V bob
ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYOTIDA GUMANITAR, ANIQ VA TABIIY FANLAR YUTUQLARINING BADIIY SINTEZI
(Fizik shoir Mustaqim Jumayev ruboiylari misolida)
V.1. Rofiyning hissiy she’rlari
Adabiyot tarixi bir qancha noodatiy hollarga, o‘ziga xos voqeliklarga guvoh. Bular sirasiga ayniqsa, ijod ahli bosib o‘tgan hayot yo‘li, undagi antiqa va qiziqarli holatlarni kiritish mumkin. O‘zining to‘rt satriga butun olamni sig‘dira olgan Umar Xayyomning aslida astronom, fizik ekanligi, zooveterenariya texnikumida ta’lim olib, zootexnik kasbini egallagan Chingiz otli yigitning jahonga mashhur adib bo‘lib, Chingiz Aytmatov bo‘lib yetishgani fikrimiz dalilidir. Shu ma’lumotlarning o‘ziyoq Hazrati insonning serqirra mavjudot ekanligini, faqat bir soha bilan chegaralanib qololmasligini ko‘rsatadi. Ana shunday fikr, ana shunday e’tiqod bilan yashayotgan, ijod qilayotgan shoirlardan biri Mustaqim Jumayevdir.
Ma’lumki, Buxoro adabiy muhiti azaldan milliy adabiyotimizda ay richa o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Ro‘dakiy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Toshpo‘lat Hamid, Ne’mat Aminov, Sadriddir Salim Buxoriylar, bugungi kunning faol adiblaridan sanalgan Jamol Kamol, Isroil Subhoniy, Toshpo‘lat Ahmad, Samandar Vohidovlar qatorida biz Mustaqim Jumayevni ham ko‘ramiz. Bu inson aslida o‘z sohasi — fizika fani bo‘yicha nafaqat respublikamizning, balki dunyoning ham ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning aniq fanlar doirasida yaratgan tadqiqotlari, orttirgan o‘ta chuqur bilimi, va albatta, biz yuqorida ta’kidlaganimiz fikru e’tiqod uning faoliyat doirasini juda ham kengaytirib yubordi. Go‘zal ruhiy olami ta’sirida yashovchi har bir insonda bo‘lganidek, unda ham badiiy ijodga muhabbat, ilhom zavqi, shu bilan birga, ilhom hamda olam iztirobida “huruj” etishi o‘sha serqirralikning uchinchi sababidir. Rofiy taxallusi ostida qalam tebratayotgan bu xassos shoir odamzodning yashashdan maqsadi olamni anglamoqdir, deya hisoblaydi. Bu fikrning in’ikosi uning “Dunyo bilmoq — yashashdan murod” nomli she’rida aks etgan. Chindan ham, inson, uning mavjudligi mohiyati nene faylasuflarni, mutafakkirlarni o‘ylantirmagan. Ana shu o‘y uni adabiyotning sirli olamiga yetaklagan bo‘lsa ajab emas.
Rofiy ham shoir, ham she’riyat muxlisi sifatida Hofiz, Xayyom, Sa’diy, Bedil singari ulkan ijodkorlarni sevib mutolaa qiladi hamda bu zotlarni o‘ziga ustoz deb biladi. Xususan, buyuk Xayyom taqdiri uning taqdirida ham o‘ziga xos iz qoldirgani shubhasiz. Lirika, hissiyot vositasida dunyo sababiyatlarini, tabiat va jamiyatning azaliy muammolarini aks ettirish, bu vositaning “ruboiy” atalmish sehrli to‘rtlik shaklidaligi, va albatta, bu ikki shaxsning fizika, tabiiyot ilmining mohir mutaxassisi ekanligi ularning egiz qismat egalari bo‘lishiga zamin hozirladi.
Mustaqim Jumayev ruboiylarining bosh ruhi Olam va odamning ilo
hiy qonuniyatlar bo‘yicha bunyod bo‘lgani haqidagi dunyoqarashdir. Bu ruh
ning Aflotunda ham, Attorda ham, Navoiyda ham, Mashrabu Tolstoyda
ham ustuvor ekanligini ta’kidlash joiz.
Rofiy faylasuf va shoir sifatida Insonni butun borliqning eng oliy ijodi, mavjudoti deb hisoblaydi. Shuning uchun odam bolasi o‘z asosi — Yaratganga xush kelmaydigan har qanday illatlardan uzoq bo‘lishi lozimligini uqtiradi. U insoniylik, uning mohiyati, umuman, inson fenomeniga katta e’tibor qaratadi. Inson ekanligidan iftixor etadi. Chunonchi, bir ruboiysida “Insonligim o‘zi ulug‘ martaba” deydi. Bu kabi omillar Rofiyni Yevropaning ulug‘ gumanistlari bo‘lmish E. Rotterdamskiy, D.Didro, Volter, J.J.Russolar dunyoqarashiga yaqin tafakkur sohibi ekanligini ko‘rsatadi.
Rofiy ruboiyoti nafaqat ilmiy she’rlardan, balki chin insoniy tuyg‘ularga boy sof lirik ash’ordan, axloqiyta’limiy poeziyadan ham iborat. Shoir o‘zining ilk she’riy to‘plami — “Koinot buzilur bo‘lmasa me’yor”da ruboiylarini hozirgina aytib o‘tilgan tartibda bo‘limlarga ajratgan. Jumladan, “Dunyo go‘zal borchun muhabbat” da o‘lmas mavzusevgi va vafo, izhori dil va hajr lirikasi, “Aqling yetmas ishni sen qilma zinhor” da didaktik masalalar, “Dunyoni o‘rganmoq — yashashdan murod”, “Taqdir tilsimi” hamda “Koinot buzilur bo‘lmasa me’yor” da esa Tabiat, borliq, inson masalalari yoritilgan ruboiylar tasvir obyekti, obrazlilik asosiga ko‘ra tasniflanib, mazkur bo‘limlarga kiritilgan.
Ushbu bobda Rofiy to‘plamidagi ana shu qat’iy sistemaga rioya qilgan holda, fizika va lirika omuxtasi bo‘lmish bu ajoyib ruboiylarni tahlil va talqin etish, ulardagi o‘ziga xos jihatlarga, yana ham to‘g‘rirog‘i, mazkur shoir ijodida ilmfan (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fizika va hokazo) yutuqlari qay tarzda yoritilganiga e’tiborni qaratish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumki, nozik insoniy tuyg‘ular, ayniqsa, muhabbat ko‘ngillarni
nurafshon etuvchi, kishini kabohatdan asrovchi, uni odam qiyofasida saq
lovchi qudratli kuchdir. Sharq-u G‘arbda “Muhabbatsiz kishi misoli o‘lik”
degan gap yuradi. Shu sabab sevgi uchun millatu dinning, kasbu tabaqaning
tafovuti yo‘q. Rofiy bir ruboiysida buni juda yorqin aks ettiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |