9.
Ibrohim Haqqul. She`riyat ruhiy munosabat. “G`.G`ulom nomidagi
adabiyot va san`at nashiriyoti”,
10.
Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash.– T., 1983.
O’zbekiston mustaqilligi adabiyoshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi
imkoniyatlarni paydo qildi. Sho’ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari
mafkuralashtirlgan, sosialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo’l-
oyog’iga kishan solgan yedi. O’anday bedodlikni, adabiy tanqid «hye» yo’q, «be»
yo’q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o’qituvchisi-
rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada
uddaladiki, manman degan san’atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab,
minglab yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband
qilindilar. Adabiy tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo’lidangina bordi.
Adabiy tanqidning germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari
chetga surib tashlandi. Adabiy tanqid zo’r berib ijobiy va salbiy qahramon
masalasini bayroq qilib ko’tardi. Kommunist obrazini yaratish xalqlar do’stligi
muammosini yoritishda tappa-tayyor qoliplardan foydalanildi.
O’zbekiston Mustaqilikka yerishgach, jahon adabiyoshunosligi, tanqidchiligi
mag’no-mohiyati shakli-shamoyili ko’zga yaqqol ko’rindi. G’arb, anglo-amerika
adabiyoshunosligi badiiy asarni o’qish anglash yestetikasini yaratib bo’lgan,
talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga yerishgan yekan.O’zbek
tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko’rinishlari, talqinning
yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi.G’arbda taraqqiy yetgan talqin,
baholash yo’sinlari mumtoz adabiyoshunosligimizda mavjud bo’lgan. G’arbda
«germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so’zlar
mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin,
ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan. Biz ushbu maqolalmizda
badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar-struktura, strukturalizm
haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta
jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos
mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni
ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik
sinchiklab o’rganamiz. Haqiqiy matn – tartibli tarkibiy tizim. Borliq tuzilishida,
inson muchasi, a’zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo’lganiday, badiiy
asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aysak, badiiy asar – betakror
struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni uqish, o’zlashtirish yo’rig’i, yo’sini,
qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi –
ma’nolar ko’p yo’nalishi, ko’p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-
mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma’no nuqtalarini belgilab olish
jiddiy ahamiyat kasb yetadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda
tahlil qilish yekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va
germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq
tushunchalar yemas. Biz strukturalizmning paydo bo’lishi, bosqichlari haqida
to’xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-yestetik qarashlar tarixini
yoritishni;
strukturalizm
vazifasi
va
oqibatlarini
ochishni;
nihoyat,
strukturalizmning o’zbek adabiyotida qo’llanishi mumkin bo’lgan yo’nalishlar
tarixini ifodalashni maqsad qilib qo’ydik.Mohiyatiga ko’ra strukturalizm yangi
soha yemas. Uzoq tarix, boy adabiy merosga yega xalq borki, uning
nafosashunosligi, adabiyoshunosligi, matnshunosligi taraqqiy yetgan bo’ladi.
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur singari san’atkorlar nafaqat badiiy
asarlar, balki poyetikaning turli muammolari haqida tadqiqotlar yaratganlar.
Alisher Navoiy “Mezonul-avzon”, “Muhokamat ul-lug’atayn” singari asarlarida
so’z, misra, tarkibiy tizim haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Hozir ham o’zini
hurmat qilgan, badiiy ijodni muqaddas sanagan san’atkor badiiy til, struktura,
so’zdan foydalanish mahorati, satr salmog’i, semiologiya singarilar haqida tadqiqot
olib bormoqda. Ammo struktura, strukturalizm istilohi yuz yil muqaddam
Fransiyada paydo bo’ldi. Struktura tarkibiy qismlar aro aloqa va o’zaro
moslashuvlardir.
Strukturalizm-tilshunoslik,
adabiyoshunoslikdagi
yo’sin,
yo’nalish, metodning mushtarak atamasi. XX asrning 10-yillaridan ye’tiboran
shakllana boshlagan strukturalizm metodini fransuzlar “yangi tanqid” deya
boshladilar. Fransuz strukturalizmi haqida gap borar yekan, avvalo Ferdinand de
Sossyur (1857-1913) nomi tilga olinadi. U struktural lingvistika asoschilaridan
bo’lib, fanga sinxron va diaxron o’rganish metodlarini olib kirdi. Lingvistikani
izchil tizim sifatida o’rganish, til va semiotika aro uzviy bog’liqlik masalalari F.de
Sossyur nomi bilan bog’liq. R.O.Yakobson (1896-1982) strukturani badiiy asar
fabulasi va kompozisiyasi bilan uzviy bog’liqlikda o’rganish yo’sinini ishlab
chiqdi. Uning tadqiqotlari ko’proq lingvistik strukturalizm bilan bog’lanib ketgan.
Tadqiqotchi Jan-Mari Ozia struktura va inson psixologiyasi muammolarini tadqiq
yetgan. Mana shu olim matn tahlili muammolari siyosiy, mafkuraviy, tashviqiy
qarashlardan yiroq bo’lishi lozimligini uqtirgan. Gaston Bashlar (1884-1962)
struktura, strukturalizm bilan bog’liq “Yangi ilmiy tafakkur” konsepsiyasini
falsafiy jihatdan asosladi. U hozirgi ilmiy bilish dialektikasini yangicha talqin
qilishga intildi. Strukturalizm mantiqiy bog’liqlik, o’zaro aloqalarni yaxlit halqa
sifatida o’rganadi. Bu metodda makoniy cheklanish mavjud, ammo u tafakkur
imkoniyatlarini bus-butun ishga solishga qodir. Strukturalizmda ma’lum
muammodan chetga chiqib ketmaslik, masalani mumkin qadar teran, keng
miqyosda yoritib berish muhimdir.
Strukturalizmning shakllanishi va rivojini Rossiyada paydo bo’lgan “Poyetik
tilni o’rganish jamiyati” (OPOYaz) faoliyati namoyandalari ijodiy izlanishlarisiz
tasavvur yetib bo’lmaydi. XX asrning 10-yillarida tashkil yetilgan bu jamiyat
lingvistik va adabiyoshunoslik strukturasi muammolari bilan shug’ullandi. Mazkur
jamiyatning Ye.D.Polivanov, Yu.N.To’nyanov, V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson,
B.V.Tomashevskiy, B.Yeyxenbaum singari a’zolari lingvistika, adabiyoshunoslik,
xususan, poyetika, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik, rus adabiyoti tarixini ilmiy-
nazariy yoritishda betakror o’zliklarini namoyon yetadilar. Xususan, Viktor
Borisovich Shklovskiy (1893-1984), Boris Viktorovich Tomashevskiy (1890-
1957)kabilar
ham
nazariyotchilar
sifatida
tanildilar,
ham
L.Tolstoy,
F.Dostoyevskiy, A.Pushkin asarlari strukturasini tadqiq yetish bo’yicha katta ilmiy
yutuqlarga yerishdilar. Ularning ijodi 10-yillarda boshlangan bo’lsa-da, 50-70-
yillarda unumli natijalar berdi.Strukturalizm XX asrda uchta murakkab bosqichni
o’tadi. 10-yillarning o’rtalarida boshlangan strukturalizm boshlang’ich pog’ona
bo’ldi. Garchi u “boshlang’ich” bo’lsa-da, strukturalizmning tamal toshi o’sha
paytda qo’yildi, uning asosiy maqsad-vazifalari belgilandi. Muhimi, strukturalizm
lingvistika va adabiyoshunoslikdagi mushtarak nuqtalarga diqqatini qaratdi. Ayni
vaqtda ilk strukturalizm lingvistik va adabiyoshunoslik muammolarini aniq, uzil-
kesil ko’rsatib berdi.Strukturalizmning ikkinchi pog’onasi XX asrning 60-70-
yillariga to’g’ri keldi. Fransiyada bu yillar Klod Levi Stross (1908), Jak Lakon
(1901-1981), Rolan Bart (1915-1980), Mishel Fuko (1926-1984) singari
strukturalistlar ijod qildilar. Bular strukturalizm mohiyatini mukammal yoritdilar.
R.Bartning “Huzurbaxsh matn”, M.Fukoning “So’z va buyumlar” tadqiqotlari,
Levi-Strossning yetnografik strukturalizmga doir ishlari mashhur bo’ldi. Ayniqsa,
A.Bartning tanqid, adabiyoshunoslik, tillar haqidagi tadqiqotlari strukturalizm
nuqtai nazaridan o’rganilgan, baholangan.60-70-yillarda rus strukturalistlari
unumli ish olib bordilar D.M.Lixachev (1906-2000), M.B.Xrapchenko (1904-
1993), M.M.Baxtin (1895-1975), . Yu.Lotman, Yu.Borev, Yu.Barabash singarilar
“OPOYaZ”chilar an’analarini davom yettirdilar, badiiy asar matniga doir
xronotop, roviy, funksional yondashuv singari masalalarni o’rtaga qo’ydilar.
60-70-yillar strukturalizmida Yuriy Lotmanning xizmatlari katta. Bu olim
uslubi qanchalik murakkab bo’lsa, u talqin qilgan asarlar ham shunchalik jiddiy.
Uslub qancha murakkab bo’lsa, mutaxassis uni o’qish, o’rganishga shunchalik
jiddiy kirishadi. Yu.Lotman badiiy asar matni muammosini keng miqyosda, barcha
san’at asarlari birligida, jahon adabiyotining murakkab asarlari misolida yoritadi.
Yu.Lotmanning mantiq yo’siniga yo’l topilsa, uning nazariy qarashlarini anglab
yetish osonlashadi. Olim har qancha murakkab uslubni qo’llamasin, badiiy matn
muammosi doirasidan chetga chiqib ketmaydi. Bizning mumtoz adabiyotimizda
shunday murakkab, teran ildizli matnlar borki, ularni anglab yetgan mutaxassis
Yu.Lotman
asarlarini
bemalol
uqib
oladi.70-yillardan
boshlab o’zbek
adabiyoshunosligida poyetika masalalari o’rganila boshlandiki, ularni
strukturalizm sohasida olib borilgan izlanishlarning boshlanishi deb anglamoq joiz.
Badiiy tafakkurda ro’y bergan o’zgarishlar adabiyotda darhol namoyon
bo’ladi. 80-yillardan boshlab strukturalizmning yangi ko’rinishi – posstrukturalizm
paydo bo’ldi. Posstrukturalizm, ramziy aytganda, strukturalizmni biqiqlik,
akademik holatdan hayotning jo’shqin oqimiga olib chiqdi. Yangi metod
namoyandalari jonli hayot ruhi singgan, xalqona tilda yozilgan matnlarni talqin
qila boshladilar. Ayniqsa, bunday hol sho’ro adabiyotida ro’y berdi. Oshkoralik va
demokratiya sharoitida muqaddam ta’qiqlangan asarlar chop yetila boshlandi.
Ularda Gulag mahbuslari, siyosiy jinoyatlari uchun uzoq vaqt ozodlikdan mahrum
yetilganlar xarakteri aks yettirilgan yedi. A.Soljenisin, A.Ribakov, A.Bek,
A.Platonov singarilarning asarlari posstruturalizm uchun qimmatli material –
matnlarni berdi. O’zbek adabiyotida X.Sultonov, Murod Muhammad Do’st, Yerkin
A’zam, Tog’ay Murod, Rauf Parfi singarilarning asarlari matni o’ziga xos,
betakrorligi bilan diqqatni jalb yetdi.Poyeziyadagi baxshiyona ruh, xalqona ohang,
maromlar matn tahlili uchun nihoyatda zarur, qimmatli yedi.
Mustaqillik davri adabiyotida nasr, nazm, dramaturgiya sohasida bo’lmasin
janriy izlanishlar avj oldi. Omon Muxtor, Xurshid Do’stmuhammad, Salomat
Vafoning roman, Tohir Malik, Nazar Yeshonqul, Sh.Xolmirzayevlarning qissa,
N.Yeshonqul, Sh.Bo’tayev, N.Norqobil, Ye.Shukur, Isajon Sultonov, Zulfiya
Qurolboy qizi, Dilfuza Qo’ziyevalarning hikoya janridagi izlanishlari
posstrukturalizm metodi uchun boy material bo’la oladi. Afsuski, o’zbek
adabiyoshunosligi, adabiy tanqidchiligi strukturalizm metodi muammolari bilan
jiddiy shug’ullanmayapti. To’g’ri, mustaqillik davrida A. Qahhorning “Sarob”i,
A.+odiriy romanlari matn nuqtai nazaridan yangicha talqin qilindi. Ammo bunday
talqinlar hozir nihoyatda kam. Ayniqsa, qayta talqin qilinishi lozim bo’lgan asarlar
bisyor. “Tafakkur” jurnalining 2004 yil 3-sonida Zuhriddin Isomiddinovning
“Taras Bulba: oshkor va pinhon qiyofa” nomli tadqiqoti chop yetildi. Muallif
Gogol asaridagi semiotik nuqtalarni aniq, ishonarli belgilaydi. Matn tahlilidan
kelib chiqqan holda muallif Taras Bulba zinhor xalq qahramoni, vatanparvar
bo’lmaganligini isbotlaydi: “Albatta, Gogol ham xuddi Pushkinga o’xshab, o’z
davrida Taras Bulba singari “din va millat fidoyilari”ning yovuzligini faqat ishorat
tili bilan bayon qila olar yediki, buning sabablari hammaga tushunarli”
1
. Shu
muallif «Chini turganida afsona nechun?» maktub-maqolasida To’lenbergan
Kompbergenevning «qoraqalpoqman. tavakkalchiman» (Nukus-2003) asarini
sinchiklab tahlil qiladi. Ma’lumki, so’nggi yillarda har bir xalq o’zining tarix
.
shodasidagi o’rni, mavqyeini bo’rttirib ko’rsatishga intilmoqda. Donishmand adib
T.Kalpbergenov ham qorqalpoqni ulug’lashga haddan tashqari berilib ketadi.
Z.Shomiddinov asardagi sakta, soxtaliklarni birma-bir talqin qilarkan, yozuvchiga
murojaat qiladi: «Hurmatli Tulepbergin og’a!... Yel va millatning qadimiyrog’i
a’loyu tarix sahnasiga turli sabablarga ko’ra kechroq chiqqanlari tubanroq
bo’lmaydi. Barchasi teng. Shunday yekan, tarixchi olimlarning hozirgacha amalga
oshirgan mehnatlari natijasini-ayon haqiqatlarni nazar-pisand qilmay, afsona
to’qishga, shu asosda tarix «ijod» qilishga hojat yo’q».
2
Tanqidchi badiiy asar
matniga chuqur kirgani sayin tarkib, tartib, tayanch so’zlarni aniq ko’radi, his
qiladi. Postrukturalizm so’zlar, ishoralar aro modern holat, asar ichra asar yaratila
boshlanganligi ko’ra boshlaydi. Sho’ro davri tanqidchiligidagi talqin, tahlillarni
kuzatar yekansiz, xayolingizga daf’atan: “Men nima deymanu qo’bizim nima
deydi?”- maqoli keladi. Xullas, posstrukturalizm asarlarni sinchiklab o’rganadi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, posstrukturalizm globallashuv jarayonining
samarasi sifatida jahoniy ahamiyatga molik asarlarni tahlil, talqin qiladi. Masalan,
strukturalist Klod Levi-Stross “Strukturalizm va yekologiya” maqolasida
muammoni umumjahon miqyosida oladi. Levi-Stross mutaxassisligi nuqtai
nazaridan yetnolog bo’lgani uchun ham umumjahoniy muammo mohiyatiga tez,
asosli kirib bordi. Badiiy adabiyotda global mohiyatli tadqiqotlarni yaratish shart.
O’ylab ko’rilsa, olam ham hududsiz, odamlar ham bir-biriga yot yemas yekan.
Ayniqsa,
ilmiy-texnika
taraqqiyoti,
globallashuv
jarayoni
odamlarni
yaqinlashtirganiday, adabiy aloqa, o’zaro ta’sirni kuchaytirdi. O’zbek yozuvchisi
Xurshid Do’stmuhammad italiyalik adib Dino Busattining “Yetti qavat”
hikoyasidan ta’sirlanib “Jimjitxonaga yo’l” asarini yozdi. Hikoya kompozisiyasi
g’alati: X.Do’stmuhammad “Yetti qavat” hikoyasi qahramoni Dino Korte holati
bilan “Jimjitxonaga yo’l”ning asosiy ishtirokchisi Zohid Yaqin ruhiyatini baqamti
tasvirlaydi. Har ikki hikoyada ko’zga yaqqol tashlanmaydigan jihat shuki, Dino
Korte asta-sekin yuqoridan pastga tushib boradi. Zohid Yaqin bo’lsa birinchi
qavatdan yettinchiga ko’tariladi.
Qizig’i
shundaki,
odam-kim,
qayerdanliligidan qat’i nazar taqdirga tan berib, turli vaziyatlarga ko’nikib
borarkan. Italiyalik yozuvchi o’z qahramonini osmondan yerga tushirar yekan,
uning o’ziga xosligidan – dini, millati, udumlari, yashash tarzidan kelib chiqadi.
X.Do’stmuhammad Zohid Yaqinni asta-sekin arshi a’loga ko’tara boradi. Har ikki
qahramon o’lim tomon ilgarilab boraveradi. O’zbek va italiyalik bemorning
holatlari strukturali tahlilda sezila boradi. O’limning millati yo’q. U o’z bag’riga
hammani olaveradi. Jon taslim qilayotgan Dino Korte “najot istab mayda sim to’r
qoplangan derazadan tashqaridagi daraxtzorga chiranib qaraydi, ammo ko’z oldi
chaplashib ketadi.
-
Tunmi?... - deb so’radi u arang pichirlab. – Soat nech...”
2
. Shunday holat
Zohid Yaqinda ham ro’y beryapti: “Zohid Yaqin yo’lak adog’idan oqib kirayotgan
sutdek nur og’ushida yastanib yotgan keng va yam-yashil sayhonlikni ilg’ab, shu
qadar bahri dili ochildiki!...
-
Joziba!...”
Xurshid Do’stmuhammad “Al-a’rof” dramasida amerikalik mashhur adib
Yedgar Po (1809-1849)ning hayotidagi holatlarni tasvirlash orqali insonning
qayerda, qanday yashashidan qat’i nazar, fojialar girdobida bo’lishini ko’rsatadi.
Demoqchimizki, o’zbek yozuvchisi amerikalik adib hayoti misolida insoniy fojia,
holatlarni ko’rsatib bergan. Dramadagi semantik markaz mana bu gapda
jamlangan: “Dushman tashqarida yemas, ichimda, amma...”
3
Aksariyat insonlar
kuyadilar, yonadilar, lyekin Po singari o’z dardlarini lo’nda ifoda yeta olmaydilar.
Globallashuv jarayoni insonni to’laroq anglash imkonini yaratdi. Bilamizki,
har bir milliy adabiyot tarkibida bolalar adabiyoti, uning namoyandalari bor.
Hozirgi paytda bolalar adabiyotida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y beryapti. So’nggi
olti-yetti yil ichida angliyalik yozuvchi Djoan K.Rolingning nomi mashhur bo’lib
ketdi. U yaratgan “Garri Potter va uning do’stlari” asari bolalik saltanatining
mashhur asariga aylandi. Garri Potter sarguzashtlari tasvirlangan kitob jahon
bolalari tomonidan o’qilmoqda, film holida tomosha qilinmoqda. Garri Potter nega
bunchalik mashhur bo’lib ketdi? Yozuvchi K.Roling bolalarning yertak, mif,
sarguzashtlarini texnika vositalari orqali tasvirlay oldi. Garri va uning do’stlari
yalmog’izlar, afsungarlar orasida bo’ladilar, xavfli vaziyatlarga tushib qoladilar va
muhimi, bunday vaziyat-holatlar texnika, yelyektronika, kompyuterlar bilan uzviy
bog’liq. Atrofimizga nazar tashlasak, bolalar kompyuter olamiga chuqur sho’ng’ib
ketganliklarini sezamiz. Boshqacha aytganda, boladagi sarguzashttalablik, qaltis
vaziyatlarga intilish fan-texnika vositasida amalga oshirilmoqda. Bolalik
saltanatidagi holat, vaziyatlarni strukturalizm metodi vositasida ishonarli tahlil
qilish mumkin. Xullas, posstrukturalizm keng miqyosda faoliyat olib boradigan,
masalani ildiz-ildizidan yoritib beradigan umumdunyoviy metodga aylanib
bormoqda.
Yehtimolki,
taraqqiyot
posstrukturalizmning
yana
yangi
imkoniyatlarini yuzaga chiqarar.Adabiyot va san’atda yo’sin, yo’nalish, oqimlar
borki, ularning asosida falsafiy-yestetik qarashlar,yorqin siymolarning yestetik
tushunchalari turadi. XX asrda G.V.Plyexanov (1856-1918), M.Xaydegger (1889-
1976), Gaston Bashlar (1884-1962),Jan-Pol Sartr (1905-1980), N.A.Berdyayev
(1874-1948) singari mutafakkirlar yashaganki, ular faoliyati markscha falsafa-
yestetika, yekzistensial yo’nalish, struktural tizim mohiyati bilan uzviy bog’liq.
To’g’ri, Z.Freyd, K.Yung, Ye.Fromm, S.Frank singari mutafakkirlar ham XX
asrda o’z tadqiqotlarini yaratganlar. Ularning asarlari san’at-yestetikaning teran
muammolarini hal qilish bilan bog’liq. Biz yekzistensializm, strukturalizm,
sosialistik realizm mohiyatiga jiddiyroq nazar tashlashnigina maqsad qilib qo’ydik.
Yekzistensial falsafa XX asrda /arbiy Yevropada chuqur ildiz otdi. Frans Kafka
(1883-1924), Alber Kamyu (1913-1960), Jan-Pol Sartr (1905-1980) singari
san’atkorlar ijodi yekzistensializm bilan uzviy bog’liq. Yekzistensializm
metodining maqsad-mohiyati ko’proq M.Xaydegger asarlarida yoritilgan.
Yekzistensial – tirikchilik demak. Inson-tirik jon. Tirikchilik uning ma’no-
mazmunini belgilaydi. Inson qilmish-qidirmishlari uning mohiyatini belgilaydi.
Insonga nega unday yashamading, nega bunday g’oyaning izidan bormading,
hayotingni qanday yo’naltirishlarda olib bording degan savollarni qo’yish
noto’g’ridir. Insonning kimligi, mohiyati yashagan yo’li, qilmishlaridir, xolos.
“Inson o’zini qay darajada amalga oshirsa, shu darajadagina mavjud bo’ladi. U
o’zini, demak, o’z qilmishlarining yig’indisi sifatida, o’z shaxsiy hayoti sifatida –
faqat shundaygina namoyon yetadi,”
4
- deb yozadi J. P.Sartr. Uning quyidagi
fikrlari inson mohiyati to’g’risidagi qarashni tasdiqlaydi: “... inson o’zining qator
qilmishlaridan boshqa hyech narsa yemas, u mana shu qilmishlaridan tashkil
topadigan
munosabatlar
yig’indisidan
iborat,
demoqchimiz
xolos”
5
.
Ekzistensializm insonni imkoniyatlariga ko’ra yemas, qilgan ishiga ko’ra
baholaydi. Odam bu dunyoda yeladi, yuguradi, bolam-chaqam deydi, to’y-tomosha
qiladi. Xullas, umr o’taveradi. Yekzistensial falsafa insondan “Nega bunday
qilding?”, “Nega bunday qilmading?” demaydi. Insonningsavobi ham, gunohi ham
o’ziga. Yeng asosiysi, inson mafkuralar, yuksak g’oyalar, tinkani quritadigan
yugur-yugurlar quli bo’lib qolishi kerak yemas. Inson hayotining qaysidir
bosqichida qo’rqoqlik qildi, qachondir loqaydligi tufayli fojiaga sabab bo’ldi. U
nima qilgan bo’lsa, qanday yashagan bo’lsa, shunga yarasha ajr (savobu gunohini)
oladi. O’ylab ko’rilsa, yekzistensial falsafa hamma inson hayotiga mos keladi.
Sharqda yashash, tirikchilik falsafasi chuqur ishlangan. Faqat u yekzistensializm
deyilmaydi. Tirikchilik, tirikchilik deymiz-u, har bir odam yashashga o’z aqli,
tushunchasi bilan yondashishini unutmasligimiz kerak. Ba’zi odam tabiatan aqlli,
dono bo’ladi: ishning foydasi, osonini ko’zlab harakat qiladi. Odam borki, hayotini
yelga sovuradi: yeyish, ichish, maishat qilishdan nariga o’tmaydi. Mutafakkir
M.Xaydegger biologik umr bilan ontologiyani (mangu barhayotlilikni) farqlaydi.
Uningcha, tirikchilikning muhim bir nuqtasi bor. U – o’lim. Odam o’limdan
qo’rqadi, uni yo’qlik, mavhumlik deb biladi. Aslida, o’lim yashash yo’lidagi bir
bosqich. Odam o’limdan keyin ham yashaydi. Lekin, hamma gap shundaki, u
qanday, qancha yashaydi? Tiriklik davrida inson qanday yashagan bo’lsa
o’lganidan keyin inson sifatidagi MOHIYaTIGA ko’ra ontologiya bosqichiga
kirishadi. Biz ko’proq mangu asarlar haqida gap borganida ontologiya istilohini
qo’llar yedik. Yekzistensial falsafa ontologiyani inson umri qimmatini belgilovchi
vosita sifatida ishlatadi. M.Xaydegger fikricha, inson yashayveradi, tirikchilik
yo’lida yelib yuguraveradi, ammo alal-oqibat inson hayotining ma’no-mohiyati
talqin, tahlil orqali baholanadi.
Martin Xaydegger, garchi yekzistensial falsafa namoyandalaridan bo’lsa-da,
til va inson bog’liqligi masalasiga alohida ye’tibor beradi. Haqiqiy til – sizu biz
oramizdagina aloqa vositasi yemas. U (haqiqiy til) insonga shariflik ato
qilinayotganda berilgan ilohiy in’om. Insonning insonligi tilidadir. Sharif inson
faqat so’zlayotganidaginamas, sukut saqlayotganida ham some’lik qilayotganida
ham go’zaldir. Sokin odamning mohiyati so’zlayotgan odam fikrlaridan ko’proq
narsani anglatadi. Til haqida, ayniqsa, tilning germenevtik mohiyati xususida fikr
yuritgan odam struktura, semiotika, semiologiya haqida to’xtalinmasligi mumkin
yemas. Demoqchimizki, M.Xaydegger asarlarida struktura, strukturalizm haqida
aytilgan mulohazalar ko’p. “Tafakkur yuritish nadur?” maqolasida so’zlar mag’zini
chaqadi: “Faylasuflar – tafakkur yurituvchilar. Buning boisi shuki, asosan falsafada
tafakkur ro’y beradi. Hozir hyech kim falsafaga qiziqish ortayotganini inkor
yetmaydi. Lekin bironta zot topilarmikanki, “+IZI+ISh” degan so’zning bugungi
kunda qay mazmunda qo’llanayotganini kuzatgan bo’lsin”
6
. M.Xaydegger jumla,
satrdagi har bir so’z mazmuni, shakli, turkumi, ohangi, maromi bilan qiziqadi. Bu,
tabiiyki, strukturalizm bilan uzviy bog’liq.Yekzistensializm metodi XX asrning
o’rtalariga kelib bir muncha susaydi, unga bo’lgan qiziqish kamaydi.
XX asr boshlaridan yekzistensializmga zid turadigan markscha realizm
Rossiyada, keyinroq SSSRda nihoyatda rivojlandi. Markscha falsafa asosida paydo
bo’lgan sosialistik realizm nafaqat Sho’ro davlatida, balki bir qancha xorijiy
adabiyotlarda qo’llanila boshlandi. Markscha falsafaning nafosashunoslik,
adabiyoshunoslikda qo’llana boshlanishida Georgiy Valyentinovich Plyexanov
(1856-1918)ning hissasi katta bo’ldi. U o’ta madaniyatli, ko’p o’qigan, san’atni
nozik his qiladigan, marksizmga nihoyatda sadoqatli zot bo’lgan. G.Plyexanov
Marks asarlarini qunt bilan o’qidi, ularni rus tiliga tarjima qildi. Marksistik
nafosashunoslikning shakllanishi, rivoji Rossiyada G.Plyexanov nomi bilan
bog’liq. Plyexanov rus mutafakkir tanqidchilari – Dobrolyubov, Chernishevskiy,
Gersen, ayniqsa, Belinskiy asarlarini alohida bir mehr bilan o’qidi. Unda g’arb
faylasuflari qarashlarini rossiyalik ma’rifatparvarlar – “real tanqid” namoyandalari
ijodi bilan bog’lash istagi tug’ildi. Belinskiyning asarlarini o’qir yekan, Plyexanov
g’alati bir yangilikni kashf yetdi. V.Belinskiy G.Gegel asarlarini o’qib: “Adabiy
tanqidning vazifasi san’at asarlarini tafakkur tiliga o’girmoqdir”, - deb yozib
qo’ygan yekan. G.Plyexanov panlogizm nomini olgan Gegel falsafasi haqidagi
Belinskiy qarashini o’qib xursand bo’lib ketdi. Plyexanov mana shu yangilik
asosida o’zining PANSOSIOLOGIZM nomini olgan qarashini uzil-kesil ifodaladi:
“Adabiy tanqidning vazifasi san’at asaridagi sosiologik yekvivalyentni yuzaga
chiqarishdir”. Gegelning san’at haqidagi aqidasi panlogizm nomi bilan mashhur
bo’lgan yedi. G.Plyexanovning sosiologik yekvivalyent nazariyasi pansosiologizm
deb yuritila boshlandi. Inson hayoti, xarakterini ijtimoiyliksiz tasavvur yetib
bo’lmaganday, adabiy tanqidni ham ijtimoiy yondashuv talqinsiz anglab
bo’lmaydi. Lekin ijtimoiylik boshqa belgi, xususiyatlarga qo’shib olib borilsagina
o’zini oqlaydi. Ijtimoiylikni adabiy tanqid, badiiy xarakterning bosh, yetuk belgisi
sifatida qabul qilinishi, qo’llanilishi to’g’ri yemas. G.Plyexanov V.Belinskiy,
N.Dobrolyubov, N.Chernishevskiy, A.Gersen ijodidagi “real tanqidning asosiy
xususiyati ijtimoiy ekvivalentlik ekanligidan quvondi. Vaholanki, V.Belinskiydan
boshlangan rus inqilobiy demokratlari badiiy asardagi ijtimoiy mohiyatni matnni
bosib-yanchib, sindirib,majruh qilib sitib chiqarganlar. Masalan, A.Dobrolyubov
“Arafa”(I.S.Turgenev) romani haqida “Haqiqiy kun qachon keladi”,
A.Ostrovskiyning “Momaqaldiroq” dramasi haqida “Zulmat ichra nur” singari
maqolalarini yozdi. Shiddatli Vissarion ham badiiy asarlar matnini tahlil qilishni
emas, asar baholashda his-hayajonlarni to’kib solishga, ijtimoiy mohiyatni mumkin
qadar yuksak ko’tarishga e’tibor berdi. Strukturalistlar, xususan, V.Shklovskiy,
B.Tomashevskiylar V.Belinskiy, uning izdoshlari ijodini jonli matndanuzilib
qolganligini
qattiq
tanqid
qildilar,
"Belinskiy,
Dobrolyubov,
Zaysev,
Mixaylovskiylar go’yo gul ko’rgani keldilaru, guldan zavqlanish o’rniga uning
ustiga o’tirib oldilar",
7
- deydi V.Shklovskiy. B.Tomashevskiy fikricha, XIX asr
60-yillaridagi rus revolyusion-demokratlari “badiiy asarni ijtimoiy yaroqliligiga
ko’ra baholadilar”, “o’zlarining mafkuraviy qarichlarini chin o’lchov deb
bildilar”
8
.Boris Sadovskiy “Chernishevskiy - tanqidchi” (“Veso’” jurnali, 1907 yil,
7-son) maqolasida “Nima qilmoq kerak?” romani muallifini “iste’dodli iqtisodchi”,
adabiy tanqid sohasida “tirishqoq va zahmatkash”, “o’rtamiyonalikning baayni
o’zginasi” deydi. Sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi V.Belinskiy,
A.Dobrolyubov, N.Chernishevksiy, A.Gersen va boshqalar asarlarini ko’klarga
ko’tardi. Mazkur mutafakkir-munaqqidlar asarlari sho’ro adabiyoshunosligi va
tanqidchiligining metedologik asosi ekanligi uzluksiz ta’kidlandi. Ularning adabiy-
tanqidiy, badiiy asarlari bot-bot chop etildi. Buning boisi shunda ediki, sho’ro
adabiyoshunosligi va tanqidchiligi inqilobiylikni hamisha yuksak qardrladi, hatto,
vulgar
sosiologizm
ham
20-yillarda
bayroq qilib ko’tarildi. Sho’ro
adabiyoshunosligi fanida mikroanaliz va strukturalizm metodining susayib
ketishiga ham V.Belinskiylar asarlaridagi his-hayajon, matndan ajralgan holda
asarni g’oyaviy-ijtimoiy “tanqid” qilish sabab bo’ldi. Sho’ro adabiyoshunosligida
yozuvchilarni “o’rni-o’rniga qo’yib” munosabatda bo’lish, tanqid qilish avj oldi.
Afsuski, ba’zi ilmiy tadqiqot, dissertasiyalarda V.Belinskiy, N.Chernishevskiylar
asarlari hanuz metodologik tayanch sifatida ko’rsatilayotganligi achinarlidir. Rus
tanqidchisi Lev Anninskiy “Nimani izlaysiz?” nomli maqolasida hozirgi
tanqidchilikda barham topayotgan udumlar haqida to’xtalinib, V.Belinskiydan
boshlangan chalalik, chalkashlik, chiranchog’liklarga e’tiborni qaratadi. Lev
Anninskiy V.Belinskiylar haqidagi qarashlarni xulosalar ekan, rus revolyusion-
demokratlari qo’lidan olingan estafeta tayoqchasi sho’ro adabiyoshunosligi
Prokrustlari tomonidan rosa foydalanilganligini aytadi
9
. Bu yerda munaqqid sho’ro
adabiyoshunosligi va tanqidchiligidagi vulgar sosiologizm, yuzakilik, guruhbozlik,
noxolislikni nazarda tutganligini tushunib olish qiyin emas.XX asr adabiyotida goh
kuchayib, goh pasayib, goh keng miqyosda, goh tor ko’lamda o’sib-o’zgarib
borgan strukturalizm ekzistensializm, sosrealizm singari metodlarni saralashda
mahak tosh vazifasini o’tadi. Chindan ham, san’at vazifasi, undagi yo’nalishlar
funksiyasi insonni qay darajada haqqoniy, tabiiy tasvirlanganligiga ko’ra
baholanadi. Inson hamisha onadan erkin tug’iladi. Inson erkiga kishan solishlar,
quyushqonga kiritishlar keyinchalik boshlanadi. Inson hayoti, aslida, erk bilan har
xil kishanu tuzoqlar aro kurashdan iborat. Cho’lpon «Ko’ngil» she’rida erk va
uning kushandalari aro ziddiyatni tiniq ko’rgan, aniq tasvirlagan edi:
Ko’ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding?...
Tiriksan, o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo’yin egti,
Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!...
XX asrda inson erki, hurligiga jonu jahdi bilan qarshi kurashgan mafkuralar
ko’p bo’ldi. Sho’ro davlatida, Germaniyada, Ispaniyada, Italiyada, Chilida,
Kongoda, yana qanchadan qancha yurtlarda fashizm ochiqchasiga harakat qildi.
«Manqurt» degan istiloh mohiyati XX asrda aniq ko’rindi. Inson erki va unga
qarshi
har
xil
tazyiqlar
adabiyoshunoslikda
qanday
nomlanadi?
Adabiyoshunoslikda «xarakter» degan tushuncha bor, u juda ko’p tillarda
«karakte» nomi bilan ma’lumu mashhur. Aslida inson o’z fitrati, mangu bitigi bilan
tug’iladi. Hayot, faoliyat davomida inson ma’no-mohiyati namoyon bo’ladi.
«Sartr, mavjudlik-shaxs xatti-harakatlaridan iboratdir, deb biladi. Uningcha, inson
o’zini o’zi namoyon qilish, o’zini o’zi ruyobga chiqarish orqaligina mavjuddir.
Shuning uchun u «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa
emas»
10
Hayotda hamma ziddiyatlar kurashi mavjud ekan. Yekzistensializm, aslida,
insonni, xarakterni markscha falsafadagi talqiniga zid ravishda vujudga kelgan
ekan. Biz yuqorida G. V. Plexanovning pansosiologizm haqidagi qarashini
keltirgan edik. Bu nazariya bevosita K. Marks qarashidan keltirib chiqarilgan edi.
Ilmiy kommunizm nazariyasining asoschisi K. Marks «Feyerbax to’g’risida
tezislar» ning 6-bandida yozadi: «... insonning mohiyati ayrim individga xos
bo’lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holda u barcha ijtimoiy munosabatlarining
majmuidir»
11
Ekzistensializm «ota»si- Jan Sartr inson «o’z hayoti va xatti-
harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas» deyapti, K. Marks bo’lsa, inson
barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir» degan uzil-kesil xulosani
chiqaryapti. Yekzistensialistlar inson hayoti-yu, xatti-harakatlarinigina asos qilib
olganliklari bois absurdizmga toyib ketdilar. Markscha «nazariya» bilan
qurollanganlar insonni ijtimoiy ruporga-o’zlikdan uzoqlashgan vositaga aylantirib
qo’ydilar. Ijtimoiy mohiyati to’lib-toshib ketgan odam oddiy haqiqatlarni aytishga
ham qo’rqib qoldi. Yodimda bor: bir kuni Ozod Sharafiddinovning tishli-tirnoqli
bir maqolasi chop etiilganida, tengqur, ham fikrlar yig’ilib qoldik. Maqola haqida
birov u dedi, birov bu dediShunday qilib, XX asrda strukturalizm bilan bir qatorda
ekzistensializm, sho’ro realizmi – sosialistik realizm ham rivojlandi. Har bir metod
asosida, aytilganiday, falsafiy-estetik qarash, munosabat mavjud. Strukturalizm
obyekt bilan bevosita bog’liqligi – hamisha jonli matn bilan ish ko’rishligi bois
rivojlandi. Undagi o’sish bir tekis, qarshiliklarsiz bo’lmadi. 60-yillardagi
strukturalizm ilk strukturalizmdan ko’p narsalarni olganiday undagi ko’p
xususiyatlarni inkor etdi.
XXasrnig
80-
yillaridanposstrukturalizmgloballashuvjarayonibilanbirgalikdao’sdi,
qamrovmiqyosinikengaytirdi.
Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). U matn tarzida
yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san’atkor iste’dodiga, aytmoqchi
bo’lgan gapining haqqoniyligiga, so’zlarga yuklatilgan ma’noning salmog’iga,
maromning tovlanishi, tuslanishiga bog’liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-
ijodiy izlanish demak. San’atkor izlanmasa, o’qimasa, o’rganmasa, ma’lum
darajada tadqiqotchi bo’lmasa, musti mahkam matn yaratishi amri mahol. Buyuk
san’atkorlarning deyarli hammasi o’zigacha yaratilgan yetuk asarlarni jiddiy
o’rgangan. Navoiy, Boburday san’atkorlar ilm bilan ham jiddiy shug’ullanganlar,
yetuk tadqiqotlar yaratganlar. Bu an’ana jahon adabiyotida hamisha bo’lgan, hanuz
davom etyapti. San’atkorning san’ati shundaki, u har bir so’z, holatdagi ma’nolarni
bus-butun qamrab olishga intiladi, so’zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga
intiladi. Badiiylik izlanishlar imkoniyati tugayotganda “lop” etib yuzaga chiqadi.
San’atkor iztiroblari uchun mukofot tarzida Olloh tomonidan beriladi. +isqalik,
lo’ndalik – iste’dod mujdasi. Shoir bir misralik she’r yozibdi:
Anorlardardkabiyorilar.
(Faxriyor).
Mittibushe’rnianglashuchunavvaloinsoniydardningbarchatomonlarinihisetishk
erak. Dardningyorilishi – ko’ngilningbo’shashi, ko’zningmoshdayochilishi.
Nihoyat,
anorningyorilishiqip-qizildonalarininglov-lovyonishi.
Muhimi,
insoniyholatningboshqapredmetgako’chirilishidagimahorat
–
badiiylikifodasi.
Shushoirning:
Yig’i, seniqandoqkuldiray?
she’ridagikechinmadoshliko’quvchinio’zigarometadi.
Odam
–
kimligi,
qayerdanligi, dini, irqidanqat’inazar – hamishadardkash, g’amdosh. Axir,
insonbeshkunlikdunyogayig’lash,
dardchekishuchunkelmaydi-
ku?!San’atkortuyg’u, holatlariningifodachisiso’z. Shundaybo’ladiki, holatbor,
ijodiyiztirobbor,
lekinshuholat,
iztirobningifodachisi
–
monandso’zyo’q.
Shundaypaytdasan’atkoryangiso’zkashfetadi, so’zlarolamida
“yangimehmon”
ko’zochadi.
Yangiso’ztabiiyehtiyoj,
tanishholatifodachisisifatidatug’ilsa,
yashabketadi,
tildao’zo’rninitopadi.
Odatda,
yangiso’zlarso’zlashuv,
jonlitildapaydobo’lib,
so’ngbadiiyadabiyotgakiradi.
Lekin,
san’atkorlarasarlaridatug’ilib,
jonlitilgaqovushibketganso’zlarozemas.
So’nggiyillaro’zbekshe’riyatidaso’zizlashjarayonikuchayibbormoqdaki,
she’rlardayangiso’zlar,
eskiso’zlarningyangima’noqirralarinikashfetishko’zgatashlanmoqda.
TadqiqotchiYergashOchilovyuzlabshe’rlardagiso’zlar,
ularningma’no-
mazmunihaqidakuyinchaklikbilanfikr-mulohazayuritdi.
Uning
“Harso’zningo’zo’rnibor”
maqolasidanihoyatdao’rinlitanbehlarqatoriyangiso’zlarningqo’llanishigaishonchsiz
likbilanqarashkayfiyatiseziladi. Vaholanki, mashhur strukturalist Rolan Bart
so’zlari bilan aytganda: “... har bir yangi so’z – yangi bayram. Toshqin o’zan
bo’ylab harakatlanib, keskin, kutilmagan burilishlarga duch kelarkan, tilda
huzurbaxsh onlarning samarasi bo’lib yangi so’zlar tug’iladi” (R.Bart. Tanlangan
tadqiqotlar. (Semiotika. Poetika). M.: “Progress” - 1989, 466-bet). Yendi Yergash
Ochilov maqolasidan kattagina ko’chirma keltiramiz. “Yana bir noxush hodisa –
shoirlarning bilib-bilmay, o’zlaricha yangi so’z yasashlaridir: vafoat, visolat
(I.Otamurod), kunotar (A.Qutbiddin), qismatboz (A.Mahkam), ma’yusiyat,
yolg’iziyat, g’amsuvor, ozoriston (Salim Ashur), kuliston, g’amrang, tunko’l,
qonolud, changakdil, ruhkamar (Aziz Said), yonarzor, qalbroh, joniston, xayoldo’z,
ashqliqo, ruhnazar, nimruh (H.Abdinazar), tunzor (O.To’raqulova), ohzoda,
iymonsa, muhtojib, nokiroh, beandoz, bohaq, boavval, boxullas, bomutlaq,
boma’qul, boishonch, boxulla (S.Subhon), sarsib, manzilot (Laylo)...
Yaltiroq so’zlarga ruju qo’yib, mantiqsiz iboralar yasash ham avj oldi.
Chunonchi havoga nisbatan dahriy deyish (Z.Xudoyshukur – “Dahriy havo”),
shu’lani shakkok deb atash (B.Ro’zimuhammad – “Shakkok shu’la”), visolni
sharmandaga chiqarish (A.Mahkam – “Sharmanda visol”), sirni betgachoparlikda
ayblash (B.Yeshpo’latov – “Betgachopar sir”), baytni so’yish (H.Ahmedova –
“So’yilgan bayt”) mumkinmi? Undan tashqari, “Chorbog’lar badani”, “Umid
asabi” (B.Yeshpo’latov), “Olma ishqiy gullagan” (S.Olloyor), “+a’rim qa’rida”
(O.Ikrom), “Hilqatli ko’ksim” (N.Abdurahmonov), “Osmonsizlik qa’rida”
(I.Iskandar), “Nimrang nigoh”, “Hiloliy haram”, “Hiloliy tovush” (Dilbaroy),
“Hijroniy meros” (Xurshida), “Osmon-laqqi” (A.+utbiddin) kabi iboralar ham
g’aliz va mavhum, ko’ngilga botmaydi”. Keltirilgan misollardagi ba’zi so’z,
iboralarni o’rinsiz, asossiz, nojo’ya qo’llangan demasak, ko’pchilik so’z, iboralar
izlanish, ijodiy jarayon samarasi sifatida diqqatni jalb qiladi. To’g’ri, “bo” -
qo’shimchasi bilan yasalgan so’zlar o’ta sun’iy. “Vafoat”, “visolat”, “yolg’iziyat”,
“qonolud”, “xayoldo’z”ning ildiz otib ketishiga ishonch yo’q. Ammo “dahriy
havo”, “shakkok shu’la”, “sharmanda visol”, “nimruh”, “tunzor”, “g’amsuvor”,
“so’yilgan bayt”, “qa’rim qa’rida”, “nimrang nigoh”, “osmon-laqqi”, “chorbog’lar
badani”, “umid asabi” singari so’z, iboralarda jon, holat, beandazalik bor.
O’zini hurmat qilgan san’atkor uchun har bir yangi asari, misoli tarbiyatalab
farzand. O’la-o’lguncha asarlariga sayqal berib, har bir so’z ustida o’lib-tirilib
o’tgan san’atkorlar ozmi?! Shoir Mirtemirni ko’rgan, bilgan odam borki, bu
avliyosifat inson hamisha, hamma yerda she’rlariga sayqal berishdan tinmagan.
Uni shoir deyishdan ko’ra matnnavis deyish to’g’riroq bo’ladi, chog’i. Mirtemir
har bitta she’ri uchun shunday so’zlarni izlaganki, go’yo shu so’z matnning barcha
qism, bo’lak, ohang, maromini o’zida jamuljam qilgan. Aksariyat hollarda shoir
mana shu o’zak, yuk ko’taruvchi so’z, ifodani topgan. Mirtemirning mittigina
“Handalak” she’ri bor. Shoirdagi san’atkorlik shundaki, kitobxon handalakni
yemay turib, tasvirning o’zidan huzurlanadi, saraton oldi yetilgan ne’mat mazasini
totib ko’rganday bo’ladi. “Havo eleksirday”, “Yashillik saltanat qurmish”,
“Ko’krakka uradi yoqimtoy salqin”, “Chechaklarda noz”, “Ko’zlar ilg’aguncha
poliz, bedazor”. Go’zallik uzra go’zallik tasvirlanaveradi. Nihoyat, “muzdek va
yorqin, beqasam handalak uzildi”. U “go’yoki yolqin, quymadek bejirim”.
Handalak – “aslida quyosh zarrasi”, “ona tuproq toti, tuproq shirasi”. She’rda
ajoyib strukturaviy mutanosiblik bor: handalak ham, zarra ham quymaday, har bir
obraz, tasvir poliz, handalakzor tarovatini aniq tasavvur etishga xizmat qiladi.
She’rdan bitta so’z, bitta obrazni olib qo’ying-a: tizimdagi tartib, tarkibdagi
mukammallik buziladi – matnda majruhlik paydo bo’ladi. She’r shunchalar
yaxlitki, har bir harakat, ishora boshdan adoq to’siqsiz, bir maromda o’tadi.
Strukturalizm matndagi yaxlitlik, izchillik; tushuncha, obrazlar ora aloqadorlik;
holat tarovatini bezaha ifodalash metodidir. Xuddi shu holatni «Tilla baliqcha»
she’rida kuzatish mumkin. Biz Abdulla Oripov (M. +o’shjonov, S. Meliyev)
kitobidagi «Tilla baliqcha» she’ri talqinini struktural o’rganish deb bilamiz va
o’sha fikrlarga qo’shilamiz. Kezi keldi: adabiy jarayondagi xunuk bir xodisa
haqida to’xtalinmoqchimiz. O’zini hurmat qilgan san’atkor borki, asarini-
mukammal matnni qarachig’iday asrab avaylaydi. Konstantin Fedin katta asaridagi
bitta so’zni o’zgartirgan muharrir Konstantin Simonovni nari olib borib, beri olib
kelgan ekan. Abdulla +odiriyday san’atkor Sadriddin Ayniy qissasini tahrir qilar
ekan, nojo’ya so’z iboralarni alohida varaqqa ko’chirib yozib borgan ekan (ya’ni
ustoz matniga qalam tekkazishni shakkoklik deb bilgan). Hozir istagan jurnalni
olib qarang: hikoya, qisa, romanning jurnal nusxasi degan izohga ko’zingiz
tushadi. Asarning «jurnal» nusxasi-qo’l-oyog’i, zarur a’zosi qirqib tashlangan
nogiron ransa. Kitobxon shu «beo’xshov narsa»ni o’qigach, uning to’liq nusxasini
ne-ne gumonlar bilan qo’lga oladi. Asarning «jurnal nusxasi»ning boshlashiga
ruxsat berayotgan yozuvchilar yetti o’lchab, bir kesishlari lozim.
Struktura – asarning badiiy-estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan
o’rganish, uqish mumkin. Xaritada ranglar, belgilar aniq o’lchamlar vositasida
o’z ifodasini topadi. Xaritalar siyosiy, ekologik, yer tarkibi bo’yicha yaratiladi.
Badiiy-strukturaviy xarita semiotik nuqtalarning joy-joyiga qo’yilishi, semiologik
mohiyatning yoritilishi nuqtai nazaridan tuziladi. Semiotik nuqta, semiologik
markazlar duch kelgan joyda emas, asarning g’oyasi, maqsadi nuqtai nazaridan
aniq belgilangan o’ringagina qo’yiladi. Davrimizning donishmand ijodkorlaridan
biri Fozil Iskandar iste’dod nima degan savolga bunday javob beribdi: “Iste’dod
adabiyot maydoni birligida kitobxon bilan tutashadigan aloqa nuqtalari miqdori”
(Tatyana Bek. Trijdo’ dvadsatipyatiletiye. “Literaturnaya gazeta”, 2004 yil, 17-23
fevral). Iste’dodning shoirona ta’rifini strukturaga nisbatan ham qo’llash
mumkinday tuyuladi: “Strukturada – badiiy matn to’qimasi birligida o’zaro
tutashadigan, bosh g’oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik nuqtalar,
semiologik markazlar miqdoridir”.
Struktura tugallikni, yaxlitlikni, semiotik nuqtalar aniqligini, semiologiya
markazlarining mutanosibligini taqozo qiladi. Kattadir, kichikdir, she’riydir,
nasriydir, dramaturgikdir – barcha asarlarda o’ziga xos tugal struktura bor. Mana,
juda jo’n, to’rttagina iboraning ikki bor takroridan tarkib topgan matn – she’r:
Dumingni likillatasan,
Olg’a ketasan.
Dumingni likillatasan,
Olg’a ketasan.
Va nihoyat... Strukturalizm modernizm mohiyatini ishonarli yoritib beruvchi
vositasidir. Chunki modernizm hayotning nafis teran, yuksak, ayni vaqtda
mahorat-lo cho’qqi-qirrasidir. U qilni qirq yozruvchi san’atkorlar adabiyotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |