(7)15
bunda, – dispersiya.
3. O‘rtacha kvadratik chetlanish hisoblanadi.
-
bunda, – o‘rtacha kvadratik chetlashish,
O‘rtacha kvadratik chetlanish investitsiya loyihasini amalga oshirishning barcha mumkin bo‘lgan variantlari o‘rtacha qiymatdan qanchaga chetlashganini ko‘rsatib beradi. Bu ko‘rsatkich riskning absolyut kattaligini ifodalab baradi, qanchalik o‘rtacha kvadratik chetlanish yuqori bo‘lsa, risk shunchalik katta bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, loyihaviy risklarning tahlili investitsiya loyihasi ekspertizasini yakunlovchi qismi bo‘lib, bunda loyiha bo‘yicha oldingi bosqichlarda shakllangan jamiki ma’lumotlar tahlil qilib chiqiladi, bundan tashqari, loyiha ekspertizasida aniq va to‘liq ma’lumotlardan foydalanish talab qilinsada, risklar tahlilida bu ma’lumotlar yana qayta tekshirilib, xatolar natijasida vujudga keladigan hatarlar baholanadi. Umuman olganda, risklar tahlili loyihaviy ekspertizadan loyihaviy boshqaruvga o‘tish uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘taydi. Ana shu ma’noda risklarni tahlil qilish investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda dolzarb vazifalardan birini bajaradi, deb qayd etish mumkin.
4. Risklarni tahlil qilish va baholashning xorij tajribalari.
Hozirgi vaqtda amaliyotda loyiha risklarini tahlil qilishning bir qancha usullari va yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz.
1. Ekspert baholash usulining asosiy afzallik tomoni shundaki, loyiha tahlili jarayonida hamda turli sifat omillari ta’sirini hisob-kitob qilishda ekspertlar tajribasidan foydalaniladi. Loyiha risklarini ekspert baholash algoritmi (tartibi) esa quyidagilarni qamrab oladi:
- loyiha hayotiyligi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar tarkibini ishlab chiqish;
- risklarni muhimlik darajasi bo‘yicha himoyalash. Bu maqsadda risklarning ehtimolligi, ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo‘li bilan aniqlanadi.
Ekspert baholash jarayoni rasman quyidagicha amalga oshiriladi: Loyiha (firma) rahbarlari savol tariqasida baholash mezonlarining ro‘yhatini ishlab chiqadilar. Har bir mezon (kriteriya) uchun mos tarzda muhim bo‘lgan koeffitsient belgilanadi, bu koeffitsient ekspertlarga aytilmaydi. So‘ngra har bir mezon bo‘yicha javoblar variantlari tuziladi, variantlardan eng muhimlari qaysiligi yana ekspertlarga bildirilmaydi. Ekspertlar baholanayotgan loyiha to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim hamda loyihani ekspertiza qila turib, qo‘yilgan savollarni tahlil qilishlari, shuningdek, javob variantlaridan birini tanlashlari lozim. Ekspertlar tomonidan to‘ldirilgan savol varaqlari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilgan kompyuter dasturlari orqali tekshirib chiqiladi hamda olib borilgan ekspertizaning javoblari chiqariladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, ekspert loyihani shaxsiy tajribasidan kelib chiqib baholaydi.
2. Sub’ektiv ehtimollik usuli loyihani baholovchi ekspertning fikrlariga, shaxsiy tajribasiga asoslangan holda biror bir natijaga oid taxminlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bu usulni yuqorida ko‘rib chiqqan ekspertlar baholash usulining bir turi deb hisoblash mumkin. Sub’ektiv ehtimollik usulining afzallik tomoni shundaki, qaytarilmaydigan vaziyatlarda qo‘llash mumkinligi hamda kerakli miqdorda statistik ma’lumotlarning etishmasligi sharoitida ham foydalaniladi.
3. Analogiya (o‘xshatishlar) usulining mohiyati shundan iboratki, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni hisob-kitob qilish maqsadida firma amalga oshirayotgan loyihaga o‘xshash bo‘lgan, oldin amalga oshirilgan loyihaga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni tahlil qiladi va o‘xshash joylaridan foydalanadi. O‘xshatishlar usulidan tez-tez qaytarib turiluvchi loyihalarni amalga oshirishda ularning risklarini baholash maqsadida foydalaniladi, ya’ni bu usul ko‘proq qurilishda qo‘llaniladi. Agar qurilish firmasi yakuniga etgan loyihaga o‘xshagan yana boshqa loyihani amalga oshirishni mo‘ljallasa, loyihaga ta’sir etuvchi risklar darajasini mavjud statistik ma’lumotlar asosida aniqlashi mumkin. SHu maqsadda mumkin bo‘lgan yo‘qotishning eng ko‘p va eng kam chegarasi bilan belgilangan risk doirasini aniqlash mumkin.
4. Riskni hisobga oluvchi foiz stavkalar usuli. Bizga ma’lumki, moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha deb hisoblanib, undagi risklar ikita katta guruhga bo‘linadi, ya’ni: tizimli risklar va tizimsiz risklar.
Tizimli risklarni miqdoriy ifodalash uchun mahsus ko‘rsatkich β -koeffitsient qo‘llaniladi. β -koeffitsient alohida investitsiya loyihasi riskning umumiy investitsiya bozori riskiga nisbatan baxolashga imkoniyat beradi. Beta koeffitsienti (β) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar riskini baholash uchun qo‘llaniladi va u quyidagicha topiladi:
(9)
Bunda, i – qimmatli qog‘ozlar kursining o‘zgarish foizi; ∆ – foiz bozoridagi operatsiyalar kurslarining o‘zgarish foizi.
β –koeffitsient investitsiya bozoridagi umumiy holatning xar bir qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan ta’sirini quyidagi mezonlar asosida aniqlab beradi:
β=1 – o‘rtacha risk darajasi;
β>1 – yuqori risk darajasi;
β<1 – past risk darajasi.
Har bir real investitsiya loyihasini amalga oshirish aniq bir risklar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, investor “risk uchun mukofot” ni talab qiladi va shu bois, kapitalning “bahosi” (diskont normasi) risksiz investitsiyalarga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Risk uchun mukofot investor tomonidan talab qilinadigan qo‘shimcha daromad hisoblanib, u risksiz investitsiyalardan keladigan daromadlardan yuqoriroqdir. Bu qo‘shimcha daromad investitsiya loyihalarining risklilik darajasiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘garishi lozim. Bunda shunga alohida etibor qaratish kerakki, risk uchun mukofot loyihaning umumiy risklilik darajasiga qarab emas, balki loyihaning tizimli riskka nisbatan proporsional ravishda o‘zgarishi lozim. Tizimli risklar β –koeffitsient yordamida aniqlanishini hisobga olgan holda risk uchun mukofotning risk darajasiga bog‘liqligini ifodalovchi rasmni quyidagicha tasvirlaymiz (1- rasm).
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |