ADABIYOTLAR:
1.
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
2.
Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002.
3.
Mustaqillikdavriadabiyoti, – T.:
“G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006.
4.
Сет-Бёв Ш.Литератунные портреты.-М.:Художественная литература,
1970, С.6.
5.
Наркирьер Ф. Моруа-литературный критик / В кн .: Андре
Моруа.Литературные портреты:-М.: Прогресс, 1971, С.8.
6.
Мейлах Б.С Биография как методологическая проблема /В кн.:Человек
науки.-М.:Наука, 1974, с.12.
7.
Сент-Бёв Ш. Литературные портреты.-М. : Художественная
литература, 1970,С. 331.
8.
Цвейг С.Казанова, Фридрих Ницше, Зигмунд Фрейд.- М.: Интерпрокс,
1990, С.44-60.
9.
Моруа А. Литературные портреты.- М. : Прогресс, 1971, С.224-225.
10.
Сент-Бёв Ш.Пьер Корнель/ В кн..: Литературные портреты.-М.: 1970,
С.47.
11.
Сент-Бёв Ш.Дидро/В кн.: Литературные портреты.-М.: 1970, С.117.
12.
Гулыга А.Шеллинг.- М.:Молодая гвардия, 1984, С.95-132.
13.
Мейлах Б.С. Биография как методологическая проблема /Вкн.: Человек
науки-М.:Наука, 1974, С.12.
14.
Словарь литературоведческих терминов.-М.:Просвещение, 1974, С.32-
33.
Badiiyijodnamunasinibiografiko’rganishyo’lidagiilkqadamlarXIXasrningbirinc
hiyarmifransuzilmiy-adabiymuhitidako’zgatashlanadi.
YevropaijtimoiymuhitigaUyg’onishdavridanmeroso’laroqshakllangangumanizmko
nsepsiyasiinsonshaxsiyatiningekssentriktadqiqobyektimaqominiegallashigaolibkel
di.
Borliqvamavjudlik,
voqyelikvaharakat,
makonvazamonkabiglobalhodisalarinsonvauningshaxsiyatinegizidatalqinetilaboshl
adiki,
mohiyatanularningbarchasiniqamrabolishqudratigaegabo’lganbadiiyijodmuammosi
aynijarayondanchetdaqolishimumkinemasedi.Jahonadabiyoshunoslaritomonidanbi
ografikmetodningasoschisidebe’tirofetilganSharlSent-Byov
(1804-1869)
1821
yiliBurbonnomidagikollejdata’limolarekan,
falsafao’qituvchisiDamirono’zshogirdlarigaharqandayijodnamunasimuallifshaxsiy
atibilanbirbutunlikdao’rganilishilozim,
deganfikrniuqtiraredi.
1
Damironma’ruzalarigaasosbo’lgan «Fransuzfalsafasitarixi»
talabaSharlningengsevimlikitobigaaylanadi.
Uningdastlabkiilmiytadqiqotihamaynanfalsafiymavzudabo’lib,
«Barhayotruhhaqida» debnomlanadi. Kollejdavakeyingita’limjarayonlaridatabiat,
fiziologiya,
ximiya,
medisina,
mantiq,
tilvaadabiyotilmlarinimukammalo’rganganSent-
ByovuchunDamironfikrlaritayanchkonsepsiyabo’libqoladi.1825
yildaParijdanashretilaboshlagan,
Pushkin,
Karamzin,
Stendalkabimashhuryozuvchilarasarlarichopqilingan
«Glob»
gazetasinafaqatudavrfransuzziyolilarining,
balkiumumevropaziyoliqatlaminingilg’orqarashlariniaksettiraredi.
Gazetachopetganqatormaqolalardabadiiyijodnamunasigayangichayondashuvmasal
asidabahs-munozaralarkuzatiladi.
Xususan,
badiiyasarniuningmuallifitabiati,
iste’dodi,
psixologikholatlaribilansintezetaroqtadqiqqilish,
ijodjarayonigaindividualyondashish,
o’shadavrfransuzilmiy-
adabiymuhitiningdolzarbmuammosigaaylanganedi.Sent-
Byovningdastlabkitaqrizlari,
adabiy-tanqidiymaqolalarihamaynan
«Glob»
gazetasidanashretilgan.
KeyinchalikuningfransuzklassiklariRasin,
Bualo,
Lofantenlarijodiymerosiga,
zamondoshiV.Gyugoning
«Odavaballadalar»
to’plamigadoirjiddiytadqiqotlarichopqilindi. Shuningdek, Sent-ByovXVI-XIX-
asrlarfransuzshe’riyativadramaturgiyasitarixiytaraqqiyotiustidahamtadqiqotlaryozd
i.
Biroqbukabisoftarixiy-badiiymuammolartalqinidahamSent-
Byovgaxosindividualtahliltamoyiliyetakchilikqiladi.
Bujihatolimningharqandaytarixiydavrsilsilasidamuayyanijodkorningo’rnigaurg’ube
rganidako’rinadi.UningilkadabiyportretlariKornel,
Bualo,
Lofantenva,
ayniqsaromantizmadabiyotiningqatorvakillarihaqidabo’lib, 1829 yildanboshlab
«RevyuParij» jurnalidanashretilgan. XIX-asrning 30-yillaridaSent-ByovPor-
Royaladabiy-diniymaktabifaoliyatinio’rgandi.
Nafaqatfransuzlarning,
balkibutunYevroparuhoniyadabiyotivatafakkurtarziniifodaetuvchibumaktabhaqida
gitadqiqotlaribeshjilddaniboratbo’lib, 1838-1859 yillarorasidanashretilgan. Sent-
Byovning «Konetityusionnel» jurnalibilanqilganijodiyhamkorliginatijasio’laroq 15
jilddaniborat
«Dushanbadagisuhbatlar»,
13
jildlik
«Yangidushanbalar»
nomlitadqiqotlarimaydongakeldi.
Ushbutadqiqotlarningmanbaviyko’laminihoyatdakeng.
Ulardamuayyanadabiy-
tarixiydavrlarhamdaalohidafaylasuf, yozuvchi, shoirlarijodixususidaso’zyuritiladi.
Xullas,
Sent-
Byovtomonidano’zdavriilmiydoirasiuchunyangiliksifatidataqdimetilganbiografikta
dqiqyo’nalishiuchyirikomilgatayanadi.
Bularningbirinchisi,
ildizlariantikdunyoijtimoiytafakkurigaboribbog’lansa-da,
boshlang’ichaniqharakatniUyg’onishdavridanolganshaxskonsepsiyasi. Ikkinchisi,
Sent–Byovyashabijodetganjamiyatdagifikriyyangiliklar, madaniy-tarixiy, falsafiy-
psixologik, ilmiy-adabiyqarashlar.
Uchinchisi,
bevositaSent-Byovshaxsiyati,
ijodiy,
ilmiy,
ijtimoiyfaoliyatihisoblanadi.Sent-
Byovtadqiqotlaridamuayyanshaklgakirganbiografikmetodkeyinchalikuningqatorizd
oshlaritomonidandavomettirildi, rivojlantirildi. Xususan, «Adabiyottarixigakirish»
(1848) asariningmuallifiLakomb, «Adabiyotniilmiytadqiqetishusullari» (1900)
asarimuallifiRenar,
o’tganasrning
20-60-
yillaridabiografikmetodmuammolaribilanshug’ullanganMaksVerli,
ViktorJiro,
ValterMushg,
D.Shtolnisvaboshqaqatorolimlarningishlarishujumladandir.
Badiiyasarvaijodiyjarayonnibiografiko’rganishtarafdoribo’lganYevropaolimlariora
sidaSent-ByovdanqariybyuzyilkeyinyashaganAndreMorua
(1885-1967)
ijodialohidaajralibturadi.
Sent-
Byovgachavaundankeyinmaydongakelganilmiyqarashlar,
o’zigaxostadqiqotlarAndreMoruaimkoniyatlarininisbatankengaytirganedi.
BundantashqariyoshYemilYerzog
(A.Moruaningxaqiqiyismisharifi)
1901
yilningoktyabroyidaKornelnomidagikollejdadavriningyetukmutafakkiriAlenbilanu
chrashadi. Uchrashuvningdastlabkidaqiqalaridanboshlab, uningshogirdigaaylanadi.
YoshYemilgaAlentomonidano’qtirilgangumanizmkonsepsiyasibo’lajakolimilmiy -
falsafiyqarashlariningo’zagigaaylanadi.
AndreMoruaningbutunilmiy-
ijodiyfaoliyatiadabiyjarayonnibiografiktalqinetishgaqaratilgan.
Tadqiqotchilarningqaydetishicha,
«MoruaijodiyevolyuiyasiShellidanBalzakkachabo’lganbiografiktadqiqotlardanamo
yonbo’ladi».
2
A.Moruaning
«LabryuyerdanPrustgacha»
(1964),
«PrustdanKamyugacha»
(1963),
«JiddanSartrgacha»
(1965),
«AragondanMoterlangacha»
(1967)
sarlavhalariostidanashretilganto’rtjildlikyiriktadqiqotidabiografikmetodningilmiy-
nazariyprinsiplario’zifodasinitopgan.
Biografikmetodningyevropachatalqindanbirqadarfarqliko’rinishisobiqsho’rodavria
dabiyoshunosligidahamkuzatiladi.
XXasrning
20-yillaridaG.O.Vinokurning
«Biografiyavamadaniyat» kitobiaynimuammotalqinigaqaratilganedi. Ayniqsa, 60-
70-yillardanashretilgan
«Ilmiyijod»,
«Ilmiykashfiyotvauniqabulqilish»,
«Zamonaviypsixologiyadailmiyijod»,
«Adabiyvailmiyijod»
kabiilmiyto’plamlardabiografikmetodvaijodiyjarayonmuammolaritadqiqetiladi.
ShuyillariFanlarakademiyasitomonidanushbumavzudabirnechtayiriksimpoziumlaru
yushtirilgan.
«Ajoyibkishilarhayoti»
(JZL)
ruknidaqatorilmiybiogrofiyalarnashretilaboshlaganki,
ushbuan’anabugungachadavometibkelyapti.
YirikolimlarB.M.Kedrov,
M.G.Yaroshevskiy,
B.S.Meylax,
A.Mashkovskiylarningqatortadqiqotlariaynanbiografikmetodmasalalarinio’rganish
gaqaratilgan.
XXasro’zbekadabiyoshunosligidahamyozuvchilar,
olimlariningadabiyportretlarigabag’ishlanganrisolalar,
biografiko’rganishmuammolarigaqaratilgandoktorlikvanomzodliktadqiqotlarima’lu
m.
Ammoulardabumetodniyangikonsepsiyalaribilanboyitadigananiqxulosalaruchrama
ydi.
Ko’rinadiki,
biografikmetodo’ziningmanbaviyvaxronologikko’lami,
ta’sirdoirasijihatidan, muayyansalmoqqaega. Jahon tan olgan yirik olimlar bu
metodga e’tibor bilan qaraganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbiq etganlar.
Ammo, shunga qaramasdan, biografik metodning markaziy konsepsiyalari, ilmiy-
nazariy prinsiplari, metod sifatidagi o’ziga xos jihatlari, boshqa tadqiq metodlari,
fan sohalari bilan aloqadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik
tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun bo’lsa kerak, ilmiy-biografik
tadqiqotlarda, tadqiqotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik
lug’atlarda bu metodning aniq ilmiy ta’rifi, spesifik jihatlari o’z aksini topmagan.
Barcha ilmiy tadqiqot metodlari kabi beografik metod ham doimiy rivojlanish,
o’zgarish xususiyatiga ega bo’lsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda bir
qadar tarqoq holatda mavjud bo’lgan konseptual fikrlarni umumlashtirish,
biografik tadqiq usulining metodologik prinsiplarini belgilash, maqsadga
muofiqdir. Biografik metod mohiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jihati bilan
mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod mahsulini
sintezda o’rganish yo’lidagi harakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadqiq
metodlarini istifoda etishni taqazo qiladi. Qolaversa, bugungacha mavjud har
qanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu
metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod obyekt tanlanmaydi.
Uni ijodning har qanday turi (amaliy, nazariy) va har qanday shakli (fan-texnika,
san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan qo’llash mumkin.Ushbu metod ijodkor
biografiyasidan faqat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor
biografiyasi bir butun tizim o’laroq ijod mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Bu
shunday tizimki, ichki strukturasi jihatidan ko’plab mukammal tizimchalarni
o’zida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor hayoti va faoliyatini atroflicha qamrab
olishga qaratiladi.Biografik metodning o’ziga xosligi ijodkor individualligi
muommosini tadqiqot markaziga qo’yishida ekani bois, ularda genetik faktor
yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Garchi sho’ro davri olimlari ijodkor
shaxsiyatini genetik- biologik talqin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga
olib kelgan»ligini qayta-qayta ta’kidlashgan bo’lsa-da,
3
biografik tadqiq ushbu
foktorni chetlab o’tishi mumkin emas. +olaversa, adabiyotni o’rganishda «irq»,
«muhit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan
yaqin do’st bo’lgan va tabiiy ravishda, unga o’z ta’sirini o’tkazgan.
4
Genetik nuqtai
nazardan o’rganilgan individuum ijodiy jarayonga xos o’ta nozik holatlarni
tushunishga qo’l kelganiga shubha yo’q. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muhit ta’siri
ostida o’zlashitirishi ehtimoldan uzoq bo’lgan, bir qarashda g’ayrioddiy tuyuluvchi
ba’zi xususiyatlar ildizi uning qadim ajdodlari ongi va ruhiyatida yashagan
«genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday holat talqini uchun albatta genetika
tajribalariga suyanish lozim bo’ladi.Sent-Byov J.J. Russo haqidagi ishida ijodkor
nutqidagi bir oz «qo’pollik», «soddalik», «dangallik», «yashirin iztirob»larni uning
shogirdi arisokrat Shatobrianga qiyosan izohlar ekan, shunday yozadi: «U ajdodlari
bilan faxrlana olmasdi. Shu bois unda eslash bir oz og’irroq, sirli iztiroblarga
yo’g’rilgan, qashshoq ajdodlariga tortadigan nimadir yashar edi».
5
Ijodkorga xos
bu kabi holatlar badiiy asarda bir yoki bir nechta qahramon tabiatiga singgan
bo’lishi mumkin. Ba’zan esa asarning umumg’oyasi, tili, uslubi hatto kompozision
qurilishigacha ta’sir o’tkazishi ehtimoldan xoli emas. Gyotening «uslub-bu odam»,
Floberning «Bovariy xonim-mening o’zimman», degan obrazli fikrlarida shunga
ishora bor. Badiiy asarni o’rganishda muallifning intim hayotiga urg’u berish Sent-
Byov va uning g’arblik izdoshlari tadqiq usulidagi yetakchi xususiyat sifatida
qaraladi. Ko’pincha biografik metodning cheklangan tomonlarini ham shu bilan
izohlashga bo’lgan urinishlar kuzatiladi.
6
Aslida intim hayotning muallif
biografiyasi va ijodini sintez qilib o’rganishdagi o’rni qanday? Haqiqatan ham bu
jihat biografik metod imkoniyatlarini cheklaydimi?Agar insonning tabiiy
intilishlari, o’z hissiy dunyosiga munosabatini xolis baholaydigan bo’lsak, bu jihat
jamiyat yoki muayyan inson faoliyatida katta o’ringa egaligiga shubha qilmaymiz.
Adoqsiz zamon va makon qatlamlarini o’zida mujassam etgan eposlardan tortib,
insonning lahzalik kayfiyatini aks etiruvchi kichik lirik asarlargacha, ijodning
kollektiv shaklidan, individual ko’rinishigacha intim holatlar muhrlanmagan biror
asarni uchratish mumkin emas. Barcha mashhuru nomashhur shoirlar ijodining ilk
namunalari albatta intim holatlarga bog’liq bo’ladiki, bu tomonni chetlab biografik
tadqiqot yaratib bo’lmaydi. Intim hayotning ijod jarayoni bilan munosabatini
o’rganish, tadqiqotchidan so’zsiz individual yondashuvni talab etadi. Chunki bu
o’ta nozik holat bo’lib, uni individuum hayoti va ijod psixologiyasiga ta’sir
darajasi, funksional jihatlari boshqa shaxs, holat yohud vaziyatda hyech qachon
takrorlanmaydi. Ba’zan esa intim hayot munosabatlari o’zining g’ayritabiiy
natijalari bilan bir-birini inkor etishi ham mumkin. Yevropa dunyosini o’zining
ishqiy sarguzashtlari bilan hamon hayratga solib kelayotgan XVIII asr «Don
Juani» J.J.Kazanova ijodining negizida tom ma’noda real jinsiy faoliyat yotadi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, uning barcha asarlaridagi, bir qarashda obrazli
talqin bo’lib tuyuladigan, voqyealar, prototiplar, detallar, epitet va tashbehlar mana
shu real faoliyatning mahsuli hisoblanadi.
7
Ayni masalada Kazanovaning
paradoksal shakli sifatida M.Prustni ko’rsatish mumkin. Agar Kazanova ijodi
jinsiy-avantyura negizida shakllangan, g’arb jamiyati nazarida muayan cho’qqini
egallagan bo’lsa, M.Prust talqinida birgina bo’sa haqiqiy muhabbat tuyg’usiga
putur yetkazadi.
8
Ijod dunyosi bilan bog’liq bu ikki holat ijodkor intim hayotini
minimumdan maksimumgacha ifoda etadi. Ya’ni intim hayotning barcha boshqa
shakllari shu ikki holat o’rtasida mavjud bo’ladi. Demak, har qanday ijod u yoki bu
darajada intim hayotga bog’liq va biograf-tadqiqotchining bu nuqtaga urg’u berishi
behuda emas.
Biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkorning maishiy
turmushi sanaladi. Ijodkorning oila turmushi, qarindosh-urug’lari, do’st birodarlari
bilan munosabati, yashash tarzi, unga doir odatlar (jestlar), buyumlar va
hokazolarni qamrab oladigan bu omil bir qarashda unchalik muhim tuyulmasligi
mumkin. Lekin ijodkor hayotida ro’y beradigan g’ayrioddiy holatlar, olamshumul
voqyealarga nisbatan nihoyatda ko’p foizni tashkil etuvchi odatiy hayot tarzi
bevosita maishiy turmush bilan bog’liqki, bu ko’p jihatdan ijod namunalarida o’z
muhrini qoldiradi. Shu bois, ijod jarayonini individual aspektda tahlil etuvchi
barcha tadqiqotlarda ijodkor biografiyasi mumkin qadar qamrab olinadi. Chunki
ijodkor biografiyasining xronologik talqini maishiy turmushga doir fakt va
dalillarni muayan ketma-ketlikda ifoda etadi. Sh.Sent Byov yozadi: «Adabiy tanqid
sohasida va adabiyot tarixida buyuk odamlar biografiyasi kabi yurakka yaqin,
go’zalroq, ibratliroq narsa kamdan-kam uchraydi». Uning ta’kidlashicha,
biografiya muallif hayot yo’lining shunchaki bayoni emas. Haqiqiy biografik
tadqiqot yuzaga kelishi uchun tadqiqotchi ijodkor «ruhiyatiga kirishi», «uni turli
qirralarini ko’rsata bilishi, bu insonni harakat qilishiga, gapirishga, nafas olishiga
majbur etishi», «eng muhimi, uni oila davrasida, o’ziga xos odatlari bilan tasavvur
eta olishi» lozim. Negaki, «buyuk ijodkorlar ham oddiy odamlar kabi mayda
turmush tashvishlaridan xoli bo’lmaydilar»
9
. Adabiyot tarixida mashhur
ijodkorlarning aynan tirikchilik vajidan asar yozganlari haqida dallilar ko’plab
uchraydi. Qashshoqlik, kundalik turmush sharoitning yomonligi ba’zi hollarda
shedver asarlarning dunyoga kelishiga sabab bo’lsa, ba’zan teskari natija beradi.
Sent-Byov buyuk fransuz mutafakkiri D.Didro haqidagi tadqiqotida bo’lajak
mutafakkirning bir kunlik yeyish-ichishiga bor-yo’g’i olti su sarflagani, shu bilan
qanoatlanib qizg’in ijod bilan shug’ullanganini yozadi.
10
Adabiyot tarixida shunday
dalillar ham uchraydiki, ijodkorning maishiy hayotida ro’y bergan favqulodda
hodisa keyinchalik o’zining individuallik doirasidan chiqib, universal funksiya
bajara boshlaydi. XVIII asr ingliz sentimental adabiyoti vakili Yeduard Yungning
(1683-1765) maishiy hayotiga doir bir voqyea bunga yorqin misol bo’la oladi.
1742 yilda Yeduard Yungning xotini va tutingan qizi vafot etishadi. Shundan so’ng
u tamomila tushkun kayfiyatga yo’liqadi. Bunday kayfiyat tabiiy ravishda uning
.
ijodida ham aks etadi. Shoir tomonidan 1742-1745 yillar orasida yozilgan
«Insoniyat yoxud hayot, o’lim va boqiylik haqida tungi o’ylar» poemasi ayni
kayfiyatning maxsuli bo’lib, unda insonning taqdir iplari bilan bog’lab
tashlanganligi, ojizligi, umrning bevafoligi xususida so’z yuritiladi. Ye.Yungning
bu asari o’z davri adabiy muhitiga katta ta’sir ko’rsatadi va shu ta’sir negizida
yangi bir she’riy yo’nalish-«qabriston she’riyati» maydonga keladi.
Umuman, ijodkorning maishiy hayoti va ijod jarayonni bilan bog’liq bunday
holatlar biografik tadqiq jarayonida muhim o’rin tutadi.Badiiy asarni tadqiq etishda
biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkor falsafasidir.
Tadqiqotchi–biograf muayyan ijodkor asarini, ijodiga xos muhim nuqtani
belgilashga urinar ekan, uning uchun bunday tadqiqotlar qanday falsafiy asosga
ega ekanini bilish, muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har qanday ijodkor hayoti
davomida anglagan falsafasi asosida faoliyat yuritadi, ijod qiladi, muhim badiiy
konsepsiyasini ilgari suradi. Falsafiy omil o’ta keng tushuncha bo’lib, ijodkor-
shaxsning o’zi bilangina bog’liq emas. Bunda ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, u
muloqotda bo’lgan ilmiy-adabiy doiralar, u o’qigan kitoblar, uning ijtimoiy
mavqyei va hokazolarning o’rni katta bo’ladi. Shu va shu kabi qismlar birlashib,
ijodkor falsafasi, degan fenomenni tashkil etadi. Shuni ham unutmaslik kerakki,
har qanday biografik tadqiqot falsafiy omildan holi bo’la olmaydi. Ammo tabiatan
falsafiy-badiiy talqinga moyil ijodkorlarni o’rganishda bu omil o’ziga xos natija
beradi. Badiiy ijodda aks etgan falsafiy konsepsiyalar asos nuqtai nazari bilan ikki
xil bo’lishi mumkin. Bularning birinchisi, an’anaviy bo’lib, ijodkor zamonigacha
mavjud bo’lgan va uning zamoniga doir falsafiy fikrlardan kelib chiqadi. Falsafiy
badiiy talqinning bunday shakli nisbatan universalroq mohiyat kasb etadi. Ya’ni
har qanday yozuvchi, shoir yoki dramaturg inson fenomenini turli vaziyat va
holatlarda tasvirlar ekan, umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan falsafiy
qarashlarni bilib yoki bilmay istifoda etadi. Biroq bu o’rinda muallifning maqsadi
falsafa yurgizish emas, asar qahramoni tabiatini yorqinroq ifoda etish, umumpoetik
g’oyani teranroq yoritishdan iborat bo’ladi. Falsafiy–badiiy talqinning ikkinchi
shakli ham yuqoridagi elementlardan tamomila xoli bo’la olmaydi. Shu bilan birga,
bunda individual talqin yetakchiligi ko’zga tashlanadi. Shu xarkterdagi asarlar
mualliflari esa aynan falsafaga moyil ijodkorlar sirasiga kiradilar. Ular har qanday
umuminsoniy voqyelikdan falsafiy xulosalar yasashga moyil bo’ladilar.Yana bir
narsani ta’kidlash joizki, badiiy ijodda falsafiy omilning namoyon bo’lishi ijodkor
hayotidagi tragik vaziyatlar bilan ham bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, qadim yunon
adabiyoti nomayandasi Gesiod o’zining mashhur «Mehnat va kunlar» nomli
didaktik asarida umuminsoniy, umumfalsafiy muommolar ustida ham so’z
yuritadi. Insoniyat hayotini oltin, kumush, mis kabi turli davrlarga ajratib, uning
davrlar oqimi bo’ylab tubanlashib borayotganiga urg’u beradi. Uning bunday
fojiaviy xulosaga kelishiga sabab esa noqobil, xudbin ukasi Persning qilmishlari
bilan bog’liq edi. Yevropa uyg’onish adabiyotining asoschisi Dante Aligyeri esa
pok muhabbati Beatriche o’limidan so’ng (1290) butun vujudi bilan falsafaga
sho’ng’ib ketadi. Arseniy Gulo’ga Fridrix Vilgelm Yozef Shelling (1775-1854)
haqidagi biografik tadqiqotida shunga yaqin holatni qayd etadi. Bunga ko’ra, XIX
asr 90-yillari so’ngida Shellingning go’zal ma’shuqasi Avgusta Beler yuqumli
kasallikdan vafot etadi. Bunday ayriliqdan chuqur qayg’uga tushgan Shelling
butun alamini ishdan oladi. Shu yillari uning naturofilosofiya nazariyasi va san’at
falsafasiga doir mashhur tadqiqotlari, «Gans Viderpostning epikurona ishonch
ramzi» nomli poemasi dunyoga keladi.
11
Andre Moruaning «Adabiiy
portretlar» asarida Labryuyerdan Alengacha bo’lgan buyuk ijodkorlarga murojaat
etilgan. Biroq bularning orasida faqat Antuan de Sent-Yekzyuperi ijodigina
«Filosofiya» degan alohida sarlavha ostida tadqiq etilgan. «Ba’zi odamlar,-deb
yozadi Morua «Filosofiya» bo’limi debochasida, Sent Yekzyuperi uchun
yozuvchiligi, samo sayyohi ekanligining o’zi kifoya, deb o’ylaydilar va aytadilarki:
«Nega u faylasuf bo’lmagani holda falsafa yuritishga urinadi». Menga esa uning
aynan faylasufligi yoqadi».
12
Sent-Yekzyuperiga xos, Andre Morua ta’kidlagan
falsafa ijodkorning individual falsafasiga yorqin misol bo’la oladi. A.Morua
talqiniga ko’ra, yozuvchining shaxsiy qarashlari badiiy voqyelik qatlarida muayyan
obraz falsafasi o’laroq namoyon bo’ladi.
Xullas, badiiy ijod jarayonida kuzatiladigan bunday jihatlar biograf-
tandqiqotchining ham ma’lum ma’noda faylasuf bo’lishini va jahon falsafasi
tarixini bilishini talab etadi. Sho’ro davri tadqiqotchilari biografik metodning
xorijdagi namoyondalarini ko’pincha ijodkorning ijtimoiy muhit prizmasida
o’rganmaslikda ayblar edilar. (Ma’lumki, Ijodkor biografiyasiga markscha
yondashuvning muhim sharti sifatida «yozuvchi yoki olim ijodini ma’lum
ijtimoiy–tarixiy faoliyatning inkosi o’laroq tadqiq etish» edi.)
13
Biroq biografik
metodning yirik vakillari Sh.Sent-Byov, A.Morua tadqiqotlariga xolis yondoshsak,
bunday qarashlar o’zini oqlamasligiga amin bo’lamiz. Avvalo shuni ta’kidlash
kerakki, biografik metodning kurtaklari bevosita ijtimoiy muhitdagi muayyan
o’zgarishlar ta’sirida maydonga kelgan. Xususan, Sent-Byov o’zining matbuotdagi
chiqishlari bilan ijtimoiy tafakkur vakili sifatida namoyon bo’ladi. Uning: «Asl
tanqidchi jamotchilikdan yuqori turadi, ijtimoiy fikrni boshqaradi, agar jamiyat
turg’unlikka yuz bursa, to’g’ri yo’ldan adashsa, bunday bo’ron paytida baralla
ovozda ularni to’g’ri yo’lga chorlaydi»,
14
degan so’zlari rus tanqidchisi
V.Belinskiy fikrlarini yodga soladiki, ba’zi sho’ro tanqidchilari bu ikki olim
qarashlarini ziddiyatda talqin etishga mayl ko’rsatadilar.
15
Ikkinchidan, Sent-Byov
va A.Morualarning deyarli barcha tadqiqotlarida ijodkor-obyekt qizg’in ijtimoiy
faoliyatda o’rganiladi. Misol tariqasida A. Moruaning Shatobrian haqidagi
tadqiqotini keltirish mumkin. Tadqiqot markazida Shatobrianning o’ta shaxsiy va
psixologik asari «+abrdan maktublar» (Zamogilno’ye zapiski) turadi. Agar sho’ro
tadqiqotchilarining g’arb biograf-tadqiqotchilari haqidagi fikrlariga ishonadigan
bo’lsak, A.Morua ushbu asar asosida Shatobrianning ruhiy dunyosiga, qalbining
eng qorong’u nuqtasigacha kirishi, tom ma’noda individual talqinga berilishi lozim
edi. «+abrdan maktublar» asariga xos sentimental tasvir, tushkun kayfiyat,
intellektdan ko’ra hissiyotning ustunligi bunday talqinga yuz foiz izn berar edi.
Lekin asar ko’proq Shatobrian shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati, siyosiy qarashlrini
yoritish maqsadida o’rganiladi. Bunday tushkun ruhdagi asarning yuzaga kelishi
ham Fransiyaning Germaniya va Angliyadagi elchisi bo’lib ishlagan yozuvchiga
nisbatan qilingan tazyiqlar, u kuzatgan xalqlarning turmush tarzi, uning ijtimoiy
pozisiyasi nuqtai nazaridan talqin etiladi.
16
Bunday misollarni xorijda yuzaga
kelgan biografik tadqiqotlarning aksariyatida uchratish mumkin. Uchinchidan, biz
yuqorida biografik metodning tom ma’nodagi ijtimoiy tushuncha-gumanizm bilan
bog’liqligi haqida so’z yuritdik. Holbuki, badiiy ijodga gumanistik yondashuv
istasak-istamasak ijodkor va badiiy obraz, real voqyelik va badiiy voqyelik, hayot
va poetik mazmun sintezni talab etadi. Bunday talqining esa ijtimoiy
komponentdan xoli bo’lishi mumkin emas. Bu haqida rus olimi M.Treskunov
shunday yozadi «Sent-Byov o’zining tanqidiy etyudlarida biografik talqin orqali
ijodkor shaxsiyatini tushunishga, tushuntirishga urinadi. Buni to’g’ri anglamasdan
turib, Sent-Byov tadqiqotlarini tarixiy nuqtai nazaridan xolis baholash mumkin
emas. Boshqa burjua tadqiqotchilaridan farqli o’laroq, u yozuvchi shaxsiyatini
badiiy ijodning yagona substansiyasi deb hisoblamagan. Aksincha, uning ishlarida
ijodkor shaxsiyati makon va davr ruhiyatini aks etiruvchi oyna sifatida
tushunilgan».
17
Demak, biografik tadqiqotning ijtimoiy voqyelik bilan mushtarak jihatlari
talaygina. Aniqrog’i ijtimoiy voqyelikdan yuz foiz uzilgan biografik tadqiqot
hyech qachon o’zini oqlamaydi. Ijod jarayoni ma’lum darajada muallifning
psixologik holatlari bilan bog’liq. Shu bois psixologik omil biografik metod uchun
muhim sanaladi. Ko’p hollarda buning psixobiografiya deb atalishi ham shundan.
Buni Sent-Byovning o’zi ham e’tirof etib, shunday yozgan edi: «Mening tanqidim
ixtiyorsiz ravishda har bir yozuvchi, har bir asarni psixologik tadqiq etishga
qaratiladi».
18
Uning fikricha, psixologik talqin iqtidoriga ega bo’lgan
tadqiqotchidan biror yozuvchi, ayniqsa, shoir o’ta teran sirlarini ham yashira
olmaydi. Psixologik omil biografik tadqiqot uchun ikki yoqlama ahamiyat kasb
etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borlig’i bilan
bog’liq bo’lib, mazkur individuumga xos psixolobiologik, psixososiologik
unsurlarni namoyon qiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning badiiy asarda, voqyelik va
obrazlar talqinidagi o’rinini aniqlashga xizmat qiladi. Buning ibtidoiy shakllari ilk
biografik tadqiqotlarda ko’ringan bo’lsa, keyinchalik ijod psixologiyasi degan
maxsus ilmiy yo’nalishga asos bo’ldi.Sent-Byov o’zining Viktor Gyugo haqidagi
tadqiqotida badiiy ijodning yosh psixologiyasi bilan mushtarak jihatlariga e’tibor
qaratadi. Xususan, «Byug Jargal» asarining dunyoga kelishi jarayonlari, asarning
turli yillarda yozilgan variatlari haqida so’z yuritadi. Uning yozishiga, mashhur
«Byug Jargal» asarining ilk variantini Gyugo 16 yoshida, ikki hafta ichida yozgan.
O’sprin psixologiyasiga xos voqyelikni romantik qabul qilish, tezroq hikoya qilib
berishga intilish xususiyati ushbu variantning nisbatan noobyektiv chiqishiga, janr
nuqtai nazaridan novellaga o’xshab qolishiga sabab bo’lgan. Ijod jarayonida
ko’zga tashlanadigan bu kabi psixologik holatlarni Sent-Byov shunday
tushuntiradi: «O’spirinlik davrida dunyo ko’zimizga nihoyatda betartibdek, hayot
yorqin nur tartib turgan sirli minoradek, yo’limizda uchragan odamlar esa juda
yaxshi yo o’ta axmoq, haddan ziyod jirkanch yoki o’ta buyuk bo’lib ko’rinadi».
19
Sent-Byov Gyugo ijodidagi bunday nozik jihatlarni nafaqat «Byug Jargal» va
uning turli variantlari, balki yozuvchining boshqa romanlari bilan muqoyasada
yoritadi. Psixologik holatlarni turli rakurslarda, butun nozikliklari bilan yoritishga
urinadi. Shunday yondashuvni uning «Russo «Tazarrusi» nomli tadqiqotida ham
kuzatamiz. Biroq shunga qaramasdan, Sent-Byovga xos psixologizm Andre Morua
tadqiqotlaridagi psixologik talqiniga nisbatan jo’nroq, ibtidoiyroq tasavvur beradi.
Aniqrog’i, Sent- Byov ishlarida asosiy psixologik talqin mashinasi rolini
tadqiqotchining o’tkir nazari, iste’dodi, tajribasi bajarsa, A.Morua ishlarida tizimli
metodologik asos va tadqiqotchi fenomeni mushtarakligi kuzatiladi. Har ikki
olimning J.J. Russo haqida tadqiqotlari bor. Har ikki tadqiqot uning «Tazarru»
asariga bag’ishlangan. Ularga xos psixologik talqin prinsipidagi farq ham shu
tadqiqotlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, Sent-Byov Russo
«Tazarru»sidagi chin iqrorni insoniyatga xos bo’lgan umumpsixologik holatlar
bilan asoslashga urinadi. Hatto Russoning: «Inson ichki dunyosi uning asl hayoti
faqat ungagina ma’lum. Inson o’z botiniy dunyosini tasvirlar ekan, aslida uni
yashirishga urinadi. Go’yo hayoti xususida rost gapni aytayotib, o’zini targ’ib
etadi. U hyech qachon o’zini bo’lgani kabi ko’rsatmaydi, balki xohlaganidek
ko’rsatadi»,
20
degan muhim gaplarini e’tibordan chetda qoldiradi. Andre Morua
esa Russoning «Tazarru» asarini hyech ikkilanmasdan «ayyorona roman» deb
aytadi. Asar tadqiqiga kirishar ekan, Russoning «Monten haqgo’y yolg’onchi»
degan so’zlariga replika tarzida «Russonning o’zi «haqgo’y yolg’onchi»
bo’lmaganmikan? Mutloq haqgo’y bo’lish mumkinmi? deya savol qo’yadi.
Xususan, Russoning seksual hayotiga doir iqrorining rostligini e’tirof etgan holda,
«bunday rostgo’ylikning asoslari uning tabiatiga xos eksgibsioniizmdan dalolat»
ekanligini qayd etadi. Moruaning fikriga ko’ra, de Varons xonim bilan insestual
aloqalari haqida ochiq yozgan Russo, bundan cheksiz lazzat olgan va ayni paytda
o’quvchining jilovsiz qiziqishlarini nazarda tutgan.
21
Andre Moruaning Marsel
Prust haqidagi tadqiqotida ham yuqoridagi kabi chuqur psixologik talqin ko’zga
tashlanadi. Butun umr astmaning og’ir shakli bilan og’rib o’tgan Prust bolaligida
oila davrasida so’ngsiz mehribonchiliklar ko’rgan. Ammo u ulg’ayib o’z
yaqinlaridan birin-ketin ajraladi. Tabiiy ravishda bolaligidagi kabi nozik muomala,
mehr-shafqat ham yo’qlikka yuz tutadi. A.Morua ushbu holatni M.Prust ijodining
negiziga qo’yib o’rganadi. Uningcha, Prust ijodining markazida bolalik hayotini,
undagi mehr-muhabbatni qo’msash turadi va bu armon Prustning barcha asarlarida
ortiq darajada aks etgan.
22
Xullas, keltirilgan dalilarga asoslanib aytish mumkinki, biografik
metodning dastlabki shaklida psixologizm tarzida namoyon bo’lgan ushbu omil, A.
Morua ijodida anchayin murakkab ko’rinish olgan. Bu esa A.Moruaning Z.Freyd
psixoanalizidan ta’sirlanganini, psixoanalitik konsepsiyalaridan o’z tadqiqotlarida
foydalanganini ko’rsatadi.Nazariy-estetik talqinda biografik talqinning bevosita
adabiy ijod bilan mushtarak jihatlari bosh masala hisoblanadi. Bundan kelib
chiqadiki, yuqorida so’z yuritilgan omillar biografik metod spesifikasi uchun
naqadar katta rol o’ynamasin, adabiy-estetik nuqtai nazardan yetakchi omil bo’la
olmaydi. Bu o’rinda gegemonlik vazifasini filologik omil bajaradi. Badiiy ijod
jarayonini filologik omilga tayanmasdan turib tadqiq etish, biograf-tadqiqotchini
asl mohiyatdan uzoqlashtiradi. Buning sababi o’ta oddiy bo’lib, badiiy ijodning
filologik komponetlar tizimidan iboratligi bilan izohlanadi. Badiiy asarda har
qanday poetik fikr, har qanday noyob hissiyot ifodalanishidan qat’i nazar, bu
jarayon so’z vositasida amalga oshadi. Biografik metod tayanadigan asosiy
fenomen-ijodkor ham faqat so’z bilan ishlaydi. Badiiy ijod o’rganilar ekan,
istisnosiz tarzda, ijodkor ruhiyatida, miyasida kechadigan jarayonlar, uning
leksikonida mavjud so’zlar zahirasi emas, badiiy matn shakliga tushgan so’zlar
tizimi e’tiborga olinadi. Bir so’z bilan aytganda, badiiy asar matni, uning ifoda
usuli, unda mavjud tovushlar so’z komponetlari, gaplar, fabula, kompozision
qurilish va xokazolar ijodkor shaxsiyati bilan sentez qilinadi hamda ma’lum
natijalarga erishiladi. Ijodiy individualik, mahorat, u bunyod etgan poetik
kashfiyotlar, uning muayyan tarixiy davr yoki muhitida tutgan o’rni masalalari shu
yo’l bilan belgilanadi. Yuqorida umumiy tarzda so’z yuritilgan jarayonlar biografik
metod vakillari asarlarida tarqoq holda bo’lsa ham, ko’p o’rinlarda kuzatiladi.
Jumladan, A.Morua XIX asr mashhur fransuz yozuvchisi Jon Kokto uslubi haqida
shunday yozadi: «Men uning tasvirlash mahoratini ko’p bor kuzatganman. U
mudom shiddatkor va g’ayratli, so’zni o’ta iqtisod qiladi. So’z topishdan oldin
uzoq o’ylanadi, qay yo’l bilan bo’lmasin nishonga aniq uradi».
23
Morua J.
Koktoning so’z qo’llash mahoratini M.Prust, P.Valerilar bilan qiyoslar ekan, uning
quyidagi so’zlariga urg’u beradi: «Tush uyquda tug’ilgani singari, poetik kashfiyot
iborada tug’iladi». Yoki Sent-Byovning J.J Russo haqidagi tadqiqotida yozuvchi
tabiatiga xos nozik bir xususiyat aynan uslub, so’z qo’llash jarayoni orqali ochib
beriladi. «Russo ijodida ayollar tasviri boshlangan joyda uslub o’ta noziklashadi.
Bir yaxshi tanqidchi to’g’ri ta’kidlaganidek, uning ijodida ayollar katta rol
o’ynagan. Demakki, Russo uslubidagi bu xususiyat uning tabiatidagi ayolga
o’chligi, to’g’rirog’i ishratparastligi bilan izohlanadi».
24
Xullas, shu va shunga o’xshash ko’plab dalillarga tayanib aytish mumkinki,
filologik omil bir butun tizim sifatida biografik metodining yetakchi komponenti
hisoblanadi.Nazarda tutish joizki, biografik talqin metodologik nuqtai nazaridan
bir necha shakllarga ega. Yuqorida so’z yuritilgan nisbiy sanoqdagi tayanch
omillar bu shakllarning barchasida u yoki bu darajada namoyon bo’ladi. Biografik
talqinning samarali va keng tatbiq etilgan shakllari, bizningcha, uchta. Bularning
birinchisi ijodkor shaxsiyatini markaziy o’ringa qo’yib o’rganishga asoslanuvchi,
akademik yo’nalishga yaqin, biografik tadqiqotlar hisoblanadi. Tom ma’noda
ilmiy-nazariy salmoq va metodologik prinsiplar shunday tadqiqotlarda namoyon
bo’ladi va, ayni jihati bilan bu shakl yetakchi o’rinda turadi. Bunga misol
tariqasida Sh.Sent-Byov, A.Morualar nomi ostida nashr etilgan «Adabiiy
portretlar» kitoblarini va sho’ro davrida chop qilingan «Ajoyib kishilar hayoti»
(JZL) seriyasidagi asarlarni ko’rsatish mumkin. Ikkinchi shakl adabiy portret janri
sifatida taqdim etiladi. Ammo bunday asarlarda dallilarga tayanish, hujjatlilik xos
bo’lsa ham, asosan, bayonchilik, publisistik talqin gegemonligi kuzatiladi.
A.Moruaning «Uch Dyuma», «Prometey yoxud Balzak hayoti» yoki Yan.
Parandovskiy, S.Sveyg kabilarning ma’lum asarlarini shu siraga kiritish mumkin.
Uchinchi shaklga biografiya chegarasida fikr yuritish ko’zda tutilsa ham, asosiy
urg’u badiiy talqinga qaratiladigan, muayyan ijodkor-shaxs hayoti asos qilib
olingan biografik romanlar, biografik qissalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biografik metodning shaklanishi va taraqqiyot
jarayonlari jahon estetik tafakkuri tizimidagi qonuniy hodisa hisoblanadi. Shu
sababli bu metod hozirgacha ma’lum ma’noda o’z vazifasini o’tab kelyapti. Unda,
garchi sistemali bo’lmasa ham, mavjud fanlar, oqimlar va qarashlarga doir
elementlar mujassamlashgan. Shuningdek, biografik metod adabiyoshunoslik,
tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sosiologiya, tarix, geografiya kabi fanlar negizida
yuzaga kelgan qonuniyatlarni istifoda etishga asoslanadi. Ammo ushbu metod tom
ma’noda samarali va universal bo’lishi uchun sanalgan omillar mohiyatiga
chuqurroq kirishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |