birinchi vakilini daraxtga bog‘lab qo‘yishadi, avlodning so‘ngisini chumolilar yeb bitiradi.”
Asarning butun voqeligini umumiy tarzda o‘zida ifodalagan bu bashorat zamirida hindularning olam haqidagi tasavvurlari yotadi. Qadim atsteklar odamzod makkajo‘xoridan tarqalgan, deb hisoblashgan. Hayotdan ko‘z yumganda kishining o‘zi qachonlardir nazarga ilmagan qumursqalarga yem bo‘lishi ham moziydan qolgan asotirlar qatida aytilgan. Chunki inson tabiatning bir zarrasidir. Shunday ekan, odam bolasi tabiat bergan ne’matlar-
ni — xotira, aqlidrok, olamni anglash salohiyati hamda ista gini o‘zida saqlab qolmog‘i darkor. Xudbinlik, mahdudlik botqog‘iga botgan Buendialar buni eplay olishmadi. Birgina Makondoga uyqusizlik dardi yopirilgan chog‘ni eslaylik:
“...Uyqusizlikka giriftor bemor dastlab bolalikdagi voqealarni, keyin narsalar-ning nomi-yu ularning nima maqsadda qo‘llanishini esidan chiqaradi, so‘ngra u odamlarni ham tanimay qoladi va hattoki o‘zo‘zini ham anglolmaydi va o‘tmishini unutgan bunday kimsa telbanamo bir ahvolga tushadi. Xose Arkadio Buendia kula-kula,bu irimchi hindular to‘qib chiqargan latifalarning biri bo‘lsa kerak, degan xulosaga keldi.”
Yo‘q, bu hindular to‘qigan latifa emas, balki bashariyatga qarata ogoh
ma’nosida aytilgan hikmatdir. Avlodning ilk vakili Xose Arkadio Buendia uning mag‘ziga yetmadi. U nafaqat guaxiro urug‘iga mansub hindu ayol Visitasonning bu gaplari ma’nosidan, shu bilan birgalikda, Melkiades qo‘lyozmalari siridan bexabar edi. Bu bexabarlik, gumrohlik uning butun
urug‘-aymog‘iga tekkan “kasallik” edi. Mazkur jarayon rosa yuz yil butun Makondo ahli orasida davom etdi.
Ta’kidlash kerakki, Makondo atrofini mo‘jizalar, magiya o‘ragan, lekin uning o‘zi bundan bebahra bo‘lgan makon edi. Xose Arkadio Buendia ham bekorga xotini Ursulaga “Daryoning narigi tomonida turli sehrli apparatlar mavjud, biz bo‘lsak bu yerda hanuz molday yashab kelyapmiz.” deya shikoyat qilmagandi. Ana shuning oqibatida, sehrmo‘jizalar yo‘qligi oqibatida Makondo bir asr odamlar ommaviy tarzda pinhona o‘ldirib yuborilgan, yosh qizlar ochlikdan o‘lmaslik uchun o‘z tanalarini sotayotgan, razolat, fahsh, yurakni yorib yuborgudek darajadagi mubhamlik, yolg‘izlik hukm surgan ma’vo bo‘lib keldi.
Xola va jiyandan tug‘ilgan dumli chaqaloqni — urug‘ning oxirgi vakilini
chumolilar yeb bitirar chog‘i sulolaning so‘nggi avlodlaridan biri — Aureliano nihoyat donishmand lo‘lining sanskrit tilida bitilgan qo‘lyozmalari sirini anglab yetdi. Aynan ana shu jahongashta Melkiades bundan yuz yilcha burun yigitning ajdodlari orasiga, Makondo tuprog‘iga dunyo mo‘jizalari (ohanrabo, zarrabin, teleskop va shu singari turli asboblar) ni olib kirishga uringan (o‘z navbatida, Xose Arkadio Buendia mazkur yangiliklardan ahmoqona ishlarda— magnit yordamida yer qa’ridan oltin qazib olish, durbin vositasida dushman qo‘shiniga qarshi “oftob jangi” olib borishda foydalanishni ko‘zlagandi!), o‘z karomatlari bilan bu sehrni, magiyani qaror toptirishga tirishgan edi. Uning bashoratomuz xitoblaridan birida jumladan shunday deyiladi:
“Yaqinda odamlar uydan chiqmay turib ham jahonning istalgan burcha
gida bo‘layotgan voqealarni bemalol ko‘radigan bo‘lishadi.”
(Bu aslida Markesning 60yillardagi karomatidir. O‘sha paytda sehr yoki
fantastika hisoblangan bunday fikrlar bugun televideniye, internet misolida o‘zining to‘liq tasdig‘ini topgandir.)
Lotin Amerikancha magrealizm adabiyoti qahramonlari ijtimoiy mavjudot sifatida ehtirosi benihoya kuchli, hayvoniy istakmayllarga moyil
odamlardir (Buning uchun o‘n yetti ayoldan o‘n yetti o‘g‘il ko‘rgan polkovnik Aureliano Buendiani, vulqonsifat Xose Arkadioning o‘gay singlisi Rebekaga bo‘lgan munosabatini, Go‘zal Remediosning mo‘jizakor husni sabab halokatga uchragan to‘rt kishini, yoki cho‘chqa dumli bolani — so‘nggi avlodni dunyoga keltirgan ishratparast Aurelianoyu Amaranta Ursulani eslash kifoya). Ehtiroslar bandasi bo‘lmish butun makondoliklarning noqis tasavvuri yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni tushunishdan ojiz ekanligi sabablaridan biri ham aynan shundadir. Bunga hali ta’kidlanganidek, faqatgina Aureliano muyassar bo‘ldi. Ammo endi kech edi ... “Oshkora qotillik qissasi” da tanasiga akauka Vikariolarning nomus hanjari botgan Santyago Nasari ham o‘lar chog‘idagina bu voqealarning — g‘aflatning, qalb mudroqligining mohiyatini, oqibatini anglagandi. Biroq bunda ham vaqt allaqachonlar o‘tgandi ...
Aslini olganda, yolg‘izlikning, mahdudlikning bunday talqini faqat Lotin Amerikasi prozasiga xosdir. Chunki Yevropa nasridan farqli ravishda mazkur mintaqa romanchiligida mifologik tafakkur jonlilik, zamonaviylik kasb etgan. Uning ifodasi shunchaki “mifga murojaat” ko‘rinishida emas. “Yolg‘izlikning yuz yili” da Melkiadesning bir necha bor o‘lib, yana tirilib kelishi, Xose Arka-dio Buendia tomonidan nayza sanchib o‘ldirilgan Prudensio Agilyarning arvohi qotilu uning xotiniga tinchlik bermagani, “bu dunyoning odami emas” deb ta’riflangan Go‘zal Remediosning — doimo hurlikka intilgan o‘sha qiz-ning erkak zotiga ajal keltirishi, oxiri ko‘kka parvoz qilib, poyonsiz bo‘shliqda g‘oyib bo‘lishi, Buendialar xonadonini chumolilar astasekin yemirib borishi, oxiri bo‘ron Makondoni yer yuzidan supurib tashlashi ... Shu epizodlar zanji-rining o‘ziyoq mifologik dunyoqarash Lotin Amerikasi nasridagi kundalik ha-yotning o‘zida kechishiga, voqelanishiga yorqin dalildir. Agar Yevropa magre-alizmida u tashqi, quruq realizmdan mustaqil, alohida va hattoki begona olam sifatida (“Usta va Margarita” da ko‘pchilik personajlarning, umuman butun muhitning Volandlar, Pontiy Pilatlar dunyosiga ishonmasligi, boshqacha aytganda, magik reallikning kundalik reallik uchun yo‘qlik ekanligi) aks etsa, ummon ortida buning aksi. Mazkur noo‘xshashlikning boisi shuki, ushbu romanda aniqtiniq detallari bilan tasvirlangan Karib koloritiga muallif tomonidan alohida urg‘u beriladi. Xususan, Markes uchun bu mintaqa barcha g‘aroyib hodisalar yuz berishi mumkin bo‘lgan “fantastik reallik” maskanidir.
Alalxusus, shoh asarida bir shaharchaning mudhish va tumtaroq obrazini magik bo‘yoqlar hamda realistik tasvir uslubi yordamida yaratgan Markes Bulgakovning e’tiqodsiz sho‘ro jamiyatiga javoban, o‘zining yolg‘izlikka mahkum Makondosini dunyo adabiyoti jo‘g‘rofiyasiga olib kirdi. Va bu bilan Lotin Amerikancha magrealizmning bor mo‘jizaviy kuchini barchaga namoyish etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |