Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-mavzu: O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari



Download 6,3 Mb.
bet69/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

16-mavzu: O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari


Reja



        1. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirish asosida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish muammolari

        2. Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish

        3. Loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish yuzasidan harakatdagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari



Tayanch iboralar: tender, tenderni uyushtiruvchi, investitsiya, tender komissiyasi.


1. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirish asosida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish muammolari

O‘zbekiston Respublikasida loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishdagi muammolar qatorida investitsion loyihalarning investitsiya oldi fazasida bajariladigan texnik-iqtisodiy asosnomasini talab darajasida va loyihaga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va tayyorlash bosh masaladir.


O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsion loyihalarni sifatli tayyorlash, ya’ni ularning texnik-iqtisodiy asoslari pishiq-puxta ishlab chiqish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli xamda «O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida» 2018 yil 8 yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq investitsiya loyihalaritexnik-iqtisodiy asoslash sifatini ko‘tarish borasida ishlar olib borilmoqda. SHunday bo‘lsa ham hozirgi qadar investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda ko‘pgina muammolar mavjud. Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni takomillashtirish masalalari ham, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Loyihaviy moliyalashtirishning 5-6 yillik amaliyoti mobaynida loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayonida texnik-iqtisodiy asosni tahlil etuvchi banklar to‘qnash kelayotgan qator muammolar mavjud. Ularni umumiy tarzda quyidagicha guruhlash mumkin:

  • investitsion loyihani ekspertiza qilish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

  • investitsion loyiha bo‘yicha moliyalashtirishni ochish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

  • amalda ishlayotgan investitsion loyihalar bo‘yicha muammolar (kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish va boshqalar).

1. Birinchi guruh muammolari:
a) Loyiha ekspertiza bosqichida tadbirkorlar, investorlar hali ham loyiha bo‘yicha sifatsiz va ishonchli bo‘lmagan axborotlarni taqdim etishmoqda. Ular bilan birga texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiquvchilar (loyihachi tashkilotlar, moliya institutlari) kuzatilishi mumkin bo‘lgan risklar va ularni pasaytirish, mahsulot eksporti, ishlatilishi ko‘zda tutilgan xom ashyo bo‘yicha ma’lumotlarni, marketing tadqiqotlarini puxta ishlab chiqmagan. Bu hol loyihani ko‘rib chiqish muddatini uzayishiga olib keladi. Bu muammoni hal etishda aniq tadbirlarning amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi, ya’ni Savdo-sanoat palatasi ko‘magi, “O‘znvestloyiha”, moliyalashtiruvchi banklar yordami hamda hokimiyat bilan birgalikda amaliyotga quyidagilarni o‘zida ifodalovchi hududlar bo‘yicha aborot-tahliliy ma’lumotlar bazasi tizimini ishlab chiqqan holda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir:

  • hududning (rayon, shahar) umumiqtisodiy ko‘rsatkichlari;

  • mehnat, moddiy xom ashyo, ishlab chiqarish resurslari mavjudligi;

  • hudud bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik rivojining salohiyati;

  • turli xildagi mahsulotlar va xizmatlarning ichki bozor marketingi;

  • hududning eksport imkoniyatlari.

YUqoridagi ma’lumotlarning to‘la hajmda bo‘lishi salohiyatli investorlar va banklarga loyiha bo‘yicha qaror qabul qilishni tezlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, tashqi bozorni o‘rganish maqsadida amaliy yordam sifatida maxsus ixtisoslashgan marketing kompaniyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu kompaniyalar faqat maslahat-ko‘mak vazifasini bajarib, tadbirkorlarga o‘z amaliy tavsiyalarini berishi lozim bo‘ladi. Investitsiya loyihalarida marketing xarajatlarini hisobga olishning alohida ahamiyatli tomoni shundaki, unga qilingan xarajatlar tarkibi va miqdorini tahlil etish xarajatlarning to‘g‘ri tashkil etilganligini va o‘tkazilgan tadqiqotlarning samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Zero, ijobiy natijalarni aniqlash uchun keragicha qilingan har qanday marketing xarajatlari kelgusida qo‘shimcha xarajatlarning amalga oshirilishining oldini olish bilan birga qo‘shimcha foyda keltirishi bilan ham o‘z samarasini ko‘rsatadi.
b) Qishloq xo‘jaligi sektorida loyihalarni amalga oshirishdagi muammolar, ya’ni ekin mydonlari o‘zgarishi hisobiga xom ashyo ta’minoti tanqisligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari borasidagi narx siyosati va h.k. Mazkur muammoni hal etishda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik tadbirlarini amalga oshirishni tezlashtirish o‘z samarasini beradi.
v) Tadbirkorning kredit olishi uchun ko‘plab keraksiz hujjatlar va ruxsatnomalar ketidan oylab yurib vaqt va pul ketkazishlariga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning hal etilishi uchun talab qilinuvchi hujjatlar sonini keskin qisqartirish va faqat zarur hujjatlar ro‘yxatini tuzish lozim. SHuningdek, kredit olishda foiz stavkalarini bo‘yicha imtiyozlarni kengaytirish va shu kabi tadbirlarni amalda qo‘llash foydadan holi emas.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish