Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet23/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

3. Loyihaviy moliyalashtirishda Jahon banki guruhining ishtiroki va tajribasi. Loyihaviy moliyalashtirishda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining ishtiroki va tajribasi

O‘zbkiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, Jahon banki va uning tarkibiga kiruvchi bir qator moliya-kredit muassasalari bilan ham ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jahon bankiga 1992 yil sentyabrda a’zo bo‘lganimizdan so‘ng, bank mamlakatda 11 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 458 mln. AQSH dollari bo‘lgan kreditlar taqdim etdi (2001 yilgacha). SHundan 66 mln. AQSH dollarilik mablag‘ni paxta navlari va urug‘lik chigit sifatini yaxshilash, xalqaro talablar darajasida paxta tolasini sertifikatlashni yo‘lga qo‘yish tizimini yaxshilash, g‘o‘za sug‘orish tizimini avtomatlashtirish loyihalariga yo‘naltirdi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki suv ta’minoti tizimi loyihasi uchun 5 mln. AQSH dollari va moliya tizimidagi islohotlar uchun 1,2 mln. AQSH dollarilik qarz mablag‘larini taqdim etdi. Xodimlarni o‘qitish, konsalting xizmatlari va kompyuter texnologiyalarini sotib olish uchun 1994-1995 yillarda 3 mln. AQSH dollari miqdorda mablag‘ ajratdi. 1998 yilda Jahon Banki toza ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini qurish loyihasi, Toshkentda qattiq chiqindilarni qayta ishlash tizimi loyihasi va strategik davlat korxonalarini qayta qurish loyihasini moliyalashtirdi. Bu loyihalar bo‘yicha kreditni qaytarish muddati 20 yil bo‘lib, foiz to‘lovlari yillik 7 foizga teng. SHuningdek, 2004 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston hukumati bilan Jahon banki o‘rtasida umumiy qiymati 74,55 mln. AQSH dollaridan iborat irrigatsiya tizimini qayta tiklash loyihasi bo‘yicha hujjatlar imzolandi.


Jahon banki mamlakatimizda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda boshqa moliyaviy va texnik yordamlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Jahon banki tomonidan 1993 yildan boshlab institutsional rivojlantirish va texnik yordam uchun (21 mln. AQSH dollar), import qilish uchun (160 mln. AQSH dollar), paxta ishlab chiqarishni takkomilashtirish uchun (66 mln. AQSH dollar), 1998 yilda suv ta’minoti, sanitariya va sog‘liqni saqlash uchun (75 mln. AQSH dollar) va boshqa hududlarda ekologik holat hamda infratuzilmani va inson yashash tarzini yaxshilash uchun jami 127 mln. AQSH dollari miqdorida qarz ajratdi. 2001 yilda XTTB tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini restruktizatsiyalash loyihasi (umumiy qiymati 31 mln. AQSH dollar), Qarshidagi kaskad nasos stansiyasini qayta tiklash loyihasi (umumiy qiymati 35 mln. AQSH dollar), drenaj tizimini tashkil etish loyihasi (Umumiy qiymati 40 mln. AQSH dollarga yaqin), Samarqand va Buxoroda suv ta’minoti va sanitariya loyihasi (umumiy qiymati 40 mln. AQSH dollar), hamda davlat moliyasini boshqarishda texnik hamkorlik loyiha (10 mln. AQSH dollar)lari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. XTTBning kreditlarini biz davlat investitsiya dasturining adresli qismida ham ko‘rishimiz mumkin. Birgina 2002 yil investitsiya dasturida XTTB tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga, ya’ni drenaj tizimini yaratishga 0,90 mln. AQSH dollar, Qarshi kaskad nasos stansiyasiga 0,90 AQSH mln. dollar, qishloq xo‘jaligini korxonalarini restruktizatsiyalash uchun 2,0 mln. AQSH dollar, respublikada paxtachilikni modernizatsiyalash uchun 8,60 mln. AQSH dollar, shaxar transportini rivojlantirish uchun 2,50 mln. AQSH dollar, sog‘liqni saqlash islohotlariga 17,86 mln. AQSH dollar, Samarqand va Buxoro shaxarlari uchun 7,20 mln. AQSH dollar, sanitar tozalash tizimi uchun 6,26 mln. AQSH dollar va davlat moliyasini boshqarish tizimi isloh qilish uchun 1,00 mln. dollar qarz krediti ajratilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimi sohasidagi hamkorlik samarasi yanada oshib bormoqda. Mamlakatimiz hukumati va tijorat banklari dunyoning eng mashhur hamda moliyaviy jihatdan barqaror rivojlangan xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik o‘rnatmoqdalar.
Investitsiya loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (TIFMB) boy tajribaga ega. 1993 yilda TIFMB bilan ETTB o‘rtasida kredit bitimining tasdiqlanishidan xorijiy kredit liniyalarini O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga jalb etish boshlandi. Bu bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida jami 60 mln. AQSH doll. miqdorida kredit ajratildi. Kredit liniyasi uch yillik imtiyozli davrni ham qo‘shgan holda 13 yillik muddatga berildi. ETTB birinchi kredit liniyasining muddatidan oldin va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganligi, shuningdek, milliy bankning ishonchi va obrqsi yuqoriligini e’tiborga olib, 1997 yilda ETTBning kichik biznesni rivojlantirish uchun 120 mln. AQSH doll. miqdorida ikkinchi kredit liniyasi ma’qullandi. Bu mablag‘dan 60 mln. AQSH doll. hukumatning kafolatisiz TIFMBiga, 30 mln. AQSH doll. hukumat kafolati ostida Asaka bankiga va 15 mln. AQSH doll. O‘zsanoatqurilishbanki hamda 15 mln. AQSH doll. Paxtabankka berildi. ETTBning birinchi va ikkinchi kredit liniyalari bo‘yicha 789 ta kichik biznes korxonalari moliyalashtirildi. 2002 yilda ETTBning kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan 140 mln. AQSH doll. miqdoridagi uchinchi kredit liniyasi o‘z ishini boshladi, ya’ni ETTBning kichik biznes sub’ektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mikromoliyalash dasturi (40 mln. AQSH doll.)ni qo‘shgan holda jami 360 mln. AQSH doll. miqdorida kredit liniyalari ochildi.
Umuman olganda, 1993-2002 yillar davomida ETTBning Davlat kafolati asosida respublikamiz kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jami 360 mln. AQSH doll. mikdoridagi kredit liniyalari ochilgan bo‘lib, ETTBning ochilgan kredit liniyalari hisobidan 2003 yilning 1 yanvar holatigacha kichik biznes sub’ektlarining jami 172,66 mln. AQSH doll. mikdoridagi 105 ta investitsiya loyihalari moliyalashtirildi. Ushbu o‘zlashtirilgan kredit liniyalari hisobiga 8593 ta yangi ish o‘rinlari barpo etildi. Natijada, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash hisobiga jami 45 mlrd. sumdan ortiq miqdorida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, ulardan 39590,5 mln. sumi mamlakatning ichki bozorida sotilgan bqlsa, 6339 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi qarorlariga asosan kichik biznesni to‘liq kqlamda rivojlantirish YAponiya-O‘zbekiston dasturini amalga oshirish uchun ikki bosqichda 20 mln. AQSH dollaridan jami 40 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi. Ushbu dastur bo‘yicha mikrokreditlar, asosan, savdo faoliyatini tashkil etish, aylanma mablag‘larni tqldirish, kichik (mini) uskunalarni xarid kilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, servis xizmati va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda naqd pulga berilmoqda.
2003 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikamiz kichik biznes sub’ektlari investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochilgan xorijiy kredit liniyalarining jami miqdori 670,0 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Ushbu xorijiy kredit liniyalarining 54 foizi, ya’ni 360 mln. AQSH doll. ETTBning hissasiga to‘g‘ri keladi. TIFMB ETTBning kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha kredit liniyasini o‘zlashtirishi natijasida respublikada 3300 ta ish qrinlari tashkil etildi va 33 ta yangi ishlab chiqarish o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilmoqda.
ETTB kreditini olishning asosiy shartlaridan biri - bu loyihaning eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lishligidir. ETTB kreditlaridan xususiy, kichik, qo‘shma korxonalar, aksioner jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari shuningdek, boshqa kichik biznesga oid korxonalar foydalanishlari mumkin. ETTB kreditlari quyidagi maqsadlarga beriladi: chet el uskuna va texnologiyalarini sotib olishga, ishchi kapital sarf-xarajatlarini qisman qoplashga, masalan, subloyihalarni moliyalashtirish uchun beriladi. Kreditlashtirish muddati 7 yilgacha bo‘lib, undan 2 yili imtiyozlidir. Beriladigan kreditning maksimal miqdori 5 mln. AQSH dollarigacha bo‘lib, lekin loyiha dastlabki qiymatining 75% idan kqp miqdorda kredit berilmaydi. Tadbirkor loyihaning dastlabki qiymatining 25% idan kam bo‘lmagan miqdorda xususiy kapitalga, ya’ni bino, inshoat, mashina-uskunalar, aylanma kapital hamda moliyaviy xarajatlarni qoplash uchun boshqa mablag‘larga ega bo‘lishi kerak.
Olinayotgan kreditning garov ta’minoti kredit summasining kamida 120% miqdorida bo‘lishi kerak. Bunda uchinchi shaxslar yoki hukumat kafolati, sug‘urta polislari, asosiy vositalar, bino, inshootlar baholash qiymatining 70% miqdorida, uskunalar esa baholash qiymatining 60-70% miqdorida ta’minlanganlik garovi sifatida olinadi.
Kredit uchun foiz stavkasi quyidagicha hisoblanadi: LIBOR + ETTB marjasi + TIF MB marjasi. Asosiy qarzni qaytarish har 6 oyda amalga oshiriladi.
ETTB O‘zbekistondagi o‘z faoliyatining ettita yo‘nalishini belgiladi: moliya sektori va bank infratuzilmasini rivojlantirish; kichik korxonalarni rivojlantirish; bozor infratuzilmasini rivojlantirish; energetika majmuini rivojlantirish; engil sanoatni, paxtani qayta ishlash va boshqa tarmoqlarini rivojlantirish; turizm infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy resurslarni qayta ishlashni rivojlantirish.
1999 yil 1 iyulgacha ETTB 17 ta investitsiyani, shu jumladan, 11 ta investitsiyani xususiy sektorda va 6 ta investitsiyani O‘zbekistonni davlat sektorida amalga oshirdi. To‘qqizta investitsiya loyihasini moliya sektoriga, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit liniyalariga, lizing kompaniyalariga, savdoni moliyalashni rivojlantirish dasturiga va ikkita investitsiya yangi ochilayotgan qo‘shma tijorat banklarining ustav sarmoyalariga yo‘naltirildi. Xususiy sektorni rivojlantirish doirasida qurilishga, tqqimachilik ishlab chiqarishiga va tabiiy rerusrslarni qazib chiqarishga 4 ta investitsiya yo‘naltirildi. Davlat sektorida ETTB aeroportni, neftni qayta ishlash zavodini, Sirdaryo GRESini hamda qattiq chiqindilardan foydalanish korxonasi qayta qurishni investitsiyaladi.
O‘zbekistonda ETTB direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan hamda moliyalashtirishga qabul qilingan loyihalarni ko‘rib chiqamiz.
“O‘zbeklizing interneyshnl” AJ tashkil etishga (loyihani umumiy qiymati 24 mln. AQSH dollari) - 5,6 mln. AQSH dollari miqdorida, “ABN-Amro-NB Uzbekistan” qo‘shma banki tashkil etishga (ustav sarmoyasi 10 mln. AQSH dollari) 1 mln. AQSH dollari miqdorida va QZDEU qo‘shma bankini tashkil etishga (ustav sarmoyasi 20 mln. AQSH dollari) 5 mln. AQSH dollari miqdorida ulushini qqshdi. Bundan tashqari, savdoni moliyalash dasturi bo‘yicha 50 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochdi. SHundan 40 mln. AQSH dollari Milliy bankka, 10 mln. AQSH dollari Asaka bankiga berildi. Kredit liniyasi jahon bozorida foydali narxlar va shartlar bilan moliya operatsiyalarini oshirishda ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, eksportchilar va importchilarga yordam bermoqda.
“Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasiga (loyihani umumiy qiymati 229 mln. AQSH dollari) loyihani moliyalash uchun ETTB teshigli sur’atda 52,5 mln. AQSH dollari va 30 mln. AQSH dollari, jami 82,5 mln. AQSH dollari miqdorida ikkita kredit ajratdi. Loyihani qziga xosligi shundaki, u tarkibida oltin juda kam bo‘lgan chiqit jinslardan oltin olishni nazarda tutadi. Korxona loyihadagi quvvatga chiqsa bir oyda 1 tonna oltin ishlab chiqaradi. Bu hol O‘zbekiston Respublikasini mavjud oltin-valyuta zahirasini mustahkamlash va yangi zahiralar tashkil etish imkonini beradi.
YOqilg‘i energetika majmuida - Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini qayta qurishga (loyiha qiymati 210 mln. AQSH dollari) 9 mln. AQSH dollari miqdorida va Sirdaryo GRESini qayta qurishga (loyiha qiymati 47,4 mln. AQSH dollari) 27,6 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya ajratildi.
Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etishga (fond sarmoyasi 40,2 mln. AQSH dollari) ETTB 33,5 mln. AQSH dollari miqdorida ulushini qqshdi. Fond rivojlanayotgan xususiy sektorda boshlang‘ich sarmoyani etishmasligi muammosini hal qilish imkonini beradi. Xuddi shunday xususiy sektorda kichik biznes loyihalarini kreditlashga yo‘naltirilgan mintaqaviy “Ipak-yo‘li” fondini tashkil etishga (fond ustav sarmoyasi 100 mln. AQSH dollari) 15 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ moliyalanadi.
Engil sanoat va to‘qimachilik sohalarini rivojlantirish maqsadida ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “As-top-bo‘ka” qo‘shma korxonasiga (umumiy qiymati 46 mln. AQSH dollari) ETTB 8 yilga 16 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratadi. “Kosonsoy-tekmen” qo‘shma korxonasiga (umumiy qiymati 76 mln. AQSH dollari) ETTB 10 mln. AQSH dollari miqdoridagi ulush qo‘shib ishtirok etishdan tashqari, 14 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi.
Transport sektorini rivojlantirish bo‘yicha Toshkent aeroportini qayta qurish uchun (yo‘lovchi tashish terminallarini qayta qurish) 48 mln. AQSH dollari miqdorida, temir yqllarini qayta qurish bo‘yicha taqdim etilgan loyihasini kqrib chiqib, 100 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.
Sirg‘ali tumanida qurilish materiallari zavodi barpo etish loyihasini amalga oshirish mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarishni kqpaytirish va sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu loyihaga ETTB 125 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ moliyalashtirildi. Zavod hozirning o‘zidayoq g‘isht, cherepitsa va shlakobloklar ishlab chiqarmoqda. Loyiha qiymati 35 mln. AQSH dollariga teng.
Toshkent shahri qattiq chiqindilarini tqplash va ulardan foydalanish tizimini tiklash loyihasi amalga oshirish uchun ETTBning 17,7 mln. AQSH dollari miqdoridagi suveren krediti va Jahon bankining krediti bilan moliyalanadi. Loyihaning umumiy qiymati 48 mln. AQSH dollariga teng.
ETTB O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki, “Karvonbank”, “DEU sek’yuritiz” kompaniyasi, O‘zbekistonning “Turonbank”i bilan birgalikda 20 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoyaga ega bo‘lgan qo‘shma bank tashkil etish loyihasini ishlab chiqdi. ETTB bank sarmoyasiga qo‘shgan ulushi 5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
ETTB direktorlar kengashi ushbu loyihani 1996 yil 24 sentyabrda ma’qulladi. 1996 yil 17 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qo‘shma bank tashkil etish to‘g‘risidagi 359-sonli Qaror chiqdi. Ta’sis hujjatlari 1996 yil 17 dekabrda Londonda imzolandi.
Bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini amalga oshiradi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qiladi.
ETTB Amerika Xalqaro guruhi bilan birgalikda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqaviy fond tashkil etish loyihasini ishlab chiqdi. Fondning ustav sarmoyasi 100 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shulardan 15 mln. ETTB hisobidan moliyalandi. Ushbu mablag‘lar xususiy sektorda kichik biznes loyihalarini kreditlashga yo‘naltiriladi. qar bir respublikaga qilinadigan investitsiyalar ulushi aniqlab qo‘yilmagan, chunki moliyalashda mintaqalar emas, balki konkret loyihalar ustunlikka ega bo‘ladi. 1996 yil 4 dekabrda mintaqaviy fond loyihasi ETTB direktorlash kengashi tomonidan ma’qullandi.
SHunday qilib, ETTB respublikamizda zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yuvchi, shuningdek import o‘rnini bosuvchi va valyutada o‘zini oqlaydigan o‘ invstitsiya loyihalarini moliyalashtirmoqda. O‘zbekistonning ETTB bilan hamkorligi mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish va kengaytirish, investitsiya loyihalariga kreditlar ajratish, shuningdek, bozor infratuzilmasini taraqqiy ettirish kabi vazifalarga qaratilgandir.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish