Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


II.2. Falsafaning bashariyat tarixidagi o‘rni



Download 368 Kb.
bet16/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

II.2. Falsafaning bashariyat tarixidagi o‘rni

Falsafa, yoki filosofiya — insonning dunyoda tutgan o‘rni va dunyo

qarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy faoliyatining bir shakli.

Miloddan avvalgi II III asrlarda o‘tgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi bo‘lib o‘zini «filosof» deb atagan. Bu so‘z Geraklitning falsafiy ta’limotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qo‘llanilgan, tadqiqotchining o‘zi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik «filosof» so‘zi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qo‘llanilgan. Tarixiy ma’lumotlar yunoncha philosophia so‘zi arab tiliga «falsafa» bo‘lib o‘tganligi, arablar bu fanni «hikma» deb atashi, rus tiliga «filosofiya» tarzida ko‘chganligini tasdiqlaydi. Demak, “falsafa” bilan “filosofiya” so‘zlari bir xil ma’noga ega.

Falsafaga haqiqatga eltuvchi ta’limot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, «haqiqatga muhabbat», «haqiqatni sevish» degan ma’no kelib chiqadi. U haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni o‘z tadqiqot obyekti va predmetiga ega bo‘lmagan mavhum va o‘ta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui, deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar undan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni «mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish», Aristotel «narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan» deb bilgan. Stoiklar nazariy va amaliy tafsilotlarga intilish deb, epikurchilar unga «aql vositasida baxtga erishish yo‘li» deb qaragan. Forobiy falsafani «hikmatni qadrlash» yoki fikrlash san’ati deb hisoblagan. O‘rta asrlar xristian falsafasida u «tabiiy aql nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik» (teologiya esa “Ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik”) deb ta’riflangan. F. Bekon va R. Dekart falsafani «tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan» sanashgan. X. Volf esa uni «barcha mumkin narsalar va ularning qay ma’noda va nega mumkinligi haqidagi fan» desa, Kant falsafaga «dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maq

sadlariga munosabati haqidagi fan» sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte unga «qalb ma’rifati, ma’naviy ma’rifat» deb baho bergan bo‘lsa, SHelling voqelikning butun ko‘lami va teranligini o‘z tajribasiga ko‘ra bilib olishni filosofiya deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni falsafa deb atab, unga «o‘zo‘ziga ergashuvchi aql haqidagi fan» sifatida ta’rif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalashni bu fanning asosiy vazifasi deb bildi.

Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik falsafasi, teologiya), mantiq, etika, estetika, huquq falsafasi, naturfalsafa, fan falsafasi, tarix va madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, din falsafasi, psixologiya va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon falsafasida tibbiyot, tilshunoslik, musiqa, kibernetika va boshqa aniq fanlarning umummetodologik jihatlarini o‘rganuvchi filosofiya yo‘nalishlari vujudga kelmoqda. Falsafaning dunyoqarash bo‘lish, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.

Falsafa tarixi — inson tafakkuri taraqqiyoti tarixidir. Unga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy falsafasi, hind falsafasi, Yevropa falsafasi ajratib ko‘rsatiladi. Yirik diniy ta’limotlar sifatida hinduiylik falsafasi, xristianlik falsafasi, buddaviylik falsafasi, islom falsafasini ko‘rsatish mumkin.

Ilk falsafiy ta’limotlar qadim Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo bo‘lgan, keyin G‘arb mamlakatlariga yoyilgan. Qadim Hindistondagi falsafiy maktablar ikki turga bo‘linib, biri vedalardan kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) dir. Qadim Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlar miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan. U Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga «Qo‘shiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi qadimiy yodgorliklar va Konfutsiynnng «Aforizm»larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qadim turkiy yozuvlar, Tangriga

e’tiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalqlarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni e’zozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va g‘oyalari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib, qadimiy Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalqlarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham o‘z g‘oyalarini Sharqdan olganligi tadqiqotchilarga ma’lum. Miloddan avvalgi II –I asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sig‘noq, Samarqand, Buxoro zaminini o‘ziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini hukm suradi, uning

falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ammo Avesto g‘oyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy

III asrga kelib tenglik g‘oyalarini ilgari suruvchi moniylik ta’limoti paydo bo‘ldi. Bu ta’limot mazdakiylar harakatining ma’naviy tayanchi edi.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi

VI – V asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga bo‘linadi. Ellinistik filosofiya davri Sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) falsafani (Sokrat, Platon, Aristotel) o‘z ichiga oladi. Sokratgacha davr falsafasi kosmologik falsafa va antropologik davrlarni o‘ziga qamrab oladi.

Dastlabki kosmologik falsafiy ta’limot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan so‘ng borliq haqidagi ta’limot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon, Meliss shug‘ullanganlar.

Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel falsafasi yunon falsafasining shuhratini oshiradi. Yunon falsafasidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy ta’limotlar quyidagicha o‘rganiladi: ilk islom falsafasi (VI – VIII asrlar), sharqiy islom falsafasi

(Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy ta’limotlar), g‘arbiy islom falsafasi

(Shimoliy Afrika va Ispaniyadagi falsafiy ta’limotlar).

Sharqiy islom falsafasi (Muso Xorazmiy, Farg‘oniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, G‘azoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Naqshband va boshqalar) hamda g‘arbiy islom falsafasi (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uyg‘onish davrining boshlanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Falsafaning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy g‘oyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda

Markaziy Osiyoda tasavvuf falsafasi, tabiatshunoslik falsafasi, mantiq falsafasi va axloqiy ta’limotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulug‘bek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi A’zam, Bobur, Mashrab, Bedil kabilar faoliyatida). Shuni qayd etish lozimki, islom falsafasi o‘zidan ilgari o‘tgan barcha dinlar bilan bog‘liq ilmiy an’analarni qabul qilgan. Islom falsafasi rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy ta’limotlar ta’sir ko‘rsatgan. Yevropa falsafasi esa o‘zidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy

bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bog‘lagan. To‘g‘ri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy g‘oyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir qildi. Lekin arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va falsafasi, qadriyatlarini qo‘lga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uyg‘otishdi. Yevropa falsafasi sxolastik davr, Uyg‘onish davri, yangi davr va nemis klassik falsafasi davrlariga bo‘linadi.

Uyg‘onish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik

falsafasi, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, G.T.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik falsafasi Gerder, Kant, Fixte, SHelling, Gegel, Feyyerbax nomlari bilan bog‘langan.

O‘zbek falsafasi Sharq falsafasining tarkibiy qismi, o‘zbek xalqining o‘ziga xos bo‘lgan tafakkur tarzining namoyon bo‘lishidir. Uning tarixiy ildizlariga qadim Turon va Turkistondagi xalq og‘zaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik g‘oyalari, tariximizda o‘tgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristian dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom falsafasi, tasavvuf falsafasi, moturidiylik ta’limoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik g‘oyalari, ma’naviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu falsafa jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi.

Mazkur bobga xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa hamda fan adabiyot uchun doimo ma’naviy va moddiy ozuqa vazifasini bajarib kelgan, va bajarib kelyapti ham. Filosofiya bilan fan boshqa san’at turlari qatori so‘z san’atiga juda kuchli ta’sir o‘tkazgani, ayni shu jarayonda bu ikki qudratli kuchning ijodkor badiiy maqsadining ro‘yobi uchun ko‘p hollarda vosita rolini o‘ynagani madaniyat tarixidan ma’lum. Antik adabiyot namoyandalari — Homer, Esxil, Sofokl, Yevripid, Vergiliy, Ovidiy, Goratsiy, Seneka, Renessans davrida yashagan Dante, Bokkachcho, Petrarka, Servantes, Rable, SHekspir singari ulug‘ ijodkorlarni olamizmi yoki XIXXX asrlarning G. Uells, J. Vern, M. Tven, A. Belyayev, K. Chapek, M. Bulgakov, G. G. Markes kabi ulkan so‘z san’atkorlarini eslaymizmi, ular ijodiyotining negizida chuqur falsafiy asos yotganini va albatta, turli fanlar doirasida erishilgan yutuqlarning aksini ko‘ramiz. Shu jihatdan olib qarasak, ilmfan nafaqat o‘z doirasi, balki adabiyot, san’at, estetika sohasi uchun ham ulkan ahamiyat kasb etishi sababi tushunarli.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish