Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-mavzu: Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning nazariy va huquqiy asoslari



Download 6,3 Mb.
bet26/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

6-mavzu: Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning nazariy va huquqiy asoslari


Reja



  1. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning mazmun-mohiyati.

  2. Sindikatli kreditlashni amalga oshirish uchun bank sindikatini tashkil etish tartibi. Sindikat tashkilotchisi (etakchi bank) hamda ishtirokchi banklarning vazifalari va majburiyatlari.

  3. Sindikatli kreditlashda foiz to‘lovlari. Sindikatli kreditlashni rasmiylashtirish. Sindikatli kreditlash shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari. Kredit ta’minoti turlari va ular orasidan eng maqbulini tanlash.

  4. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashni amalga oshirish.



Tayanch iboralar: garov ta’minoti, kafolat ta’minoti, sinditsiyalashtirilgan kredit, yirik investitsiya loyihasi, bank sindikati.


1. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning mazmun-mohiyati

Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan kredit munosabatlari sohasida banklar faoliyatini birlashtirish zarurati tug‘ilmoqda. Birlashmalarni tashkil etish maqsadlari xilma-xil, lekin ular bank operatsiyalari bo‘yicha xatarlarni qisqartirgan holda katta ko‘lamdagi tadbirlarni moliyalash bilan yoki bitta bank yolg‘iz o‘zi hal qila olmaydigan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq. Uzoq muddatga kredit berish bilan bog‘liq xatarlar mana shunday birlashma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi, bu esa a’zo banklarga o‘zlarining likvid zahiralarini ancha pastroq darajada saqlab turish imkonini beradi.


Bunday birlashmalarda kredit, kafolatlash yoki boshqa kredit-moliya operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish uchun tashkil etiladigan bank sindikatlari yoki boshqa bank birlashmalari alohida o‘rin tutadi. Davlatning sindikatlashtirilgan kreditlarga ehtiyoji eng avvalo byudjet dasturlarini moliyalash zarurligi bilan, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi davlat korxonalarini modernizatsiyalash va texnika bilan qayta qurollantirishga mablag‘larni investitsiyalash bilan bog‘liqdir.
Firma va banklar sindikatlashti­rilgan kredit hisobiga, qoida tariqasida, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan, shuningdek, investitsiyalash sohasi bi­lan, energetika, ekologiya, xom - ashyo resurslarini qazib chiqarish, fan - texni­ka ishlanmalarini amaliyotga joriy etish va shu kabilar bilan bog‘liq ehtiyojlarni moliyalashtiradilar.
Bank sektorini yanada isloh qilish va erkinlashtirishning 2005 - 2007 yillarga mo‘ljallangan dasturida tijorat banklarining investitsiyalanadigan loyihalarni moliyalash, shu jumladan, xorijiy bank sarmoyasini jalb etgan holda moliyalash uchun sindikatlashti­rilgan kreditlar berish tizimini rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturga muvofiq, 2005 yil mobaynida me’yoriy bazaga o‘zgarishlar kiritilishi hamda sindikatlashtiril­gan kreditlash tizimini takomillashtirishga yordam beradigan tegishli chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishi kerak.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsi­yalash loyihalarini sindikatlashtiril­gan tartibda kreditlashni amalga oshi­rish tartibi to‘g‘risida”gi 2005 yil 16 iyulda qabul qilingan Nizomga muvofiq, sindikat­lashtirilgan kredit deganda yirik investitsiya loyihalarini bir necha bank­lar tomonidan birgalikda kreditlash tushuniladi.
Respublikamiz Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomda olingan kreditni qaytara olmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlanib, mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi kabilarni ta’minot sifatida qabul qilinishi belgilangan. Lekin, sindikatlashtirilgan kreditda yuqorida ta’kidlaganimizdek, kredit summasining katta miqdorda bo‘lishi qayd etilgan ta’minot turlarini har doim ham yig‘ish imkoniyatini bermaydi. SHuning uchun, ko‘p hollarda, loyiha ob’ekti garov hisobida qabul qilinadi.
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo‘ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‘zning aniq atamasi yo‘qligi sababli, ko‘pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yirik investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, faqatgina maqsadli moliyalashtirilgandagina samarali amalga oshirilishi mumkin. Maqsadli moliyalashtirish kredit resurslaridan foydalanishdagi o‘sha javobgarlikni bartaraf etadi.
Maqsadli moliyalashning afzalligi shundaki, bunda kreditor nafaqat qarz resurslarini taklif qiladi, balki ularni qulay shartlarda tovarlar bilan ta’minlaydi.
Moliyaviy globalizatsiya davrida investitsiya loyihalarini xalqaro kreditlash jarayonida loyihaviy moliyalashtirish tobora samarali moliyalashtirish shakli bo‘lib kelmoqda. Loyihaviy moliyalashtirish deganda odatda bank tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirishdagi maxsus kreditlash turi tushunilib, bunda regressiz yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalash (kreditlash) tushunilib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarining ta’minoti bo‘lib, mazkur loyiha faoliyatidan olgan daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli sxemalari asosida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bulardan biri «Evro tunel» investitsiya loyihasini moliyalashtirishdir. Bu investitsiya loyihasiga asosan Buyuk Britaniyani Evropa kontinenti bilan bog‘lab, sof xususiy sektorlarning (xukumat va xalqaro tashkilotlar aralashuvisiz) investitsiyalariga barpo etilgan va loyiha qiymati 7 mlrd funt sterlingni tashkil etgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda 198 ta bank o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etgan.
Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilik loyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi.
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate – Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‘shiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtai nazaridan moliyalashtirish muddatini va ob’ektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Ob’ektni ishlab chiqarish quvvatlariga etkazish va ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish vaqtini (muddati) shakllantiradi.
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Evropa banklari tomonidan qo‘llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQSHda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish muddati etarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga o‘zgartiriladi.
SHuningdek, alohida banklar ham kafil bo‘lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug‘urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko‘proq yuz beradi. Bunda sindikat-ishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkredetiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin. Bunday moliyashtirishdan foyda nima? Unda qarz oluvchi moliyalashni kamroq risklar bilan oladi, ya’ni kreditlar riski tijorat bankiga o‘tadi.
90-yillar I-yarmi jahon xo‘jaligi uchun yuqori iqtisodiy o‘sish darajasi bilan xarakterlanib, loyihani moliyalashtirish shakllariga katta talab uyg‘otdi. 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqirozlargacha loyihani moliyalashtirishning jahon bozorida Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari etakchilik qilib keldi. 1996 yilda Gonkongda 36ta, qiymati 19,3 mlrd.dollarlik, Indoneziyada 72ta, qiymati 14,1 mlrd.dollarlik, Taylandda 31 ta, qiymati 9,4 mlrd. dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Umumiy 1996 yilda Osiyo mamlakatlarida 400 ta, qiymati esa 86,2 mlrd. dollarlik investitsion loyihalar moliyalashtirildi.
O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish asosan tijorat banklari, byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilib, yangi zamonaviy asbob-uskuna keltirishga, qurilish va ta’mirlash-montaj ishlariga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga va eksportga mo‘ljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlar qurishga yo‘naltirilgan. SHu bilan birga yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun chet el investitsiyalari va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni tashkil etish lozimdir.
Investitsion loyihalarning turlicha klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratish mumkin.
1. Amalga oshirish muddati bo‘yicha:

  • qisqa muddatli - 3 yilgacha

  • o‘rta muddatli - 3-5 yil

  • uzoq muddatli - 5 yildan ortiq.

2. Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan aniqlanadi):

  • kichik loyihalar;

  • o‘rtacha loyihalar;

  • yirik loyihalar;

  • megaloyihalar.

3. Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha:

  • tijorat loyihalar;

  • ijtimoiy loyihalar;

  • ekologik loyihalar;

  • boshqalar.

Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:
- loyihani uning butun hayot sikli davomida ko‘rib chiqish;
- pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini hisobga olgan holdagi xarajatlar kiritiladi;
- ishonchlilik va maksimum samara.
Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo‘lishi, ikkinchidan, alternativ loyihalarni solishtirish chog‘ida yuqoriroq samaraga ega bo‘lgan loyihani ma’qul qo‘rish lozim.
- vaqt omili hisobi;
- loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan xarajatlar va tushumlar hisobi;
- baholashning ko‘p bosqichligi;
- inflyasiya ta’siri va loyihani amalga oshirishdagi bir nechta valyutalarni qo‘llash ehtimolini hisobga olish;
- noaniqlik va risklar ta’sirining hisobi;
- loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish.
Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik, tashkiliy, muddati va boshqalar) xarakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko‘p hollarda investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
mamlakatda investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonini samarali olib borish, kelgusida yuqori daromad keltirib, iqtisodiyotdagi ishsizlik masalasini hal etishda ham muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
SHunday qilib, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi.


2.Sindikatli kreditlashni amalga oshirish uchun bank sindikatini tashkil etish tartibi. Sindikat tashkilotchisi (etakchi bank) hamda ishtirokchi banklarning vazifalari va majburiyatlari.

Ta’kidlash jozkiki, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra sinditsiyalashtirilgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi.


Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog‘liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko‘rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida etakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. SHundan keyin etakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar etakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Etakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina etakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.
Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi etakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit buyurtmasi; loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi; qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) taxmini ko‘rsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan 1, 2, 2a-shakllardagi oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti; sindikatli kreditlashning ta’minot shakllaridan birini; etakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar.
Olingan kreditni qaytara olmaslik riskining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega: mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga oshirilayotgan bo‘lsa, kreditni qaytarish majburiyatini ta’minoti sifatida hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin. Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun etishmasa, qarz oluvchi etakchi bank roziligi bilan uning etishmayotgan qismini qoplash uchun qo‘shimcha ravishda yuqorida sanab o‘tilgan ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini to‘ldirishi asosida taqdim etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog‘ozlar (ishtirokchi banklar emitent bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Bunda garov shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi.
Kafolat Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq kafolat beruvchining etakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. YOzma majburiyat etakchi bankda saqlanadi. Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, etakchi va ishtirokchi banklar-benifitsiarlar foydasiga kafil, etakchi, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Etakchi bank ishtirokchi banklar bilan kelishgan holda ularga eng qulay bo‘lgan ta’minot shaklini tanlash huquqiga ega. Bunda etakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya etilayotgan ta’minot turini tahlil qilishi shart. Jumladan, garov taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank garov sifatida taklif etilayotgan mulkni qarz oluvchi hamda ishtirokchi banklar vakillari ishtirokida birgalikda baholashi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan mustaqil baholovchini jalb etgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Kafolat, sug‘urta yoki uchinchi shaxsning kafilligi taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank kafolat beruvchining, sug‘urta kompaniyasining yoki qarz oluvchiga kafil bo‘layotgan shaxsning moliyaviy ahvolini batafsil tahlil qilishi va o‘z xulosasini ishtirokchi banklarga ma’lum etishi lozim..
Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan, etakchi va har bir ishtirokchi bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, etakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
Kredit shartnomasida kreditning umumiy summasi, maqsadi, foiz stavkasi, muddati, har bir ishtirokchi bank tomonidan ajratiladigan kredit miqdori, kredit maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ishtirokchi banklar tomonidan ko‘riladigan jazo choralari va jarimalar, kredit shartnomada belgilangan muddatlarda ajratilmgan hollarda ishtirokchi banklarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori va boshqalar belgilangan bo‘lishi shart.
Kredit yig‘ma jildi etakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit yig‘ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi.
Ishtirokchi banklar tomonidan qarz oluvchi bilan sinditsiyalashtirilgan kredit berish to‘g‘risida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, ishtirokchi bankning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas’ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobraqamini ochish to‘g‘risida farmoyish beradi.
Sinditsiyalashtirilgan kredit hisobidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish har bir ishtirokchi bank tomonidan Markaziy bankning Adliya vazirligida 2000 yilning 2 martida 906-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (yangi tahriri)” asosida barcha zarur loyiha-smeta va boshqa hujjatlar nusxalari etakchi bankka taqdim etilgandan keyin boshlanadi.
Ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi-bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi kelishuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi. Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisobvarag‘idan naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi. Har bir ishtirokchi bank tomonidan berilgan sinditsiyalashtirilgan kredit ushbu bank balansida kredit muddatiga qarab mos ravishda quyidagi balans hisobraqamlarida olib boriladi: 12700 “Davlat korxona, tashkilot va muassaslariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15100 “Davlat korxona, tashkilot va muassaslariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”; 12900 “CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15300 “CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”; 13100 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15500 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”. Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar kredit bo‘limi xodimining ko‘rsatmasi asosida muddatli majburiyatnomalar shaklida rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, kreditlar to‘la qaytarilganiga qadar 91901-“Qarz oluvchilarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari” va 91905 – “Qarz oluvchining uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplanishini ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin. Qaytarish muddati etib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
Sindikatlashtirilgan kreditlash dunyoning barcha mamlakatlarida keng qo‘llaniladi G‘arbda yirik loyihalarning 80 foizigacha sindikatlash asosda kreditlanadi.
Hozirgi vaqtda esa O‘zbekistonda bunday kreditlar bozorini yanada rivojlantirishga yordam beradigan sharoitlar vujudga keldi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni bir necha xususiyatlariga ko‘ra turkumlash mumkin. Masalan, sindikatning amal qilish muddati bilan bog‘liq holda, sinditsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • vaqtinchalik, ya’ni bitta yirik investitsion loyihani moliyalashtirish uchun tashkil etilgan;

  • doyimiy harakatdagi, paritet asosida banklar ta’sis etadi.

  • ta’minlanganlik nuqtai nazaridan, sinditsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ta’minlangan, ya’ni qarz oluvchi likvidli garov yoki kafolatni taqdim etish mumkin. Bundan tashqari, yuqori reytinga ega bo‘lgan yirik kompaniyalarning kafilligi yoki ular tomonidan qo‘yilgan garovni ham keltirish mumkin.

ta’minlanmagan, ya’ni bu butunlay boshqacha bo‘lib, bu erda kreditorning riski bevosita qarz oluvchining biznesi bilan bog‘liqdir. Bunday kreditlar yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va ishonchli kompaniyalarga beriladi. Alohida bitta kreditor risk darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan summadagi kreditni berish mumkin. Lekin, bu kredit summasi riski, odatda shu summadagi kredit risklaridan yuqoridir. Demoqchimizki, har qanday sindikatlashda qarz oluvchi pul mablag‘larini har bir kreditorga teng ulushlarda qaytaradi. Agar qarz oluvchi umumiy summasining 50 foizini qaytarsa, har bir kreditor ham o‘zi qo‘shgan ulushning 50 foizini qaytarib oladi. SHunday qilib, kreditorning individual riski umumiy risk bilan bog‘liqdir. YA’ni, kreditor qarz oluvchiga umumiy qarzning bir qismini berar ekan, u qarz oluvchining jamiki berilgan summani qaytara olishiga ishonishi kerak.
Sindikatda qatnashish imkoniyatiga qarab, sinditsiyalashtirilgan kreditlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Ochiq turi, ya’ni bunda hamma hohlovchi banklar resurslari bilan qatnashishi mumkin;
2. Jamoali, birlashgan holda, ya’ni kreditorlar tarkibiga aniq va chegaralangan banklar kirishi mumkin.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni qarzdor uchun yirik miqdorda mablag‘larni bir bank bilan muloqotda bo‘lib qo‘lga kiritadi va qarz oluvchining vaqti tejaladi.
Etakchi bank uchun sinditsiyalashgan kreditni berishni afzalliklarni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bank o‘z mijozini yirik miqdorda pul mablag‘i bilan ta’minlashi. Ikkinchisi, bank kredit portfeli xatarlarining diversifikatsiyalanishi. Ishtirokchi banklarning sinditsiyalashgan kreditda qatnashishi kredit portfelining sifatini oshirish va yirik mijozlar bilan ishlash imkoniyatini ochib beradi. Sindikatli kreditni tashkillashtirishda o‘z o‘zidan sindikatli kreditlashdagi banklararo o‘zaro munosabatlar ko‘zlanadi, bundan ko‘rinib turibdiki, korrespondentlik ishisiz biror nima qilib bo‘lmaydi.
Banklararo munosabatlarning xorijiy amaliyotida biror bir korporativ qarzga oluvchini sindikatli kreditlash keng tarqalgan, shuningdek banklararo sindikatli kreditlash hollari ham uchrab turadi. Biznesning bunday sohalarida korrespondentlik ishi marketing tadbirlarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan, ya’ni sindikatda qatnashayotgan tijorat banklarining soni va ularning qarz oluvchi yoki qarz beruvchi bo‘lishidan qat’iy nazar ularning kreditlash shartiga rozilik berishini o‘rganish lozim. SHunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirish uchun banklarning ichki kreditlash (yoki pul mablag‘larini jalb qilish) siyosatini bilish, bozor kon’yunkturasini bilish talab qilinadi. Korrespondentlik ishi bank marketingi va bank menejmenti elementlariga asoslangan holda, bir tarafdan tijorat bankining ichki va tashqi imkoniyatlari va boshqa tarafdan eng yuqori ijobiy moliyaviy natijalarini olishdagi regulyatori vazifasidagi harakatlarni amalga oshiradi. SHuning uchun sindikatli kreditlash bo‘yicha har bir muayyan operatsiyaning rentabelligi korrespondentlik munosabatlari borasidagi ishning sifatiga bog‘liq.
Korrespondentdik ishi potensial qarz oluvchilarda kredit va sarmoya resurslarini jalb qilishga zaruriyatlarning mavjudligi to‘g‘risidagi (toifalar va ushbu qarz oluvchilarning, shu jumladan banklarning mintaqaviy joylashuvi nuqtai nazaridan va jalb qilish shartlarining valyutalari, muddatlari va zaruriy qiymatli shartlari nuqtai nazaridan), shuningdek kreditor va sarmoyadorlarning kredit va sarmoya imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun yuqori darajadagi bazaga ega bo‘lishi kerak. Mavjud korrespondentlik munosabatlaridan foydalangan holda, amalda tashqi sarmoyador, tashqi qarzga oluvchi va kredit bitimini sindikat doirasida aynan rasmiylashtirgan tijorat bankining ichki strukturaviy bo‘linmasi o‘rtasida vositachilik, «brokerlik» vazifasini bajarish. Odatda, tijorat bankining strukturaviy bo‘linmasi korrespondentlik munosabatlari va kredit boshqarmasi bo‘linmasi xodimlaridan tashkil topadigan sindikatli kreditlash bo‘yicha mutaxassislar guruhi sanaladi.
Ma’lumki, korrespondentlik ishi doirasida amalga oshiriluvchi va sindikatli kreditlashning tamoyilli shartlari moslashuvini ko‘zda tutuvchi marketing tadbirlari, tashkil etilayotgan sindikat ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bunda korrespondentlik munosabatlari tizimi bo‘yicha hal qilinuvchi birinchi darajali masalalardan biri bitimning barcha ishtirokchilari o‘rtasida vazifalar bo‘lib olinishidir.
Sindikatli kreditlashning asosiy ishtirokchisi bu, albatta, o‘zi kredit tashkiloti (bank) bo‘la oladigan qarzga oluvchi hisoblanadi.
Sindikatli kreditlashning ishtirokchisi bo‘lgan banklarni tavsiflash uchun, avvalo, sindikatning ishtirokchisi bo‘lgan banklar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarni ajratib berish o‘rinliroqdir:

  • kredit shartnomasini rasmiylashtirgunga qadar qarzga oluvchi bilan bitim bo‘yicha barcha masalalarni tartibga solish va moslashtirish;

  • ishtirokchi banklarni tanlash;

  • qarzga oluvchi va ishtirokchi bank o‘rtasida imzolanuvchi barcha hujjatlarni moslashtirish;

  • hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha huquqshunoslar bilan gaplashib olish;

  • loyihani va qarzga oluvchini tahlil qilish;

  • bitimlarni kreditlash (jamg‘armalash);

  • ishtirokchi banklardan kerakli summani olish;

  • qarzga oluvchiga mablag‘larni o‘tkazish;

  • kreditning maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini nazorat qilish;

  • qarzga oluvchidan olingan mablag‘larning banklar o‘rtasida taqsimlanishi (qarzning, foizning asosiy summasini qaytarish);

  • berilgan kreditning idora qilinishi;

  • ishtirokchi banklarni sindikatsiyaning borishi va loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida xabardor qilish;

  • qarzga oluvchi va banklarda yuzaga keluvchi barcha masalalarni muvofiqlashtirish, qarzga oluvchining so‘rovlariga kredit shartnomasi imzolagandan so‘ng javob berish:

  • kredit bo‘yicha ta’minlashni kuzatish va tekshirish.

Bunda ishtirokchi banklarning vazifalarini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin: tashkilotchilik; muvofiqlashtiruvchi; hujjatli; hisob-kitob; pul ishtirokidagi; ta’minotni nazorat qilish.
Ishtirokchi banklar o‘rtasidagi munosabatlar mavhum hollarda vazifalar quyidagicha taqsimlanadi: tashkilotchilik vazifalarini tashkilotchi bajaradi; muvofiqlashtiruvchi vazifalarni sindikatsiya kitobini yurgazuvchi bank; hujjatli vazifani - hujjatlar bo‘yicha agent; hisob-kitob vazifalarini kredit agenti (hisob banki yoki shunchaki agent); kreditlashda ishtirok etuvchi banklar qarzga oluvchini jamg‘armalashda qatnashadi, ya’ni pulli ishtirok vazifalarini bajaradi; ta’minlash nazorati vazifasini ta’minlash bo‘yicha agent bajaradi. Agar yuqorida keltirilgan bo‘limlarni muayyan hollarda qarab ko‘rsak, u holda bank tanlovi sindikatli kredit shartnomalarini tuzish bo‘yicha vazifalarni quyidagi mezonlar bo‘yicha joylashtirish mumkin.
Tashkilotchi bank tanlovi va Term SHeet ni imzolash.
Tashkilotchi bankning tanlovi har bir sindikatli kredit tarixida muhim jihat sanaladi. Birinchidan, bu sindikatlashning muvafaqqatiyatini belgilaydi, ikkinchidan, bu davrda bitimning asosiy parametrlari muvofiqlashtiriladi. Eng odatiy ta’sir bu eng past foiz stavkasidagi taklifni tanlash. Tashkilotchining sindikatlash borasidagi xizmat ro‘yxati kerak bo‘ladi. Xatto eng obro‘li banklar ham har doim ushbu sohada ixtisoslashtirilgan emaslar yoki etarli darajada keng tajribaga ega emaslar. Va nihoyat, tajribali banklar ham kadrlarini tez-tez yangilab turishadi va aynan kimning qarz oluvchi bilan shaxsan ish olib borishi va pulni izlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat va savdo kompaniyalarining qarzga oluvchilari uchun tashkilotchining ma’lum bir sohani moliyalashtirishdagi tajribasi muhim ahamiyatga ega.
Sindikatli kreditlar bo‘yicha takliflar odatda 3-4 varaq joy egallaydi (qimmatbaho qog‘ozlar holatida esa hujjat katta formatga ega bo‘ladi). Bu odatda Term SHeet (Takliflar varaqasi) yoki Terms and Conditions (SHartlar), yoki Summary Terms and Conditions (Qisqa shartlar) deb ataladi. Ular 15-20 raqamli va so‘zli shartlarni, shuningdek kredit summasi, marja va boshqa pullarning qiymatli qismlari, davomiylik, cho‘zish shartlari, va boshqa ko‘p xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
Term SHeet ni imzolash uchun uning tarkibidagilar barcha shartlarga butunlay rozilikni bildiradi. Bu niyatlar to‘g‘risidagi bayonnoma emas, balki qonun tomonidan oldingi shartnoma deb ataluvchi hujjatdir. Terms and Conditions imzolangandan keyin unga kiritilgan shartlarning hech biri qayta ko‘rib chiqilmaydi. SHartnoma ustida ishlashda juda ko‘pchilik, lekin kam ahamiyatga ega narsalarni moslashtirish kerak. Bunday yondashuv texnologiya yordamida amalga oshiriladi: tashkilotchi darhol sindikatlashga taklifnomalar yuborishni boshlaydi va unda kelishilgan asosiy parametrlarni ko‘rsatadi. Tashkilotchi tanlovining va qisqa shartlar moslashuvining ma’nosi moliyaviy maslahatchi mijozga o‘z ishtiroki bilan etkazib bera oladigan iqtisodiyotning 50-80 % ni savdodan orttirishning va Term SHeet da aynan mazkur bosqichda noaniq ko‘rinishda qo‘yishning iloji borligi yaqqol aks ettiriladi. Tashkilotchini tanlagach va qisqa shartlarni imzolagach, qarzga oluvchi sindikatlash bosqichiga ko‘tariladi.
Sindikatlashning vazifasi avval e’lon qilingan summani ta’minlash va odatda hatto undan birozgina oshib ketish (masalan, 20 emas 25 mln., 50 emas 75 mln.) uchun ko‘pincha biroz ortiqchasi bilan sindikat ishtirokchilarning etarli miqdorini to‘plash. Kamroq summani e’lon qilish uslubini faqat uni yig‘ish oson bo‘lganligi bilan oqlash mumkin. E’lon qilingan summaning yig‘ilmasligi bu qarzga oluvchi va tashkilotchining obro‘siga dog‘ tushiradi. Bundan tashqari, birinchi kichik so‘rov bozorning judayam ilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sindikatlash - tashkilotchining faoliyat tarmog‘idir. Lekin moliyaviy maslahatchi yoki konsultant jarayonni qattiq nazorat qilib va uni boshqarib boradi. CHunki vaqti va puli eng yaxshi uslubda ishlatilishi kerak bo‘lgan va tashkilotchining ishi uchun sindikatsiyalash bo‘yicha to‘laydigan qarzga oluvchi aynan uning mijozidir.
Sindikatsiyalash jarayoni bitim bo‘yicha axborot miateriallarini tayyorlashni, potensial ishtirokchi banklarga taklifnomalarni, va Roadshows ni (kreditorlar yo‘naltirilgan joylarga chiquvchi qarzga oluvchi bankning taqdimotini: London, Syurix, Vena, Nyu-York va hokazolarga) o‘z ichiga oladi. Asosiy ishtirokchilar bilan hamma narsani oydinlashtirib olgach, kredit bitimining me’yoriga etkazish va hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Term SHeet imzolangan paytdan e’tiboran tashkilotchi o‘zining yuridik firmasiga kredit shartnomasi matnini tayyorlash to‘g‘risida topshiriq beradi. Qarzga oluvchi manfaatlari uchun yaxshilab o‘rganish va muhokama qilishga etarli vaqt bo‘lishi uchun shartnoma loyihasini iloji boricha ertaroq olish. Aks holda yuridik masalalarning hal qilinmaganligidan kelishilgan kreditni olishning iloji yo‘qligi bilan bog‘liq holat yuzaga kelishi mumkin.
SHuningdek, qarzga oluvchi tashkilotchidan alohida qarzga oluvchining huquqiy holati haqida, shuningdek mahalliy qonunchilik bo‘yicha olinayotgan qarzning huquqiyligi to‘g‘risida mustaqil xulosa beruvchi yuridik firmani yollashi shart. (Barcha shu toifadagi shartnomalar ingliz, nemis, shveysariya huquqi bo‘yicha xorijiy arbitraj bilan tuziladi, chunki rossiya yuridik tizimi hali takomillashgan emas. Lekin har qanday huquq bitim ishtirokchisi o‘zi ro‘yxatga olingan mamlakatning qonunlari bo‘yicha vakolatli bo‘lishini talab qiladi).
Bu yuqori darajada e’tirof etilgan xalqaro firma bo‘lishi kerak: bunday holatda xulosa barcha kreditorlar tomonidan shak shubhasiz tan olinadi. Sindikatli kredit to‘g‘risidagi shartnoma 60-70 varaqdan iborat hajmdagi murakkab hujjatdir. Uni muhokamasi uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bilan mashg‘ul juda ko‘p kishilar (tashkilotchining tashqi huquqshunoslari, uning xodimlar huquqiy bo‘limi, tashkilotchining sindikatlash rahbarlari, qarzga oluvchining tashqi huquqshunoslari, uning huquqiy bo‘limi, yana 1 – 2 ta kredit uchun javobgar bo‘linmalar, boshqa kreditorlar) jalb etilgan, va ularning muvofiqligi ko‘p mehnat talab qiladi, lekin juda ham muhim vazifadir.


3. Sindikatli kreditlashda foiz to‘lovlari. Sindikatli kreditlashni rasmiylashtirish. Sindikatli kreditlash shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari. Kredit ta’minoti turlari va ular orasidan eng maqbulini tanlash

Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.


Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida etakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. SHundan keyin etakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar etakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Etakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina etakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.
Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi etakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • kredit buyurtmasi;

  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;

  • qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) taxmini albatta ko‘rsatilgan biznes-reja;

  • qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan 1, 2, 2a-shakllardagi oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti;

  • sindikatli kreditlashning ta’minot shakllaridan birini;

  • etakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar.

Olingan kreditni qaytaraolmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega:

  • mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;

  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;

  • uchinchi shaxsning kafilligi;

  • sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga oshirilayotgan bo‘lsa, kreditni qaytarish majburiyatini ta’minoti sifatida hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin.
Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun etishmasa, qarz oluvchi etakchi bank roziligi bilan uning etishmayotgan qismini qoplash uchun qo‘shimcha ravishda yuqorida sanab o‘tilgan ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini to‘ldirishi asosida taqdim etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog‘ozlar (ishtirokchi banklar emitent bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Bunda garov shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi. Kafolat Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq kafolat beruvchining etakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. YOzma majburiyat etakchi bankda saqlanadi. Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, etakchi va ishtirokchi banklar-benifitsiarlar foydasiga kafil, etakchi, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Etakchi bank ishtirokchi banklar bilan kelishgan holda ularga eng qulay bo‘lgan ta’minot shaklini tanlash huquqiga ega. Bunda etakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya etilayotgan ta’minot turini tahlil qilishi shart. Jumladan, garov taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank garov sifatida taklif etilayotgan mulkni qarz oluvchi hamda ishtirokchi banklar vakillari ishtirokida birgalikda baholashi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan mustaqil baholovchini jalb etgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Kafolat, sug‘urta yoki uchinchi shaxsning kafilligi taqdim etilgan taqdirda, etakchi bank kafolat beruvchining, sug‘urta kompaniyasining yoki qarz oluvchiga kafil bo‘layotgan shaxsning moliyaviy ahvolini batafsil tahlil qilishi va o‘z xulosasini ishtirokchi banklarga ma’lum etishi lozim..
Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan, etakchi va har bir ishtirokchi bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, etakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
Kredit shartnomasida kreditning umumiy summasi, maqsadi, foiz stavkasi, muddati, har bir ishtirokchi bank tomonidan ajratiladigan kredit miqdori, kredit maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ishtirokchi banklar tomonidan ko‘riladigan jazo choralari va jarimalar, kredit shartnomada belgilangan muddatlarda ajratilmgan hollarda ishtirokchi banklarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori va boshqalar belgilangan bo‘lishi shart. Kredit yig‘ma jildi etakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit yig‘ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi. Ishtirokchi banklar tomonidan qarz oluvchi bilan sinditsiyalashtirilgan kredit berish to‘g‘risida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, ishtirokchi bankning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas’ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobraqamini ochish to‘g‘risida farmoyish beradi.
Sinditsiyalashtirilgan kredit hisobidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish har bir ishtirokchi bank tomonidan Markaziy bankning Adliya vazirligida 2000 yilning 2 martida 906-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (yangi tahriri)» asosida barcha zarur loyiha-smeta va boshqa hujjatlar nusxalari etakchi bankka taqdim etilgandan keyin boshlanadi.
Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o‘z ichiga oladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra kredit bahosi pul bozori va inflyasiya holatidan kelib chiqqan holda ko‘payish yoki kamayish tomoniga o‘zgartirilishi mumkin.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tartibga solinishi depozitlarga foiz to‘lashning amaldagi tizimi tufayli banklarning zarar ko‘rish xavfini kuchaytiradi. Aytaylik, bank 6 oy muddatga jalb qilingan muddatli depozitni 6 oylik uchta kreditga transformatsiya qildi, deylik. Depozitga to‘lanadigan yillik foiz stavkasi 24% ga teng, bu vaqtda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining yillik darajasi 16% ga teng deylik. Bank ushbu 2 ta kreditni 20% bilan berdi. Demak, bankning bu operatsiya bo‘yicha daromadlilik darajasi 4 punktga teng. Faraz qilaylik, inflyasiya darajasini keskin pasayishi natijasida rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi 2,0 punktga pasaytirildi. Natijada, bankning maksimal kreditlash foizi 21% ni tashkil etadi. Bank ikkinchi kreditni berish jarayonida stavka o‘zgarsa, unda ikki ssuda bo‘yicha bank ko‘radigan zarar darajasi 4 punktga teng. CHunki banklar muddatli depozitlarga belgilangan foiz stavkasida foiz to‘laydilar. SHu munosabat bilan suzib yuruvchi stavkalarda foiz to‘lanadigan depozitlarni jalb qilish va ular hisobidan suzib yuruvchi stavkalarda kreditlar berishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday sharoitda bank spred yoki marjani barqaror tarzda saqlab qola oladi. Ammo respublikamiz sharoitida marja miqdorini belgilash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Buning sababi shundaki bank kreditlarning yuqori foiz stavkasi limitlashtirilgan sharoitda kreditlarning bozor bahosi to‘liq shakllana olmaydi. SHu sababli, marja miqdori aniq belgilanib, u orqali depozitlarga to‘lanadigan foiz miqdori aniqlanishi kerak.
Kredit bahosining optimal variantini topish uchun tijorat banki bo‘yicha marjani hisoblab chiqish zarur. Masalan, hisobot oyida bankning jalb qilgan resurslarning o‘rta summasi 7381792 ming so‘m deylik, ularga to‘lanadigan xarajatlar summasi 23962 ming so‘m bo‘lsa, bunda jalb qilingan resurslar o‘rtacha qiymati (%da)
23962 ming so‘m x 360 x 100 %= 3,89%
7381792 ming so‘m x 30
Kredit qo‘yilmalarining hisobot oyida o‘rtacha summasi 3316916 ming so‘mni, bulardi olingan daromad esa 43237 ming so‘m bo‘lgan Kredit qo‘yilmalarining o‘rtacha Qiymati (%da)
43237 ming so‘m 360 x 100% = 9,76%
3316916 ming so‘m x 30
Bank bo‘yicha marja (9,76-3,89) % = 5,87 % ni tashkil etadi
Nazariy jihatdan kreditning bahosini quyidagicha aniqlash mumkin:

Bunda Kb – kreditning bahosi; Kbb – kreditning bozor bahosi; Ox – operatsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar; Krd – kreditlar bo‘yicha risk darajasi; Kf – bankning o‘z kapitaliga foiz stavkasi.
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi va ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi
Kredit shartnomasi tuzib bo‘lingandan so‘ng qarz oluvchi nomiga ssuda hisob varag‘i ochiladi. Ssuda hisob varag‘iga oid barcha operatsiyalar shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi
Ssuda hisob varaqlaridan qurilish - montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan kam bo‘lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki to‘lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan uskunaning va boshqa xarajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar uchun to‘lov xujjatlari haqi to‘lanadi. Buyurtmachining o‘z mablag‘lari va kredit mablag‘lari ishtirokida qurilishni moliyalash chog‘ida qurilayotgan korxonaning rahbariyati kadrlarni tayyorlash va binolar ijarasi va shu kabilarni saqlab turishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga kredit hisobidan to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar va ularga oid foizlarni sundirilishi qarz oluvchining bank hisob varag‘iga pul mablag‘larining kelgusida kelib tushishining aniq hisob-kitobi olingan holda tuzilgan jadval asosida amalga oshiriladi, zarurat tug‘ilganda taraflar kelishuviga binoan kredit va unga oid foizlarning sundirilishi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada kuzda tutilgan yoki kreditor roziligi asosida bo‘lsa, o‘zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari sundirish huquqiga ega. Bunda qarz oluvchi o‘zining to‘lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi va hisoblangan foizlarni to‘laydi
Respublikamizda muddati o‘tgan ssudalarga 90 kungacha foiz hisoblanadi, 90 kundan keyin esa foiz hisoblash to‘xtatiladi Bir qator mamlakatlarda foiz hisoblanadigan davr 6 oygacha cho‘zilishi mumkin. Bu esa daromadning real qiymatidan uzoqlashuviga sabab bo‘ladi. Mijozning muddati kreditni qaytara olmasligi aniq bo‘lib qolishi bilanoq, uning moliyaviy faoliyatini chuqur tahlil qilish lozim. Bunda asosiy e’tibor pul oqimiga qaratilishi lozim Tahlil natijalariga qarab, foiz hisoblash masalasini hal qilish lozim. Kreditni muddati o‘tgandan keyin bir oy ichida qaytara olmagan mijozni uch oydan keyin qaytara olishiga ishonch kam bo‘ladi. Muddati o‘tgan, amalda «O‘lik ssudalar»ga aylangan kreditlarga foiz hisoblash moliyaviy jihatdan zaif bankni ancha baquvvat qilib ko‘rsatishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida, O‘zbekiston Respublikasidagi ayrim banklar kreditni qaytish ehtimoli nolga teng bo‘lgan hollarda ham foiz summasini mijozning joriy qisob varag‘idan debetlayverish hollari uchraydi. Buning oqibatida foyda summasi qoplanmagan kredit summasini oshirish evaziga o‘sib boraveradi, natijada yangidan jalb qilingan depozitlar hisoblangan foizlarni, soliqlar va dividendlarni to‘lashga sarflanadi.
O‘z vaqtida kredit so‘ndirilmagan va foizlar to‘lanmagan hollarda bank amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur nizomga muvofiq, shuningdek da’vo taqdim etish, ya’ni xo‘jalik sudiga da’vo arizasini berish yo‘li bilan choralar ko‘rishga majbur. Ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi-bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi kelishuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi. Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisobvarag‘idan naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi
Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplanishini ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin. Qaytarish muddati etib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
Etakchi bank tomonidan qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyatini, berilgan kreditdan maqsadli foydalanishi va garov holati yoki kafilning moliyaviy holati bo‘yicha kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoringni amalga oshiriladi. Ushbu monitoring ishtirokchi banklar talabi asosida, ular ishtirokida yoki kredit shartnomasida belgilangan tartibda har bir ishtirokchi bank tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.
Monitoring jarayonida etakchi bank va har bir ishtirokchi bank tomonidan qarzdorning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tomonidan tuzilgan shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq mahsulot etkazib berish majburiyatlarini bajarilishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning aylanishi, barcha bank hisobvaraqlaridagi harakatlarni tahlil qiladi va ushbu ko‘rsatkichlarni qarzdorning kredit yig‘majildida umumlashtirib boradi.
Bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyiga chiqib o‘rganiladi.
Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha etakchi va ishtirokchi banklar monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida amalga oshiradi.
Monitoring natijalari etakchi bank tomonidan ishtirokchi-banklarga hamda ishtirokchi banklar tomonidan boshqa sindikat a’zolariga sinditsiyalashtirilgan kredit haqidagi kelishuvda belgilangan muddatlarda yuboriladi. Monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bo‘yicha javobgarlik har bir ishtirokchi bank zimmasida bo‘ladi. Monitoringni amalga oshirish bank sindikati kelushivida yoki kredit shartnomasida etakchi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi javobgarlik etakchi bank zimmasida bo‘ladi. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, ishtirokchi banklar yoki etakchi bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan hisoblangan foizlarni undirish va kreditni qaytarish etakchi va ishtirokchi banklar tomonidan ularning mazkur kredit umumiy summasidagi ulushiga mos holda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan, kredit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda undiriladi.
Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarish uchun qarz oluvchining mablag‘lari etarli bo‘lmagan taqdirda kredit uchun hisoblangan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini to‘lash bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish Fuqarolik kodeksining 784-moddasiga muvofiq belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Etakchi bank tomonidan muammoli kreditni paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Etakchi bank, uning tomonidan kreditlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilishi va uning natijasida zarar ko‘rilishiga olib keladigan quyidagi harakatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi: kredit hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish, yuzaki monitoring o‘tkazish, ishtirokchi-banklarga kredit qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar borligi haqida ma’lum qilmaslik, qarz oluvchining depozit hisobraqamida mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, kreditlarni qaytarish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik yoki umuman o‘tkazmaganlik va hk.
Qarzdorning to‘lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi uchun mas’uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv asosida barcha ishtirokchi-banklar zimmasida bo‘ladi. Etakchi bank mazkur bitimni tashkil etish paytidagi bevosita va qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflarini qoplashi uchun qarz oluvchidan vositachilik haqi undirish huquqiga ega. Vositachilik haqi miqdori sinditsiyalashtirilgan kreditlash haqidagi kelishuvda va kredit shartnomasida nazarda tutiladi. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, etakchi bank boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda Fuqarolik kodeksining 280- moddasi ikkinchi qismiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan, undirishni mustaqil ravishda garov predmetiga qaratishga haqlidir.
Garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘ summasi barcha hisoblab yozilgan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini qoplash uchun etarli bo‘lmagan taqdirda u ishtirokchi banklar o‘rtasida ularning mazkur sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘idagi ulushiga nisbatan mutanosib ravishda taqsim­lanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni qaytarilishini ta’minlashning boshqa shakllarida ham ishtirokchi banklar talablarini qondirish xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar tomonidan sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatlilik darajasida muammolar paydo bo‘lganligi aniqlangan taqdirda ehtimolli yo‘qotishlarni qoplash uchun Adliya vazirligida 1999 yil 11 fevralda 632-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Aktivlar sifatini tavsiflash, ular bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan yaratiladigan zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi hajmida zaxiralar yaratishga majburdirlar.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish