Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


II bob FAN VA UNING “ILDIZ”I BO‘LMISH FALSAFA



Download 368 Kb.
bet15/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

II bob

FAN VA UNING “ILDIZ”I BO‘LMISH FALSAFA

TO‘G‘RISIDA

II.1. Fan ijtimoiy ong shakli sifatida

Fan — dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog‘liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. Inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi.

Fanning bevosita maqsadi o‘zining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qadim Sharq va Yunonistonda paydo bo‘la boshlagan. Mifologiya fanga o‘tish bo‘sag‘asida ma’lum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o‘rnini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‘ldi.

Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya,

mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy tizimlar yaratildi. O‘rta asrda Sharq olimlari fanga ulkan hissa qo‘shdilar. Ular fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Ayni vaqtda fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebra va to‘ng‘ich algoritmlarni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Ahmad al-Farg‘oniy

astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geografiya va geodeziyaga oid

stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xo‘jandiy (X asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshg‘ariy o‘z davrining qomusi bo‘lgan «Devonu lug‘otit turk»ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qo‘ydi. Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qo‘shdilar hamda kuzatish astronomiyasini yuqori pog‘onaga ko‘tardilar.

Yevropada Uyg‘onish davri arafasida, XII asr boshlaridan al-Xorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi fanlarni rivojlantirdilar.

Astrologiya o‘rnini astronomiya, alkimyo o‘rnini kimyo egalladi. Yangi davr deb ataluvchi zamonda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmog‘i va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. XVI – XVII asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga ko‘tarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida ta’riflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan XVI – XIX asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqalar ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga

havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub o‘zgarishlar yuz berishi (XVIII asr oxiri) tufayli fanning

taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. XIX asrda fizikada yangi fanlar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo bo‘ldi, biologiyada evolyutsion ta’limot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va o‘zgarish qonuni shakllandi, astronomiya va matematikada yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geometriya sohasida inqilobiy ta’limot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geometriyalar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi hamda keyinchalik isbotlandi. D. M.Mendeleyevning davriy sistemasi har xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki bog‘lanishni ifodaladi. Matematika va fizikada XX asrda ham katta yutuklar qo‘lga kiritildi, texnika fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo bo‘ldi. Fan va texnikaning yanada rivojlanishiga ta’siri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyodagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi

biologik jarayonlarni yanada chuqurroqo‘rganishga imkon berdi, bu hol qishloq xo‘jaligi va tibbiyot fanlarining rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi fanlar fantexnika inqilobining muhim tarkibiy qismidir.

Fan tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga bo‘linadi: tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, texnika fanlari va ijtimoiy fanlar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda ko‘p mustaqil fan sohalari ajraladi. Mustaqil fanlar birbiriga bog‘liq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga to‘g‘ri keladi, bu hol hozirgi paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu muammo texnika fanlari, Yer to‘g‘risidagi fanlar, biologiya, matematika, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun hozirgi fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qo‘llaniladi.

Ilmiy tadqiqotlarni ikkiga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qo‘llash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir. Hozirgi davrda fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch va vosita bo‘lib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, ta’limtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda fan alohida o‘rin tutmoqda. Mustaqillik sharoiti O‘zbekistonda fanning rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Avvalo, fanimiz strukturasi keskin o‘zgardi: ma’naviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yo‘l ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy o‘quv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatdi. Buning natijasida tabiat va texnika, texnologiya haqidagi fanlarimiz ham jahon andozasi darajasiga ko‘tarila boshladi. Olimlarimiz ilm-fanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o‘rganish bilan bog‘liq, energiyaning noan’anaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish