B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


Yuqorida bayon etilgan kompetensiyalardan tashqari yana bir nechta jihatini



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Yuqorida bayon etilgan kompetensiyalardan tashqari yana bir nechta jihatini 
koʻrsatib oʻtish mumkin:

Kommunikativlik kompetensiya 
- jamiyatda oʻzaro muloqotga kirishish uchun avvalo 
ona tili va birorta xorijiy tilni oʻlashtirishi ulardan muloqotda samarali foydalana olishi. 

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi 
- mavjud media manbalar (internet, teleradio, 
audio, video yozuvlar, bosma nashrlar elektron pochta va boshqalardan kerakli malumotlarni izlab 
topa olish. 

Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi 
- jamiyatda boʻlayotgan voqea, hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish kabilardir. 


309 
Bu uchala kompetentsiya ham bugungi kunda eng asosiy hisoblanadi. 
Bizga maʼlimki, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim Vazirligining 2018-yil 7-
iyuldagi 4-sonli xayʼat qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha talim muassasasi 
Davlat oʻquv dasturining 3-bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanganligi ham fikrimizning yorqin misoli boʻla oladi [1, 6-
bet]. Chunki, tarbiyalanuvchilarda dasturda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun 
ham tarbiyachilarimizda bularning oʻzi shaklangan boʻlmogʻi zarur. Tarbiyachi kompetentligi 
kasbiy mahorati, oʻz sohasini yaxshi bilishi, kasbiy malakasini oshirib borishi, kasbiy faoliyati 
davomida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalana olishi jarayonida namoyon boʻladi. 

Tarbiyachining kasbiy mahorati uning shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrihohligi, 
insonparvarligi, mehribonligi, samimiyligi, nazokati va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, 
fidoiyligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u oʻz oʻquv 
fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogic-psixologik va metodik tayyorgarligida, oʻqitish, 
tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yoʻllarini izlab topib, amaliy faoliyatda qoʻllashida 
namoyon boʻladi.

Tarbiyachining oʻz sohasini bilishi - kasbiga oid barcha fanlarni chuqur bilishi, oʻz ustida 
tinimsiz ishlashi, doimiy izlanishi, dunyoqarashining kengligi, oʻzini tarbiyalashi uchun koʻproq 
ilm olishi, intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, estetik jihatdan tarbiyalanganligi, 
mehnatsevarligi va mehnatga layoqatliligi hamda pedagogik qobiliyatlarning barchasini oʻzida 
mujassamlashtirganligida koʻrinadi.

Tarbiyachining kasbiy malakasini oshirib borishi, oʻz ustida ishlashi, bugungi kun 
yangiliklaridan xabardor boʻlishi hamda malakasini oshirib borish jarayonida namoyon boʻladi. 
Hozirgi kunda tarbiyachi, pedagoglar har uch yilda bir marta qayta tayyorlash institutlarida oʻz 
malakalarini oshiradilar. Buning natijasida ular axborot texnologiyalarini taʼlim jarayonida 
qoʻllashning yangi imkonoyatlari, metod va usullari bilan yaqindan tanishadilar hamda olgan 
bilimlarini oʻz ish faoliyatlarida tatbiq etish koʻnikma va malakalariga ega boʻladilar. 

Tarbiyachi faoliyati davomida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi, 
taʼlim berish va taʼlim olishni еngillashtiradi, zamonaviy axborot texnologiyalari quyidagilarga 
boʻlinadi: 
Audio va video materiallardan foydalanishi; 
Kompyuter texnologiyalardan unumli foydalanishi; 
Multimediali taʼlimni tashkil etishi; 
Kompyuterda konstruktorlik ishlarini olib borishi. 
Ana shu axborot texnologiyalarini taʼlimda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlarini koʻrib 
chiqamiz. 
Tarbiyachi uchun: 

Taʼlim berish samarasini oshiradi; 

Uzviylik va tizimlilikni taʼminlaydi; 

Anʼanaviy tarzda tashkil etishga koʻmaklashadi; 

Dunyoqarashini oshiradi; 

Taʼlim berish jarayonida qulaylik yaratadi. 
Tarbiyalanuvchilar uchun: 

taʼlim olish samarasini oshiradi; 

taʼlim olishga boʻlgan qiziqishni oʻrgatadi; 

bolalarni dunyoqarashlarini kengaytiradi; 

bolalarni aqliy faoliyati hamda fikrlash qobilyatini rivojlantiradi; 

shaxsiy sifatlarni takomollashtirishga xizmat qiladi. 
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi 
kunda har tomolama rivojlangan shaxsni tarbiyalash uchun avvalo taʼlim beruvchi 
tarbiyachilarning oʻzlari tarbiyalangan va shuning bilan birga zamonaviy, kasbiy bilim, koʻnikma, 
malakalarga hamda shaxsiy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishlari lozim. 


310 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish