3.
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
4.
Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002.
5.
Mustaqillikdavriadabiyoti,
–
T.:
“G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006.
6.
Jo`raqulovU. Hududsizjilva. – T.: “Fan”, 2006.
7.
KarimovB. AbdullaQodiriy. – T.: “Fan”, 2003.
8.
Ibrohim Haqqul. She`riyat ruhiy munosabat. “G`.G`ulom nomidagi
adabiyot va san`at nashiriyoti”,
Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g’ariba, g’ariba fani xususida talaygina
ma’lumotlar berilgan. G’arib (g’ariba) — ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan
narsa. Ilmi g’ariba talqin fani bilan bevosita bog’liq. Ilmi g’ariba fanning teran
nuqtalarini, ich-ichidagi ma’nilarini anglash san’atidir. G’ariba ilmi mavjud
fanlarni sinchiklab o’rganish orqali kashfiyot darajasida xulosa chiqarishgacha
yetish, ajoyibot nuqtasi qadar ko’tarilpshdir. Alisher Navoiy «Xamsatul-
mutaxayyirnn» asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy uquvi nihoyatda kuchliligi
haqida to’xtab: «Va g’aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish
alarg’a muyassar bo’lib turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hyech
qaysig’a voqye’ bo’lg’oni zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy
«Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Muso alayhissalomning yaqin qarindoshi
Qorun haqida yozadi: «Va Muso alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso
alayhis-salom aning tarbiyatidan mubolag’a qilur edi. Va ulumi g’ariba va fununi
ajibakim, fayzi olihidin zamirig’a munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga
ta’lim qilur erdi».Abdurauf Fitratning «Hindistonda bir farangi ila buxoroli
mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan munozarasi» asarida Buxoro
madrasalarining talabalari o’qishning to’rtinchi-yettinchi yillarida «Mulla
Jomiy»ni — «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid uz-ziyoiya», «Al-marfu’ot», «Al-
majrurot», «Al-mansubot», «Al-mabniyyot») asarlari sharhi o’qitilganligi xususida
yoziladi. Demak, Jomiy asarlaridagi mantiqning kuchliligi — ilmi g’ariba
darajasiga ko’tarilganligi rasman tan olingan edi.
Ilmi g’ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham
ma’lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma’lumot
diqqatga sazovordir: «Ko’pgina ilm sohalari bo’yicha yaxshi tasniflari bor.
Ayniqsa g’ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko’p ma’nolarni mo’jaz
va lo’nda kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko’p fikrlarni
anglatardi. Hazrat Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib
yuborgan ekan, mullo esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida
bir arabcha risola tasnif qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi
bobida olti yuz ellik ma’no aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning
shogirdi Mavlono Husayn Turkistoniy xaqida mana bu ma’lumot berilgan: «Ilmlar
ikir-chikirini shu darajada o’zlashtirganki, bu sohalarning ko’pida mahorat bilan
ish olib borardi... G’ariba fanida fasohatomez nutqi va balog’atangez kalomi bilan
ko’p ran tanobini tortib, farovon ma’noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin,
ravon bayon qilardiki, dunyo kezuvchi aql isbotlash kemasi bilan tasavvur
dengizida ketidan qanchalik ergashmasin, uni sharhlovchi so’z topa olmasdi,
aniqrog’i, isbotlanmas masalalar turkumidan hisoblanardi».
XX asrda, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g’aribaning paydo
bo’lmaganligi sabablarini o’ylayman. Birinchidan, g’ariba fani haqiqiy san’at
asarlari talqinida paydo bo’ladi. Sho’ro adabiyotida siyosat, mafkura, targ’ibotu
tashviqot qorishib ketdi. Qolaversa, sho’ro adabiyotining «xalqchilligi» talabi
badiiy adabiyotni o’ta soddalashtirib, odmilashtirib yubordi. Ko’p o’rinlarda
badiiy adabiyot sayqallashtirilgan jurnalistikaga aylanayozdi. Sho’ro hukumati,
kommunistik firqa qanday masalani qo’ymasin, badiiy adabiyot hamisha «labbay»
deb otilib chikdi. Sho’ro respublikalarida milliy mustaqillik uchun kurash paydo
bo’ldimi, adabiyotda bosmachilarga qarshi kurash mavzusi keng ishlana boshlandi.
Qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlandimi, adabiyotda
«Ochilgan qo’riq» monand romanlar, «Muraviya mamlakati» monand dostonlar
ko’payib ketdi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotga nisbatana-da mafkuralashdi,
siyosiylashdi. U badiiy adabiyot sohasida firqaning ko’zi, qulog’i, ovoziga
aylandi. Adabiy tanqidning siyosiy hushyorligi qatli omu qatag’on, ta’qiblarga
sabab bo’ldi. Sho’ro yozuvchilari yuksak minbarlardan turib qalb amriga ko’ra
yozajakliklarini va’da qildilar, Qalblari esa bus-butun partiyaga baxshida
ekanligini qo’shib qo’ydilar. Qalb amri bilan yozish — yurak qoni bilan bitishdir.
«Yurak qoni bilan yozgan odam uzun yozolmaydi»,— deydi A.Muxtor
«Tundaliklar»ida. Chin dildan gapirayotgan, aytayotgan gaplari mas’uliyatini
sezgan odam ham uzoq, ravon gapira olmaydi. «Abdulla Qodiriy... sirtdan
qaraganda bosiq, kamgap ko’rinar, chunki u har bir so’zni taroziga solib ko’rar,
og’ziga kelgan har bir so’zni aytavermas, sekin va gapi xuddi o’ziga xalal
berayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi», — deb yozadi Oybek «Adabiyot,
tarix, zamonaviylik» maqolasida.
XX asrda ilmi g’aribaga manba bo’ladigan asarlarni Abdulla Qodiriy,
Cho’lpon, Fitrat, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Yerkin Vohidov,
Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin singari iste’dodli ijodkorlar
yaratdilar. Tog’ay Murodning qissalari va romani g’ariba fani uchun bebaho
material bo’ldi. Afsuski, asrimizning 80—90-yillarigacha mashhur asarlarning
san’atkorona sir-asrorlari haqida maqola, tadqiqotlar kam yaratildi. Avvalo, sho’ro
adabiy siyosati ilmi g’ariba yo’lidagi bosh to’siq bo’ldi. Qolaversa, tanqidchilarda
mahorat masalalarini yoritish, asar go’zalliklari xususida fikr yuritishdan ko’ra
zamonasozlik tuyg’usi — asarning dolzarbligi, mafkuraga monandligi haqida
gapirish kuchaydi. Muhimi, badiiy adabiyotda bo’lmasin, san’at asarlari xususida
bitilgan tadqiqotlarda bo’lmasin go’zallik tuyg’usiga e’tibor susaydi. Badiiy
adabiyot, u haqida bitilgan asarlarda go’zallik, nazokat tuyg’usini tarbiyalash
asosiy gap ekanligi unutildi. Go’zallik tuyg’usi deganda, avvalo, ma’noning
teranligi, fikrlashga undash yetakchilik qiladi. Alisher Navoiy asarlaridagi har bir
ramz, har bir ifoda, har bir qiyos zaminida katta ma’no-mazmun yashiringan.
Kitobxon buyuk san’atkor asarlaridagi ma’noni anglagani sayin go’zallik olamiga
kirib borayotganliginn, ruhiy-ma’naviy jihatdan boyib borayotganligini his qiladi.
Mohir san’atkor bir ishora, bir bayt orqali tarixning katta odimini, o’n yilliklar
tajribasini bera oladi. G’ariba fani tarix haqiqatini — qisqa satrlar zaminidagi
ma’noni yoritib berishi bilan g’aroyib, go’zaldir. Masalan, Abdulla Oripovning:
Labda tabassumu ko’zda yosh bilan
Senga intilaman buyuk nabiram...
Yerkin Vohidovning:
Sen hilol, yulduz, salib,
Tavrot, Zaburdan yuksalib
Boymisan yoki g’arib,
Komron o’zing, yakson o’zing...
Rauf Parfining:
Parchin-parchin bo’ldi yedim sirlari,
Simlar — kuzlarimga mil tortgan chizgu
singari misralari g’ariba fani uchun boy manbadir. Tadqiqotchi shoir ruhiga
sinchkov nazar tashlab, tarix haqiqati — fojialarini aks ettirishi mumkin.
G’ariba ilmida san’atkor va tadqiqotchining o’zaro munosabati diqqatni jalb
etadi. San’atkor aytmoqchi bo’lgan fikrini nozik yashira olsa, katta ma’noniig
biron qirrasiga ishora qilish bilan cheklansa, fikrni lo’nda aysayu his
:
tuyg’uni
jilovlay olsa yoxud asarni davom ettirish imkonini yarasa, g’ariba fani uchun
maydon yaratiladi. Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida 3
qator — misradan iborat bo’lim bor. Mana shu uch satr zaminidagi his-tuyg’uni
alohida kitob qilib yozish mumkin. Yozuvchi his-tuyg’ular olamida jo’sh urishni
g’ariba fani ustasiga qoldirgan. Mana o’sha «quruq» xabar — misralar:
Kuydi-kuydi — ayolimning tani kuydi.
Kuydi-kuydi — menibag’rim kuydi.
Kuydi-kuydi — bolalarimning sho’ri kuydi.
G’ariba maqola yozuvchi tani kuygan ayolning rohat-farog’asiz o’tgan umrini
o’ylab kuyadi; umr bo’yi inson sha’nini oyoq osti qiluvchi mehnatdan boshqasini
bilmagan, yolg’iz quvonchi, dardkashi, g’amgusori ayolidan ayrilgan Dehqonqul
holatiga kuyadi; shu uch misra haqida yozar ekan bolaligi bolalarcha o’tmagan,
endi shum yetimlik azobiga duchor bo’layotganlar taqdiriga kuyadi. Shu uch
kuydiruvchi misra haqida yozuvchi odam «Osmol yiroq, yer qattiq» maqolini
epigraf qilib olsa yanglishmasligini sezadi.Ilmi g’ariba imkoniyatlari cheksiz.
Shoir borki, shamol o’yini, nur rangi, dengiz mavji (Iosif Brodskiy singari) orqali
tuyg’ularini ifodalaydi; shoir borki, yuragidagi og’riqlarni — malomat toshida
ochilgan gullarni (Rauf Parfi singari) tasvirlaydi; shoir borki, yuragini ochgani
sayin namakob to’la kosa lopillab goh u yon, goh bu yon borib turishini anglaydi.
Fariba ilmida qalam suruvchi ijodkor ruhidagi holatlarni, go’zallikdan go’zallik
yaratayotganini unutmagan holda, qog’ozga tushirishi joiz.Ilmi g’aribada badiiy
asar muallifi va tadqiqot yaratuvchi aro munosabatning eng nozik ko’rinishi
mavjud. San’atkor yozuvchi ham, olim-tadqiqotchi ham iste’dod sohibi. Ammo
san’atkor iste’dodi bilan olim uquvi-bilimi aro fark bor. San’atkor — yozuvchi
aksariyat hollarda g’ayri shuuriy holatda, savqi tabiiy ravishda ijod qiladi.
Yaratuvchi ijodkor ruhiyat olamidagi o’zgarish, holat o’sishlarni tasvirlaydi.
Tadqiqotchi-olim, san’atkordan farqli o’laroq, mantiq kuchi bilan ish ko’radi.
Uning faoliyatida aql, ziyraklik, voqyea-hodisa zaminiga teran kira bilish
muhimdir. G’ariba ilmida shuuriylikning cho’qqisi bilan mantiqning teranligi
birlashadi. Badiiy asar tirik tan misoli hamisha o’sib-o’zgarib borganiday, olim-
tadqiqotchi ham doimo uning yangi qirralarini kashf etaveradi. Mumtoz
adabiyotda Bedil, Navoiy, Fuzuliy asarlari yuzlab talqinlarga imkon berganini
bilamiz. XX asr oxiriga kelib uzbek adabiyotida jahon adabiyotidan o’rganish,
uning yetuk tomonlarini ijodiy davom ettirish tamoyili kuchaymoqda. Bu hol
g’ariba ilmi taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochishi tabiiy. Asrimizning 90-
yillarida Omon Muxtor, Tog’ay Murod, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st
singarilarning o’ziga xos asarlari — roman, qissa, hikoyalari paydo bo’lmoqda. Bu
asarlarda nasrning nazm tomon siljib borishi — ruhiyat olamini aks ettirishi; qiyos,
ramzlarning noziklashuvi; moddiy tushunchalar tuyg’usini yengib, ruhiy-ma’naviy
tasavvurlar olamidan muhim o’rin egallashi singari belgilar sezilmoqda. Badiiy
asarlardagi izlanish, yangiliklar ilmi talqin g’ariba fanida ham aks etishn tabiiydir.
Ilmi g’ariba talqin fanining hamisha navqiron, yangiliklarga boy, muhimi,
go’zallik bilan yo’g’rilgan tarmog’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |