Adabiyotlar:
1.
Abduqodirov A. Ta’limda innovasion texnologiyalar. – T.: Iste’dod, 2008.
2.
Azimov I. va boshqalar. Biologiya. 9-sinf uchun. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.
–T.: Abu Ali ibn Sino nomida tibbiyot nashriyoti, 2002.
3.
Алеевская Ю.И. и др. Коммуникативная компетентность как предмет
педагогическая исследования // Журн. Интегрaция образования. – Москва. – 2018.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQIY RITMIK FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH BO‘YICHA AMALIY TAVSIYALAR
Sapaeva F.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi
Bugungi kun bolalari har tomonlama, xususan, jismoniy, musiqiy jihatdan barkamol etib
tarbiyalash har bir ota-ona, har bir mutaxassis va har bir davlatning asosiy burchidir. Bolaning
musiqiy-jismoniy rivojlanishi ko‘p jihatdan ritmik harakatga bog‘liq. So‘zsiz ushbu musiqiy
ritmik harakat bolani har jihatdan sog‘lom, baquvvat bo‘lib o‘sishiga katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining musiqiy tarbiya dasturining ritmik harakatlar
qismida bolalar musiqa jo‘rligida uning ritmik sadolanishiga bir maromida monand yurishni,
yugurishni, musiqa ohangining ritm tezligiga mos holda chapak chalishi, oyoqlarini to‘pillatishi,
qo‘l barmoqlarini aylantirishi lozim. Albatta, bu jarayonda bolalar oddiy raqs elementlarini aniq
bajarishi bilan bir qatorda davra bo‘ylab qo‘l ushlashib, juft-juft bo‘lib harakat qilishni, o‘yinlarda
obrazli harakatlarni bajarishi, qo‘shiq mazmuniga ko‘ra harakat qilishi, yakka holda raqsga
tushishi, musiqa ritmining turli jadallashishiga mos holda harakatlanish qoidalarini o‘rganishadi.
Musiqa rahbari qachonki ritmik harakatlar jarayonida bolalarning deyarli hamma tana a’zolari
ishtirokini ta’minlasa, ularda badiiy did paydo bo‘lishiga, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishiga katta
xizmat qilgan bo‘ladi. Demak, musiqa rahbari oldiga qo‘ygan maqsadga to‘la-to‘kis erishgan
hisobalanadi. Musiqa rahbari bolalarni fikrlarini jamlagan holda irodani kuchaytirib, maqsad sari
intilishga chorlaydi va go‘zallikni his qilishga jamoa bilan hamohang harakat qilishga o‘rgatadi. Shu
bilan birga musiqiy ritmik harakatlar bolalarni jismoniy rivojlanishga hissa qo‘shadi, ya’niy-ki, harakat
bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, o‘z tanasini elastikasiga erishtiradi, uni estetik jihatdan boshqarishga
o‘rgatadi, mushaklarni mustahkamlab, nafas va qon aylanish a’zolarining faoliyatini yaxshilaydi.
Shunday qilib, musiqiy ritmik harakatlar bolalarning jismoniy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shadi.
Musiqa tarbiyasi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun eng muhim vosita hisoblanadi.
Undan oqilona foydalanish – har bir musiqa rahbarining eng asosiy vazifasi sanaladi. Bu o‘rinda,
albatta, musiqiy ritmik faoliyatning ham o‘rni beqiyosdir. Ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bu faoliyat ertalabki badan tarbiya mashqlari sifatida amalga oshiriladi. Bolalar musiqiy ritmik
harakatli mashqlarni keng, yorug‘, katta, havosi toza xonalarda yoki ochiq havoda o‘tkazadilar. Buning
uchun bolaning kiyimi yengil va qulay bo‘lishi kerak. Muntazam mashq bajarish bolalarni yelka, qorin
va boshqa a’zolarini mustahkamlaydi. Oyoq uchi va tavon uchun bajariladigan mashqlar yassi
oyoqlikni oldini oladi. Bundan tashqari bunday mashqlar bolalarni qon aylanish tizimiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, uni bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.
295
Musiqa rahbari mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida bolalarga musiqa ostida harakat qilishlariga
yordam beradi va ularga raqs elementlarini o‘rgatib boradi. Musiqiy mashg‘ulotlarni boshlashdan
avval bolalarni musiqa bilan yugurish va sakrashga o‘rgatish lozim.
Ayniqsa, bolalarda yurish mashqlariga ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘ladi. Oddiy qadamlarni
keng tashlash, turgan joyida tizzalarni ko‘tarib, yumshoq, cho‘zilib oyoqni uchida yurish va hokazo.
Yugurish – bu oddiy, yengil, oyoq uchida qo‘lni yuqoriga ko‘tarib yugurish va keng qadamlar bilan
yugurish. Sakrash – bunda ikki oyoqda sakrash, oyoqni juftlab, oyoqlarni almashtirib, bir oyoqni
oldinga ikkinchisini orqaga qilib sakrash, aylana obruchlar orasidan arqon bilan sakrash. Bu mashqlar
bolalarni har jihatdan sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishiga yordam beradi.
Musiqiy ritmik harakat bajarayotganda toza havodan nafas olish kerak. Buning uchun bolalarga
to‘liq nafas va burundan to‘liq nafas olishga o‘rgatish lozim. Bolalarga mashqlar jarayonida nafasni
uzoq ushlab turmasligi kerakligini tushuntirish shart bo‘ladi. Ana shu vazifalar qo‘shiq kuylab raqsga
tushganda ham katta yordam beradi. Bir yoshli bola – musiqa tovushiga impulsiv reaksiya qiladi va
uni taqlid qiladilar. Kattalar musiqaga mos qanday harakat qilsalar yosh bolalar ham xuddi shunday
qiladilar. Ikki va uch yoshli bolalar – musiqani ritmik anglashga yetarli ravishda tayyor bo‘ladilar.
To‘rt yoshli bolalar bir oz o‘yinqaro bo‘lib, ular o‘yin haqida fikr ayta oladilar va qiyin asarlarga mos
harakatni qilishga urinib ko‘radilar. Albatta, bu juda yaxshi, chunki ular faoliyatga kirishmoqdalar.
Besh yoshli bolalar – ritmik harakat va mashqlar haqida bemalol o‘z fikrlarini harakatda ifoda eta
oladilar. Lekin, musiqa tempini o‘zgarishi ular uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Imkon boricha
bir musiqa asari ritmini yaxshi o‘zlashtirmay turib, boshqa asarga o‘tmaslik kerak. Olti yoshli bolalar
musiqa bilan harakatni bir-biriga mosligini his etadilar. O‘yin jarayonida harakat ketma-ketligini his
etadilar. Yetti yoshli bolalar esa musiqani faol idrok etadilar. Musiqani harakat bilan bog‘liqligini
ifodasini his etadilar. Ular raqs, o‘yin jarayonida mustaqil harakatlana oladilar.
Boshlang‘ich guruhlarda ritmik harakatlarni bajarish, bolalarni jismoniy va musiqiy ritmik
rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich guruh bolalarining ovoz apparatlari
nozik, diqqat e’tibori tarqoq, serharakat, o‘yinga beriluvchi, xotirasi, nutqi to‘liq rivojlanmagan
bo‘lganligi sababli, musiqa mashg‘ulotlarida faoliyat turlari tez-tez almashib turilishi lozim. Musiqaga
mos raqs, o‘yin harakatlarini bajarish, bolalar diqqatini jamlashda, xotirasini mustahkamlashda,
jismonan, ruhan va aqlan o‘sishiga yordam beradi.
Musiqa rahbarlariga musiqiy ritmik harakatlar paytida quyidagi harakatlardan foydalanish
tavsiya etiladi. Jumladan, marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish raqsi elementlarini bajarish,
mustaqil o‘yinlar o‘tkazish, musiqali harakatlarni bajarish, turli qo‘l va tana harakatlari asosida
nimanidir ifodalashga urinish. Ma’lumki, milliy musiqa madaniyatida raqs muhim o‘rin tutadi va unga
har bir bola qiziqadi. Raqs harakatlari musiqa mashg‘ulotlarida bolalar faollashuvini oshiradi.
Raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning musiqiy 295qtidori, ritm tuyg‘usi faol
rivojlanadi. Har bir harakat turini musiqa rahbari oldindan belgilaydi va o‘zi uni aniq, go‘zal va ifodali
qilib ko‘rsatib berishi kerak. Har bir harakatni bajarishdan oldin, unga doir musiqa mazmunini avval
ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so‘ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali
o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar mazmunida o‘yin metodlaridan foydalanish
mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida bajarilgan har bir musiqiy harakat turi, musiqali o‘yinlar, bolalarni
xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishga ko‘maklashadi va ularni
ruhlantirib, musiqa mashg‘ulotlariga qiziqishini oshiradi. Chunki, kichik guruh bolalarining diqqat-
e’tiborining tarqoq, ovoz apparatlari kuchsiz, musiqiy o‘quv qobiliyatlari to‘la shakllanmagan,
serharakat, o‘yinga moyil bo‘ladilar.
Bunda mashg‘ulotlarning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab, mashg‘ulotlarni xohlagan
mashg‘ulotlar faoliyatidan boshlashi mumkin. Bundan maqsad, bolalarni musiqaga qiziqtira olish,
musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, mashg‘ulotlar faoliyatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab,
mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir.
Demak, yangi dastur mazmunida mashg‘ulotlar o‘tish uchun, musiqa rahbari ijodkor bo‘lishi,
musiqadan zarur bilimlarga hamda musiqiy ritmik harakatlarni o‘rgatish metodikasiga va unga kerak
bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
296
Do'stlaringiz bilan baham: |