314
yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir.
Bayon
shaklidagi hikoya – yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.
Bayon shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va
ikkinchi darajali hususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya – undan darsning oxirida
o‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma’ruza metodi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida, oliy ta’lim muassasalarida foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir
o‘qituvchining bayoni va o‘quvchilarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni
yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv
materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini
oshirish maqsadida
o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi. O‘quv
materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa
chiqarishni taklif etish talabalarning o‘quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi.
Suhbat metodi orqali o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri dialog shaklidagi ta’lim
metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish
va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
o‘zaro muvofiqlashadi. Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: evristik suhbat, katoxezistik
suhbat. Evristik suhbat o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan metod bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir
o‘qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi.
Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo‘lib, undan qadimgi Gresiyada Suqrot mohirona
foydalangan. U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda “izlanish suhbati” ham deb yuritaladi. Evristik
suhbatning
qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo‘l bilan o‘quv materialini o‘rganish;
o‘zlashtirishning individual harakter kasb etishi.
Katoxezistik suhbat o‘quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga
mo‘ljallab o‘tkaziladi. O‘tkazish maqsadiga ko‘ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari
mavjud:
Yakuniy suhbat. Bunday suhbatda mashg‘ulotda qilingan ishlar bo‘yicha umumiy va
yakuniy xulosa chiqariladi. Mustahkamlash suhbati – yangi mavzu tushuntirilgandan keyin
o‘tkaziladi, so‘ngra yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi. Takrorlash suhbati
ikki yoki undan ortiq mavzu bo‘yicha o‘tkaziladi. Takrorlash yo‘li bilan ko‘nikmalar
takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo‘lim o‘tilgandan so‘ng, o‘quv boshida,
oxirida tashkil etiladi. Kirish suhbati yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tkaziladi.
Nazorat
suhbati bilimlarni sinab ko‘rish maqsadida tashkil etiladi.
Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo‘lib, uning yordamida ko‘ruv o‘quvi va
tafakkur o‘zaro uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
illyustratsiya metodi – og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi
yozuvlarga diqqatni tortish.
Namoyish etish metodi – video lavhalar kabi o‘qitish texnik vositalari asosida, shuningdek,
televizor ko‘rsatuvlaridan,
videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Videoproektordan va kompyuterlardan keng foydalanadi. Tabiiy ko‘rgazmalar – narsalarning o‘zi,
predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko‘rsatish. Ko‘rgazmali metodlar eshitish va ko‘rishni
o‘zaro uyg‘unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og‘zaki bayon qilish
metodlari bilan yonma-yon foydalanish ta’limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish metodlari. Muammoli izlanish turidagi metodlar o‘quvchilarning
tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta’lim metodidir. Bu metodlar asosida
o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri quyidagicha
umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Muammoli izlanish metodlari ham tajribada sof holda qo‘llanilmaydi. Muammolarni
qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi.
Shuningdek, ma’ruza o‘qib
turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazmali qurollar