B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


- ishqor eritmasi va oltingugurt angidridi ishlatilmay oftobda oq  kishmishdan quritilgan mayiz; sabza



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

 
- ishqor eritmasi va oltingugurt angidridi ishlatilmay oftobda oq 
kishmishdan quritilgan mayiz;
sabza
 
- qaynoq ishqor eritmasiga botirib olib, oftobda quritilgan mayiz;
zarsimon sabza
 
- avvalo ishqor eritmasiga botirib olib va oltingugurt 
angidridi bilan dudlab, so‗ngra shtabelda quritilgan oq kishmish; 
soyaki
 
- maxsus xonalarda oq kishmishdan soyaki qilib quritiladi. Bunda 
ishqor va oltingugurt qo‗llanilmaydi;
ishg„oniy
 
- qora kishmishdan qilinadigan mayiz;
germiyon
 
- kattaqo‗rg‗on, sultoni, nimrang kabi yirik g‗ujumli uzum 
navlaridan tayyorlanadi. Quritishdan avval uzum qaynoq ishqorga botirib olinadi, 
keyin ochiq joyga yoyib qo‗yiladi;


108 
shtabelgermiyon
 
- kattaqo‗rg‗on, sultoni, nimrang kabi navlardan oltingugurt 
bilan dudlab tayyorlanadi, shtabellarga taxlab quritiladi; 
qora vassarg„a
 
- qora uzum navlaridan dorilanmay oftobda quritiladi; 
chillaki
 
– chillaki va gerbosh uzum navlaridan dorilanmay oftobda quritiladi; 
avlon
 
- har xil nav uzumlardan dorilanmay, faqat oftobda quritib olingan 
mayiz. 
Uzum quritish asosan 4 usulga bo‗linadi: oftobi, objo‗sh, shtabel, soyaki.
Oftobi
 
- qaynoq ishqor bilan ishlov bermasdan ochiq oftob yaxshi 
tushadigan maydonlarda yoyib quritish usuli. Bu usulda asosan kishmish navlari 
quritilib, mayizning asosiy qismi shu usulda tayyorlanadi. Bu quritish 20-30 kun 
davom etadi. Har 6-8 kunda uzum boshlari ag‗darib turilishi lozim. Kaftda 
g‗ijimlaganda bir oz ezilsa-yu, ammo bir-biriga yopishib qolmasa, mayiz qurib 
tayyor bo‗lgan deb hisoblanadi. 
Quritilgan mahsulot xas-cho‗plardan tozalanib, shamolda sovuriladi va nami 
bir me‘yorda bo‗lishi uchun uyum-uyum qilib qo‗yiladi. Bu usulning kamchiligi - 
mayiz juda uzoq vaqt quritiladi, iflosligi birmuncha ko‗p bo‗ladi, quruq mahsulot 
chiqishi kam bo‗ladi (22-25 %). 
Objo‘sh
- uzumni ishqorli qaynoq suvga botirib olib, oftobga yoyib quritish 
usuli. Bu usulda asosan kattaqo‗rg‗on, sultoni, rizamat, nimrang singari yirik 
donali uzum navlari quritiladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, ishqorli 
qaynoq suvga botirib olingandan keyin uzum po‗stida mayda-mayda yoriqlar 
paydo bo‗ladi, ustidagi g‗ubori ketadi. Bu esa uzumning qurish muddatini 3-4 
baravar qisqartiradi hamda mahsulot sifati yaxshilanib, mayiz chiqish miqdori ham 
birmuncha ko‗payadi. 
Quritishdan oldin uzum navlarga ajratilib 2-3 kilogrammli elaklarga solinib 
0,3-0,4 % li qaynoq ishqorga 6-8 soniya muddatga botirib olinadi. Har 100 litr 
suvga 300-400 gramm ishqor solinib, suv 7-8 minut qaynagandan keyin 
elaklardagi uzumlarni botirib olish tavsiya etiladi. Agar uzumda yoriqchalar paydo 
bo‗lmasa biroz ko‗proq muddat (11-12 soniya) ushlash mumkin yoki qo‗shiladigan 


109 
soda konsentratsiyasini biroz oshirish, agar uzum juda ezilib ketadigan bo‗lsa biroz 
qo‗shimcha suv qo‗shish mumkin. 
Hajmi 200 litrli qozonga ko‗pi bilan 10 sentner uzumni botirib olish tavsiya 
qilinadi, keyin esa eritma almashtirilishi lozim. Quritish 6-12 kun davom etib, har 
2-3 kun o‗tganda uzum boshlari ag‗darilib turilishi lozim. Bu usulda uzum 
quritilganda standart bo‗yicha 26-30 % mayiz olish mumkin. Mayiz qurigandan 
keyin tozalanib bir me‘yorda bo‗lishi uchun uyib qo‗yiladi. 
Bu usulda mayiz tayyorlash hozirgi kunda uzumchilik ho‗jaliklarida keng 
qo‗llanilmoqda, Chunki qurish muddatining qisqarishi ho‗jaliklar uchun muhim 
ahamyatga egadir. 
Shtabel
 
- bu usulda asosan oq rangli uzumlar quritilib, oltingugurt bilan 
dudlanadi. Oltingugurt bilan dudlashdan oldin xuddi objo‗shdagidek ishqorli 
eritmaga botirib olinib, maxsus patnislarga yoyilib dudlash xonalariga terilib 
qo‗yilishi lozim (12-20 qatordan). Dudlashda uzumning ranglariga qarab, boshqa-
boshqa joylashtirilsa, sarflanadigan oltingugurt miqdorini to‗g‗ri belgilash 
yengillashadi. Bu usulda uzum quritilganda, objo‗sh usulidagiga nisbatan 2-3 % 
ko‗proq mahsulot olinadi. Dudlangan uzum tarkibidagi qand miqdori to‗liq 
saqlanib qolishdan tashqari sulfit angidridning antiseptik ta‘siri tufayli 
mikroorganizmlar yo‗q qilinadi. 
Oq uzumlarga 1-1,5 soat, pushti uzumlarga 0,6-0,8 gramm oltingugurt 
tutatilishi lozim. Stasionar bo‗limlarda dudlash yanada yaxshiroq, ya‘ni sifatliroq 
bo‗lishi mumkin, bunday bo‗limlarga bir yo‗la 200 patnis, ya‘ni bir tonna atrofida 
uzum joylashtirish mumkin.
Dudlash paytida tepadagi patnis ustiga bo‗sh patnis yopib qo‗yiladi. Har 2-3 
kundan keyin ulardagi uzum ag‗darib qo‗yiladi, ayni vaqtda pastdagi patnislar 
ustiga olinadi, ustidagilar pastga qo‗yiladi. Quritish 15-25 kun davom etadi. Bu 
usulda uzum quritilganda 27-32 % kishmish, 26-27 % mayiz olinishi mumkin. 
Mayizning qanddorligi 62-68 %, namligi 17-18 % atrofida bo‗lishi lozim.


110 
Dudlash bo‗limlarining har 1 m

hajmiga uzumning rangliga qarab 
oltingugurt sarflash jadvalda keltirilgan. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish