T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir: Ulan bilmas er asta ayniy boshlar, Qaydan bilsin ulanni bagri toshlar. Tura Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlarshe'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat" degan xadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon goyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan boriyapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa,soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalongoch, himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. Qishloqda nari borsa, un yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning: “Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish, qattiq xursand bo’lish yoki qaygurish, shu holatini qogozga kuchirmaslikning ilojini topolmaslik ruzgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi. Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi. Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa borki, ortik emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir o’z tuygulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |