Badiiy asar tahlili



Download 6,87 Mb.
bet3/8
Sana13.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#786474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Badiiy asar tahlili

Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi.

Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar.

Chunki ilmiy tahlilda tadqiqqilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar youmuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyatmavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosliekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proqqirralari qamrab olinishi vaunga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi.

Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani maqul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qo’ygani maqul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.


Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish