Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини



Download 368 Kb.
bet33/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

X U L O S A

Ushbu magistrlik dissertatsiyasidan ko‘zlangan bosh maqsad ilm-fan

yutuqlarining badiiy adabiyotdagi talqinini tadqiq etib, ratsional xususiyatga ega ijtimoiy ong shakli bo‘lmish FANning irratsional jihatlariga e’tiborni qaratish edi. Buning uchun Homerning “Iliada” sida jamiyatshunoslik va psixologiyaga, Dantening “Ilohiy komediya” sida yurisprudensiya, fizika hamda geografiyaga, A. Chexov, M. Tven, Xeminguey qalamiga mansub ba’zi asarlarda shaxs erki va unga to‘siq bo‘luvchi kuchlarga, biosotsiologiya va sotsiologiyaga, Bulgakovning “Usta va Margarita”, “Kasofat tuxumlar”, “Ityurak” singari romanu qissalarida ilmiy fantastikaga, Mustaqim Jumayev (Rofiy) ruboiylarida esa fizikadagi to‘lqin nazariyasi, kosmologiyaga, shuningdek, inson hamda jamiyat falsafasiga oid qator masalalar qanday yoritilgani, qanday badiiy talqin topgani tadqiq etildi. Shu jarayonda Fan va uning “ildiz” i bo‘lmish falsafaning tarixiy rivojlanishini kuzatib, ularning dunyo tamaddunida tutgan o‘rniga baho berildi.

Fanning bevosita maqsadi o‘zining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Falsafa esa insonning dunyoda tutgan o‘rni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy faoliyatining bir shaklidir. U Shopengauer aytganidek, san’atda bor bo‘yu basti bilan namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan,fan va san’atning o‘zaro bog‘liqligi, ilmfanning adabiyotga ta’siri masalasi doimo eng asosiy estetik muammolardan biri bo‘lib kelgan. Bu ikki ijtimoiy ong shakli – fan hamda san’at (aniqrog‘i, badiiy adabiyot) ning farqli va o‘xshash jihatlari juda qadim zamonlardayoq mutafakkirlarni o‘ziga tortgan, ko‘pdan-ko‘p bahs-u munozaralarga mavzu bo‘lgandi. Chunonchi, ulug‘ faylasuf Aristotel o‘zining “Poetika” sida Homer va Empedoklni o‘zaro qiyoslab, ularning biri shoir, boshqasi esa olim ekanligini ta’kidlaydi. Bu ikki shaxsning o‘xshashligini esa ular yaratgan asarlar muayyan she’riy shaklda (vaznda) ekanligi bilan izoh

laydi. Mazkur masala, ya’ni badiiy adabiyotda ilmfan yutuqlarining aks

etishi masalasini Lessing, Gegel, Belinskiy singari allomalar ham yoritishgan.

Taqdirning o‘zgarmasligi haqidagi ta’limotni bosh tamoyilga aylantirgan antik yunon adabiyoti hamda dramaturgiyasi o‘zidan keyingi zamonlarda jahon adabiyoti uchun namuna, mezon vazifasini bajardi. Renessans hamda klassitsizm madaniyati buning yorqin dalilidir. Mazkur dissertatsiyada shu holatlarga ham e’tibor qaratildi.

So‘ngra ilmfanning dunyo adabiyotiga ta’siri masalasini o‘rganib, fan yutuqlari badiiy obraz uchun shunchaki bir vosita emasligini, ilmiy kashfiyotlar ko‘p hollarda ijodkorning g‘oyaviybadiiy kopsepsiyasini ochishda hal qiluvchi rol o‘ynashini turli zamonlarda yashagan so‘z san’atkorlari ijodiyoti misolida tekshirildi.

XIX XX asrlar Yevropa va Amerika hayotidagi tub o‘zgarishlar bu

mintaqalar adabiyotida ham o‘z aksini topdi. Jumladan, shaxs huquqi masalasi dolzarb masalaga aylangan asr rus jamiyati sharoitida Anton Chexov mashhur “G‘ilof bandasi” asarini yozdi. Darvinning evolyutsion ta’limotiga qiziqish kuchli bo‘lgan AQShda esa Mark Tven, Ernest Xemingueylar biosotsiologik ruhdagi, ya’ni jonivorlar tasviri fonida murakkab ijtimoiy munosabatlarni tasvirladi. Bulgakov ilmiy o‘tkir satiraga boy ilmiy fantastikani qadim asotirlar bilan uyg‘unlashtirgan bo‘lsa, Gabo Markes mifologiyadan siyosiy hamda maishiy hayotning sehrli realizm libosidagi tajassumini yaratishda foydalandi.

Namuna sifatida tanlangan asarlarda fan yutuqlarining turli jihatlar bo‘yicha qay yo‘sinda talqin etilganini kuzatilib, shu asarlarning o‘zaro gnoseologik va genealogik munosabati aniqlandi.

Ushbu tadqiqotda Homer, Dante, Bokkachcho, Bulgakov, Markes hamda

Mustaqim Rofiy ijodi konteksida ilmfan yutuqlarining aks etishi borasidagi ishlar umumlashtirildi.

Magistrlik dissertatsiyasida Antik va Uyg‘onish davri hamda XIX – XX

asrlar dunyo adabiyotida yaratilgan bir qancha durdona asarlar misolida obrazning ijtimoiyfalsafiy ma’no qirralari uning turli fanlar doirasida erishilgan yutuqlar fonida aks etishi asnosida tadqiq etildi.

Ma’lumki, hozirgi texnokratik zamonda axloq, qadriyatlar masalasi



benihoya dorzarb muammoga aylangan. Odamzod me’yor tushunchasini unutib, insoniyat ilgari hech ham to‘qnash kelmagan ulkan muammolar (ekologiya, tabiiy resurslar tanqisligi, OITS, an’anaviy oila institutining yemirilishi va hokazo) ni “yaratdi”. Bu narsa o‘zbek shoirlari G‘afur G‘ulom, Abdulla Oripov, Rauf Parfilar ijodida mazkur shoirlarning doimiy “iztirob manbai” bo‘lib keldi. Bugungi kunda ular izidan borayotgan fizik shoir Mustaqim Jumayev (Rofiy) ham yuqorida tilga olingan masalalarni fizika, mexanika, astronomiya sohamlarida erishilgan yutuqlar asosida badiiy talqin qiladi. Uning fikricha, agar me’yor yo‘qolsa, butun koinot tartibi buziladi. Bu qarashni fan ham, falsafa ham, san’at, xususan, badiiy adabiyot ham tasdiqlaydi. Ana shu jihatlarga ham ushbu dissertatsiyamizda e’tibor qaratildi.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish