Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


III.2. “Iliada” dostonida sotsiologiya



Download 368 Kb.
bet18/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

III.2. “Iliada” dostonida sotsiologiya

va ruhiyat masalalari
Or-nomus, g‘urur va beorlik, intiqom o‘tida yonish hamda shu intiqom

oldidagi ojizlik ... XX-XXI asrlar “mahsul” i — turli ekologik, ma’naviy-axloqiy muammolardan ko‘ra ancha qadimiy bo‘lgan mazkur muammolar, boqiy so‘roqlar uchun makonu zamon to‘sig‘i begona. Buning yorqin dalili G‘arb

adabiyotining ilk namoyandasi sanalmish ulug‘ Homer tomonidan miloddan

avvalgi VIII asrda yaratilgan azim obida — “Iliada” dir.

Go‘zal Yelena sabab yunonlar hamda troyaliklar o‘rtasida kechayotgan

dahshatli urushning o‘ninchi yili ... Lekin ana shu qirg‘inbarot chog‘i ham

murakkab insoniy munosabatlar davom etmoqda: bir yoqda axeylarning bosh qo‘mondoni, asirga tushgan qizi Xriseidani ajratish niyatida ming iltijolar bilan shoh poyiga bosh urib kelgan kohin Xrisni tahqirlagan, oqibatda tangri Apollon tomonidan lashkargohiga vabo yuborilishiga (“zero kohin edi Febning erka bandasi,..”), minglab askarlarining bekordan-bekorga qirilib ketishiga sababchi bo‘lgan takabbur Agamemnon qizni otasiga qaytarishni talab qilgan Axillesga buning badaliga ulug‘ bahodirning asirasi Briseidani berishni shart sifatida qo‘yadi. Ikkinchi yoqda esa bu pastkashlikdan dili qattiq ozor topgan Peleyzoda lashkargohni tashlab ketib, nomus o‘tida qovriladi:

Va nihoyat, mirmidonlar maydoniga kelib, ko‘rdilar

G‘amga botgan Axillesni o‘z chodiri bo‘sag‘asida. ;

350 Biroq Axill, do‘stlarini tark etdida, mo‘ysafid ummon

Yoqasiga borib indi va qo‘llarin cho‘zib suv tomon

Oq sut bergan onasiga bo‘zlabbo‘zlab qildi iltijo:

Onajonim! Nahot meni fotiy etib tuqqaning uchun



Olampanoh Zevs etmagan menga nasib izzatu ikrom?

355 Bugun esa boridan ham mahrum etdi! Iqtidorli shoh

Mutakkabbir Agamemnon mening jangda olgan muzdimni

O‘ziniki qilib olib, farzandingni ayladi badnom!”

Homer dahosi qudratining eng yorqin fazilatlaridan biri shuki, u ikki buyuk illat hamda fazilat to‘qnashgan ana shunday dramatik lahzada mana shu sabab orqasida kelib chiqqan oqibat — Urush jarayonini asar markaziga olib kirdi. To‘g‘ri, urushning o‘zi o‘n yildan buyon davom etib kelardi-yu, ilionliklar shu paytgacha shahar devorlari ortidan chiqishga botinolmasdi. Faqat Axilles muhorabani tark etgachgina, ular ochiq jangga, dushman bilan yuzmayuz haqiqiy Urushga, dahshatli Urushga kirdi. Muallif bu ulug‘ muhorabani bor suroni, vahshati bilan realistik bo‘yoqlarda nihoyatda rangin tasvirlaydi:



Ikkala xalq ikki yoqda ko‘rib bo‘lgach jang taraddudin,

Qushlar yanglig‘ uvvos solib gurra qalqdi Troya ahli:

Odatda qish bo‘ronidan yo ayozli kuz yomg‘iridan

Qochib, ko‘kka parvoz etgan turnalar shu tarzda qichqirgay;

5 Qushlar jo‘shqin ummon osha ucharkanlar yuksak samoda,

G‘animlari pigmeylarga ofat yo‘llab osmonfalakdan,

Mudhish g‘azab ila hamla qilardilar ular ustiga.

Lek axeylar adovatli hansirashib kelardilar jim

Bir yoqadan bosh chiqarib jang qilmoqqa ahd qilgan holda.

10 Not shamoli tog‘u toshni o‘g‘rilarchun zulmatdan afzal,

Cho‘ponlarga koni ziyon tuman ila burkanganida,

Ko‘rolmaysan otgan toshing borib tushgan yerdan narini, —

Xuddi shunday quyuq edi lashkar poyi ostidan chiqqan

Chang, to‘zon ham; keng vodiydan ular jadal o‘tdilar yurib.

Eng asosiy pahlavoni ishtirokisiz urushni davom ettirgan axeylar Menelay, Ayaks Telemoniy, Diomed singari qolgan bahodirlari jasoratiga qaramay, ustunlikni qo‘ldan berishdi. Ulkan jang sahnasiga endi troyaliklarning azamat o‘g‘loni Gektor chiqdi:



75 O, axeylar, orangizda mard, azamat qahramonlar ko‘p;

Kimki menla xolisona jang qilmoqqa bildirsa xohish,

Mayli, chiqsin davraga u — shaydir jangga ilohiy Hektor.

Goh u tomon, goh bu tomonning qo‘li baland kelayotgan, ishratparast,

qo‘rqoq Parisning kasofati sabab boshlangan, nihoyasi azim shaharning

halokati bo‘lguvchi shu urush nafaqat bandalarni, balki Olimp tangrilarini ham birbiriga yov ikki guruhga ajratib yubordi. Gera, Afina kabi ma’budalar odatdagidek yunonlar tomonida bo‘lsa, Afrodita, Apollon, Ares singari ilohlar ilionliklarni qo‘llabquvvatlaydi, hattoki ular tarafida turib janglarda qatnashadi. Faqat ma’budlar xoqoni ulug‘ Zevsgina vaziyatni butun olam hodisalari tirgagi bo‘lgan bir qudratga muvofiq nazorat qilar, tarafkashlikdan yiroq edi. Shuning uchun ham hali aytilganidek, butun urush davomida goh u tomonning, goh bu tomonning qo‘li baland kelardi! O‘sha qudrat, o‘sha kuch oldida ojiz bandalar tugul, barhayot ma’budlar ham ilojsiz. U taqdirdir. Aynan shu taqdir obrazi keyinchalik Homerdan “meros” sifatida butun antik yunon adabiyotining o‘ziga xos “quyosh” i bo‘lib qoldi hamda o‘zga mavzuyu masalalar mazkur timsol atrofida aylandi. Bunga tipik misol — Gesiod, Esxil,

Sofokl, Yevripid ijodi. Homer esa shu azaliy va abadiy muammodan so‘z

ochgan ilk san’atkor ekan, u avvalambor, falakning gardishi hatto oliy xudolar ham bo‘ysinishga majbur oliy qonun ekanligini bilvosita tarzda uqtiradi. Yorug‘lik va san’at ma’budi, ulug‘ yoyandoz, Troyaning tolmas himoyachisi Apollon ham sevikli qahramoni Gektorni Homer zo‘r ilhom bilan kuylagan Axillesning qahru g‘azabi hukmiga, to‘g‘rirog‘i, taqdir hukmiga topshirmoqdan o‘zga iloji qolmaganda qismatning bu yo‘rig‘i oldida qanchalar ojiz edi! Ha, taqdiri azal dunyo ustuni hisoblangan tangrilar ustidan hukm yuritayurita, oxiri o‘zining kulminatsiyasiga yetgan — dahshatli Troya urushi boshlangandi. Bu urush ma’budlarning qismat oldidagi ojizligi tarzida jahoniy ko‘rinish kasb etdi. Aslida Birinchi jahon urushi 1914 – 1918 yillarda emas, obrazli qilib aytganda, miloddan avvalgi VIII asrda bo‘lgan edi. Gap faqat bu qirg‘inbarotda ma’budlar ham ishtirok etganida emas. Hatto ana shu vahshat chog‘i ham yuksak insoniy munosabatlar tinch kundalik hayotdagidan yorqinroq, butun bo‘y-u basti bilan namoyon bo‘ldi: bir yoqda Agamemnonga achchiq qilib, urushni tark etgan Axilles oldiga Gektor boshchiligidagi troyaliklarning qaqshatqich zarbasi ostida chekinib borayotgan yunonlarni bu tang ahvoldan qutqarishini o‘tinib so‘rab, bahodirning qadrdon og‘aynisi Patrokl keladi. Ikkinchi yoqda unga rad javobini bergani holda o‘z qurol-yarog‘-u lashkarini berib, qadrdonini jangga yo‘llagan mag‘rur Axilles keyinroq Patroklning halok bo‘lganini eshitgach, chunonam g‘azablanadiki, bu

buyuk g‘azabda alam, nafrat, intiqom o‘ti mujassam edi:

... g‘am qora bulut yanglig‘ bosdi Peleyzodani.

Shu onda u qo‘llariga nopok kulni siqimlab olib

25 O‘z boshidan socha ketdi oftobmisol jamolin bulg‘ab;

Uning xushbo‘y va bejirim liboslari belandi kulga.

So‘ngra bu alpqomat yigit yotib olib yerga uzala,

Achchiqachchiq oh urarkan sochlarini yuldi ayamay. ;

... Nechunki, men to Hektorni o‘z nayzamla jonini olib,



90 Qadrdonim Patroklchun intiqom — o‘ch olmagunimcha

Qalbim mening yashashimga imkon bermas el orasida!” ;

Jangga kirgum aziz do‘stim halok etgan Hektorga qarshi!

Qodir Zevs va xudovandlar qachon meni mahkum etsalar,

115 O‘shal zahot tayyordurman mardonavor jon bermoqqa men!

O‘limdan jon saqlolmadi hatto mardlar mardi Patrokl,

Chaqmoqotar Zevsning, garchi, arzandasi hisoblansa ham;

Halok etdi uni qismat va Heraning shum adovati.

Men ham qismat da’vat etsa, rozidurman mahv bo‘lmoqqa; ...

Asarning kulminatsion nuqtasi aynan shu yerdir. Chunki yigirma to‘rt qo‘shiqdan iborat mahobatli “Iliada” jangnomasini yaratishdan ulug‘ rapsodning maqsadi ana shu qahr-u g‘azabni kuylash, tarannum etish edi. Aziz do‘st hurmati, yodi bosh omil bo‘lgan ushbu g‘azab oqibatda ilionlik necha minglab jangchilarni mahf etib, Patroklning qotili dovyurak Gektorning hamjonini oldi. Bu g‘azabning “qon” i aslida taqdir hukmiga isyon edi. Yaqin-orada o‘zining-da hayot shami so‘nishini (manfur Paris tomonidan ojiz joyi — tovoniga nayza sanchib o‘ldirilishini) oldindan bilgan Axilles Patroklning halokatiga qismatni aybdor sanab, shu qismat irodasi ifodachisi, aniqrog‘i, uning qo‘lidagi “o‘yinchoq” Gektordan shafqatsizlarcha o‘ch oldi, Troya shahzodasining murdasini ayovsiz xo‘rladi. Biroq taqdirga qarshi qaratilgan mazkur isyon haqiqatda taqdir yo‘rig‘iga bo‘ysinish edi (Chunki Troyaning muqarrar qismati — halokatiga olib kelguvchi omillardan biri Priamzodaning o‘ldirilmog‘i edi!). Chunki Yer-u samo hukmdori qudratli Zevs taqdiri azalni uning qonuniyatlari asosida nazorat qiladi. Bunga bo‘ysinmaslikka esa boya bir necha bor ta’kid-laganimizdek, o‘zga ma’budlar u yoqda tursin, hatto Zevsning-da haqqi yo‘q.

Bu narsani ichki bir sezgi-la tuygan Axilles ehtimol shu sababli g’azabdan

tushib, Gektorning pajmurda tanasini o‘z oldiga ming bir iltijo-yu alamli ko‘z yoshlar bilan kelgan Troya hukmdori, alamdiyda ota — Priamga qaytarib bergandir?! Qanday bo‘lmasin, qasos, aniqrog‘i, qismat qasosi hamda uning qarshisidagi qumursqa misol ojizlik bir ulug‘ insonning qahru g‘azabi ko‘rinishida yunon qo‘shiniga xayrixohligi ochiqoshkora sezilguvchi Homerning 15700 satri zamiriga singib ketgan.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish