117
shaklidagi
tirgovuchlar
2,5
metr
oralig‗i
o‗rnatilib, reykalar bilan
mustahkamlanadi. Har ikki tomonidan 4-5 qator qilib, 35-40 sm oraliqda sim yoki
eshilgan kanop tortiladi. Bir tonna mahsulotni quritish uchun mavsumda (4 marta
quritilganda) 9 ta dastgoh, yasash uchun 1,1 kub. metr yog‗och sarflanadi.
Dastgohlarni yig‗ma shaklida ham yasash mumkin. Qovun quritish paytida
quyidagilarga e‘tibor berish kerak: quritish maydonchasini doimo ozoda holda
ushlash kerak; stol va navlarni tozaligini nazorat qilish, zarurat tug‗ilganda ularni
ishqorli
eritma bilan artib turish; ishchilar qovunni qirqish, simlarga osish va
barcha ish jarayonlarida ehtiyot choralariga amal qilish yuzasidan instruktaj
o‗tkazish; xom ashyoni qayta ishlaydigan va quritilgan tayyor mahsulotni
saqlaydigan omborlarni uy hayvonlari, kemiruvchi
va hasha-rotlardan muhofaza
qilish tadbirlarini ko‗rish; qovun quritishdan oldin barcha zarur asbob-uskunalar
bilan to‗liq jihozlanishi va ular ishga yaroqli holda bo‗lishi shart. Qovun qoqi
tayyorlashda pishib etilgan va kasallanmagan qovunning barcha nav mevalari
yaroqli hisoblanadi. Biroq etining zichlik darajasiga qarab, uni qirqish va
quritishning turli usulini tanlash tavsiya etiladi. Eti zich bo‗lgan «Ichqizil», «Oq
urug‗», «Ko‗kcha», «Gulobi», «To‗q sariq» va boshqa
navlarni oddiy usulda
ilmoqlarda quritish mumkin. YUmshoq etli «Bosvoldi», «Toshloqi», «Gurbek»
nav mevalarini qirqib, osish paytida eti uzilib ketadi, shuning uchun ular
tozalangandan keyin qirqilib, so‗kchaklarga yoyilgan holda 2-3 kun davomida
dastlab quritish, so‗ngra yaxshi qurib yetilishi uchun simlarga osib qo‗yiladi. Ob-
havo sharoiti va qirqilgan qovun bo‗laklari qalinligiga qarab quritish muddati 6-12
kungacha davom etadi. Butun, sog‗lom
qovunlar ajratib olinib, ular yuviladi yoki
ho‗l latta bilan artiladi. Undan keyin teng ikki bo‗lakka bo‗linib, urug‗i olinadi.
Kesilgan pallalar tilimlarga bo‗linib, qalinligi 3-4 sm bo‗ladi va po‗sti tozalanib,
bir juft qilib quritish uchun osib qo‗yiladi. Qovunni eti qarsildoq navlari
(«Ko‗kcha», «Ich-qizil») tilib osish paytida uzilib ketishi bois ularni avval
so‗kchaklarga yoygan holda quritib, so‗litiladi, yumshagandan so‗ng reykalardan
foydalanish mumkin. Quritilgan tayyor mahsulotni chiqish
miqdori turli navlarda
118
har xil bo‗lib, qovun tarkibidagi qand miqdori, urug‗ga, qovun po‗stining qalinligi
va etining chiqishiga qarab aniqlanadi. Qovunning mexanik usulda tekshirish
chog‗ining tarkibiy qismlari turlicha ekanligi aniqlandi. Shuning uchun qovunni
tilib quritish paytida har xil navlardan turli miqdorda qoqi olinadi. «Ko‗kcha»,
«Bosvoldi» va «Gurbek» navlaridan 4,5-5,4 foiz qoqi olinadi. Boshqa nav
mevalaridan esa 7,5-10,7 foiz mahsulot tayyorlanadi. Bir tonna qovun qoqi olish
uchun 11,7-15,2 tonna xom ashyo sarflanadi.
Quritilgan mahsulotning tayyorligi kesilgan qovun bo‗laklarining holatiga
qarab aniqlanadi.
Qoqi egiluvchan, kaftda qisilganda, undan shira oqmasligi va
tarkibidagi namlik 20 foizdan ortiq bo‗lmasligi shart. Shuningdek, xom ashyoni
quritish maydoniga navlarga ajratilgan holda keltirilishi kerak. Bu ishga
xo‗jalikning urug‗chilik hosiloti boshchilik qiladi.
Qovun etidan foydalanish
ishlarini konserva korxonalarida ham tashkil etish mumkin. Buning uchun
korxonada maxsus quritish maydonchalari bo‗lishi kerak. Qovun quritadigan
maydoncha hajmi va keltiriladigan xom ashyo miqdoriga qarab, ish bir smenada
tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: