Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet24/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

4. Boshqa xalqaro moliya institutlarining loyihaviy moliyalashtirishdagi ishtiroki va tajribalari. Turli tarmoqlarda loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi OTBga 1995 yil 30 avgustda to‘laqonli a’zo bo‘ldi. OTBning Toshkentdagi vakolatxonasi 1998 yilda ochildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston OTBning mavjud 22 aksioneri ichida kvotasining miqdoriga ko‘ra 15-o‘rinda turibdi. 2002 yildan 2007 yilga qadar O‘zbekiston OTBdan umumiy summasi 976,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan miqdorda xalqaro kreditlar oldi. Bundan tashqari, mazkur davr mobaynida OTB O‘zbekistonga 39,64 mln. AQSH dollari miqdorida texnik yordam ko‘rsatdi. OTB tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlarning sezilarli qismi ijtimoiy harajatlarni oliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.


Respublikamiz OTB bilan kichik biznesni rivojlantirish sohasida o‘zaro keng hamkorlik qilmoqda. 1997 yil 17 dekabrda OTB direktorlari Kengashi O‘zbekiston nodavlat korxonalarini, asosan, kichik biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 50 mln. AQSH doll. miqdorida kredit liniyasini ma’qullanishidan ushbu kredit liniyasini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish ishlari boshlab yuborildi. Kredit qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga va jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan kichik korxonalar investitsiya loyihalarini moliyalashni ta’minlaydi. Hozirgi kunda OTB O‘zbekistonga 11 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 517 mln. AQSH doll. taqdim etdi. SHundan kichik biznesni rivojlantirishga, shuningdek, kredit uyushmalarini tashkil etishga 150 mln. AQSH doll. miqdorida mablag‘ sarflandi.
SHunisi muhimki, 2006 yilda OTB Kengashi O‘zbekiston uchun 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi va Dasturini ma’qulladi. Mazkur strategiya va Dastur aholining kam ta’minlangan qatlamlarining iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan.
OTBning ushbu strategiyasi quyidagi sohalarni qamrab oladi:
1. Qishloq xo‘jaligi;
2. Xususiy sektor;
3. Transport kommunikatsiyalari va bojxona tranziti;
4.Umumiy ta’lim;
5.Maktabgacha tarbiya sohasi.
OTBning O‘zbekistondagi birinchi kredit operatsiyasi 1996 yil 13 oktyabrda amalga oshirildi. SHu munosabat bilan 2006 yilning 13 oktyabrida OTBping mamlakatimizdagi doimiy vakolatxonasi o‘zaro hamkorlikning 10 yilligini nishonladi. Hozirgi davrda respublikamizda OTB ishtirokida 10 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.
OTB O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sektorlarida faoliyat ko‘rsatib muhim natijalarga erishdi. Jumladan, OTB O‘zbekiston hukumatiping temir yo‘l tizimini rivojlantirishga qaratilgan harakatini qo‘llab-quvvatladi. Natijada art shu maqsadlarga 140 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berdi. Temir yo‘llarning qayta tiklanishini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirilishini davom ettirish uchun OTB tomonidan 70 mln. AQSH dollari ajratildi. Bundan tashqari, OTBning ulushi 50 mln. AQSH dollari bo‘lgan “Avtomobil yo‘llarini qayta tiklash” loyihasi doirasida avtomobil yo‘llari sektorini tuzilmaviy mustahkamlash va isloh qilish, yo‘llarii saqlash va harakat xavfsizligini nazorat qilish tizimiga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
OTBning ta’lim sohasini rivojlantirishdagi roli kattadir. 1997 yildan boshlab OTB O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadiga 260,5 mln. AQSH dollari ajratdi. Jumladan, o‘quv adabiyotlari nashr qilish tizimini takomillashtirish, qishloq joylarda ta’limni yaxshilash va boshlang‘ich va o‘rta ta’limni takomillashtirish bo‘yicha loiihalar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish uchun OTB tomonidan 57 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi. Ushub loyiha doirasida 42 litssy va 3 kollej jihozlar bilan ta’minlandi.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish