Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


IV.2. AQSH adabiyotida biosotsiologik talqin



Download 368 Kb.
bet26/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

IV.2. AQSH adabiyotida biosotsiologik talqin

(Mark Tven va Ernest Xemingueyning ikki mo‘jaz hikoyasi

asosida)

Kaltabinlik jaholat sari bosilgan ulkan qadamdir. Tarix sahifalariga

diqqat bilan nazar solgan kishi ko‘pgina ulug‘ fojialar madaniyatsizlik, saviyasizlik oqibatida yuzaga kelganini, bunda hal qiluvchi turtki rolini aynan kaltabinlik o‘ynaganligini ilg‘aydi. Amerika adabiyotining klassigi Mark Tven (18351910) ham shu holni boshidan o‘tkazgan, bundan tug‘ilgan kechinmayu o‘ylarini “Masal” nomi ostida mo‘jazgina bir hikoyasida aks ettirgan.

Ma’lumki, aksar masalomuz asarlarning qahramonlari hayvonlardir. Mark Tven hikoyasi uchunda ushbu xususiyat xos. O‘ziga xos mazkur “spektakl” da ko‘plab “aktyor” lar — jonivorlar ishtirok etsada, asardagi butun jarayonning harakatlantiruvchi kuchi, markaziy obrazi bu mushukdir. Chunki “u o‘zining bilimdonligiyu hassosligi, g‘aroyib boodobligiyu o‘ta madaniyatliligi bilan hamisha ularning havasini keltirardi”. Oynada aks etadigan tarzda osib qo‘yilgan go‘zal surat to‘g‘risida o‘rmondagi hayvonlarga so‘zlab, bu narsaga ularni juda ham qiziqtirib qo‘ygan bu mushuk timsolida nazarimizda, bashariyat tarixida o‘tgan turli payg‘ambarlar, buyuk faylasuflar, yetuk san’atkoru allomalar siymosi yashirin. Suqrot, Iusis Xristos, Halloj, Ulug‘bek,

J. Bruno singari odamzodga Haq yo‘lini ko‘rsatgan, olam go‘zalliklaridan ogoh etgan zotlar manfur omma tomonidan xo‘rlangani, ular anglatgan haqiqatlar bir qolipdagi tuban dunyoqarashlar ramkasiga solinib baholangani ma’lum. Shu siymolarning ruhi va qismati mujassam mushuk boshqa jonzotlardan farqli ravishda shunchaki hayvon emas. U o‘zining favqulodda fenomen ekanligi bilan hashaki, mayda odamlar obrazi bo‘lmish o‘zga hayvonlardan farq qilardi. To‘g‘ri, adib bu to‘g‘rida to‘g‘ridanto‘g‘ri, batafsil to‘xtalmaydi. Bu narsani anglash uchun mushukning YANGILIK yetkazishi detalining o‘ziyoq kifoya. Mazkur YANGI-

LIK esa boya aytilganidek, bir rassom tomonidan ajib bir mahorat bilan surat chi- zilib, so‘ng uning ko‘zguda aks etadigan qilib osib qo‘yilgani edi. Bu haqda mu- musavvirning o‘zi shunday degan ekan:“Suratni oynada ko‘rsangiz... unda miqyosi chuqurlashadi, bo‘yoqlari muloyimlashadi. Meningcha, surat anchagina latiflashadi.”

Aynan “miqyosning chuqurligi”, “bo‘yoqlarning go‘zalligi” mushuk vositasi-da kaltabin hayvonlarga xabar qilindi. Ushbu ma’lumot ularda dastlab hayrat va qiziqish uyg‘otdi. Mazkur yangilikning ikki muhim obyekti – surat hamda ko‘zgu nimaligi so‘ralganda mushuk ularni shunday ta’riflaydi:

1) “... surat degani yapasqi bir narsa. Shu qadar yapasqiki, zavqshavqingizni oshirib yuboradi. Qolaversa, o‘zi juda go‘zal”

2) “Devordagi bir tuynuk, ... unga qarasangiz – suratni ko‘rasiz. Bu suratda shu qadar nafosat, latofat, samoviy shaffoflik aks etganki, u o‘zining aql bovar qilmaydigan ko‘rkamligi bilan sizni shu qadar ilhomlantirib yuboradiki, boshingiz aylana boshlaydi”

Bu ta’rifu tavsiflardan gangib qolayotgan hayvonlar olomoni bir eshakning quyidagi badbin gapidan so‘ng shubhaga tushib qoldi: “mushuk lof urayotgan go‘zallikka o‘xshagan go‘zallik hech qachon bo‘lgan emas” . Bu bilan ommaga qarata Kopernikning geliotsentrik nazariyasi yo bo‘lmasa boshqa bir ilmiy kashfiyotga qarshi nutq so‘zlagan manfur cherkov ahlini eslatib yuborgan “eshakning so‘zlari hayvonlarga ma’lum darajada ta’sir qilganini payqash qiyin emasdiki, dilidiligacha g‘oyatda ozor yetgan mushuk oradan chiqib ketdi”. Keyin esa o‘sha eshak rassomning uyiga borib, tuynukda nima borligini ko‘rib keladigan bo‘ldi. Ko‘zguyu surat o‘rtasida turib qolgan eshak mutlaqo tabiiy ravishda faqat o‘z aksini ko‘rdi. Qaytib kelgach esa shunday hukm chiqardi: “Mushuk yolg‘onchi ekan!”. Bu gapdan to‘la qanoat hosil etmagan hayvonlar hoqoni Xatxi boshqa jonivorlarni ham tuynuk sari yo‘lladi. Xullas, ko‘zguda ayiq ayiqni, sigir sigirni, yo‘lbars yo‘lbarsni ko‘rdi va hokazo. Nihoyat, fil Xatxi ham o‘sha yoqqa borib kelgach, o‘zo‘zidan tabiiyki, shunday xulosa chiqardi: “Tuynukda fildan boshqa kimsa yo‘qligini kaltabin ahmoqlargina payqamagan bo‘lishlari mumkin” .

Fil boshchiligidagi o‘rmon jonivorlari olam go‘zalligini, uning mohiyatini anglash iqtidoridan mahrum edi. Shu bois ular oynada rassom yaratgan ilohiy ilhom samarasini – buyuk san’at asarini emas (!), faqat o‘zlarini, aniqrog‘i, o‘zlarining harakatsiz miyasiga qo‘rg‘oshindek quyilgan bir standartdagi dunyoqarashni ko‘rdilar. Ko‘zguni ham shu qarashlar asosida talqin etdilar. Buyuk yozuvchi M.Tven donishmand mushuk tilidan ana o‘sha kaltabin maxluqlar – odam zotining eng ulug‘ fojiasi bo‘lmish jaholatga tomon yo‘llovchi fikrsiz, saviyasiz to‘daga qarata, shuningdek, mahdudlik, olchoqlik, tubanlik botqog‘iga botgan XIX asr Amerika jamoatchiligiga protest sifatida shunday deydi: “Agar san’at asari bilan tasavvuringiz oynasi o‘rtasida turib qolsangiz – o‘zingiz olib kirgan narsanigina ko‘ra olasiz.”

Jonivorlar — bizning ukalarimiz, degan edi ulug‘ rus shoiri Sergey Yesenin. XX asr Amerika adabiyotining ulkan namoyandasi E. Xeminguey (1899-1961) qalamiga mansub mo‘jaz hikoyaning bosh qahramoni, “gardishli ko‘zoynak taqqan, juldur kiyingan” qariya ham shu fikrni o‘ziga hayotiy shior qilgan esa ajab emas. Hayvonlarga bo‘lgan mehrmuhabbat uning butun qalbiga singib ketgandi. Bu qalb oynasi ayniqsa, cholning ona vatani Ispaniyada talotum qo‘pgan paytda borbo‘yu bastila namoyon bo‘ldi. Gap shundaki, 1936 yil bu mamlakat fuqarolar urushi girdobida qolgan, bir yoqda taraqqiyparvar kuchlardan iborat respublikachilar, ikkinchi yoqda esa Franko boshchiligidagi fashistlar ispan tuprog‘ining har qarich yeri uchun kurash olib borardi. Oqibatda, bu dahshatli janglarda frankochilarning qo‘li baland kela boshladi. Puturdan ketayotgan respublikachilarning qo‘lidan birinketin shaharlar, strategik jihatdan muhim hududlar ketaverar, butun Yevropa fashizm balosining haqiqiy basharasiga ilk bor ana shu chog‘da guvoh bo‘lib turardi. Falangistlarning manfur oyog‘i yetgan ko‘pdanko‘p shaharlardan biri bu San Karlos – Xeminguey dahosi yaratgan beqiyos timsol – ko‘prik ustida bemajolgina o‘tirgan, oilasi yo‘q, yetmish sakkiz yoshlardagi o‘sha cholning qadrdon kenti San Karlos edi. Sal avvalroq bu go‘shani yoppasiga tashlab qochgan edilar. Chol ham ona shahrini ming bir istihola bilan, ming bir o‘y bilan majburan tark etgandi. Tark etganda ham hammadan keyin, vujudi oldinga qarab, qalb ko‘zi esa orqaga boqqancha San Karlosdan chiqib ketgandi. Qariyaning o‘zi bu haqda amerikalik ko‘ngilli askarga – “Ko‘prikdagi chol” hikoyasini kitobxonga bayon etguvchi roviy ( bu odamning prototipi aslida muallif Xemingueydir!) ga qarata shunday deydi: “Ha, dedi u, hayvonlarni deb orqada qoldim.San Karlosni tashlab chiqqan so‘nggi odam menman” .

Ha, yoshini yashab oshini oshab bo‘lgan ushbu odamning o‘z yurtiga, aziz San Karlosiga muhabbati benihoya kuchli edi. Askar yigit uning qayerdan ekanligini so‘ragan epizodda bu hol ko‘z o‘ngimizda juda yorqin namoyon bo‘lgan: “... San Karlosdanman, dedi u. Ona shahrini esiga tushirganigami, mumnun iljayib qo‘ydi”. Shu iljayish, shu tabassumning o‘zida Vatanga muhabbat suv yuzida aks etgan to‘lin oydek jilva qilgandi. Bu muhabbat esa yesenincha ibora bilan aytganda, qariyaning “uka”lari – ikki echkiyu bir mushuk hamda to‘rt juft kaptarga ayricha mehr qo‘yish, juda ko‘p odamlarga xos bo‘lmagan o‘sha o‘ziga xos tuyg‘ula uyg‘unlikni yuzaga keltirgandi. Kiyimlari kir, yuzi necha kundan beri sovun ko‘rmagan bu odam boshpanasi yo‘qligiga, kimsasizligiga qaramay, faqat va faqat qadrdon shahrida qolgan qadrdon jonivorlarini o‘ylab, tashvish tortardi. Hikoyaga diqqat bilan razm solgan o‘quvchi chol aytgan gaplarning yarmidan ko‘pi yolg‘iz ana shu tashvish oqimidangina iboratligini sezishi qiyin emas:

1) “Men hayvonlardan xavotirdaman...” 2) “ularni tashlab keldim...” 3) “faqat hayvonlarim...Mushuk, albatta, xalos bo‘la oladi. Lekin boshqalari... Bilolmadim.” 4) “mushukdan ko‘nglim to‘qa, lekin boshqalarichi?... Xo‘sh, siz bu haqda qanday fikrdasiz?” 5) “Shaharni to‘plardan o‘qqa tutishsa, ular nima qiladi-a?...” 6)“Men faqat hayvonlarimdan tashvishdaman,... faqat hayvonlarimdan...”

Savol tug‘iladi: nega faqat hayvonlardan?! Odamlarchi?! Boya aytilgani-dek, bu paytda butun Ispaniya ikkiga bo‘lingancha hokimiyat talashib, bir-birining go‘shtini yer, azim yurtni o‘liklar-u vayronalarga to‘ldirgan edi. Cholning esa har ikki tomonga ham daxli yo‘q. O‘zi aytganidek, siyosatga qiziqmasdi. Ehtimol, atrofini o‘ragan munofiqlik, razolat, turli siyosiy mojarolar, aqidaparastlik uning odamlardan butunlay bezishiga, hayotining bor mazmuni jonivorlar bo‘lib qolishiga olib kelgandir?! Ko‘prik chetida o‘ychan o‘tirgan bu keksa dil sohibi ruhiyati Yeseninning lirik qahramoni kayfiyatiga juda yaqindir:

Odamlardan yuvdim ilgimni,

O‘z do‘stlarim sari intildim.

Eng chiroyli galstugimni

Kuchuklarning bo‘yniga ildim.

Buyuk nemis faylasufi Fridrix Nitsshe esa “Odamlardan qoch, hayvonlarga

bor” deya xitob etgandi.

Alalxusus, ulug‘ Xeminguey o‘zining “Ko‘prikdagi chol” hikoyasi bilan “Yovvoyi yo‘rg‘a” (E.SetonTompson), “Mumu” (I.Turgenev), “Jungli kitobi” (R.Kipling) singari dunyo adabiyotining ajoyib namunalariga javoban Ispaniya urushidan xotira sifatida jonivorlarga qarata mo‘jazgina madhiya yaratdi.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish