B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Литература
1.
Маркова А.К. и др. Мотивация учения и её воспитание у школьников. – М.: 
Педагогика, 1983. - 158 с. 
2.
Маркова А.К. Психология профессионализма. – М., 1996,-308 с. 
3.
Мижериков В.А., Ермоленко MR Введение в педагогическую деятельность: Учеб. 
Пособие для студентов педагогических учебных произведений. – М.: Педагогическое 
общество России, 2002, -268 с. 
4.
Мудрик А.В, Социальная педагогика: Учеб. для студ. пед. вузов / Под ред. 
В.А.Сластёнина. – М.: Изд. центр «Академия», 2000 -192 с. 
5.
Мышление учителя: Личностные механизмы и понятийный аппарат / Под ред. 
Ю.Л.Кулюткина, Г.С.Сухобский. – М.: Педагогика, 1990. - 104 с.
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARGA TA’LIM BERISHNING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Suvankulov U. 
Samarqand davlat universiteti, magistrant 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, 
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni 
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish, dunyoda benihoya ojiza, maxsus parvarishga muhtoj bo‘lib tug‘iladigan va qisqa vaqtda 
jonli mavjudot ichida eng yuqori cho‘qqiga chiqa oladigan, barcha narsalarga o‘z xukmini 
o‘tkazadigan, tabiat qonunlaridan foydalangan holda uni ham o‘z muhofazasiga oladigan, 
ontogenetik taraqqiyot bosqichida qisqa vaqtda mislsiz katta yo‘lni bosib o‘tadigan qudratga ega 
bo‘lgan mavjudot – inson bolasidir. Uning kuch-qudrati aqlidadir. Har bir davlat, jamiyat 
taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, mamlakatda yashovchi fuqarolarning aqliy saviyasi bilan 
belgilanadi. Shu sababli ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlar aqlli, idrokli, iqtidorli, ma’lumotli, 
qobilyatli, talantli kishilarni o‘zga mamlakatlardan o‘z davlatiga olib kelish choralarini ko‘rishgan. 
AQShning hozirgi kundagi taraqqiyot darajasiga yetishida ham bu yetakchi omillardan birini 
tashkil etadi. Jamiyat fan va texnikasining rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biri 
bo‘lsa, har bir xalqning ma’naviyat jihatdan boyligini, axloqiy yuksak pog‘onada ekanligini, 
insonparvarligini, fuqarolari robot emas, balki to‘laqonli chin inson ekanligini aniqlovchi 
mezonlardan biri – ularning nogironlarga va shu jumladan, turli sabablarga ko‘ra aqli zaif bo‘lib 
qolgan bolalarga munosabati, diqqat-e’tiboridir. 


305 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, 
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni 
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish maqsadida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori, “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish 
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qarori, 
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-
sonli qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribani 
hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 
rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya 
jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi. Ijtimoiy hayotimizdagi o‘zgarishlar 
mustaqillik, respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, huquqiy davlat tizimiga intilish, 
psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o‘rganish hamda ulardan turmushda 
foydalanishni talab qiladi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri – turli yoshdagi bolalarda 
sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, hayol va iroda kabi psixik jarayonlarining 
namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan 
iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni 
chuqur analiz qiladi. Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib topishiga faol ta’sir 
qiluvchi omillar qiziqtiradi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning 
tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishda tarkib 
toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan 
bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi va shaxsiy psixologik 
qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muhim ilmiy malakalarni o‘rganib, mamlakatimizda yangi 
tipdagi tarbiya qonuniyatlarini ochib beradi. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim 
konsepsiyasi” talablaridan kelib chiqqan holda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish, ijtimoiy 
hayotga moslashtirish hamda ularni maktab ta’limiga tayyorlash muammosi respublikamizda 
ilmiy-nazariy, amaliy-metodik jihatdan yetarli darajada ishlanmaganligi afsuslanarlidir. 
Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini aniqlash, 
bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi buzilishlarni bartaraf qilish hamda 
maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan korresion pedagogik 
usullarni ishlab chiqish maxsus pedagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirish bo‘lajak 
pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda maxsus ta’limga o‘zgartirishlar kiritilishi, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib, maxsus uyushtirilgan 
ta’lim-tarbiya orqali aqli zaif bolalarning nutqini o‘stirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, 
faollashtirish imkoniyatini yaratadi. 
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni 
va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya’ni nutqini egallash uchun eng maqul bo‘lgan davrda 
o‘rganish muhimdir. 
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda bir 
qator muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari, 


306 
hodisalarning mantig‘ini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi, 
mavzudan chalg‘ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli 
ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga 
kirishishni qiyinlashadi. 
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me’yorida 
rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, nuqsonga ega bo‘lgan tengdoshlari ham, 
albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga aqli zaif bolalarning 
bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un buzilishi sabab 
bo‘ladi. Bu holat aqli zaif bolaning nutqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatadiki, aqli zaif bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada 
qoladi, nutq ma’no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan 
xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash 
tizimining asosiy vazifasi – ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi. 
Maxsus bolalar bog‘chasining ta’lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o‘stirish 
bo‘yicha quyidagi bilim ko‘nikma, malakalar bilan qurollantiriladi:
Nutq o‘stirish aqli zaif bolalarni ma’lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina 
emas, balki idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlanitirishni ham nazarda 
tutadi. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o‘rgatish, 
analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga 
imkon beradi. Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion-pedagogik 
ishda aqli zaif bolalarning yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o‘ziga xos 
tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va 
ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta’minlaydi. “Inson yuqori darajadagi o‘z-o‘zini 
boshqaruvchi, yordam beruvchi, tiklovchi, to‘g‘rilovchi va hatto takomillashtirib boruvchi bir 
murakkab sistemadir”, - degan edi I.P.Pavlov. Ha, bu xulosalarda juda katta haqiqat borligi 
bugungi kunda hech kimga sir emas. 
Aqli zaiflik tushunchasini to‘g‘ri tushunishning amaliy va nazariy ahamiyati juda katta. 
Nazariy ahamiyati – bolalardagi nuqsonli ruhiy taraqqiyotning mohiyatini chuqurroq bilish uchun 
zarur. Fanning noaniqligi, konkret emasligi ko‘p xollarda turli xatoliklarga olib keladi. Shu 
sababli, aqli zaiflikni to‘liq, to‘g‘ri tushunish kerak. Bu narsa o‘tkazilayotgan ilmiy tajriba 
ishlarining ham noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Aqli zaif”likka to‘g‘ri 
ta’rif, tushuncha berish, uning sabablarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Buning amaliy 
axamiyati yanada kattadir. Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari mavjud. 
Barcha aqli zaif bolalar yordamchi maktablarda ta’lim olishlari kerak. Aqli zaif bolalarni to‘g‘ri 
aniqlash, ularning butun hayotini belgilab berishini inobatga olib, juda ehtiyotkorlik bilan ishlash 
kerak. Aqli zaiflikni to‘g‘ri aniqlash atroflicha amalga oshiriladi. Agar bola aqli zaif bo‘lmay, 
ma’lum xususiyatlari bilan ularga o‘xshasa ham ularni aqli zaif deya olmaymiz. Bu yerda bolaning 
turli analizatorlarining nuqsonlari asosida ham bilim saviyalari pasaygan bo‘lishi mumkin. 
Ayniqsa, aqliy normal bolani yanglishib aqli zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga, 
atrofdagi qarindoshlariga juda katta ma’naviy jarohat yetkazishimiz mumkin. Shuni ham e’tiborga 
olish kerakki, aqli zaiflarni o‘qitish-tarbiyalash davlatga birmuncha qimmatga tushadi.
Normal bolaning aqli zaif yoki aksincha bo‘lishi ham kator salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Aqli zaiflik sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan 
kasallanishi, turli jarohatlar bilan birga miyaning yaxshi rivolanmasligi asosida ham aqli zaiflik 
kelib chiqishi mumkin. Aqli zaif bo‘lish uchun 2 ta omil birga kelishi kerak. Bulardan biri – 
markaziy asab tizimining organik buzilishi, hamda shuning oqibatida bola bilish faoliyatining 
turg‘un pasayishi yuz bergan bo‘lsagina, aqli zaif deb e’tirof etish mumkin. Hayotda aqli zaiflarga 
o‘xshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish darajasi past bo‘lsa-da, bosh miyada 
organik jarohatning yo‘qligi bolaga aqli zaif deyishimizga imkon bermaydi. 
Eshitish kobiliyati turli sabablarga ko‘ra nisbatan pasaygan, nutq kamchiligi borlar, ko‘rish 
darajalari zaiflar, kasalliklari surunkali davom etuvchi bolalarning bilim egallash xususiyatlari, 


307 
darajalari o‘zlarining normal hisoblangan tengdoshlaridan nisbatan orqada qoladilar. Ammo, 
bunday bolalarni bizlar aqli zaif deya olmaymiz. Chunki, ularning bilish faoliyatlari turg‘un 
pasaymagan. Ular bilan tegishli sharoitlarda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilsa, ulardagi bilish 
kamchiliklari tugatilib o‘zlarining normal tengdoshlarinikiga yetib olishga imkon yaratiladi. 
Ba’zan, ota-onalarining ma’lumotlari past bo‘lgan oilalardagi bolalarning bilim darajalari, ota-
onalarining ma’lumot darajalari yuqori bo‘lgan oilalardagi bolalardan birmuncha farq qiladilar. 
Bunday xollarda ba’zan ko‘pchilikda noto‘g‘ri tasavvurlar paydo bulishi mumkin. Tarbiyasi 
yaxshi tashkil qilinmagan bolalar ham ba’zan turli xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Ammo, 
bunday bolalarda ham asosiy belgilar bosh miyaning organik buzilishi va bilish jarayonlarining 
turg‘un pasayishi uchramaydi. Shu sababli bunday bolalarni ham biz aqli zaif deya olmaymiz. 
Lekin, shuni ham qayd etib o‘tish o‘rinliki, har qanday bosh miyaning organik buzilishlari 
aqli zaiflikka olib kelavermaydi. Aqli zaiflik tushunchasi birmuncha keng tushunchadir. Buning 
ichiga homila va ilk go‘daklik davrida turli sabablar oqibatida bilish darajalarining pasayishi 
(oligofrenlar) ham, ikki yoshdan keyin bilish saviyalari pasaygan bolalar (demensiya) ham kiradi. 
2 yoki 3-chi guruh nogironi deganda ma’lum kasallik tushunilmay, balki nogironning ish qilish 
qobiliyati tushuniladi. 
Maktabgacha yoshda shizofreniya, tutqanok, ensefalitlar bilan bosh miyasi zararlangan 
barcha bolalar aqli zaif bo‘lmasligi mumkin. Shuni aytish kerakki, malakasiz xodimlar aqli 
zaiflarni oligofrenlar deb, yoki aksincha nomlab yuradilar. Ularning tasavvurlaricha, bu 
tushunchalar bir xilday ahamiyatga ega. Ammo, bu bolalar bir-birlaridan farq qiladilar. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ayta olamizki, bugungi kunda O‘zbekistonda 
maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyoj juda kattadir. Har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli 
shu davlat, mamlakatda yashovchi fuqorolarning aqliy saviyasi bilan belgilanadi. Aqli zaif 
bolalarni ta’lim-tarbiya muammolari bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan, o‘z vaqtida ko‘rsatiluvchi 
tibbiy, psixologik-pedogogik, ijtimoiy ish – bunday kategoriyaga kiruvchi bolalarning shaxsiy 
rivojlanishi, shaxs sifatida kamol topishi dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda salbiy 
oqibatlarning paydo bo‘lishining oldini oladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish