B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

 
Nazorat savollari 
1.
Go‗sht tarkibida qanday moddalar mavjud? 
2.
Go‗shtlarning kimyoviy tarkibi nimaga bog‗liq? 
3.
Go‗sht va go‗sht mahsulotlari haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Go‗shtning yetilishi davrini tushuntiring? 
5.
Go‗shtlar qancha muddatda etiladi? 
6.
Go‗shtlarda mikroorganizmlar ta‘sirida bo‗ladigan o‗zgarishlar? 
7.
Tovuq go‗shtini kimyoviy tarkibi? 
8.
Yog‗ni ozuqaviy qiymatini tushuntiring? 
9.
Submahsulotlar haqida nimalarni bilasiz? 
10.
Nima uchun sterilizasiya jarayoni ishlatiladi? 
 
 
 


150 
IX BOB. Baliqdan tayyorlangan konservalar 
Baliqlarning tuzilishi va ozuqaviy qiymati 
Baliq – suvda jabralari orqali nafas oladigan, hayot kechiradigan va 
rivojlanadigan umurtqali suv jonivori hisoblanadi. Baliq va uni qayta ishlab 
olinadigan mahsulotlar to‗la qiymatli oqsil manbai hisoblanib, shifobaxshlik va 
parhezlik xususiyatiga ega ekanligi bilan qadrlanadi. O‗zbekistonda qadimdan 
baliqchilik bilan shug‗ullanib kelingan. Respublikaning daryo va ko‗llarida 60 dan 
ortiq baliq turlari yashaydi. Shulardan eng ahamiyatlilari zog‗ora, do‗ngpeshona, 
sudak, oqcha (leshch), tobonbaliq, cho‗rtan baliq, ilonbosh, qizilko‗z (vobla) kabi 
baliq turlari hisoblanadi. Avvallari baliqlar asosan Orol dengizi, dengiz yaqinidagi 
ko‗llar, Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi. So‗nggi yillarda bir qancha 
yirik baliqchilik xo‗jaliklari tashkil etilishi va baliqlarni sun‘iy urchitish yo‗lga 
qo‗yilishi natijasida respublikamizda baliq yetishtirish barqaror tus oldi. Hozirgi 
kunda respublikamizda «O‗zbaliqsanoat» korporasiyasi tashkil etilib, bu 
korporasiya tizimida bir necha baliqchilik birlashmalari, kombinatlari, baliqchilik 
xo‗jaliklari, ―Ixtiopotologiya― markazi va ulgurji savdo omborxonalari faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Respublikamizda baliqchilikni rivojlantirishda «O‗zbaliqsanoat» 
korporasiyasining «Suv havzalari jonivorlarini o‗rganish» instituti katta ahamiyat 
kasb etmoqda.
Baliqlarning tana tuzilishi. Baliq asosan bosh, tana, dum qismi va suzgich 
qanotlardan tashkil topadi. Baliqlarda bu qismlarning shakllari va o‗lchamlari har 
xil bo‗lib, baliqlarning yashash sharoitlariga bog‗liq bo‗ladi. Baliq tanasi tashqi 
qismdan teri bilan himoyalangan bo‗lib, teri hujayralari pigmentlari baliqqa 
ma‘lum rang beradi. Teri sirtida shilimshiq modda ishlab chiqaradigan hujayralar 
bo‗ladi. Ana shu shilimshiq moddalar baliqning suvda suzishini osonlashtiradi, 
baliqni tashqi muhit va mikroorganizmlar ta‘siridan himoya qiladi. Ko‗pchilik 
baliqlarning terisi tashqi tomondan yupqa plastinkachalar holidagi tangachalar 
bilan qoplangan bo‗ladi. Vaqt o‗tishi bilan tangachalar qatlami ham ko‗payib 
boradi va ba‘zi hollarda shu qatlamlarning qalinligi baliq yoshidan dalolat beradi. 


151 
Baliq tanasi skeletlari tog‗aylardan (osetra baliqlari oilasi) va suyaklardan tashkil 
topadi. Ko‗pchilik baliqlarning skeletlari suyaklardan tashkil topadi. Baliq tanasida 
qancha kam bo‗lsa, ularning ozuqaviy qiymati shuncha yuqori bo‗ladi. 
Baliqlarning suzgich qanotlari juft va toq bo‗ladi. Ularning ko‗krak, qorin suzgich 
qanotlari juft, bel, chiqaruv organi va dum suzgich qanotlari esa toq bo‗ladi. 
Suzgich qanotlarining tuzilishi, soni va ularning qanday joylashganligiga qarab 
baliqning qaysi xilga va baliq oilasiga mansubligini aniqlash mumkin. Baliqning 
bel va chiqaruv organi suzgich qanotlari uning muvozanatini saqlashga, ko‗krak, 
qorin qismida joylashgan suzgich qanotlari baliq harakatini o‗zgartirishga yordam 
bersa, dum suzgich qanotlari esa oldinga harakat qlishga yordam beradi. 
Baliqlarning nafas olish organi jabralari hisoblanib, ular baliqning bosh 
qisdaqiqaing ikki yon tarafida joylashgan bo‗ladi. Baliqlar ana shu jabralari 
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Baliqlarning iste‘mol 
qilinadigan va iste‘mol qilinmaydigan qismlarining nisbati baliqlarning turiga, 
jinsiga, katta-kichikligi va semizligiga qarab har xil bo‗ladi. Baliqlarni sanoat 
miqyosida qayta ishlaganda ulardan chiqit chiqmaydi, Chunki ularning iste‘molga 
yaroqsiz qismlaridan ham mollarga em sifatida beriladigan unlar va erga 
solinadigan o‗g‗itlar ishlab chiqariladi.

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish