Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


IV.3. Ilmiy fantastika va magik realizm uyg‘unligi



Download 368 Kb.
bet27/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

IV.3. Ilmiy fantastika va magik realizm uyg‘unligi

(M. Bulgakov va G. G. Markes ijodi misolida)

XX asrning turli ijtimoiysiyosiy taloto‘plarga, evrilishlarga boy bo‘lgani sir emas. Ijodkorga jamiyat haqidagi bor haqiqatni to‘kib solish ta’qiqlangan yoki cheklab qo‘yilgan ana shunday sharoitda realizm yo‘nalishining bir to‘lqini bo‘lmish magik realizm maydonga keldi. Bugungi kunda umumestetik tushunchaga aylangan mazkur hodisa ilk bor aynan shu nom bilan nemis tanqidchisi Frans Rox (1890 1965) tomonidan tilga olindi. Atoqli san’atshunos 1925 yilda avangard yo‘nalishidagi bir guruh yosh rassomlarni “magik realistlar” deya ta’rifladi. Chunki bu musavvirlar ijodidagi asosiy tasvir obyekti o‘zgarayotgan reallik edi.

Tez orada “sehrli realizm” atamasining ma’no ko‘lami ortdi. Endi

u faqatgina nemis rassomchiligidagi postekspressionizm oqimini anglatuvchi istiloh bo‘libgina qolmay, san’atning boshqa turlariga ham kirib bordi.

1927 yildayoq italyan adibi va adabiyotshunosi Massimo Bontempelli (1878-1960) “magik realizm” ni badiiy adabiyot namunalariga nisbatan qo‘llay boshlagan bo‘lsa, Akira Kurosava, Emir Kusturitsa singari mashhur rejissorlar “Tushlar”, “Arizona orzusi” kabi filmlari bilan uning kinematografiya sohasidagi rivojiga katta hissa qo‘shdilar.

Qo‘llanilish jihatdan ko‘lamdorligiga qaramay, magik realizm aynan badiiy adabiyot yo‘nalishida o‘zining tom ma’nodagi cho‘qqisiga ko‘tarildi. Magik va fantastik unsurlarning asarga ichiga, asar qahramonlari ruhiyatiga singib ketishi, ramzlarga teztez murojaat etish, folklor elementlarining mavjudligi, insoniy ehtiroslarning batafsil yoritilishi, asarning ochiq finali kitobxonga fantastik yoki odatiy dunyoning qurilishida nima haqqoniy hamda muvofiqroq ekanligini baholashga imkon qoldirishi, o‘tgan zamon hozirgi zamon bilan, fizik borliq mistik borliq bilan qaramaqarshi munosabatda bo‘lishi, voqealarning alternativ nuqtai nazardan yuzaga kelishi, ya’ni hikoyachi ovozining uchinchi shaxsdan birinchi shaxsga ko‘chishi, sabab hamda oqibatning o‘zaro o‘rin almashishi... Ko‘pdanko‘p bu xususiyatlar Yevropada buyuk rus adibi Mixail Bulgakov, serb yozuvchisi Goran Petrovichga, Lotin Amerikasida esa kubalik Alexo Karpentyer, gvatemalalik Migel Anxel Asturias, argentinalik Xulio Kortosar, meksikalik Xuan Rulfoyu Karlos Fuentes, va albatta, kolumbiyalik Gabriel Garsia Markeslarga ulkan shuhrat olib keldi. Ular ijodida Bontempelli tili bilan aytganda, ikki reallik

dan — ichki va tashqi reallikdan iborat inson dunyosi aks etib, bunda “real olam” hamda “tasavvur olami” o‘zaro uyg‘unlashdi. XX asrning ushbu qo‘sh dunyodan tuzilgan murakkab, pajmurda qiyofasini esa siru jumboqlar, sarguzashtlar tasvirisiz, yangi asotiru afsonalar yaratmay (aniqrog‘i, eski afsonalarni badiiy jihatdan qayta ishlamay) turib, “chizib” bo‘lmasdi.

Sehr-jodu va ilmiy fantastika bilan bog‘liq voqealar asar g‘oyasini ochishda katta o‘rin tutuvchi bunday adabiyot namunalari ulug‘ adib

M. Bulgakov ijodida salmoqli mavqega ega. 20-yillar Sovet Rossiyasining haqqoniy manzarasi chizilgan “Kasofat tuxumlar” qissasi shu jihatdan e’tiborga molik. Hokimiyat dunyoni butunlay o‘zgartirish da’vosi bilan chiqqan bolsheviklar qo‘liga o‘tganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan davr... Bir yoqda qahatchilik, ikkinchi yoqda esa siyosiy zulm, zo‘ravonlik ... Xullas, real hayotning achchiq manzarasi. Bir tomonda oddiy xalq o‘z turmush tashvishlari bilan band, ikkinchi tomonda esa professor Persikov qandaydir qizil nuru uning yordamida xorijdan keltirilgan tuxumlarni sun’iy tarzda ochish borasidagi ilmiy tadqiqotlari bilan mashg‘ul. Tasodifan shu tuxumlar oddiy tuxumlar bilan almashib, Smolensk guberniyasidagi bir sovxozga borib qoladi. Rokk ismli bir davlat xizmatchisi butun respublikani tovuq go‘shti bilan ta’minlash maqsadida Persikov kashf etgan o‘sha nur yordamida tuxumlarni g‘ayritabiiy yo‘sinda ochtiradi. Oqibatda tuxumlardan jo‘ja emas, bahaybat va dahshatli ilonlar, tuyaqushlar, timsohlar yorib chiqib, odamlarni g‘ajib tashlaydi, yamlamay yutadi. Bu fojia xabari atrofga yashin tezligida tarqalib, Moskvaning odatiy hayotini izdan chiqaradi. Dahshatli mutantlar bilan jang qilishga, ularni qirib tashlashga hatto jangovar qo‘shin ham ojiz edi.

Faqat erta tushgan qahraton sovuqgina issiqjon tropik maxluqlarning vahshatli yurishi hamda ko‘payishiga chek qo‘ydi. Bulgakovning mazkur fantastik voqeani tasvirlashdan maqsadi nima ekanligi o‘quvchi uchun qiziq, albatta.

Agar tarixga diqqat bilan e’tibor qilsak, rus zaminiga yopirilgan

balo-yu ofatlar yo‘liga ayoz, qahraton, to‘g‘rirog‘i, tabiat kuchlari g‘ov bo‘lganligini ko‘ramiz. Jahongir Napoleonning 1812 yilgi bosqinini ham,

Ikkinchi jahon urushi chog‘i gitlerchilar hamlasini ham daf etishda shu

omilning anchamuncha rol o‘ynaganligi haqiqat. “Kasofat tuxumlar” da esa bunga o‘xshash hodisalarning magik talqindagi bir ko‘rinishi aks etgan. Demak, odamzodning bilibbilmay qilgan xatolarini ona tabiat tuzatadi. Bandalarning dardu alamlarini ham Yaratganning o‘zi aritadi.

Biroq qissadan chiquvchi asosiy hissa bu emas. Gap shundaki, G‘arbda

paydo bo‘lgan, inson hurligiga qarshi qaratilgan g‘ayriinsoniy g‘oyalar — marksistik, kommunistik dunyoqarash aynan Sharqda — qoloq Rossiyada amaliyotda sinab ko‘rildi. Mag‘ribga nisbatan taraqqiyotda ancha orqada bo‘lgan Rossiyaga marksizmning “eksport” qilingani chet eldan keltirilgan kasofat tuxumlar obrazi orqali usta adib tomonidan yuksak mahorat bilan gavdalantirilgan. Hozirgi kunda ham dunyoning turli mintaqalariga g‘arazli niyatlarni ko‘zlagan kuchlar tomonidan soxta “demokratiya” ni sun’iy ravishda ko‘chirishga urinishlar bo‘layotgani, oqibatda Yer yuzida yangidanyangi olovli nuqtalar yuzaga kelayotgani sir emas. Shu jihatdan olib qarasak, barcha buyuk so‘z san’atkorlari singari bashorat qilish salohiyatiga ega bo‘lgan Bulgakovning o‘tgan asr birinchi yarmida yashab, bugungi XXI asr voqeligini oldindan ko‘rgani, ogohlikka chaqirgani e’tiborga loyiqdir. Uning bu ogohi slavyan mifologiyasi va fantastika orqali, ramziy ma’nodagi “tuxumlar” obrazi yordamida ifodalanganligi esa magik realizmga xos bir qator alomatlarni tushunishga imkon beradi. Chunki yuragi zada adib mustabid tuzum sharoitida hayot haqiqatlarini ochib tashlashga faqat ramziylik vositasida erishishi mumkin edi. Uning “Ityurak” nomli boshqa asarida ham sho‘ro jamiyatining kirdikorlari magiya va fantastika pardasi yordamida fosh etilgan. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko‘chirib o‘tqazadi hamda jonivor keyinchalik Sharikov deb nom qo‘yilgan yarim it, yarim odam bir maxluqqa — ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. Katta istehzo bilan yaratilgan bu obrazda aslida bolsheviklar “dohiy” si timsoli yashiringan. Shu bilan birga, mazkur qissadan ayniqsa hozirgi zamon

uchun katta xavf tug‘dirayotgan “ilmfan yutuqlari” ning — sun’iy urchitish yo‘li bilan turli jonivorlar, va hattoki inson klonini yaratishga urinishlarning oqibatida har xil zombiyu manqurtlar, mutantlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi ham anglashiladi. Ityurak sharikovlarning hayotimizga kirib kelishini, ularning Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi” da tasvirlagan ikszurriyodlardek, qing‘irlikni ko‘zlagan har xil siyosiy kuchlar qo‘lida o‘yinchoqqa aylanishini, vayronkor g‘oyalar yo‘lida xizmat qilishini bir tasavvur qiling!

Ha, sharikovlar, kasofat tuxumlar buguncha ichki reallik (magiya) dir.

Biroq ertaga ular tashqi reallikka aylanishi mumkin!

Umuman olganda, magik realizm tajribasi sehru mo‘jizalar tark etgan, Yaratganga, uning qudratiga ishonch, e’tiqod tark etgan makonlarga yana qachondir g‘ayb kuchlari qaytishini tasdiqlaydi. Faqat bunda manfiy xususiyatga ega magik kuchlar nahs bosgan muhitga tushib, uning avra-astarini ag‘darib yuborgani kuzatiladi. Ular qatorida “Usta va Margarita” romanidagi iblis Voland hamda uning Korovyov, Azazello, Begemot kabi sheriklari alohida o‘ringa ega ekanligi shubhasiz. Mazkur magik qahramonlar dahriylar yurtiga kelib, daf’atan hamma yoqni ostin-ustun qilgan — bir odamning tramvay ostida qolishiyu ikkinchisining jinnixonaga tushishini oldindan aytib bergan, boz ustiga, teatrda juda g‘aroyib, magiya va achchiq satira bilan sug‘orilgan, soxta kiyimlar ulashib, badnafs bandalarning sharmandasi chiqarilgan ulkan tomosha uyushtirish orqali odamlaru umuman o‘sha jamiyatning qanchalar tuban ekanligini butun Moskvaga ko‘rsatib qo‘ygandi.

Ta’kidlash joizki, Voland iblis bo‘lsa-da, salbiy personaj emas. MASSOLIT da ishlaydigan “alloma” Berliozning bu mamlakatda ko‘pchilik anchadan buyon tangriga ishonmay qo‘ygani haqidagi gaplaridan hatto

odatda Yaratganga muxolifatda turuvchi mavjudot sifatida tushuniladigan shayton ham taajjubga, dahshatga tushadi:“... shuning uchun ham u atrofdagi uylarga qo‘rqapisa ko‘z yugurtirib chiqdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan xavotirlanayotganday edi.”

Shu epizodning o‘zi zamonlar osha kelgan mistik mavjudot Voland bilan hozirgi zamondagi (ya’ni, asar voqealari kechayotgan davrdagi) ruhsiz,

quruq tanadangina iborat fizik muhit o‘rtasida vujudga kelgan kuchli ziddiyatga ochiq misoldir (Qarama-qarshilikning bunday ko‘rinishi magik realizmga xos xususiyatlardan biri ekanligini yuqorida aytib o‘tgandik).

Biroq Voland shu imonsizlar jamiyati ichidan ham insoniylik qiyofasini

yo‘qotmagan kishilarni topa bildi. Bular Pontiy Pilat to‘g‘risida roman yozgani uchun “adabiyotshunos” Latunskiyga o‘xshagan ablahlar tomonidan jinnixonaga tiqilgan Usta hamda uning sevgilisi Margarita edi.

Umuman, mistika, sehrafsunga yo‘g‘rilgan mazkur romandagi bir qator epizodlar — bosh qahramonlardan biri Margaritaning g‘am va musibatdan jodugarga aylanishi, xuddi rus asotirlarida supurgiga minib uchib yuruvchi yalmog‘izdek, cho‘tka yordamida parvoz etishi, real olamdan tasavvur olamiga

o‘tib, iblis huzurida olamshumul balda ishtirok etishi va shu kabi g‘aroyib

sarguzashtlar sehr qobig‘idagi realizmning alomatlaridandir.

Asar davomida Bulgakovning Ustanida, Margaritanida Voland vositasida magik olamga bosqichmabosqich “yaqinlashtirish” i, boshqacha qilib aytganda, ularni haqiqiy ruhiy olamlariga “qaytarish” i ham magrealizmning magik qud- ratini yana bir bor ko‘rsatadi. Chunki sohir realizm nazariyotchisi Bontem- pelli bejiz zamonaviy san’at oldida turgan asosiy masala o‘ziga xos “ruhiy geometriya” yaratib, insonni o‘z ruhiy vataniga qaytarishdir, deya ta’kidlamagan.

Shunday qilib, “Usta va Margarita” hamda boshqa asarlar Mixail Bulgakov sehr, fantastika, o‘tkir hajv, shuningdek, shafqatsiz realizm o‘zaro kesishgan magik realizmning ulkan vakili ekanligiga dalildir. Ammo bu ijodiy oqim tom ma’noda Lotin Amerikasi adabiyotida bor bo‘y-u basti bilan namoyon bo‘ldi.

Lotin Amerikasi ... Afsonaviy Mayya sivilizatsiyasi, atsteku inklarning boy madaniyati, Machu Pikchu obidalari, Chichen-Itsa piramidalari, so‘ng ispan, portugal singari roman xalqlarining yopirilib kelishi, Eldorado, yevropaliklar hamda hindular, qora tanlilarning chatishib ketishi, uzoq davom etgan mustamlakachilik, kovboylar, korrida, futbol, chachacha, tango, serenada, karna-vallar, kofe, bepoyon And tizmalari, Amazonka, Amazoniya changalzorlari, Anxel sharsharasi,Panama kanali, ajoyib plyajlar, ispan-u kechua tillari aralash zabonda so‘zlashuvchi shodon, shu bilan birga, o‘ch olishga moyil, qiziqqon odamlar ...

Bu omillarning bari XX asrning 50-80 yillari oralig‘ida ushbu mintaqada ulkan “vulqon” otilishiga olib keldi. Dunyo kitobxonlari, adabiyotshunoslari asosiy diqqate’tiborlarini ana shu “vulqon” ga, magrealizmdan to‘yingan shu ulug‘ “portlash” ga qaratdi. Bu yirik adabiy hodisaga aynan sehrli realizm sabab bo‘ldi. Mahalliy hindularning qadim rivoyatu miflari, urfodatlari, diniy e’tiqodlari hamda Yevropadan kelgan ispancha, portugalcha dunyoqarash, katolik axloqi o‘zaro uyg‘unlik hosil qilgani esa Lotin Amerikancha sohir realizmga zamin hozirlagandi. Umuman, Tinch va Atlantika ummonlari orali-g‘ida joylashgan Janubiy hamda Markaziy Amerika mamlakatlari xalqlari o‘ziga xos turmush tarzi, fe’latvori, o‘z jamiyatlari uchungina xarakterli bo‘lgan ichki ruhiyat, hayot dinamikasi bilan jahondagi boshqa mintaqalardan sezilarli farq qiladi. Aynan shu hudud “Eski dunyo” vakili X. Kolumb tomonidan “Yangi dunyo” sifatida kashf etilgan. Biroq ana shu “Yangi dun-yo” “Eski dunyo” — Yevropaning qadimiy ruhini o‘zida asrab keladi. Bugungi kunda biz Mexiko, Gavana, Montevideoyu SanPauluning, Santyago, Bogota, Karakas-u Buenos-Ayresning g‘ovurg‘uvur ko‘chalarida O‘rta asrlar Yevropasidagi quvnoq, xushchaqchaq, ehtirosga boy, mag‘rur kishilarni, o‘tmish davrlar magiyasi ta’sirida ulg‘aygan odamlarni uchratamiz. Naql qilishlaricha,

juda go‘zal til bo‘lmish mumtoz ispan tili Ispaniyada emas, balki Lotin Amerikasida saqlanib qolgan. Ana shu joylarda, ana shu tilda so‘zlashuvchilar, ana shunday xarakter egalari orasida bundan sakson besh muqaddam tug‘ilgan Gabo ismli bolakay keyinchalik bu sehrli diyorning sir-u sinoatini, mohiyatini bor ziddiyatu fazilatlari bilan ko‘rsatib berdi.

Lotin Amerikasi kim uchundir dam olish, tomoshalar, ko‘ngilxushliklar maskani, yana kimdir uchun korrupsiya, buzuqchilik, narkomafiya o‘chog‘i,

boshqa birov uchun esa turli madaniyatlar tutashgan chorraha hisoblanadi. Markes uning safdoshlari ijodida bu xususiyatlarning barini ko‘rish mumkin.

Albatta, Lotin Amerikasi hayot tarzi, uning badiiy adabiyotdagi ifodasi “Ming bir kecha” dagi rivoyatlar yoki fransuz romanlaridek romantik emas. Unda tashqi va ichki (magik) realizm mujassam. Bu adabiyotdagi bosh falsafiybadiiy tamoyil mifik tafakkurdir. Ildizi yerli hindular sig‘ingan Itsam-na, Buyuk Ruh va shu kabi ilohlarga bo‘lgan e’tiqodlarga, kosmogonik dun-yoqarashlarga borib taqalguvchi bu tafakkur tarzi oxiroqibatda XX asrning soxta sanamlarini — diktatorlarni (Xorxe Salameaning “Buyuk Burundun Bu-runda o‘ldi” (1952), Karpentyerning “Uslubning beqarorligi” (1974), Markes yaratgan “Buzrukning kuzi” (1975) kabi asarlarda aynan shu mavzu — mustabidlik masalasi yoritilgan) hokimiyatga olib keldi. O‘sha paytlarda qud-ratli davlatlarning bosimi bilan xorijga qaram bo‘lgan, moddiy va ma’naviy boyliklariga o‘zi egalik qilolmagan, qonunsizlik, terror, qo‘rquv ostida qolgan Lotin Amerikasining ozurda qalbi qashshoqlikdan, zulmdan sillasi qurigan xalqlarining dardu alamlari bilan to‘libtoshgani haqiqat. “Oshkora qotillik qis-sasi” uchun Nobel mukofotini olayotgan chog‘da (1982 yil) Markes quyidagilarni bejizga kuyinib so‘zlamagandi:

Lotin amerikasilik yigirma million bola ikki yoshga to‘lmasdan o‘lib ketishdi. Repressiya tufayli badar ketganlarning soni bir yuzu yigirma mingdan oshdi. Bir million chililik yoki aholining o‘n foizi mamlakatini tashlab ketishga majbur bo‘lishdi. Jami ikki yarim million aholiga ega mo‘jazgina Urugvayning har beshinchi kishisi quvg‘inda yashaydi. Lotin Ame-rikasidan ketib qolgan qochog‘u muhojirlarni agar bir joyga to‘plab, davlat tuzishsa bormi, aholisi miqdori Norvegiyanikidan ancha ko‘p bo‘lar edi.



... Yevropalik taraqqiyparvarlar mamlakatlarida o‘rnatishmoqchi bo‘lgan sotsial adolat nega endi Lotin Amerikasiga to‘g‘ri kelmas ekan?... Yo‘q, Lotin Amerikasi beiroda shaxmat piyodasi bo‘lishni aslo istamaydi va bunday bo‘lmaydi ham.”

“Oshkora qotillik qissasi” dagiday, ayonoshkor ro‘y berayotgan qotillikka loqayd qarash, g‘aflat tuyg‘usi, “Yolg‘izlikning yuz yili” da tasvirlanganidek, o‘z qobig‘iga o‘ralashish, asriy yolg‘izlikka mahkumlik nafaqat Lotin Amerikasining, balki butun zaminning ham eng ulug‘ fojialaridan biridir.

Buendialar sulolasining qismati aslida butun insoniyat qismatidir.

Favqulodda jozibasi, sehrjodu tasviridan to‘yingan chuqur mazmuni, g‘oyalari bilan dunyo adabiyotini boyitgan “Yolg‘izlikning yuz yili” — bir oilaning yuz yillik hayoti aks etgan ushbu roman Makondo qishlog‘iga Melkiades ismli bashoratgo‘y, dono lo‘lining tashrifidan boshlangan. Bu odam Buendialar sulolasining taqdiri haqida shunday karomat qiladi: “Avlodning




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish