Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


«Ilohiy komediya» da fizika qonunlari (“Do‘zax” misolida)



Download 368 Kb.
bet20/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

«Ilohiy komediya» da fizika qonunlari (“Do‘zax” misolida)

Florensiyalik sayyoh Dante Aligyeri ustozi Vergiliy rahnamoligida Do‘zax qavatiyu hadlaridan Lyutsifer qarorgohi tomon pastlar ekan, vujudi ham tobora vazminlasha, zaiflasha borayotganini his etadi. Shoir o‘zidagi bu holsizlik, harakatsizlikni iblislar ta’qibidan jarlikka rahbon og‘ushida sakrab, sakkizinchi qavatning oltinchi rohiga yetgach, bundagi riyokor bandalar ahvolotida yaqqolroq ko‘radi:



61 Ustlarida xirqa bamisli sovut,

Zilday og‘ir edi, lekin bu jubba;..

70 Zilzambil libosda bemajol, xasta

Mahkumlar imillab bosardi odim;

O‘tardik, ularchi, qolardi safda.

(23-qo‘shiq)

Qo‘rg‘oshin kiyimdagi ushbu ikkiyuzlamachilar Yer markazi — OLIY

TUBANLIK — harakatsiz, muzqotgan Judekkagacha ancha oz masofa (sakkiz had) qolganini bildiribgina qolmay, Dantening tartiblar, qonunlar borasidagi g‘irashira qarashlarini yoritib yubordi. Oldinroq bu yerga — sakkizinchi doiraning o‘rtasiga kelgunga qadar, ijodkor dunyoqarashiga qandaydir qonuniyat borasidagi ana shunday fikrlarni beshinchi qavatda Stigiy botqoqligiga botib, bijg‘ib ketgan, cho‘kayotgan Filippo Arjenti singari badjahllaru oltinchida (Dit shahrida) gulxan tig‘idan tanasi metinday qizdirilayotgan kalondimog‘ erest Farinata del’i Uberti kabilar olib kirgandi. Jazolanishning ikki qaramaqarshi ko‘rinishi — sassiq loy, suvga cho‘kish va olovdan jizg‘anak bo‘lish aslida namdan torayish hamda yuqori haroratdan kengayish (Farinataning keng, bo‘y cho‘zgan gavdasi eslansin!) hodisasidir. Bu hodisa qaysi tartibotga binoan yuz berishi “hech bir tarozu” ko‘tara olmaydigan metall kiyim kiydirilgan gaudent mazhabiga mansub kimsalar — surbet Katalano-yu Loderingoga ro‘para bo‘lgungacha mavhum edi. Aynan sakkizinchi qavatning oltinchi bo‘linmasida avvalroq Vergiliy quyida:



106 “Sevgan faning ta’kidlar minba’d:

Bo‘lgan sayin olam – hilqat mukammal —

Ortguvsi rohat ham, kulfat ham albat.

109 Mustahiq bandalar esa hech mahal

Raso bo‘lolmagay o‘zini tanib,

Tugalroq bo‘lguvsi qismat notugal”

(6-qo‘shiq)

shaklida uqtirgan so‘zlar ma’nosiga kalit topildi. Demak, Tubanlik

takomillishgani sari unga qaratilgan aksta’sir — jazo ham orta-zalvorlasha boraveradi. Demak, pastga qarab harakatlanganimiz sayin vujudimiz og‘irlashaveradi.

Umumun, namligu issiqlikning xususiyatlari ham, chuqurlikda vaznning og‘irlashishi ham Danteni jisman va ruhan qiynab, iztirobga solgan, o‘ylantirgan hamda uni kashshofga aylantirgan bir muqaddas qonuniyat bo‘yichadir.

Gunoh jazoni, jazo gunohni chorlashi; chuqurlikkamarkazga harakat harakatsizlikka, harakatsizlik esa chuqurlikmarkaz tomon harakatga o‘zaro gravitatsion bog‘langanligi o‘sha buyuk qonuniyat doirasidadir. Vaqti kelib Butun jahon tortishish qonuni nomini olguvchi bunday hodisa hozirda Dante asta-sekin anglayotgan Tabiat qonuni deb atalmish qonuniyat sabablidir.

Riyokor, munofiq bo‘lgani vajidan vujudida dahshatli og‘irlikni ko‘tarib, sudralib yurgan yerparchin osiylar makonidan to Lyutsifergacha yana sakkiz bo‘linma mavjud (bu ilgariroq aytilgandi) va Do‘zaxning jami to‘qqiz qavatdan iboratligi inobatga olinsa, bundan Jismlarning yerga erkin tushish tezligi qonuni (qiymati 9,8!) kelib chiqadi (Hali Galileo Galileyning tavalludiga ikki yarim asrcha vaqt bor edi). Bu hodisa ham ayni damlarda florensiyalik sayyoh shoir sekinasta mag‘ziga yetayotgan Tabiat qonuni deb atalmish qonuniyat sabablidir. Bundan shu narsa tushuniladiki, naturfilosofiya asoschisi Aristotelning chin ixlosmandi bo‘lmish Dante qalbidagi, idealidagi ushbu tartibot faqat va faqat tabiatga mansubdir. Astronomik, fizik hodisalardan tortib, hatto zarradek insonning nozik tuyg‘ulari, botini, ahloqigacha o‘sha tabiiy qonunlar asosidadir. Odamlar esa abadiy barqaror qonunlarga nomuvofiq har xil qoidachalar o‘ylab topishgan, ikkiyuzlamachilik, ochko‘zlik, xasad, xiyonat domiga tushishgan (Dante yashagan zamon va makon —XIII - XIV asrlar tarqoq Italiyasida avj olgan bu kabi kabi illatlar aslini olsak, inson tabiatiga xos tabiiy xususiyat hamdir). Biroq bandalar hech qachon Yaratganning o‘zgarmas, boqiy qonunini buza

olmas. Ularning o‘zlari to‘qib chiqargan turli odatlar, tartiblar esa xohla-

gancha va xohlagan paytda bekor qilinishi mumkin:

142 Go‘zal qoidalar tuzarsan beshak

Oktabrda olsang rejasini gar,

Noyabrda bari unutilajak.

145 Qonunu tartibot, aqcha, rutbalar

Sal fursat o‘tmayoq bo‘lg‘uvsi abas.

A’zoi badaning hatto o‘zgarar.

(A’rof, 6-qo‘shiq)

Genial ijodkor shuni uqtirmoqdaki, jamiyat o‘zgaradi, biroq tabiat qonuni

bardavom.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish