B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


Qaysa tayyorlash texnologiyasi



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

 
Qaysa tayyorlash texnologiyasi.
Qaysa tayyorlash uchun yuqorida 
aytganimizdek, o‗rikning danagi olib tashlab quritiladi. Bunda yirik donali, yuqori 
navli o‗riklar quritiladi. Mahsulotni quritishga tayyorlash (danagini ajratish) uchun 
xarajat ko‗p bo‗lganligi sababli bu usul kam qo‗llaniladi. Quritish texnologik 
jarayoni qariyib turshak tayyorlash jarayonidan farq qilmaydi. 
Qaysaning bahosi turshaknikiga nisbatan ancha yuqori bo‗lganligi sababli 
qilingan harajatlar o‗rnini olingan foyda bir necha barobar ko‗proq qoplaydi. Shu 
sababli o‗rikni shu usulda quritishga ko‗proq e‘tibor berish lozim. 
Bu usulda quritish uchun danagi mag‗zidan oson ajraladigan o‗rik navlari 
qulay bo‗lib hisoblanadi. Quritish 8-14 kun davom etadi. Standart bo‗yicha 18 % li 
namlikda 20-28 % miqdorda quruq tayyor mahsulot olish mumkin. 
 
Kuraga tayyorlash texnologiyasi
.
Kuraga tayyorlashda o‗rikni terish, 
tashish, saqlash navlarga ajratish, yuvish, dudlash va boshqa texnologik tadbirlar 
turshak, qaysa tayyorlashdan farq qilmaydi. 
Bu usulda quritish uchun yirik donali o‗riklar tanlanib, yuvilgandan keyin 
chizig‗idan ikkiga ajratib danagi olib tashlanadi. Meva pallachalari qaynoq suvda 1 
soat tutilib, ichki tomonini ustka qaratib teriladi, har killogramm mahsulot hisobiga 
1,5-2 g oltingugurt hisobida 60-80 soniya davomida tutatiladi. Dudlangan meva 
patnisi bilan birga so‗kchaklarga olib quritiladi. Namining 2/3 qismi kamaygandan 
keyin o‗rik pallalari ag‗darilib qo‗yiladi va taxminan namining 3/4 qismi 
qochgandan keyin patnislarni taxlarga taxlab qo‗yish lozim. Bu usulda quritilganda 


103 
18 % namlik bilan 20-28 % quruq mahsulot olish mumkin. Jami quritish davri
10-15 kun davom etadi. 
Olmani quritish.
Olma - O‗zbekistonda eng ko‗p tarqalgan hamda keng 
iste‘mol qilinadigan mevadir. Olmalar asosan ho‗l holda iste‘mol qilinadi. 
Kechpishar navlari saqlashga chidamli bo‗lganligi sababli uzoq muddat saqlash 
imkoni bor. Asosan to‗kilgan hamda standart bo‗lmagan olmalar quritiladi. 
Bunday mahsulotlar umumiy hosilning 25-50 % ni tashkil etadi. Olmani barcha 
navlaridan qoqi qilinaveradi. Qand moddasi va kislotasi ko‗proq xushbo‗y, eti oq 
va och sariq olmadan sifatli qoqi tayyorlash mumkin.
Olmani qoqi qilishda asosan qand moddasi va kislotasi ko‗proq, xushbo‗y, eti 
oq yoki och sariq, navlari quritiladi. 
Quritish asosan quyidagi usullarda o‗tkaziladi: 
1. 
Oddiy usulda quritish, bunda mevaning po‗sti archilmaydi. 
2. 
Fransuzcha usulda quritish, bunda mevaning po‗sti archilib, urug‗i olinadi. 
Bu usulda quritilganda mevalar terilgandan keyin navlarga ajratiladi, yuviladi, 
to‗g‗raladi, 
po‗stidan 
ajratiladi, 
dudlanadi, 
quritilgandan 
keyin 
nami 
baravarlashtirilib, yashiklarga solinib saqlanadi. 
Quritish uchun olmalar texnik pishish davrida yoki to‗liq texnik pishishdan 
2-3 kun oldin yig‗ishtirib olinadi. Bu davrda navlariga qarab olma qanddorligi 8-16 
%, kislotaliligi 0,2-1 % bo‗lishi kerak.
Quritishdan oldin navlarga ajratilgan olmani yuvish mashinalarida yoki toza 
suv solingan vannalarda yuvib, turli mikroorganizmlardan chang va iflosliklardan 
tozalanadi. 
Olma po‗sti archilgandan keyin to‗g‗ralib 2-3 % li namakobga solinadi. Bu 
esa, uning tabiiy rangining o‗zgarmasligiga yordam beradi. Keyin patnislarga 
solinib oltingugurt bilan dudlanadi yoki oltingugurtli angidrid eritmasida 
dorilanadi. Dudlashda har 1kilogramm olma uchun 1,5-2 grammdan oltingugurt 
sarflanadi. Dudlash 35-40 minut davom etishi lozim. Oltingugurtning o‗rniga 0,1-
0,2 % li sulfat angidrid eritmasi bilan 1-2 minut ishlov berish ham mumkin.


104 
Dudlangan patnislar quritish maydonchasidagi so‗kchaklarga qo‗yib, 
oftobda quritiladi. 24 - 30 soatdan so‗ng olma gardishlari ag‗darib chiqiladi, yana 
shuncha vaqt o‗tgach, patnislar soya joyga olinib, shtabel qilib taxlab qo‗yiladi.
Quritish usuli, havo harorati, olmaning yirik-maydaligiga qarab quritish 3-5 
kundan 14-15 kungacha davom etishi mumkin. Po‗stidan tozalab quritilganda 12-
15 % gacha, tozalanganda 17-20 % gacha olma qoqi olinib, qanddorligi 43-62 %, 
kislotaliligi 1-4 % gacha bo‗lishi mumkin. Quritilgan mahsulot tarkibidagi namlik 
20 % dan oshmasligi lozim. Bu namlikda qoqi elastik, ezganda ushalmaydigan 
bo‗ladi. Tayyor mahsulotni 10-15 kun yashiklarda solib saqlangandan keyin, ya‘ni 
namligi baravarlashgandan so‗ng sotuvga chiqarish mumkin.
Olma qoqi dizinfeksiya qilingan toza binoda 0-10 ᵒC haroratda, 60-65 % 
havo namligida saqlanishi lozim. Olmaning asosan quyidagi navlaridan sifatli olma 
qoqi olinishi mumkin: Pervenes Samarkanda, Delishes, Zolotoy greyma, Parmen 
zimniy zolotoy, Grafenshteynskiy va Osenniy zolotoy. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish