Литература:
1.
Зимина А.Н. Основы музыкального воспитания и развития детей младшего
возраста – М., 2000.
2.
Кацер О.В. Игровая методика обучения детей пению. – СПб., 2005.
3.
Мурадова З. Детская песня в творчестве композиторов Узбекистана. –Т.,
Baktriapress, 2015.
4.
Березкина Л.В. Развитие творческих способностей детей художественными
средствами современной хореографии // Молодой ученый. –2013. –№ 8. –С. 373-378.
5.
https://www.biletik.aero/handbook/blog/miks/chem-zanyat-detey-vo-vremya-karantina-
30-interesnykh-idey/
֍
–
֍
–
֍
SYUJETLI-ROLLI O‘YINLARDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING
IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR
Salimova D.F.
MTMRMQTMOI, tayanch doktorant
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajriba joriy etilishini ta’minlash,
maktabgacha ta’lim sohasida eng yangi metodikalarni moslashtirish va ulardan samarali
foydalanish, sog‘lom va har tomonlama kamol topgan bolani voyaga yetkazish maqsadida
yurtimizda bir qancha qarorlar joriy qilinmoqda. Bu borada “Maktabgacha ta’lim sohasiga
innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental
maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [1] qaror ham aynan maktabgacha
ta’lim tashkilotlari uchun takomillashtirilgan o‘quv-metodik, didaktik materiallarni nashr etishga
tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi kompleks loyihani amalga oshirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni
hayotga tayyorlash, bolada hayotiy muhim masalalarni hal qilishi uchun zarur bo‘lgan, axloqiy
me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi, boshqa insonlar bilan muloqot qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Bolaning ijtimoiy-hissiy
rivojlanishida u o‘zining va o‘zgalarning hissiyotlarini anglashga va o‘zining hissiyotlarini
moslashtirishga qodir bo‘lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar
ertak, hikoya, multfilmlar
qahramonlariga hamdardlik bildira olishi, quvonch, qayg‘u kabi hissiy holatni tushunishi, o‘z
kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etishi (“menga yoqadi”, “men yoqtirmayman”), boshqa
bolaning hissiyotlarini aniqlay olishi va so‘z bilan ifoda etishi, boshqalarga hamdardlik bildirishi,
syujetli-rolli o‘yinlarda ishtirok etishi, o‘z oilasi haqida so‘zlar ekan, nima yoqishi va yoqmasligi
haqida gapira olishi zarur [2].
291
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining
mazmuni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni,
Respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin
qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va
xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejaga
muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib
chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi [3].
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy faoliyati o‘yin bilan bog‘liq. O‘yin –
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy
faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana
boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar,
sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan. O‘ynayotgan
bolaning psixikasidagi progressiv o‘zgarishlardan biri – real dunyoni uning o‘yinli ekvivalenti
bilan o‘rin almashtirilishi funksiyasi shakllanishi bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinda o‘rin
almashtirish bilan o‘yinli harakatning ham, tasavvur qilinayotgan vaziyatning ham paydo
bo‘lishiga bog‘liqdir. Buning ustiga, tadqiqotchilar ta’kidlab o‘tganlaridek, faqat o‘rin
almashtirish o‘yin syujetining bayon qilishdan real jarayonga aylantirilishi sababi bo‘lib
hisoblanadi. psixologlar ko‘rsatib o‘tadilarki, o‘yinda o‘rin almashtirish predmet va u bilan
harakatlar orasidagi munosabatlarning erkinligi bilan bog‘langandir.
Maktabgacha ta’limda qo‘llaniladigan bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati, tashkil
etilishiga ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki guruhga tasniflash mumkin: 1) ijodiy
o‘yinlar; 2) qoidali o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlarni bolalar o‘zlari o‘ylab topishadi. Unda oldindan
belgilangan qoidalar bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi.
Ijodiy o‘yinlarga syujetli-rolli o‘yinlar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, qurilish-yasashga doir o‘yinlar
kiradi. Syujetli-rolli o‘yin
o‘z xususiyatiga ega aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi
kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati – bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur turdagi o‘yinlarning o‘ziga xosliigi ularda syujet, rol va hayol qilingan vaziyatning
mavjud bo‘lishidir [4].
An’anaviy ravishda psixologik-pedagogik adabiyotlarda syujetli-rolli o‘yinlarning
tuzilmasidagi komponentlar sifatda o‘yinli harakat, tasavvur qilinadigan vaziyat, syujet va rol
ko‘rsatib o‘tiladi. Bu komponentlar xususan, funksional o‘zaro shartlanganlik bilan tavsiflanadi,
ya’ni, avtonom tarzda o‘rtaga chiqmay, balki majburiy o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro ta’sirlashuv
tarzida namoyon bo‘ladi. Syujetli-rolli o‘yinlar o‘zlarining ichki tuzilishi nuqtai-nazaridan bola
faoliyatining alohida tipini namoyon qilib, ular o‘zlarida o‘yinli va real harakatlarning mos
kelmasligi orqali atrofdagi voqelikka ijodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi, bu esa yangi, tasavvur
qilinayotgan mazmunni hosil qiladi. tasavvur qilinayotgan vaziyat shart-sharoitlari bolani o‘ziga
jalb qiladi, uning fikrlashini bemalol qiladi, erkin ijodiy faoliyat uchun maydonni ochib beradi,
bularning barchasi rolli xulq-atvor orqali, ya’ni, syujetda berilgan harakatlar va munoabatlar orqali
ifodalanadi.
Biz bilamizki, bola o‘ynamay tura olmaydi, o‘yin bola uchun asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Bu borada jahon tabobatining dahosi Ibn Sino ham: “Har bir yoshning o‘z qonuni bor, bolalikning
qonuni – bu o‘yin”, degan edilar [5]. O‘yin orqali u o‘zini, atrofdagilarni, o‘zini o‘rab turgan
olamni anglaydi.
Ushinskiy tomonidan esa o‘yin nazariyasi ishlab chiqilgan. O‘yinning mehnat jarayoni
asosida paydo bo‘lganligi va uning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o‘yin
mazmunining bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini K.D.Ushinskiy asoslab bergan.
Syujetli-rolli o‘yinlarda bola, asosan, o‘zi har kuni ko‘rib kuzatayotgan kattalarning hatti-
harakatlarini aks ettiradi. Syujetli-rolli o‘yinlarda rollarga bo‘lingan jamoaviy o‘yin faoliyati
bolalardan qoidalarga qat’iy bo‘ysunishni talab qiladi. Chunki, bunday o‘yinlar bolada
xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysunish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi
292
bu esa ularni ijodiy yondashishlarini talab qiladi. Shunday qilib, syujetli-rolli o‘yinlarning o‘ziga
xosligi eng avvalo, ularning asosiy mexanizmi – o‘rin almashtirishidan iborat bo‘ladi. Ramziy
funksiyaning rivojlantirilishi o‘yinni boyitadi, o‘yin mazmuni yanada ko‘proq umumlashgan
bo‘lib qoladi. O‘yin bolaga ilgari butun bo‘lgan qismlarni ushlab olishga, bir qiyofaning
xossalarini boshqasiga olib o‘tishga, ramziy shaklda ob’ektiv borliqning umumlashgan aloqalarini
va qonuniyatlarini ifodalashga imkon beradi.
Ko‘plab mualliflar shu narsani ko‘rsatib o‘tadilarki, syujetli-rolli o‘yinlarning rivojlanishi
bolada ijodiy xususiyatdagi qobiliyatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qobiliyatlar
o‘yin davomida rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yindagi ijodkor g‘oyasini
keltirib chiqarishga, uni amalga oshirishga, o‘z bilimlarini va tasavvurlarini
kombinatsiyalashtirishga, o‘z fikrlari va hissiyotlarini chin dildan qobiliyatlarida ifodalashga,
qiyofani yaratishga, uni rol o‘ynash jarayonida o‘ylab chiqarishga va uni yuzaga chiqarishga
qobilligida va boshqa shu kabilarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |