B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
Umarova M. Bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. –T.: Nur-
sehri Oshiyoni, 2007.
2.
Jalolova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda noan’anaviy o‘yinlardan foydalanish. – T., 
2004. 
3.
Qayumova N.N. Maktabgacha pedagogika. –T.: Fan va taxnologiya, 2017. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 


38 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIDA 
TARBIYACHINING ROLI 
 
Babayeva D.R.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, professor v.b.
Maxmudova D.M.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, tadqiqotchi 
Hozirgi kunga qadar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy faoliyati pedagog 
va psixologlarning tadqiqot predmeti bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlar natijalari maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyachisi pedagogik faoliyatining o‘ziga xosliklari, yaratuvchanlik, insonparvarlik, 
ijodiylik, jamoada ishlay olish kabilarda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Mazkur o‘ziga xosliklar ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalovchi pedagog 
faoliyatida o‘z aksini topishi lozim. Go‘daklik chogʻidanoq rivojlanishi uchun maqbul shart-
sharoit yaratishda eng avvalo, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishni talab 
etadi. Tugʻilganidan boshlab to maktab ta’limiga tayyorlashga qadar bo‘lgan bosqich shaxs 
rivojlanishining boshqa yosh davrlaridan farqli ravishda, keyinchalik bola istalgan sohaga doir 
maxsus bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda faoliyatning xilma-xil turlarini o‘zlashtirishi 
uchun asos bo‘ladigan uygʻun tarzda amalga oshuvining ta’minlanishini talab etadi. Chunki, 
maktabgacha yoshda bola jamiyatning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixologik 
sifatlarga ega bo‘lib, inson sifatida shakllanadi. Bola rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy va 
psixologik sifatlar esa ongli ravishda dunyoni anglash, fikr yuritish, boshqa kishilar bilan muloqot 
qilish, o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish orqali qo‘lga kiritiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining 
qo‘yilgan talablarga qanchalik muvofiq ekanligi belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachisi eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas’uliyatni to‘la anglab yetishi 
zarur. Faqatgina maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanligini tushunishgina 
emas, balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallashi juda muhimdir. Ana 
shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o‘rab turgan atrof-muhit 
bilan bogʻliqligidir. Mazkur qonuniyat o‘z navbatida maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachisining quyidagi ikkita muhim funksiyasini belgilab beradi: 
1) bolalarni muvafaqqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish; 
2) ularning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining bolalarni muvafaqqiyatli tarbiyalash uchun 
zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish funksiyasi bolani faollikka undash, uni rivojlantiruvchi 
tavsifdagi faoliyatga jalb etishni talab etadi. Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini 
mustahkamlash haqida gʻamxo‘rlik “Ilk qadam” davlat dasturida ko’rsatilganidek maktabgacha 
yoshdagi tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo‘lib, mazkur yosh davri rivoji bolaning 
ijtimoiy holati, kayfiyati, emotsional ko‘rinishlarga bevosita bogʻliqdir. Ana shu sababli tarbiyachi 
bolani o‘rab turgan atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishi, bola hayoti va salomatligiga xavf soluvchi eng 
oddiy holatlarning ham oldini olishi lozim. Ya’ni, tarbiyachi bolalar bogʻchasi maydonchasi, 
o‘yinchoqlar, mebel jihozlarining bola bo‘yiga mos kelish holatini muntazam nazorat qilib borishi; 
havo va suv temperaturasini o‘lchash; bolalarni tayyorlash uchun makazlarda ishlash vaqtini 
oldindan aniqlashi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tarbiyachining e’tiborsizligi, 
befarqligi uning kasbiy layoqatsizligining muhim belgisidir. Bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini 
olib borish – maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining asosiy funksiyasi. U ta’lim-tarbiya 
ishlarini rejalashtirishni axboriy-metodik hujjatlar bilan ishlash, bevosita tarbiyaviy ishlarni 
o‘tkazish va uning natijalarini tahlil etish asosida amalga oshiradi. 
Zamonaviy tarbiyachi psixologik-pedagogik, innovatsion gʻoyalar hamda yangi 
tadqiqotlarga tayangan holda bola shaxsini rivojlantirib borish bilan birgalikda, ota-onaning 
ta’sirini hech narsa, hatto yuqori toifali ta’lim tashkiloti ham bosa olmasligini anglab yetadi. Shu 


39 
bilan birga tarbiyachi ota-onalarning pedagogik madaniyatini muntazam oshirib borishi, bolalar 
tarbiyasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, mazkur jarayonda ijtimoiy yordamga muhtojlik 
sezuvchi oilalar bilan alohida ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachining oilalarga 
ko‘rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordami uch asosiy xususiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni:
1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash; 
2) psixologik – ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish va qayta 
tiklash; 
3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini 
olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi ogʻishlarni yoki fiziologik 
nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur axborotlar bilan ta’minlash. 
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachisining quyidagi kasbiy funksiyalarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)
ota-onalarning ma’rifiy bilimlarini oshirishda ishtirok etish; 
2)
oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirini boshqarish hamda 
uygʻunlashtirish.
Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yilayotgan talablar 
tarbiyachidan muntazam ravishda o‘zining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib 
borishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbiy 
faoliyatining yana bir yo‘nalishi – mustaqil ta’lim olishni shart qilib qo‘yadi. Mustaqil ta’limning 
xilma-xil shakllariga adabiyotlar (kasbga doir, badiiy) o‘qish, muzeylarga tashrif buyurishdan 
konferensiya, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etishgacha kabilarni kiritish mumkin. Mustaqil 
ta’limning maqsadi – bosqichma-bosqich tarbiyachi shaxsini rivojlantirish, kasbiy mahoratini 
oshirib borishdir. Pedagogik faoliyatning ijodiy tavsifga egaligi tarbiyachidan ilgʻor ish 
tajribalarini o‘rganish, innovatsiyalarni o‘zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. 
Innovatsiyalarning jadal kirib kelishi tarbiyachilarni ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishga jalb 
etish zaruriyatini yuzaga keltiradi.


Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish