Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини



Download 368 Kb.
bet14/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

I.2. Voqelikka munosabat
Behbudiyning eng yorqin izdoshlaridan biri Abdulla Qodiriydir. Qodiriydek o‘zbek adabiyotida yangi yo‘l-yo‘nalishni boshlab bergan, o‘zbek

romanchilik maktabiga asos solgan siymoning jadidchilik nomi bilan tarixga kirgan XX asr boshidagi yetakchi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’ rifiy harakatdan chetda turishi mumkin emas edi. To‘g‘rirog‘i, Qodiriy fenomeni, aslida, jadidchilikning adabiyotda namoyon bo‘lishidir. «O‘tkan kunlar», birinchi navbatda jadid adabiyotining, ikkinchi nomi bilan aytganda, yangi o‘zbek adabiyotining eng ko‘rkam mahsulidir.

Behbudiy-u Qodiriy singari mutafakkirlarimizni xolisona, haqqo- niy tarzda o‘rganish boshlangan Istiqlol davrida Texnika davriga, kompyuter zamoniga, axborot hukmronligi boshlangan palla kirib keldi. Lekin buning mohiyatini o‘ylab ko‘rmoq kerak.

To‘g‘ri, so‘nggi o‘n-o‘n besh yillik muddat ichida bizning dunyomizda

tubdan yangilanish yuz berdi. Bularning hammasi yaxshi. Ammo teran nigoh

bilan razm solinsa, ana shu o‘sish, taraqqiy etish bag‘rida bitta ulkan muammo ham tug‘ilib ulguribdi: axborot asrining bo‘yini olgan biz, ya’ni yangilangan "biz" bilan ilm, xususan, filologiya ilmi o‘rtasidagi munosabatning bugungi ahvoli ko‘ngilga taskin bera oladimi?.. Bu savolga javob berish uchun uzoqqa borishning, tirishib bosh qotirishning hojati yo‘q. Balki bor-yo‘g‘i har bir olim keyingi yillar mobaynidagi o‘z ilmiy faoliyatiga sarhisob nazarini tashlasa bas, hammasi ayon bo‘ladi-qoladi. Ayon bo‘lgan natija shundan iboratki, texnika qanchalik taraqqiy etmasin, axborot qanchalik tez tarqalmasin, bani bashar imkoniyatlari qanchalik oshmasin, baribir, nimadir, qandaydir ko‘rinmas bir sabab uni teran, fundamental ilm bilan shug‘ullanishiga monelik qilayotgandek. Biroq bosh sabab baribir boshqa — kattaroq, ko‘lamliroq, teranroqdir: sivilizatsiya sur’ati natijasida bugun dunyoda shunday umumkayfiyat vujudga keldiki, inson ruhiyati tarbiyasiga ortiq yetarli darajada e’tibor qilinmayotir!.. Jumladan, adabiyot, avvalo, inson ruhiyatini, ruh kayfiyatini in’ikos ettiruvchi soha bo‘lganidan uni o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi ilm filologiya sohasining darajasi ham jamiyatning adabiyotga bo‘lgan e’tibori nisbatida belgilanadi. Bu hol dunyoning hamma joyida shunday. Chunki jamiyatning asosiy qismi hamisha ommadan iborat.

Omma har doim dag‘al dunyo sari — qo‘l bilan ushlasa, burun bilan

hidlasa, badan bilan sezsa, til bilan ta’mini tuysa bo‘ladigan foydali dunyo sari oshiqadi. Unda davrani kengroq olib, orqa-oldini chuqur mushohada qilishga sabr-toqat yetishmaydi. Uning "bugun"i faqat bugundan iborat, faqat hoziri ustida bosh qotiradi... Ommadan farq qilib esa shaxs latif olam haqida — shu borliqni yaratib, o‘zi yashirinib yurguvchi Ruh haqida ham qayg‘urib o‘ylaydi. Shaxsning buguni shunday "bugun"ki, unda ham "kecha", ham "erta" mujassam. Shaxs ommadan farqlanib, insoniyat hayotining doimo barqaror, insonlik sha’niga munosib bo‘lishi uchun o‘z shaxsiy manfaatidan kechishi mumkin. Bas, shuning uchun ham hamma zamonlarda ma’naviyatning ulkan odamla- ri — bugun shaxslarning birdan-bir kuchi ularning aqlu donishi, ilmu tafakkuri bilan chegaralangan.

"Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlikdir, deydilar". Ulug‘ Qodiriy shu birgina oddiy ibora bilan ikki fikrni ilgari surmoqchi. Birinchisi — mavzuni moziydan tanlanganiga ishora. Ikkinchisi esa moziyga, ya’ni o‘tmishda ro‘y bergan voqealarga qiyosan bugungi ishlarga munosabat bildirish to‘g‘ridir, degan fikr. Ana shu ikkinchi fikrda yozuvchining tarixiy romanni yozishdan ko‘zda tutgan maqsadi o‘z aksini topgan. Abdulla Qodiriy va Oybekdek yozuvchilar uchun tarixiy mavzu kitobxonga o‘tmishdagi turli-tuman kishilar va voqealarni chapdastlik bilan ko‘rsatuvchi kaleydoskop emas.

Ular moziyda sodir bo‘lgan yo sodir bo‘lishi mumkin hisoblangan

voqealarni jonlantirish orqali xalqning bugungi taqdiriga ta’sir ko‘rsatajak xavf-xatardan ham ogohlantiradilar, kechagi saboqlardan xulosa chiqarishga kitobxonni, demak, xalqni da’vat etadilar. Shuning uchun ham "O‘tgan kunlar" va "Qutlug‘ qon" romanlaridagi tag ma’noni topish ularning g‘oyaviy yo‘nalishlarini belgilashga qaraganda muhimdir.

Abdulla Qodiriy o‘zining birinchi romaniga nima uchun o‘tgan asrning

ikkinchi pallasiga oid voqealarni tanladi? Oybek nima uchun Birinchi jahon urushi va u bilan bog‘liq voqealarni qalamga oldi? Ularning boshqa, olisroq tarixiy davrlardan qahramonlarni tanlashi mumkin emasmidi? Masalan, Oybek Alisher Navoiy hayoti va yashagan davriga birinchi romanidayoq nazar tashlashi mumkin edi-ku! Shubhasiz, mumkin edi. Lekin ular boshqa yo‘lni tanladilar. "Qutlug‘ qon" romanidek, "O‘tgan kunlar" ham tarixiy syujetga asoslangan.

"Tarixiy syujetiga molik romanlardan, — deb yozgan edi Oybek "Ab

dulla Qodiriyning ijodiy yo‘li" monografiyasida, — tarixiy haqiqatga badiiy obrazlar orqali erishuv va moziy kartinasini asliga monand berish, asrlarga ko‘milgan hayotni badiiy qaytadan yaratish, obrazlarda jonli hayotni ko‘rsatish talab qilinadi. Badiiy obrazlarda qaytadan yaratilajak davrning konkret tarixiy mazmunini berish, o‘tmish davr faktlari, voqealarning obyektiv ma’nosini ko‘rsatish, umumlashtirish, davrning ijtimoiy munosabatlarini odamlar obrazi orqali ko‘rsatish juda muhim ".

Sobiq ittifoq adabiyotida katta mamlakat tarkibiga kirgan hamma millatlar so‘z san’ati uchun birdek daxldor umumiy qoidalarning hukmronlik qilgani sir emas. Oktabr to‘ntarishi arafasi va undan keyingi yangicha adabiyotning salmoqdor yo‘nalishini bu xalqlarda shubhasiz proletar adabiyoti tashkil etgan edi. 30-yillarning ikkinchi yarmidan to ulkan mamlakatning parchalanib ketishiga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida esa uni sotsialistik realizm adabiyoti deya atash rasm bo‘ldi. Biroq XIX asr oxirlari va XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida o‘zgacha realistik tasvirga, fosh etuvchi va tanqidiy talqinga asoslangan adabiy harakatlarning, yo‘nalishlarning bo‘lganligi ham ayon. Ko‘p hollarda bu adabiy yo‘nalish namoyandalari mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumning niqoblarini yechmoqqa intilishdi, illatlarni — qabohat, istibdod, g‘ofillikni qoralashdi. Tuzumni tuzatishning yo‘llarini haqli ravishda ilm-u ma’rifatdan, milliy erk va huquqni kamol toptirishdan, milliy sergaklik va uyg‘oqlik g‘oyalaridan izlashdi. Sobiq tuzum xalqlari adabiy jarayonida yagona hukmron yo‘l-yo‘riqlarga bo‘ysunish izchil va qat’iy davom etgan. Shuningdek, muayyan adabiy yo‘nalish hamda hodisaning ta’sirchanlik doirasi deyarli barcha adabiyotlarni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Shubhasiz, bugungi badiiy so‘z erkinligini, adabiy-nazariy qarashlarni,

poetik tafakkurni, ijodiy imkoniyatlar ko‘lamini kechagi kun ahvoloti bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Birgina hozirgi o‘zbek adabiyoti misolida istiqlol davrining naqadar o‘zgarishlarga boy kechayotganligini anglamoq qiyin emas. Erkin va mustaqil Vatan adabiyotidagi o‘zgarishlar, o‘nglanishlar, yangilanishlar silsilasi ayni choqda yangi-yangi vazifa-muammolarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bular ham kechagi tarix tajriba maktabidan kerakli saboqlar olmoqni, xalqona qadriyatlar mohiyatlarini chuqur idroklashni, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlaridan yetarli boxabar bo‘lishni taqozo qiladi. Bugungi adabiyot milliy zaminning qadriyatlariga sadoqatni va sobitlikni qanchalik talab etsa, umumjahon adabiy tafakkuridan bahramandlikni va jahon taraqqiyoti masalalariga bog‘lanishni shunchalik talab etadi. Istiqlol yillari adabiyotida ro‘y berayotgan umidbaxsh tamoyillar nimalardan iborat?

O‘tmishning qaysi adabiy qadriyatlari saqlanishi, yangicha shakllarda davom etmog‘i zarur? Milliy hayot qadriyatlari hozirgi zamon adabiyotida qanday aks etayotir? Adabiyotimiz ijtimoiy taraqqiyotning «o‘tish» davri suronlariga nechog‘lik «bardosh» berayotibdi? Qanday adabiy ta’sirlar milliy adabiyotda o‘zini oqlashi mumkin?...

Hozirgi adabiy jarayonning bu kabi o‘ylantiruvchi masalalari ko‘p.

Ularning hech biriga loqayd qarab bo‘lmaydi. Qaysi muammo yoxud masa

laning adashilmay to‘g‘ri, oqilona hal etilishigina mustaqil milliy mafkuraga samara keltiradi. Istiqlol ma’naviy olamini mustahkamlashga yordam beradi.

Yangi davr adabiyotga har jihatdan imkonlar yaratdi. Adabiyotda re-

alistik tasvir chuqurlashdi. Maddohlik va zo‘rma-cho‘raki ohanglar barham topdi. Klassik adabiyotdagi qadimiy an’analarga murojaat kuchaydi. Mumtoz badiiy namunalar nashri kengroq yo‘lga qo‘yildi. Qatag‘on qilingan adiblar asarlari chop etildi, ularning tadqiqi va targ‘ibiga kirishildi. Shunga o‘xshash xayrli natijalar milliy so‘z san’atining yangicha ijtimoiy taraqqiyotga munosib yuksala olajagiga umid uyg‘otadi.

Mustaqillik sharofati tufayli yuzaga kelayotgan yangiliklar, ko‘zga

tashlanayotgan badiiy tafakkurning yangicha ufqlari ko‘ngillarni quvontiradi, albatta. Lekin adabiy hayotda juda dolzarb vazifalar va muammolar bor.

Bizningcha, ulardan eng muhimlarini ayricha ta’kidlash zarur: Istiqlol yillari milliy adabiyotimiz o‘zgarishlarini ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari zamirida ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganib chiqish. Mamlakat miqyosida muayyan anjumanlar tashkil etib, adabiyot va san’atning mustaqillik sharoitidagi rivojini tahlil etish, dolzarb va umumiy vazifalarni belgilab olish;

O‘zbek adabiyoti va san’atining istiqlol davri taraqqiyot xususiyatlariga hamda rang-barang masalalariga adabiyotshunoslik, adabiy tanqid, san’atshunoslik, falsafa, pedagogika ilmlari diqqatini chuqurroq jalb etmoq joiz. Davr afzalliklarini, milliy qadriyatlar tiklanishini, ma’naviyat va e’tiqod tuyg‘usining yetakchi mavqega ko‘tarilishini adabiy va nazariy qarashlardagi yangilanishni, hayot haqiqati bilan badiiy tasvir mutanosibligi darajasi va hokazolarni tadqiq etish;

Sobiq ittifoq tarkibida yashab kelib, endilikda mustaqil davlatlarga aylangan qardosh va yaqin xalqlar bilan adabiy, madaniy aloqalarni yangicha usullarda tiklamoq, o‘zaro adabiyot va san’at kunlari, haftaliklarini uyushtirib

borish, bunday aloqalarni boshqa uzoq xorijiy mamlakatlar madaniyati bilan

ham rivojlantirib bormoq mumkin.

Mustaqillik hayotimizning barcha jabhalarida ulkan va favqulodda o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy taraqqiyotimizning bu ulug‘vor davri har sohada o‘z miqdor va sifat yangiliklarini talab etayotir. Istiqlol degan muborak ne’mat tarix saboqlarini unutmaslikni, uzoq-yaqin o‘tmishning boy tajribalaridan, samarali qadriyatlar va an’analaridan foydalanishni, umumbashariy manfaatlarni nazardan qochirmaslikni, milliy o‘ziga xoslikni yo‘qotmay va shu asosda jahoniy miqyoslarda o‘zligini namoyish etishni taqozo qiladi.

Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini

teran his etmoq, mamlakat ma’naviy mavqeini yuksaltirishga barkamol

badiiy namunalar yaratish yo‘li bilan hissa qo‘shmoq harakati yo‘q emas.

Milliy adabiyotdagi bu yangilanishni, o‘nglanishni, teranlashishni kamol toptirish lozim. So‘z san’ati hamisha ham novatorlikning xilma-xil ko‘rinishlarini zaruriyat qilib qo‘yadi. Bu esa hech qachon mavjud an’ana-

lardan voz kechish yoki chetlashish hisobiga ro‘y beradigan adabiy hodisa emas.

Keyingi yillar she’riyatimiz va nasrimizdagi ba’zi ibratli yo‘nalishlarni eslaylik. Mustaqillik ijtimoiy hayotda xalqqa e’tiqod erkinligini berdi. Islomiy amallar ijrosiga tashna kishilar bemalol ibodat qiladigan bo‘ldi. Islomiy kitoblar, Qur’oni Karim, hadislar nashr etildi. Asrlar mobaynida bosh fazilatlaridan biri xuddi shu e’tiqod sanalgan she’riyat XX asrda majburan dahriylashtirila borgan edi. Qator qardosh xalqlar poeziyasi singari unda ham maddohlik, yolg‘on yozish, dohiylarni ulug‘lash avj olgan edi. Yangi hayotdagi hayotbaxsh nasim she’riyatning bog‘larida ham esa boshladi. Bevosita chin e’tiqodga daxldor she’riyat paydo bo‘ldi. Shoir Abdulla Oripov mavzuga birinchilardan bo‘lib qo‘l urdi. Uning «Haj daftari» turkumi she’rxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olindi. Shundan so‘ng Sirojiddin Sayyid, Shukur

Qurbon, Mirzo Kenjabek, Usmon Azim singari o‘nlab shoirlarning turkum

she’rlari chiqdi. Deyarli barcha shoirlarning dunyoviy mavzulardagi she’r larida ham ilohiyot hayolining, islomiy iymon ifodasining namoyon bo‘lishi, aslida, Istiqlol imkoniyatlari tufaylidir.

Bir vaqtlar ko‘pmillatli, ammo yagona sanalgan, ijodlari o‘z tillarida yaratilgan adabiyotlarning majburiyatlari, xato va muvaffaqiyat yo‘nalishlari ham bir-biriga hamohang edi. Endi ularda xususiy taraqqiyot qirralarining ko‘proq ko‘zga tashlanishi tabiiy. Xalqlar do‘stligi, internatsionalizm degan tushunchalarga sobiq jamiyatda siyosiy tus berilgan. Bu g‘oyalar, umumma’naviyat ko‘pincha milliy xoslik zaminidan ayricha holat-hodisa sifatida qaralgan. Vaholanki, mushtaraklik tuyg‘usi har bir xalkda tabiiy ravishda mavjud va u har millatning o‘ziga xos ma’naviyat tarzidan turib ko‘rinish beradi. Bu g‘oyalarni hozir turli xalqlar she’riyatida ham kuzatish mumkin. Adabiy aloqalarni yanada mustahkamlash shu jihatdan ham tajriba almashishga, qardoshlikni chuqurlashtirishga, xalqlar ma’naviyatlarini hamjihatlikda boyitishga olib keladi. Ijtimoiy taraqqiyotga, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorliklarga hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Istiqlol adabiyotining yana bir muhim o‘zgarishi realistik tasvir masalasida ko‘zga tashlanadi. 80-yillarda jamiyatning inqirozi, turg‘unligi, illatlarga boyligini fosh etuvchi ko‘plab badiiy namunalar paydo bo‘lgan, adabiy jarayonda ularning ko‘pchiliga sezilarli iz qoldirgan edi.

Adabiyotshunoslik Milliy uyg‘onish adabiyoti namoyandalari ijodini, jumladan, Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi atoqli namoyandalari ijodini xolis, obyektiv ravishda o‘rganishga kirishdi va sho‘ro davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan xalqimizning asl farzandlarining sharafli nomi va ijodiy merosini xalqqa qaytarishga erishdilar. Ayni chog‘da adabiyotimizning haqqoniy tarixiy qiyofasini ham tikladilar.

Fan sho‘ro davrida yashab ijod etgan va bu davr adabiyotini tamal

toshini qo‘ygan atoqli namoyandalari hayoti va ijodini ham yangicha tafakkur va mezonlar bilan qayta baholay boshladi. Bu jarayonlar garchi turlituman bahsu munozaralarga boy bo‘lsa-da, axir oqibat xalqimizga xos bo‘lgan juda katta insoniylik tamoyillariga asoslanganligi, milliy merosimiz, qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishdek maqsad bilan yondashilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu qayta baholashda «urib tashlash», «yo‘qqa chiqarish» tamoyillari emas, adabiy tanqid metodologiyasining asosini tashkil etuvchi, adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqorov haqli ravishda ta’kidlaganidek, katta harflar bilan yoziladigan TUSHUNISH istagi yetakchi tamoyilga aylanganligini ko‘rishimiz mumkin.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish