Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


III bob FALSAFA HAMDA ILM-FANNING ANTIK VA



Download 368 Kb.
bet17/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

III bob

FALSAFA HAMDA ILM-FANNING ANTIK VA

UYG‘ONISH DAVRI YEVROPA ADABIYOTIDA AKS ETISHI

III.1. Antik va Uyg‘onish davri madaniyati
Gretsiya (qadimgi Yunoniston, Ellada) Bolqon yarim orolining janubi, Egey dengizidagi orollar, Kichik Osiyoning g‘arbiy soxili, Apennin yarim orolining janubiy sohili. Sitsiliya oroli, Marmar, Qora va O‘rta dengiz sohillarida tashkil topgan quldorlik davlatlari guruhidir.

    Bizgacha yunon yozma adabiyotining eng qadimiy namunalaridan Homerning “Iliada” va “Odisseya” poemalari yetib kelgan. Troya urushi voqealarini aks ettirgan bu poemalar qahramon shaxslar va mashhur tarixiy voqealar madhiga bag‘ishlangan epik qo‘shiqlar asosida maydonga kelgan. Gesiod (miloddan avvalgi VIII IX asrlar) esa didaktik folklor ta’sirida borliqning paydo bo‘lishi va xudolarning kelib chiqishi manzarasini yaratdi (“Teogoniya” asarida) hamda mehnatni hayotning asosi sifatida ulug‘ladi (“Mehnat va kunlar” asarida).

      Afina madaniyatining rivojlangan davri (milodgacha V-IV asrlar) yunon adabiyoti uchun ham yuksak bosqich bo‘ldi. Dramatik janrlar taraqqiy etdi. Mifologik syujet asosidagi tragediya yetakchi janrga aylandi.

     Yunon teatri drama, sharobchilik va xursandchilik xudosi Dionis sharafiga bag‘ishlagan bayramlarda ijro etiladigan o‘yinlardan boshlangan. Ellinizm davri (miloddan avvalgi IV-I asrlargacha) dramatik tomoshalarida xor asosiy rol o‘ynagan. Milodgacha VI asrning ikkinchi yarmida shoir Fespid sahnaga aktyorni olib chiqdi. Teatr va bayramlar  ochiq havoda ko‘rsatiladigan har xil o‘yinlar bilan o‘tar edi. Gretsiya teatrida ayollar rolini erkaklar niqob kiyib o‘ynar edi. Esxil sahnaga ikkinchi aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy

bezaklardan keng foydalandi, fojialarida uchinchi aktyor paydo bo‘ldi, dialog

ko‘paydi.

Shunday qilib, taqdirning o‘zgarmasligi haqidagi ta’limotni bosh tamoyilga aylantirgan antik yunon adabiyoti hamda dramaturgiyasi o‘zidan keyingi zamonlarda jahon adabiyoti uchun namuna, mezon vazifasini bajardi. Renessans hamda klassitsizm madaniyati buning yorqin dalilidir.

        XY-XYII asrlar jahon tarixida Renessans yoki Uyg‘onish davri nomi bilan mashhurdir. Bu davrda Yevropa mamlakatlarida birinketin madaniy yuksalish ko‘zga tashlanadi. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, hunarmandchilik, ishlab chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog‘liq edi. Renessans madaniyati birinchi bo‘lib Italiyada boshlandi. Ma’lumki, Italiya o‘sha davrda O‘rta dengizda, temir yo‘l va havo yo‘llari bo‘lmagan bir davrda, suv yo‘li orqali savdosotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iktisodiymadaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy urinlardan birini egallar edi.

       Italiya suv yo‘li orqali bevosita rivoj topgan Sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo‘lishga intildi. IX-XII asrlarda Yaqin va O‘rta Shark xalqlari, musulmon Sharqi madaniyatining yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgani tarixdan ma’lum. Italiyaning budavlatlar bilan iqtisodiymadaniy aloqalari Yevropada Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o‘ynagan.

      Italiyaga yaqin bo‘lgan Ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab davlati — Kordova xalifaligi deyarli XY asrlarga qadar yashadi. Bular hammasi Italiyada boshlangan Renessans, Uyg‘onish madaniyati shakllanishida IX-XII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan arab tilidagi madaniyat, Sharq Uyg‘onish davri madaniyati, fani bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

       XII-XIY asrlarda Italiyada Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o‘rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar Yevropaga keng tarqaldi va Renessans madaniyatining muhim qismiga aylandi.

     Yevropa Uyg‘onish harakatining ilk vatani Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli — manifaktura yuzaga keladi. Mamlakatning bir qancha shaharlarida savdosotiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashhur bo‘lgan bir vaqtda Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat kozondi. Bu yerda jun va ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga  birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin, bu davr dastlabki kapital to‘plash davri edi. Italiyada shaharrespublika tartiblarining g‘alaba qilishi, hunarmandchilikning va savdo–sotiqning tez rivojlanishi Renessans harakatining hammadan oldin shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.

      Renessansning alohida belgilari Dante ijodida namoyon bo‘lsa ham, lekin Uyg‘onish davri to‘la ma’noda XIY asrning ikkinchi choragidan boshlanadi va XYII asrgacha davom etadi. Italyan Renessansi Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ijtimoiy harakatga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Fransuz, nemis va ispan gumanistlari antik madaniy merosni bevosita o‘rganishlari bilan bir qatorda, uni italyan mutafakkirlarining asarlarini o‘qish orqali ham o‘zlashtiradilar.

    Gumanistlar maktabda tarbiya ishlarini qayta ko‘rish bilan birga oliy ta’limni ham isloh qilishga kirishadilar. Boshqa mamlakatlardan ancha oldin Italiya shaharlarida oliy yuridik maktablarning paydo bo‘lishi diqqatga sazovordir.

XII asrda mashhur Bolonya universiteti tashkil etiladi. Uning yuristlari Rim huquqshunosligini o‘rganib, uni G‘arbning yakkayu yagona qonuni deb e’tirof qiladilar. Rim qonunshunosligi haqidagi bu qarashlar Uyg‘onish davrini tayyorlashda muhim omillardan biri bo‘lgan edi.

      Mamlakat madaniy hayotida misli ko‘rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIIIXYI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida yigirma ikki universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunoslik, meditsina fanlari o‘rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san’atni o‘rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubhasiz, jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar XY-XYI asrlarda buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg‘onish davrida faqat gumanitar bilimlar emas, balki tabiiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi.

        Uyg‘onish davrida italyan tasviriy san’atining ham jiddiy burilish sodir bo‘ldi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati, badiiy adabiyot kamol topadi.

       Dastlabki gumanistlar — Petrarka va Bokkachcho asarlarida mavhum simvolik iboralar ikkinchi o‘ringa qo‘yilib, realizm esa birinchi o‘ringa chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarakterli detallar bilan aks ettirishga kirishiladi. Uyg‘onish davri realizmining ijobiy qahramonlari xarakterida beqiyos jasorat va mardlik mujassamlanadi. Shaxs erkini himoya qilgan yirik gumanist o‘z kuchqudratiga, haq ishning tantana qilishiga ishongan, adolat uchun kurashuvchi, qalbi pok olijanob obrazlarni yaratish orqali Uyg‘onish davrining hayotbaxsh ruhini ham aks ettiradilar. O‘rta asr diniymistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san’atda namoyon bo‘lar, ko‘pincha bir shaxs ijodida uyg‘unlashib ketardi. Masalan, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo‘lmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi. A.Dyurer unga o‘xshab, rassom, haykaltarosh, arxitektor, matematik bo‘lgan.

     Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Uyg‘onish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va g‘oyaviy hayotida katta progressiv rol o‘ynadi. Bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish