B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM 
JARAYONIDA BOLALARNING FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH 

Tuychieva I.I. 
Farg‘ona davlat universiteti, kafedra mudiri 
Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimining metodik ta’minotini takomillashtirish, 
innovatsion yondashuvlar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni intellektual jihatdan 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va 
ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab 
olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning 
malaka darajasini yuksaltirish” [1] kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida 
maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni 
singdirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik yo‘nalishlarini 
aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishning metodik 
imkoniyatlarini aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon modelini maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning o‘zaro hamkorligini 
ta’minlash hamda ustuvor prinsiplar asosida ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Bugungi kunda MTTlarda va uyda bolalarni o‘qitishning mavjud dasturi alohida 
ko‘nikmalarning shakllanishi va rivojlanishiga yordam beradi, bular: diqqat, idrok, predmetlarni 
shakli, rangi, material teksturasi bo‘yicha farqlashni bilish, hisoblash, so‘zlarni tushunish va 
boshqalar. Ammo kimdir avval mazkur mashg‘ulotlar natijasida kompleks malaka sifatida 
bolaning fikrlashi rivojlanishini kuzatganmi? O‘qitishning asosiy vazifasi faqatgina bolani 
qandaydir aniq bilimlar va undan foydanish malakalarini o‘rgatish emas, balki yanada murakkab 
vazifalarni yechishda ularni qo‘llash, yangi vazifalar va natijalarni ishlab chiqishdir. Faol 
fikrlashning aynan mazkur malakasi bolalarning kelgusida maktabdagi hamda kasbiy ta’lim 
muassasalaridagi o‘qishlarining muvaffaqiyatliligining asosi uchun javob beradi. 
Zamonaviy maktabgacha pedagogika ham mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beradi: shubhasiz 
ular bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning jadaj aqliy va shaxsiy rivojlanishlariga 
ko‘maklashadi, ularni maktabga ta’lim olishga rejali tayyorlaydi. 
Hozirgi vaqtda turli jihatlarda mashg‘ulotlarni takomillashtirish davom etmoqda: ta’limning 
mazmuni kengaymoqda va murakkablashmoqda, har xil faoliyat turlarining integratsiya 
shakllarini, ta’lim jarayoniga o‘yinni kiritish usullarini izlash, bolalarni tashkil etishging yangi 


325 
(noana’anaviy) shakllarini izlash amalga oshiriladi. 
Butun guruh bolalari bilan frontal mashg‘ulotlardan kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 
o‘tishni ko‘proq kuzatish mumkin. bu holat ta’lim sifatini ta’minlaydi: bolalarga individual 
yondashuv, bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ularning xususiyatlarini inobatga 
olish [2, 16]. 
Yana bir muhim tendensiya kuzatiladi – maktabgacha yoshdagi bolalar tanishtiriladigan har 
bir sohada mashg‘ulotlar tizimini qurish. Kundalik hayot tadbirlari bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lgan, 
asta-sekin murakkablashib boruvchi mashg‘ulotlar tizimi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarning 
zarur aqliy va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlovchi optimal yo‘ldir. 
Mashg‘ulotlarni tashkil etish shaklidan qat’iy nazar, mashg‘ulotlarda o‘qitish avvalo 
dasturiyligi bilan farqlanadi. Pedagog mashg‘ulot davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 
dasturiy mazmunni belgilaydi. 
Mashg‘ulotlar ko‘p jihatdan o‘qitish mazmuni va bolalar faoliyatining o‘ziga xosligi bilan 
belgilanadigan muayyan strukturaga ega bo‘ladi. Mazkur omillardan qat’iy nazar, ixtiyoriy 
mashg‘ulotda umumiy mazmun va metodika bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uchta asosiy qism 
ajratiladi, bular: boshlanishi, mashg‘ulotning borishi (jarayon) va yakunlanishi. 
Hozirgi vaqtda MTTlarning ish amaliyotida ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari 
samarali 
foydalanilmoqda: 
bolalarning 
yosh 
xususiyatlarini 
inobatga 
olgan 
holda 
shakllantiriladigan kichik guruhlardagi mashg‘ulotlar. Mashg‘ulotlar o‘yin va ertak syujetlari 
bilan boyitiladi. Bola o‘yin mazmuni bilan mashg‘ul bo‘lib, yashirin o‘quv vazifasini payqamaydi. 
Mazkur mashg‘ulotlar bolaning vaqtini ajratishga yordam berib, u bundan o‘z xohishiga ko‘ra 
foydalanishi: dam olishi yoki o‘zi uchun qiziq bo‘lgan yoki emotsional ahamiyatli bo‘lgan ish 
bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Bularning barchasi mashg‘ulotni yanada qiziqarli, jozibali, yanada samarali bo‘lishiga 
yordam beradi. Mashg‘ulotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun amaliyotda quyidagi shakllardan 
keng foydalaniladi: NOD-suhbat, NOD-kuzatuv, bu shakllarni katta maktabgacha yoshdagi 
bolalar bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Zamonaviy MTTlarda ertakterapiya mashg‘ulotlari juda 
dolzarb bo‘lib, mashg‘ulotning mazkur shaklida bola bilan xavfsiz o‘zaro munosabatda bo‘lish 
imkoni mavjud, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan 
holda ertak terapiyasi davomida bolalarda axloqiy qadriyatlar rivojlanadi, istalmagan xulq 
korreksiya qilinadi, konstruktiv ijtimoiylashuvga ko‘maklashuvchi kompetensiyalar shakllanadi 
va yakuniy natijada bolalarda bilishga oid faollik rivojlanadi.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasidan biz quyidagi xulosalarga keldik: 
1)
Bilishga oid faollik bu ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqillik va 
atrof-olamga qiziqishda ifodalanuvchi shaxs xususiyatidir. 
2)
Bilishga oid faollikni rivojlantirish fikrlash va idrok etish jarayonida namoyon bo‘ladi 
va sifatli o‘zgarishlar hamda ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: energetik (kuch-quvvatli) (bola 
faoliyatga qiziqadi, bilishda tirishqoqlikni namoyon etadi); mazmunli (o‘qish jarayonida faoliyat 
natijalari, vaziyatdagi madaniy jihatlarni belgilash); 
3)
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilishga oid faollikni rivojlantirish savollarda, 
mulohazalarda, solishtirishda namoyon bo‘ladi va alohida sohadagi maqsadga yo‘nalganlik bilan 
tavsiflanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilishga oid faolliklarini rivojlantirishning muhim 
vositasi o‘yinli texnologiyalardan foydalaniladigan mashg‘ulotlar hisoblanadi. Shuningdek, bola 
o‘zini o‘z faoliyatining sub’ekti sifatida his qilishi uchun barcha mumkin bo‘lgan va yoshiga mos 
bo‘lgan jihozlardan samarali foydalanish lozim. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish