2. Lizing to‘lovlarini va lizingning moliyaviy samaradorligini aniqlash, banklarda lizing hisobi.
Lizing to‘lovlari o‘z tarkibiga shartnomada ta’kidlangan mulkning to‘la yoki qisman holdagi qiymatini hamda, ko‘rsatilgan lizing xizmati va qo‘shimcha servis xizmatlari to‘lovini oladi.
Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy harajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
Lt=Bq+Kt+Qt
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov, so‘mda;
Qt- qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov, so‘mda;
Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati,
so‘mda;
Lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to‘lovlari harajatlari quyidagicha hisoblanadi:
Lt=A+Kt+Tkomis+Qt+QQS+BB
Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o‘lchovi, so‘mda;
Tkomis - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so‘mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo‘yicha lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i, so‘mda;
BB - bojxona boji, so‘mda;
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov, so‘mda;
Qt - qo‘shimcha xizmatlari uchun to‘lov, so‘mda.
O‘z navbatida, amortizatsiya ajratmalari quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
Bu erda, A- amortizatsiya ajratmasi summasi;
S- mol – mulkning balans qiymati;
NA- amortizatsiya ajratmasi me’yori.
Kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu erda, K- kredit resurslar summasi;
Sk – kredit resurslaridan foydalanganligi uchun stavkasi.
Lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofat puli quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda, Skomis – komission mukofat puli stavkasi.
Qo‘shimcha xizmatlar to‘lov miqdori asosan quyidagi aniqlanadi:
Qt = Xsaf + Xrek + Xboshqa
Bu erda, Xsaf – bank xodimlarining safar xarajatlari;
Xrek – reklamalar xarajatlar summasi;
Xboshqa - boshqa xarajatlar summasi.
Lizing beruvchining mulkdan foydalanish harajatlari lizing to‘lovlari asosida to‘liq kompensatsiyalanmaydi, ya’ni qoplanmaydi. Kompensatsiya summasi shartnoma muddati va mulk amortizatsiyasi muddatiga bog‘liq holda shartnomada oldindan belgilangan bo‘ladi. Agar amortizatsiya muddati shartnoma muddatidan oshib ketsa, bunda mulkning amortizatsiya muddati tugashiga qadar lizing beruvchida qoldiq qiymatida o‘z mulki bo‘lib qolaveradi. Komission mukofot to‘lovi lizing beruvchi harajatlarini qoplash manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, bu aniq bitim bilan bog‘liq emas va foyda manbaini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Amaliyotda, tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar ko‘pgina hollarda, bir-biriga muqobil darajada bo‘lgan tanlovga duch keladi. Masalan, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olinadigan uskunalarni moliyalashtirish samaralimi yoki bu uskunalarni ijaraga olib, ulardan foydalanish unumliroqmi? Ushbu masala nafaqat tadbirkorlar oldida, shuningdek uskunlarni ishlab chiqaruvchi oldida ham turadi. Mulk egasi uchun eng muhimi ijara to‘lovlari hajmini belgilab olish va uskunalar ijarasining moliyaviy samaradorligini aniqlashdir. Ijaraga oluvchi esa, muqobil variantlar mavjud bo‘lgan holda, o‘zi uchun asosiy masalani, ya’ni uskunalarni ijaraga olishni yoki ularni harid qilishni hal qilishi zarur. Ikkala masala ham sof moliyaviy tamoyillar asosida hal qilinishi mumkin. Bu borada qaysi bir usuldan foydalanmaylik buning echimi pul oqimlarini bugungi o‘lcham konsepsiyasiga asoslanadi. Uskunalar uchun ijara haqi to‘lovi quyidagicha aniqlanadi:
Aytaylik, R qiymatga ega bo‘lgan uskuna n yilga ijaraga berilayapti. Uning qoldiq qiymati (ijara muddati oxirida) S ni tashkil etadi. Ijara to‘lovlari oqimi vaqt omilini hisobga olgan holda eskirish qiymatiga teng bo‘lishi lozim. Ijara to‘lovi, yilda bir marotaba yilning oxirida to‘lanadigan bo‘lsa, uskunalarga safarbar etilgan mablag‘larni belgilangan me’yorda ta’minlovchi bir marotabali ijara to‘lovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
R=
bu erda,
R-yillik ijara to‘lovi
R-uskunaning boshlang‘ich qiymati
S-uskunaning qoldiq qiymati
Ani-yillik doimiy daromadni taqqoslash uchun keltiriladigan koeffitsient (bo‘lajak daromadni belgilangan vaqtdagi bugungi qiymatini aniqlash koeffitsienti);
V-ko‘paytiruvchi diskont.
Bunda ijara to‘lovi uskuna qiymati, qabul qilingan daromadlilik me’yori (I) va ijara muddatiga bog‘liq bo‘layapti. Formulada ijara to‘lovlari bir marotaba yil oxirida to‘lanishi ko‘zda tutilgan. U faqat uskunani ijaraga topshirishda ko‘zlanga daromad me’yori asosida kelib chiqadigan hajmni aniqlab beradi.
Agar, ijara shartnomasida uskunani uning egasi tomonidan ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ushbu harajatlar ijara to‘lovida inobatga olinadi.
Hisob-kitobda inobatga olinayotgan daromadlilik me’yori albatta uskunani amortizatsiya me’yoridan yuqoriroq bo‘lishi tabiiy holdir. Qabul qilingan daromadlilik me’yori (I) bilan amortizatsiya me’yori (a) farqi ijara operatsiyasini taxminiy real daromadliligini ko‘rsatadi.
Misol. 9.1.Aytaylik, ijaraga topshirish vaqtida 1 mln. so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan uskuna 4 yilga ijaraga berilgan. Ijara muddati tugash vaqtiga kelib uskunaning qoldiq qiymati 400 ming so‘mni tashkil etadi.
Uskunaga sarflangan mablag‘ga nisbatan qo‘yiladigan talab, yiliga 15% daromad keltirishi zarur deylik. Belgilangan daromadlilikni ta’minlash sharti bilan to‘lanadigan ijara haqi qanchani tashkil etadi, agar ijara to‘lovi
bir marotaba yil oxirida to‘lansa?
Ushbu misolning echimini yillik ijara to‘lovi formulasi asosida hisoblaymiz.
=
A) Bunda a4;15 teng 2.85498
Barcha yuqoridagi shartlar saqlanib qolgan holda aytaylik ijara muddati 4 yil emas 8 yil deylik va uskunaning qoldiq qiymati ikki baravar kamaygan deb faraz qilaylik. Bunda
A8,15= 4.487732 va
1000-200 *1,15-8
R = =208,3 ming so‘m.
4,487732
Ko‘pchilik hollarda amaliyotda moliyaviy lizing bo‘yicha ijara to‘lovlari hisoblash uchun annutet formulasidan foydalaniladi:
Bu erda, R- ijara to‘lovlari summasi;
A- amortizatsiya ajratmalari summasi yoki (ijaraga berilayotgan mulk qiymati);
P – shartnoma muddati;
I – lizing bo‘yicha foiz;
T – ijara to‘lovlari davrlari.
Bu erda diskitlash usuli qo‘llanilmagan.
Misol. 9.2. Balans qiymati 20 mln. so‘m bo‘lgan asosiy vosita lizingga (ijaraga) berildi. Lizing shartnoma muddati 5 yil va yillik 10 foizdan lizing (ijara) to‘lovi amalga oshiriladi. Yillik to‘lanadigan lizing (ijara) to‘lovlarini hisoblang.
Echilishi:
YUqoridagi (9.8) formula asosan, yillik lizing (ijara) to‘lovlarini hisoblaymiz, ya’ni:
R = 20000* 0,1/1-1: (1+0,1)5 = 5263 m so‘m.
Hozirgi vaqtda aniq kompyuter dasturlari orqali lizing to‘lovlarini banklar mijoz hohlagan variantda hisoblab berishlari mumkin.
Uskunaning samaradorligini baholash-usulining mohiyati shundan iboratki, bunda daromadlilik darajasi murakkab foizlarning yillik stavkasini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda birinchi navbatda uskuna uchun ijara to‘lovlari koeffitsenti aniqlanadi. Bu koeffitsent asosida yillik foiz stavkasi ko‘rsatkichi (i) hisoblanadi.
Yilning oxirida bir marotaba to‘lanadigan ijara to‘lovlari uchun taqqosla koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
R-xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash harajatlarisiz ijara to‘lovining summasi
Ayrim iqtisodchilar2 lizing oluvchi va lizing beruvchi tomonlarning o‘zaro munosabatlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, lizingning ikki turini ajratadilar. Birinchisi, to‘g‘ri, ya’ni bevosita va ikkinchisi - bilvosita (egri) lizing. Agar mulk ishlab chiqaruvchi yoki uning egasi lizing beruvchi bo‘lib xizmat qilsa bu bevosita lizing demakdir, agarda mulk ijaraga uchinchi shaxs orqali berilsa, u holda bunday lizing bilvosita yoki egri lizingni tashkil etadi.
Kredit bilan ta’minlash uslubiga ko‘ra muddatli va qaytariladigan lizingni ajratish mumkin. Muddatli lizing bir marotabali ijara bo‘lib, shartnoma muddati tugagach, u egasiga qaytariladi. Qaytariladigan ijara sharoitida esa ijara bir necha marotabaga beriladi.
Ijaraga beriladigan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqib ko‘char mulk lizingi va ko‘chmas mulk lizingini ajratishadi.
Odatda ko‘chmas mulk lizingi qurilishda ishlatiladi. Bunday hollarda, lizing kompaniyalari, qurilishni kredit bilan ta’minlaydilar, so‘ngra esa uni ko‘chmas mulk lizingi tariqasida rasmiylashtiradilar.
Ko‘chmas mulk ob’ektini lizing kompaniyasi quradi, jihozlaydi va o‘z navbatida ushbu ob’ekt ishlatilishi evaziga olinadigan foydani ko‘pgina qismiga ega bo‘ladi. Ammo, ob’ektni o‘zi emas, aksincha, ijaraga olingan firma yoki tashkilot ishlatadi.
Qurib bitkazilgan ob’ektni foydalanish uchun qabul qilib olgan mijoz, undan o‘zi foydalanishi mumkin yoki bo‘lmasa qisman uni ijaraga topshirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |