Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, holisligi, ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan kunlar" xayrati", "Abdulla Qaqqorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yo’grilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda Tura Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech mini yuq kishidir. Guzal Baxmal toglari qo’ynidagi Aldashmon qishlogida tugilgan bo’lajak shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatagon davriga to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra siniqibroq, uychanroq bo’lib usdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u togda dunyoga kelib, chulda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga tushgan shurishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. U ko’p o’qirdi, butunbutun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |