IV bob
XIX – XX ASRLAR YEVROPA HAMDA AMERIKA ADA
BIYOTIDA BIOLOGIK VA SOTSIAL FANLARNING
BILVOSITA TAJASSUM TOPISHI
IV.1. A.Chexovning “G‘ilof bandasi” hikoyasida shaxs erki va
unga to‘siq bo‘luvchi kuchlar masalasi
Kimnidir tuproqqa qo‘yish, albatta, juda mahzun hol. Bunda o‘zing
ni ham, erkingni ham yer tortayotgandek, tortib olayotgandek sezasan. Biroq dafn senga hurlik keltirsachi?! Aynan shunday holni A.P. Chexov qahramonlari boshlaridan kechirgan, o‘shanda gimnaziya muallimi Burkin
“Oh, erkinlik, erkinlik! U nasib bo‘lishi to‘g‘risidagi zaif bir umid, hatto bir shama ham qalbga madad beradi... ” deya hayqirgan edi. Bu qanday o‘limki ozodlik baxsh etsa? Madfunga o‘zining qo‘rquvga to‘la hayotidan abadiy ozod bo‘lish nasibligi rost. Ammo tiriklarga-chi?
O‘sha tiriklar nafaqat gimnaziya direktori, Turgenevu Shchedrinlarni
o‘qigan o‘qituvchilar, balki butun shahar aholisi edi. Ko‘p yillar davomida ular qo‘rquv iskanjasida yashashdi. Odamlar “dadilroq gapirishdan, xat berib, xat olishdan, oshnachilik qilishdan, kitob o‘qishdan, kambag‘allarga yordam berishdan, odamlarga savod o‘rgatishdan qo‘rqib qolishdi...” Mazkur holning bosh sababchisi esa nihoyatda badgumon, har bir ijozat yoki yangilikka doim “orqasidan bir falokat chiqmasin”, deb shubhalanuvchi, gimnaziya talabalarining tartibidan norozi yuruvchi, bu narsaga “ishqilib boshliqlar qulog‘iga yetmasa yaxshi edi”, deb xavfsirovchi grek tili muallimi Belikov edi. U teatr to‘garagi, kutubxona yoki bufet ochishga berilgan ruxsatga shubha orasida qarash bilan birga, hatto, o‘qituvchi va uning opasi velosiped mingani-dan esankirab, buni
ta’qiqlamoqchi bo‘ladi. Man etilgan narsalarnigina ma’qullovchi konservativ
kayfiyatdagi bu odam Chexov yaratgan eng yaxshi xarakterlardan biridir.
Anton Pavlovich uning tashqi tomoni – yurishturishi, turmush tarzi bilan ichki jihatlari – xulq-atvori, qarashlarining nihoyatda mutanosibligini Burkin tilidan faqat o‘zi kabi so‘z ustalarigagina xos mahorat-la tasvirlaydi:
Belikovning tashqi xususiyatlari:
1. Ob-havo yaxshi paytda ham issiq paxtali palto, kalish kiyib, qo‘lida
soyabon bilan yuradi.
2. Uning soyaboni ham, soati ham, qalamtaroshi ham g‘ilofda.
3. Hamma vaqt yoqasini baland ko‘tarib, yuzini yoqasi bilan berkitadi.
4. Izvoshga tushsa soyabonni ko‘tarib qo‘yishni buyuradi.
5. Ayni damdagi voqelikdan g‘ashi kelib,o‘tgan zamonlarni maqtagani-maqtagan.
6. Pedagogika kengashlaridagi me’yordan ortiq ehtiyotkorona, g‘ilofli mulohazalari bilan hammaning tinkasini quritadi.
7. Hamkasblarinikiga borib, go‘yo nimanidir poylaydi. Jimgina o‘tirib, yana qaytib ketadi.
8. Yog‘li va yovg‘on ovqat yemaydi.
9. Ayol kishidan xizmatchi saqlamaydi.
10. Yotoqxonasi krovatiga parda tutilgan.
11. Havo juda issiq esada, boshini ko‘rpaga burkab uxlaydi.
Ichki xususiyatlari:
1. Biror keskinroq harakat, voqelikdan tashvishga tushadi.
2. Biror narsa ta’qiqlangan farmoyish va gazeta maqolasi unga tushunarli, ijozat esa hamisha shubhali, chuchmaldek tuyuladi.
3. O‘quvchilardan hech rozi emas. 4. Vahimali tushlar ko‘radi.
Mazkur ikki xarakteristika asosida umumiyroq xulosalar chiqarsak:
a) Belikov o‘zini tashqi ta’sirlardan ihota qilmoqchi bo‘ladi. Buning sababi: b) go‘yo o‘sha narsalar unga xavf solayotgandek qo‘rquvga, dahshatga tushadi. Aynan shu tuyg‘uni butun shahar aholisiga ham yuqtiradi. Ivan Ivanovich ta’kidlaganidek, odamlar dim havo va tiqilinchda yashaydilar, umrlarini dangasalar, esi pastlar orasida o‘tkazadilar. Demakki, Belikovga xos g‘ilofga bandalik, “tilla baliqlik”, meshchanlik ijtimoiylashdi. Demakki, Belikov obrazi ham xarakter, ham tip. Bular asosida esa mazkur obrazni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talqin qilish mumkin:
1) siyosiy-ijtimoiy jihat 2) ahloqiy jihat 3) tarixiy jihat.
Ularning dastlabkisi ushbu faktga tayanadi: halokat yoqasidagi siyosiy re- jim jon talvasasida har qanday erkin ham yangicha fikr va harakatdan qo’r- qib,uni daf etish uchun g‘iloflangan jamiyat yaratib, shu jamiyat orasiga qo’rquv va ayg‘oqchilar urug‘ini sochadi.Belikovning-da ayg‘oqchilikka moyilligi kuchli.
Ahloqiy jihatdan bo‘lsa, u mana buningdek izohlanadi: turmush ikir-chikirlari bilan qotib qolgan, konservativ ruhdagi odamlar, odatlar va qarashlar iste’dodlar, yuksalishlar yo‘lidagi to‘g‘anoqdir.
Tarixiy jihat esa bizni podsho Rossiyasining XIX asr oxiridagi umumiy kayfiyatiga diqqatimizni qaratadi. Zero o‘z tarixiy davrini yashab bo‘lgan tuzum va tizim oldingi zamonlarga qaytishni, mutelikni, hech narsaning o‘zgarmasligini istar, buning uchun ozodlik va yangilikka da’vat qilayotgan o‘sha paytlarda mamlakatda juda keng tarqalmish turli burjua-demokratik va sotsialistik guruhlar, uyushmalarning, umuman, erkin dunyoqarashning kuchini qirqishga zo‘r berib urinar, butun aristokratlar, meshchanlar ommasi ( Belikov o‘sha ommaning bir vakili!) talvasaga tushgan edi... Mana, nihoyat, Belikov Belikov qo‘rquv-u gumondan iborat be’mani hayoti-la vidolashdi. Kishilar go’- ristondan kayflari chog‘, o‘zlari esa erkin bo‘lib qaytishdi. Belikov ko‘mildi, “...lekin unga o‘xshagan g‘ilof bandalari yana qancha bor, yana qancha bo’- bo‘lajak!”
Do'stlaringiz bilan baham: |