlaydi. Loyihalarni bunday saralash esa hamisha muhim hisoblanib kelinadi. Mablag‘lar kiritishga munosib biznes - g‘oyalarni qidirish va tanlash investitsiyalash bilan bog‘liq faoliyatning eng muhim bosqichlaridan nuqtasi hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir oqibatda, investitsiya mablag‘larini safarbar etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani boshlang‘ich tayyorlash ishlari puxta olib borilishi lozim.
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash boshlang‘ich vazifasi esa investitsiya loyihasining munosib biznes - rejasini ishlab chiqish, ya’ni har tijorat faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan iboratdir. Bunday biznes - rejaning vazifasi quyidagi ikkita asosiy savollarga javob topishga asoslanadi: tahlilning texnik, tijorat, bozor, boshqaruv, moliyaviy jixatlariga asoslanadi.
SHunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar monitoring loyihaning samaradorligi va hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga oshiriladi. Bunday monitoring loyihaning amalga oshirishdagi kelib chiquvchi muammolarni oldini olishga va loyihaning moliyalashtirish jarayonidagi monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarsiz, engilroq o‘tkazilishiga imkon beradi.
Banklar xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish, kreditga layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha to‘g‘ri yuritilayotganligini, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytarish jarayonlari ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqish kerak.
SHuningdek har chorakda bank xodimining joylarga borib, olib borilayotgan ishlar bilan bevosita ob’ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan hollarda o‘z takliflarini berib kelishi, korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi rejalar, natijalar yuzasidan suhbat qilish ham talab qilinadi. Loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda ko‘zda tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda, bank bergan kreditlarni qaytarib olish uchun zarur choralarni qo‘llash ham talab etiladi.
Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularni hayotiyligini yuzasidan banklarda monitoring o‘tkazish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
joriy monitoring.
muammoli kreditlar monitoringi.
Joriy monitoring boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob -uskunalarni olib kelish bitimini, kredit shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan hujjatlarni qabul qilish bilan boshlanadi. Qarz oluvchi bilan savol - javob o‘tkaziladi va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik - iqtisodiy asoslanishini taqdim etadi.
Monitoring bo‘yicha rejali tashkil etish va loyihalarni amalga oshirilishini nazorat qilish uchun bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab etiladi. SHu bilan loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha monitoringi ishlab chiqiladi.
Kreditning himoyasi tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda monitoring rejasi “Kredit berish” bo‘limidagi mutaxassislar (ekspertlar) bilan “Investitsion loyihalarni monitoring qilish” bo‘limi mutaxassislari o‘rtasida birgalikda kreditning barcha davrlariga tuziladi.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar loyiha holatini moliyaviy - iqtisodiy ko‘rikdan o‘tkazadilar:
- korxonaning har oyda Davlat Statistika qo‘mitasining joylardagi bo‘limlari va boshqarmalariga ishlab chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan choralik jadvali hisobotlari;
- qarz oluvchining choraklik moliyaviy - iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti. Bunda loyihaning iqtisodiy holatini tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini bir tizimga keltirish zarur;
- loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik moliyaviy - iqtisodiy hisobotlar tahlili asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi boshqarmasiga risklar darajasini bir xil tizimga keltirish va zahiralarni shakllantirish uchun erkin axborotlar taqdim etiladi;
- kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish har chorakda ish o‘rnida tekshirish dalolatnomasini tuzish orkali amalga oshiriladi.
- kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar monitoring boshqarmasi tomonidan berib boriladi;
- loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish muddatlari oylar bo‘yicha taqqoslanadi;
- kreditning ta’minlanganligi bo‘yicha nazorat. Xar bir aniq kredit uchun alohida garovga qo‘yilgan mulkni tekshirish dalolatnomasi va har chorakda garovga qo‘yilgan mulkni holati to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi yoki ishlab chiqiladi;
- xamma manfatdor sub’ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning foizlarini qaytarilishi haqida hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish;
- qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Ishlab chikarishni amalga oshirish uchun xom-ashyo va materiallar sotib olish maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, hujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob - kitoblarni tekshirish;
- xom-ashyo sotib olish va tayyor mahsulot sotish maqsadida marketing izlanishlarini (tadqiqotlarni) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarni omborda turib qolish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qarz oluvchining aylanma mablag‘larning holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda saqlanishi uchun chora - tadbirlar ko‘rish va xattoki, kreditlar berish (bu hol tijorat banklari tomonidan istisno tariqasida juda kam hollarda beriladi).


2. Etakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyati, kreditdan maqsadli foydalanish, garov ta’minoti holati va kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoring olib borish xususiyatlari

Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


- korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;
- olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy- xo‘jalik holatini tahlil etish;
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
SHakllantirilgan investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi, ko‘p hollarda, uni amalga oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday tezkor reja amaliyotda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasideb nomlanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish muayyan tamoyillarga asoslanadi va muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Quyida biz ushbu tamoyillarni ko‘rib chikamiz:
1. Kalendar rejaning ob’ekt tabaqalanishi (differensiyasi) bo‘yicha tamoyililar kalendar rejalashtirish investitsiya loyihasining butun davriga asoslanib amalga oshirilishi kerakligini ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirishni kalendar rejalashtirish jarayonni uni amalga oshirishning ba’zi muddatlariga va biznes-rejada aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi. Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank tomonidan loyiha monitoringini olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi.
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha uning detallashtirishning turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kalendar rejasining vaqtinchalik differensiyasining asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini rejalashtirish natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat hisoblanadi. U bir necha yillar davomida amalga oshiriladigan investitsion loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. SHuningdek u bir yil mobaynida amalga oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish muddati va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarning choraklik yoki yillik rejasi ularning ko‘rsatilgan vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq hajmlarni kamrab oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi bo‘lib, detallashtirishning tegishli ketma - ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvali hisoblanadi. Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim etiladi va tasdiqlanadi.
- dekadali topshiriqlar, ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-ket detallashtirish shakli hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani tabaqalashning bu shakli kamdan-kam hollarda qo‘llanadiladi. Biroq, yirik investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy pudratchilar kalendar rejalashtirishning bunday shaklini keng tatbiq etadilar.
3. Kalendar rejaning funksional tabaqalanish tamoyili uning alohida funksional qismlariga bo‘linishini nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish jarayonning birmuncha ma’suliyatli qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga oshirilishi bosqichiga bog‘liqdir. Uning asosiy funksional qismlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • loyihani amalga oshirish tayyorlash;

  • loyiha - konstruksiya ishlari;

  • moddiy-texnikaviy ta’minlash;

  • qurilish-montaj ishlari;

  • loyihani eksplutatsiyaga kiritish;

  • loyiha quvvatlarini ishga tushirish;

  • loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish.

Kalendar reja zahirasini shaklantirish tamoyili unga alohida kiritilgan ishlar muddatlarining tahlil qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu zahiraning loyihani amalga oshiruvchi ishtirokchilar o‘rtasida taksimlanishdan iborat. Kalendar rejadagi har bir ish kuni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan, ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak. Ishlab chiqilgan reja real bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishning rejalashtirilgan vaqti 75-80% dan kam bo‘lmagan ishonch bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunda ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan zahira jami kalendar reja muddatining 10-12%ini tashkil etishi kerak.
Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejalashtirishi tegishli nazorat qiluvchi blokni ham o‘z ichiga qamrab olishdan iborat. Bu tamoyilning bajarilishi uchun joriy monitoring qo‘llaniladi.
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan tashqari investitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning samaradorligi ko‘pgina hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyotda bu moliyaviy reja “Investitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti” deb nomlanadi. Byudjet investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq harajatlar va mablag‘lar tushumini aks ettiruvchi qisqa muddatli tezkor moliyaviy reja sifatida o‘zini namoyon etadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi:
1. Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha harajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash.
2. Investitsion loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun belgilangan jami mablag‘lar hajmi doirasidagi investitsiya resurslari oqimining zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashni ta’minlash.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy ma’lumot hujjatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi;

  • alohida ko‘rinishdagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida funksional bloklari ko‘rinishida ishlab chiqilgan xom- ashyolar, materiallar, moslamalar va uskunalar sotib olish xarajatlari smetalari;

  • investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi;

  • loyiha biznes rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsion oqimning oldindan bashorat qilingan jadvali.

Investitsiya jarayonni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini amalga oshirish vaqtida ikki xil ko‘rinishdagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin:
Kapital sarflar va mablag‘lar tushimi byudjeti. Bu byudjet yangi qurilish bilan ob’ektning kengaytirilishi, ta’mirlanishi va texnik jihatdan qayta qurollantirishi bilan bog‘liq qurilish - montaj ishlarini amalga oshirish bosqichida ishlab chiqiladi.
Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash ob’ektini eksplutatsiya qilish bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab chiqiladi .
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta ishlab chiqilgandan so‘ng kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan monitoring olib boriladi.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimi investitsiya bozori kon’yukturasining doimiy o‘zgarib turish sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muxim joriy natijalarini doimiy kuzatib borishni ta’minlash uchun bank yoki kompaniyalarda ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini namoyon etadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish quyidagi asosiy tamoyillardan foydalanishga asoslanadi:
1. Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini tanlash. Bu tamoyilning amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining maqsadli shakllantirilgan ma’lumotiga asoslanadi, shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida kuzatishga tegishli bo‘lgan ushbu faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real investitsiyalarning portfeli bilan birga, ma’lumotlarga ham asoslanadi. Birinchi navbatda, kuzatish kalendar reja va byudjetning ularning asosiy bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
2. Investitsion loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi navbatda, buxgalteriya hisobi va statistik hisobot ma’lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritish zaruriyati bo‘lganda "boshqaruv hisobi" deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. Bu tizim tezkor buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat qiladi va samarali boshqarish ehtiyojiga buysindirilgan bo‘ladi.
Hisobot (ma’lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha muhim ko‘rsatkichlar tuzilishi va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi bo‘yicha byudjetning bajarilishi, shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb kilingan manbalar ko‘rinishida moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirish kerak. Hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimida qarz oluvchilar bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni egallaydi. Qarz oluvchi bilan suhbatni ushbu korxonalar bilan shug‘ullanuvchi bank xodimi olib borilishi kerak, chunki u korxonada yuz beradigan holatlar to‘g‘risida etarli tasavvurga ega bo‘ladi.
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob’ektiga borib turish yaxshi rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob’ektni bevosita ko‘zdan kechirish va tanishish investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida aniq ma’lumotlar beradi.
3. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib baho beruvchi (analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxona investitsiya faoliyatining alohida yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va buning uchun jalb etiluvchi ma’lumotlar ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib boriluvchi tahlilning qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy bo‘limlari ko‘rinishida shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Tahlilning bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • investitsion loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish;

  • investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni o‘zlashtirilishi;

  • qurilish ob’ekti bo‘yicha ishlar rejasining bajarilishi;

  • investitsiya loyihasi bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasining bajarilishi;

  • investitsiya loyihasi bo‘yicha aktivlarning shaklanishi;

  • investitsiya loyihasi bo‘yicha foyda rejasining bajarilishi;

  • investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy samaradorlik va boshqalar.

Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida ularning funksional bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol, “investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish” bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning quyidagi bo‘linmalari ajratilgan bo‘lishi mumkin:

  • moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha vazifani bajarish darajasi;

  • investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy (o‘z mablag‘lari) va qarz mablag‘larning ishtirok etish darajasi;

  • investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va boshqalar.

  • har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmunchi baholovchi ko‘rsatkichlarning aniq ro‘yxati shakllantiriladi.

Investitsiya faoliti bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy baholovchi ko‘rsatkichlar hisob - kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina (SHEXM) - larida maxsus dasturlar yordamida avtomatik tartibda amalga oshiriladi, shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda jalb kilingan ma’lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birini hisob-kitob amaliyotini ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va moliyalashning ko‘rinishi ham baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash usuliga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun dasturli ta’minot sifatida namoyon etadi.
4. Ma’lumotlarning (baholovchi ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini shakllantirishning davriyligini o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylik investitsiya loyihasining amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetining davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylikni hisobga olinishi bilan u quyidagilarga ajratiladi:

  • tezkor hisobot;

  • oylik hisobot;

  • choraklik hisobot;

  • yarim yillik hisobot;

Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy monitoringini ob’ekti hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin emas.
YUqorida ko‘rsatilgan to‘rtta tamoyilga bog‘liq holda bajarilagan ishlar investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringining nihoyalangan (tugallangan) ma’lumot blokini tuzishga imkon beradi. Bu ma’lumotdan, nafaqat, bank ichida, shuningdek korxonalar reytigini tuzishda ham foydalanish mumkin.
5. Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy sabab (omil)larni tahlil etish. Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, kalendar rejadan yoki byudjetdan kritik chetlashuvlar kuzatiladigan ko‘rsatkichlar ajratiladi. "Kritik chetlashuvlar" mezoni sifatida dekadali (ikki haftali) davr bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr bo‘yicha 15% yoki undan ortiq foizlar; choraklik bo‘yicha esa 10% va undan yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi mumkin.
6. Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me’yorlashtirish imkoniyatlari va zahiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida zahiralar alohida funksional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini me’yorlashtirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarni biri sifatida byudjetning moliyaviy zahirasidan foydalanish ko‘rib chiqilgan bo‘lishi mumkin.
7. Alohida investitsion loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning o‘zgarishi bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me’yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa (ya’ni to‘liq hajmda me’yorlashtirishga olib kelolmasalar) yoki mavjud bo‘lmasa, u holda monitoringni yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va joriy jadallashtirilgan rejalashtirilgan - kalendar rejaning asosiy hujjatlariga tegishlicha tuzatish kiritish bo‘yicha takliflarni asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya loyihasining investitsiya faoliyatidan “chiqishi” to‘g‘risidagi taklif asoslangan bo‘lishi mumkin.



  1. Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha qurilish ob’ektida bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini amalga oshirish. Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan monitoring olib borish

Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha etakchi va ishtirokchi banklar monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida amalga oshiradi. Monitoring natijalari etakchi bank tomonidan ishtirokchi-banklarga hamda ishtirokchi banklar tomonidan boshqa sindikat a’zolariga sinditsiyalashtirilgan kredit haqidagi kelishuvda belgilangan muddatlarda yuboriladi. Monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bo‘yicha javobgarlik har bir ishtirokchi bank zimmasida bo‘ladi. Monitoringni amalga oshirish bank sindikati kelushivida yoki kredit shartnomasida etakchi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi javobgarlik etakchi bank zimmasida bo‘ladi.


Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, ishtirokchi banklar yoki etakchi bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan hisoblangan foizlarni undirish va kreditni qaytarish etakchi va ishtirokchi banklar tomonidan ularning mazkur kredit umumiy summasidagi ulushiga mos holda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan, kredit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda undiriladi.
Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarish uchun qarz oluvchining mablag‘lari etarli bo‘lmagan taqdirda kredit uchun hisoblangan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini to‘lash bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish Fuqarolik kodeksining 784-moddasiga muvofiq belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Etakchi bank tomonidan muammoli kreditni paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Etakchi bank, uning tomonidan kreditlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilishi va uning natijasida zarar ko‘rilishiga olib keladigan quyidagi harakatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi: kredit hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish, yuzaki monitoring o‘tkazish, ishtirokchi-banklarga kredit qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar borligi haqida ma’lum qilmaslik, qarz oluvchining depozit hisobraqamida mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, kreditlarni qaytarish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik yoki umuman o‘tkazmaganlik va hk.
Qarzdorning to‘lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi uchun mas’uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv asosida barcha ishtirokchi-banklar zimmasida bo‘ladi.
Etakchi bank mazkur bitimni tashkil etish paytidagi bevosita va qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflarini qoplashi uchun qarz oluvchidan vositachilik haqi undirish huquqiga ega. Vositachilik haqi miqdori sinditsiyalashtirilgan kreditlash haqidagi kelishuvda va kredit shartnomasida nazarda tutiladi.
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, etakchi bank boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan, undirishni mustaqil ravishda garov predmetiga qaratishga haqlidir.
Garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘ summasi barcha hisoblab yozilgan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini qoplash uchun etarli bo‘lmagan taqdirda u ishtirokchi banklar o‘rtasida ularning mazkur sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘idagi ulushiga nisbatan mutanosib ravishda taqsim­lanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni qaytarilishini ta’minlashning boshqa shakllarida ham ishtirokchi banklar talablarini qondirish xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar tomonidan sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatlilik darajasida muammolar paydo bo‘lganligi aniqlangan taqdirda ehtimolli yo‘qotishlarni qoplash uchun Adliya vazirligida 1999 yil 11 fevralda 632-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Aktivlar sifatini tavsiflash, ular bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan yaratiladigan zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi hajmida zaxiralar yaratishga majburdirlar.




  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish