Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet1/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” kafedrasi


LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH” fanidan


MA’RUZA MATNI



Bilim sohasi:

400 000

– Biznes, boshqaruv va huquq










Ta’lim sohasi:

410 000

– Biznes va boshqaruv










Magistratura
mutaxassisliklari:

70410403



– Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




70410901

– Kapital bozori va birja ishi


T OSHKENT – 2022
1-mavzu: “Loyihaviy moliyalashtirish” fanining perdmeti, maqsadi va vazifalari


Reja



  1. Fanning predmeti, uni o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari

  2. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Tayanch iboralar: loyihaviy moliyalashtirish,“Loyihaviy moliyalashtirish” fanining predmeti, “Loyihaviy moliyalashtirish” fanini o‘qitishning maqsadi



  1. Fanning predmeti, uni o‘qitishning asosiy maqsadi va vazifalari

O‘zbekistonda investitsiyalarni moliyalashtirishning samarali usullarini milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda joriy etish, investitsion faoliyatda loyihaviy risklarni imkon darajasida pasaytirish, investitsion risklarni samarali boshqarish, resurslar taqchilligi sharoitida yirik investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni tashkil etish bugungi kun moliya-bank sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.


O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va samarali o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan turib iqtisodiyotni barqaror o‘stirish, asosiy kapitalni yangilanishiga va butun investitsion-moliyaviy sohada tarkibiy o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi. Binobarin, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashuvi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. Bu borada bank tizimini rivojlantirish, ularning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishdagi rolini kuchaytirish, moliyalashtirishning zamonaviy usullaridan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bozor mexanizmi va tamoyillarining joriy etilishi munosabati bilan iqtisodiyot nazariyasida “investitsiyalar”, “xorijiy investitsiyalar”, “investitsion faoliyat”, “investitsion muhit”, “loyihaviy moliyalashtirish”, “sindikatli kreditlash” kabi ko‘plab atamalarning mazmuni-mohiyati va ahamiyatini asoslash hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish hozirgi davrning eng muhim va dolzarb bo‘lgan tadqiqot yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. SHu sababdan ham mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakl va usullari o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan hozirgi murakkab jarayonda milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda loyihaviy moliyalashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish muhim vazifalardandir.
Bir qarz oluvchining qarz olishga bo‘lgan talabi juda katta hajmni tashkil etishi mumkin bo‘lsada, ammo nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir qarzdorga kredit berish miqdori va riski belgilab qo‘yilgan. Odatda, gazni yoki neftni qayta ishlovchi korxonalarga bir bank kredit bera olmasligining sababi, bu bank mablag‘larining etishmasligi hamda aktivlarni diversifikatsiya qilish maqsadida katta mablag‘ni bir mijozga bermasligidadir. SHu sabablarga ko‘ra, kredit oluvchining moliyaviy ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, o‘zining aktivlarini sifatli boshqarish uchun bir necha banklar bank sindikatini hosil qilib “sindikatli kreditlash”ni amalga oshiradilar. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishi sindikatli kreditlash bo‘lib, bunda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish tushuniladi. Loyihaviy moliyalashtirishda etakchi bank va ishtirokchi banklar qatnashadi. Etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan, qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tushuniladi. Ishtirokchi banklar esa sinditsiyalashtirilgan kredit berishda qatnashuvchi banklardir. Jahon tajribasida loyihaviy moliyalashtirish, asosan, banklarga, neftni va gazni qayta ishlovchi kompaniyalarga va katta sanoat korxonalari barpo etish maqsadlarida beriladi. Demak, davlatimizning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish uchun muhim bo‘lgan ob’ektlarni moliyalashtirishda loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini oshirishda sinditsiyalashtirilgan kreditning yana bir jihati shundaki, ushbu loyihani moliyalashtirishdan oldin moliyalashtirayotgan har bir bank loyihani ko‘rib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, loyihaning hayotiyligi va maqsadga erishishida ijobiy natijalarga olib keladi.
“Loyihaviy moliyalashtirish” fanining predmetini loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar tashkil qiladi.
“Loyihaviy moliyalashtirish” fanini o‘qitishning maqsadi - talabalarda loyihaviy moliyalashtirishga doir bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, fan o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni: loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etishning nazariy asoslarini; loyihaviy moliyalashtirish uchun loyihalarni tanlab olish va baholashni; investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning usullari va shakllarini; investitsiyalar loyihalarini halqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish shart-sharoitlarini; investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashni tartib-qoidalarini; loyihaviy moliyalashtirishda risklar va ularni boshqarishni; loyihaviy moliyalashtirish yuzasidan nazorat olib borish jarayonini hamda O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari ahamiyatini yoritib berishdan iborat.




  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish