Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirilishi



Download 6,3 Mb.
bet28/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirilishi













USKUNA ETKAZIB BERUVCHILAR



















Asbob-uskunalar (3)







To‘lovlar (4)













































































































Daromadlar (8)










To‘lovlar (6)








































LOYIHALASH


TIRUVCHILAR




INVESTITSION


LOYIHA




ISTE’MOL
CHILAR

























































O‘z mablag‘lari (1)







Mahsulot (5)













































































































Kreditning qaytarilishi (7)







Kredit (2)



















TIJORAT
BANKLARI































































SHunday qilib, loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyoti boy tajribalarga ega bo‘lib, uning ayrim xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasida ham kuzatish mumkin. Jumladan, bir necha banklari yirik sanoat ob’ektlarining hamkorlikda moliyalashtirilishi va bunda etakchi bank sifatida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning faoliyat ko‘rsatishi va boshq. Xullas, loyihaviy moliyalashtirishning asosiy turi bu - sindikatlashgan kreditlashtirish bo‘lib, unda turli investor va kreditorlar o‘z riski va mablag‘lari bilan ishtirok etadi. Sindikatli kreditlashning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab bu usullardan foydalanishi mumkin. Sindikatli kreditlashning ob’ekti bo‘lib aniq maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan samarali bo‘lishi rejalashtirilgan loyihalar hisoblanadi.



7-mavzu: Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash mexanizmi


Reja

1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda sindikatli kreditlashni tashkil etish.


2. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari.


Tayanch iboralar: kreditga layoqatlilik, investitsion jozibadorlik, kredit baxosi, foiz siyosati, loyixaviy moliyalashtirish, moliyaviy vositalar, nazorat, sindikat, venchur.


1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda sindikatli kreditlashni tashkil etish.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti hozirgi kunda umuman o‘zgacha shaklga keldi. Bank – moliya tizimi takomillashmoqda. Iqtisodiyotga ko‘pgina yangi tushunchalar kirib kelmoqda. SHular jumlasidan investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tushunchasidir. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish – bu pul mablag‘lari mobilizatsiyasi shakllarining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda yirik masshtabli loyihalarni amalga oshirishda bir qancha moliya – kredit institutlari ishtirok etadi va investitsion sarf xarajatlar esa qaytadan tashkil etilayotgan ob’ektlarning bo‘lajak daromadlari hisobiga qoplanadi.
Mazur va boshqalarning “Upravlenie proektami” kitobida esa “loyixaviy moliyalashtirish, bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir” deb ta’rif berilgan. Bu erda, kredit qarz oluvchiga nisbatan xech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin deb yozilgan. Regress deganda, qarzga olingan summani taqdim etilishiga bo‘lgan talab tushuniladi. Yirik loyihalarni moliyalashtirishini tashkil etish uchun loyiha tashabbuschi loyihaning boshqa ishtirokchilari va banklar bilan birgalikda mo‘ljallangan loyihaning texnik – iqtisodiy asosi (TIA) va biznes – rejasini batafsil o‘rganadilar. Loyihaviy moliyalashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud: Investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi; Loyiha texnik – iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi; Loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi; Loyixaning qurilish – montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o‘rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar); Loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash; Garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi. Loyihaviy moliyalashtirishda loyihani amalga oshirishga kerak bo‘ladigan pul mablag‘larining asosiy hisob – kitob ishlari, loyiha tashabbuskorlarining imkoniyatlari, qarz mablag‘lariga bo‘lgan extiyoj, bo‘lajak (kutiladigan) foyda, potensial investitsion va savdo – sotiq rikslari loyihalashtirishning oldi, investitsiya va ekspluatatsiyaga berilishi bosqichlarida baxolanishi mumkin. Loyihaviy moliyalashtirish usullari G‘arbiy Evropa mamlakatlarida o‘tgan asrning 80 – yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya – kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi. Demak, loyihaviy moliyalashtirish – bu korxona va tashkilotning iqtisodiy va texnik hayotiyligini ta’minlashdir, bu esa o‘z navbatida korxona qarzini to‘lashga etarli bo‘lgan pul tushumlarini boshqarish tushuniladi.
Amaliyotdagi kredit operatsiyalari jarayonida bank birinchi o‘ringa qarz oluvchiining kredit tarixini o‘rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta’minot turlari va garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e’tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e’tibor loyiha tahliliga ajratiladi. Loyixaviy tahlilning asosiy ob’ekti, bu loyihaviy xujjatlar (loyihani texnik – iqtisodiy asoslash)dir. Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi bu investitsion loyihasini moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihasining smeta – xarajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda, rikslarni baholashdir.
Loyiha taxlilining asosiy yo‘nalishlariga texnik tashkiliy, xuquqiy, ekologik, tijorat iqtisodiy, moliyaviy yo‘nalishlarini kiritishimiz mumkin. Yirik masshtabli loyihalarni amalga oshirishda ko‘pgina ishtirokchilar jalb qilingan bo‘ladi:

  • Loyiha tashkilotchilari;  Tashkilotchilar ta’sis etgan loyihaviy kompaniya;

  • Kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi);  Pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchilar);

  • Asbob – uskunalarni etkazib beruvchilar;

  • Sug‘o‘rta kompaniyalari;  Loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar;  Moliyaviy maslahatchilar;

  • Operator – kompaniyalar, ob’ektni ekspluatatsiya (ishlab chiqarish) ga kiritgandan so‘ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi.

Investitsion loyihalarni baholashda loyihaning ishonchligini ta’minlovchi quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

  • Texnik – iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi;

  • Loyiha tomonidan ishlatiladigan mahsulot va xom – ashyo manbalari va qiymatlarining kafolatganligi;

  • Loyihaning ma’qul narxlarda yoqilg‘i bilan ta’minlaganligi;

  • Loyiha mahsulotlari va xizmatlarini sotish uchun bozorning mavjudligi va bozorgacha transport xarajatlari ma’qul narxlarda mavjudligi;

  • Qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi;

  • Pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi;

  • Loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o‘z ichiga olmasligi;  Hamkorlar va manfaatdorlar tomonlar bilan shartnomaviy kelishuvlar tuzilgan, litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi;

  • Valyuta rikslarining taqsimlanganligi;

  • Loyiha qo‘shimcha ta’minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi;

  • Etkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta’minlanganligi;

  • Tegishli sug‘o‘rta to‘lovlari qarab chiqilganligi;

  • Fors – major holatlari, to‘xtab qolishlar xavfi (etkazib berishda, qurilishda va boshqalar) xarajatlarning o‘sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi;

  • Loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko‘rsatkichlarga egaligi;

  • Foiz stavkalari va inflyasiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi. Haqiqiy investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlarga mos kelavermaydi.

YUqoridagi mezonlar loyihaviy moliyalashtirishni muvaffaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillarni belgilab olishni taqozo etadi.
Investitsion loyihalarni xayotiyligi;
Loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli xamkorlarning ishtiroki;
Loyixa barcha risklarining hisobi va taqsimoti;

  • Barcha xuquqiy jixatlarni tartibga solib borish;

  • Loyixani amalga oshirishda sifatli biznes – rejaning mavjudligi va aniq muvofiqlashgan xarakat rejalarini ishlab chiqish. Tijorat banklari investitsion kreditlarining asosiy qismi investitsion loyihalarni kreditlash (yoki loyihaviy kreditlash) asosida amalga oshiriladi.

Loyihalarni kreditlashning bu shakli kelajakda tashkil etilayotgan yoki qayta qurilayotgan korxonalar olishi mumkin bo‘lgan daromad hisobiga investitsion loyihalarni moliyalashtirish g‘oyasi yotadi. Ushbu daromadlar hisobiga banklar tomonidan tashkil etilgan investitsiyalarni moliyalash va qaytarishlilik ta’milanadi. Jahon tajribasida banklar faoliyatining ushbu yo‘nalishi yoqilg‘i energetika majmuasi, qazib oluvchi va qayta ishlovchi hamda kapitalga muhtoj bo‘lgan sonaot tarmoqlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va zamonaviylashtirish uchun zarur bo‘lgan davlatlar va xududlar uchun juda dolzarb hisoblanadi. Loyihaviy kreditlash mexanizmi rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishda jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan muvofiqiyatli foydalanmoqda. Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo‘ldi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‘zning aniq atamasi yo‘qligi sababli, ko‘pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit deb ham ataladi. Sindikatlashmoq, sindikat to‘zib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir. Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yirik investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, faqatgina maqsadli moliyalashtirilgandagina samarali amalga oshirilishi mumkin. Maqsadli moliyalashtirish kredit resurslaridan foydalanishdagi o‘sha javobgarlikni bartaraf etadi. Maqsadli moliyalashning afzalligi shundaki, bunda kreditor nafaqat qarz resurslarini taklif qiladi, balki ularni qulay shartlarda tovarlar bilan ta’minlaydi. Moliyaviy globalizatsiya davrida investitsiya loyihalarini xalqaro kreditlash jarayonida loyihaviy moliyalashtirish tobora samarali moliyalashtirish shakli bo‘lib kelmoqda. Loyihaviy moliyalashtirish deganda odatda bank tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirishdagi maxsus kreditlash turi tushunilib, bunda regressiz yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalash (kreditlash) tushunilib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarining ta’minoti bo‘lib, mazkur loyiha faoliyatidan olgan daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli sxemalari asosida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bulardan biri «Evro tunel» investitsiya loyihasini moliyalashtirishdir. Bu investitsiya loyihasiga asosan Buyuk Britaniyani Evropa kontinenti bilan bog‘lab, sof xususiy sektorlarning (xukumat va xalqaro tashkilotlar aralashuvisiz) investitsiyalariga barpo etilgan va loyiha qiymati 7 mlrd funt sterlingni tashkil etgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda 198 ta bank o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etgan. Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilik loyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi. Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra so‘zib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate – Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‘shiladi (yoki, amaliyotda PIBOR, NIBOR stavkalaridan ham foydaniladi). Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtai nazaridan moliyalashtirish muddatini va ob’ektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Ob’ektni ishlab chiqarish quvvatlariga etkazish va ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish vaqtini (muddati) shakllantiradi. Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Evropa banklari tomonidan qo‘llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQSHda esa, bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish muddati etarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga o‘zgartiriladi. SHuningdek, alohida banklar ham kafil bo‘lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksportimport kreditlarini sug‘o‘rtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko‘proq yuz beradi. Bunda sindikatishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkreditiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin. Bunday moliyashtirishdan foyda nima? Unda qarz oluvchi moliyalashni kamroq risk (xatar)lar bilan oladi, ya’ni kreditlar riski tijorat bankiga o‘tadi. 90-yillar I-yarmi jahon xo‘jaligi uchun yuqori iqtisodiy o‘sish darajasi bilan xarakterlanib, loyihani moliyalashtirish shakllariga katta talab uyg‘otdi. 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqirozlargacha loyihani moliyalashtirishning jahon bozorida Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari etakchilik qilib keldi. 1996 yilda Gonkongda 36ta, qiymati 19,3 mlrd.dollarlik, Indoneziyada 72ta, qiymati 14,1 mlrd.dollarlik, Taylandda 31 ta, qiymati 9,4 mlrd. dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Umumiy 1996 yilda Osiyo mamlakatlarida 400ta, qiymati esa 86,2 mlrd.dollarlik investitsion loyihalar moliyalashtirildi. Xulosa qilganda, bugungi kunda loyihaviy moliyalashtirish loiyhalarni iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Jaxondagi ko‘pgina banklar o‘z faoliyatida o‘z zimmasiga qanday risk darajasini olishiga qarab, loyihaviy moliyalashtirish quyidagi uch turga ajratilgan:
1. Regress xuquqisiz kreditlash (non – resource financing);
2. To‘liq regress huquqi bilan kreditlash (full – resource financing);
3. CHeklangan regress huquqi bilan kreditlash (limited – resource financing).
Qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirishda kreditor o‘z zimmasiga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, savdo – sotiq risklarini oladi. Bunda kreditor faqatgina loyiha, kredit va foiz to‘lovlari uchun bo‘lgan pul oqimlarini nazarda tutadi. Loyihaviy moliyalashtirishning bu ko‘rinishi qarz oluvchi uchun eng narxi baland hisoblanadi, chunki kreditor bunday risk darajasini o‘ziga olar ekan, unga teng keluvchi kompensatsiyaga ham haqli bo‘ladi.
Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish jahon amaliyotida ko‘proq tarqalgan. Bu to‘rning afzallik tomonlari shundan iboratki, qarz oluvchi loyihani moliyalashtirish uchun pul vositalarini nisbatan tezroq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Moliyalashtirishning boshqa turlaridan pul mablag‘larini jalb qilishning narxi arzon bo‘lishi bilan farqlanib turadi. Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:

  • Respublika yoki regional ahamiyatga ega, infrastrukturani shakllantirish bo‘yicha daromadsiz bo‘lgan, pastrentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari kerak bo‘lganda;

  • Eksport kredit shaklida pul mablag‘larini taqdim etishda, chunki eksport kreditlarni berish bo‘yicha maxsus tashkilotlar qo‘shimcha uchinchi taraf garovsiz loyiha risklarini o‘z zimmasiga olish huquqiga egadirlar va kreditni faqatgina shunday shaklda berishga tayyorlar;

  • Loyiha bo‘yicha kafolatlarning etarli bo‘lmaganida;

Investitsion xarajatlarining ko‘payishiga katta ta’sirchanligi bo‘lgan kichiq loyihalarga pul mablag‘lari taqdim etilganda. Qarz oluvchiga nisbatan cheklangan regressli loyihaviy moliyalashtirish loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalarni nazarda tutadi. Loyiha risklari loyiha ishtirokchilari orasida shunday taqsimlangan bo‘ladiki, ularga bog‘liq bo‘lgan risklarni o‘zlari qabul qilishga tayyor bo‘ladilar.
Loyihaviy moliyalashtirish to‘g‘risida yakun yasab quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
- loyihaviy moliyalashtirishning asosiy turi bu - sindikatlashgan kreditlashtirish bo‘lib, unda turli investor va kreditorlar o‘z riski va mablag‘lari bilan ishtirok etadi;
- loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab bu usullardan foydalanishi mumkin;
- loyihaviy moliyalashtirish ob’ekti bo‘lib aniq maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan samarali bo‘lishi rejalashtirilgan loyihalar hisoblanadi.
- loyihaviy moliyalashtirishda eng asosiy jarayon bu loyiha hujjatlarining texnik, iqtisodiy, moliyaviy, ekologik tahlili hisoblanib, bu jarayonning qanchalik chuqur va saviyali o‘tkazilishi loyihaning kelgusi taqdirini belgilab beradi.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish