Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha
ta’lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun
eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari. –T., 2018. 1-ilova.
3.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. –T., 2018 yil. – 10 b.
4.
Codiqova Sh. Maktabgacha pedagogika (darslik). –T., 2012. -190 b.
5.
Jamoldinova O. Ma’naviy qadriyatlar va sog‘lom turmush madaniyati. – T.: Fan va
texnologiya, 2009. – 43 b.
֍
–
֍
–
֍
TALABALAR KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLANGANLIK DARAJASINI
BAHOLASH TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISHDAGI ASOSIY MASALALAR
XUSUSIDA
Salimova S.F.
Buxoro davlat universiteti, o‘qituvchi
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida rivojlanib borayotgan ayni vaqtda yoshlarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy kompetentligini, raqobatbardoshligini ta’minlash
hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro me’zon va talablar asosida baholash tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Oliy ta’lim muassasalari (OTM) pedagogika sohasi davlat ta’lim standarti (DTS)da asosiy
ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish natijalariga qo‘yiladigan talablar shakllantirilgan. OTM
bitiruvchisi ham kasbiy, ham umummadaniy kompetensiyalarni egallashi zarur. Bugungi mehnat
bozoridagi sharoit OTMlardan chuqur kasbiy bilimga ega, psixologik jihatdan bardoshli, har
qanday sharoitda, stressli vaziyatlarda ishlashga tayyor va ulardan chiqish, jamoa bo‘lib ishlash,
mustaqil qaror qabul qilish, tanlash qobiliyatiga ega, cheklangan resurslardan samarali
foydalanish, siyosiy deklaratsiyalarni siyosiy amaliyot bilan taqqoslay olish, muzokara olib borish
va shu kabi boshqa qobiliyatlarga ega mutaxassislarni tayyorlashni talab qilmoqda.
Kasbiy kompetensiyalarni shaklanganlik darajasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
sanaladi.
Bir qator olimlarimiz ham bu borada o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Xususan
G.S.Ergasheva biologiya ta’limida foydalaniladigan interaktiv dasturiy vositalar, ularning ta’lim
jarayonidagi ahamiyati, klassifikatsiyasi, intellektual o‘yin, web-quest, virtual ta’lim
293
texnologiyalari, elektron ta’lim muhitida interaktiv texnologiyalardan foydalanish metodikasini
ishlab chiqqan.
M.Maxsudov rahbarligidagi bir guruh olimlar esa talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashda Assisment texnologiyasining afzalliklari va undan foydalanish bo‘yicha metodik
tavsiyalar ishlab chiqishgan.
Zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish natijalarini baholashning portfolio, keys
texnologiyasi, kontestli vazifalar, loyihalar asosida kompetensiyalarni shakllantirish haqida fikr
yuritib, ushbu metodikalarning o‘quvchilar ijodiy faolligini oshirish, bilishga qiziqishini
rivojlantirishdagi ahamiyatini S.R.Sheyxmambetov asoslab bergan bo‘lsa, Ye.A.Lastovka
biologiya o‘qituvchilarida axborot madaniyatini shakllantirishda informatika fani ta’lim
tarmog‘ining ahamiyati, biologik tizimlarni axborotlashtirish roli hamda yangi axborot
texnologiyalarining ta’limda qo‘llanilishi borasida izlanishlar olib borgan.
Ta’limni axborotlashtirish sohasidagi tadqiqotlar hamda oliy ta’lim muassasalarida axborot
texnologiyalari vositalaridan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bilish jarayonlarini
boshqarish, oliy ta’lim Nizomining mazmuni, metodlari, vositalari, o‘qitish shakllari va
natijalarini nazorat qilish, ya’ni, didaktik sharoitlarga moslashtirish zarur. Biologiya ta’limini
axborotlashtirish, axborot texnologiyalarini amaliyotga qo‘llash, bo‘lg‘usi biologiya
o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini orttirish, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish
usullariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar ham olib borilgan.
Respublikamiz va xorijiy davlatlrning olimlari tomonidan Biologiya darslarida talabalar
kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashni interaktiv texnologiyalar asosida
tashkillashtirishga oid bir qator tadqiqot ishlari ham amalga oshirilgan. Jumladan,
A.A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, D.N.Mamatovlar oliy ta’lim muassasalarida axborot
texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi, masofaviy ta’limni rivojlatirish borasida keng
ko‘lamli tadqiqotlar olib borgan.
Bugun biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lganimiz, biologiya darslarida talabalar kasbiy
kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashning interaktiv texnologiyalar asosida
tashkillashtirish uchun avvalo, baholashning dasturiy-metodik ta’minotini ishlab chiqish talab
etiladi. Bunda quyidagi masalalarni hal qilib olish maqsadga muvofiqdir.
1.
Talabalar kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashning didaktik
shart-sharoitlari, metod, shakl va vositalarini aniqlash.
2.
Talabalar kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashning dasturiy-
metodik ta’minotini ishlab chiqish, ta’lim amaliyotida tajriba-sinovdan o‘tkazish.
3.
Talabalar kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashga oid metodik
tavsiyalar ishlab chiqish.
4.
Talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini baholashni amalga
oshirish mexanizmini ishlab chiqish.
Yuqoridagi masalalarni hal qilish natijasida biologiya darslarida talabalar kasbiy
kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashning interaktiv texnologiyalar asosida
tashkillashtirish mazmuni, metodik shart-sharoitlari, zamonaviy interaktiv texnologiyalari
aniqlanadi. Biologiya darslarida talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini
baholashning interaktiv texnologiyalar asosida tashkillashtirish metodikasi ishlab chiqilib,
samaradorligi aniqlanadi.
Shu bilan birga, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash, kompetesiyalarini rivojlantirish
samaradorligi ortadi.
Biologiya darslarida talabalar kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini
baholashning interaktiv texnologiyalar asosida tashkillashtirishning elektron ta’lim muhitida
o‘zaro hamkorlikni ta’minlash mazmuniga aniqlik kiritilib, tadqiqot yo‘nalishi aniqlanadi va
tekshiriladi, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning
interaktiv usullari va mazmuni ishlab chiqilib, tajriba va nazorat guruhlari shakllantiriladi.
294
Talabalar kasbiy kompetensiyalarini shaklanganlik darajasini baholashning interaktiv
texnologiyalar asosida tashkillashtirish mazmuni, usul, shakl va vositalari amaliy tahlillar asosida
takomillashtirilib, joriy, oraliq, yakuniy baholash uchun tajriba-sinov materiallari tayyorlanadi
hamda amaliyotga joriy etiladi.
Ma’lumotlarni nazariy jihatdan talqin va tahlil qilish biologiya darslarida talabalar kasbiy
kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini baholashning interaktiv texnologiyalar asosida
tashkillashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladigan tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |